August 8, 2025

Black swan

I love your eyes because they are dark like my heart

3-qism

Flashback
- Oyi... shu rostmi? )-Taehyung eshikbonlarga qaramasdan oyoģi bilan eshikni tepib kirib onasi tomon yuzlandi. Taehyungning kõzlarining qizargani va bõyin tomirlari bõrttib chiqqani uning jahl õtida kuyayotganidan darak berardi
- Xush kelibsan õģlim. Xol-ahvol sõramagan bõlsang ham yaxshiman)- deya xotirjamlik bilan qõlidagi choy finjonini stoll ustiga qõydi.
- Oyi shu rostmi? Mening roziligimsiz Jeon qirolligi malikasi Sunanga meni unashtirganingiz rostmi?
- Ha. Biron bir muammo bormi?) - hech nima bõlmagandek sokin holatda javob berdi qirolicha Asena
- Axir oyi, mening õzimdan ham sõrasangiz bõlardi. Jeon qirolligi bilan shundoq ham tinchlik sulhini tuzayotgan bõlsak nikohni nima keragi bor
- Nikoh - bu biz uchun yangi ittifoq rejasidir. Malika Sunanga uylanishing orqali keyinchalik chiqishi mumkin bõlgan taxt uchun kurashlarning oldini olasan. Xõsh sen taxtga õtirasan-u qolgan shaxzodalar jim qarab turadi deb õylaysanmi? Yo ukalaringdan voz kechishing yoki malikaga uylanishing kerak

- Mendan nimani talab qilayotganingizni bilasizmi oyi? Men qanday qilib õz jigarim, inim Sunghoonni qatl qildirishim mumkin?
- Sen bu ishni qilmasang ular qilishadi!
- Hech qachon men õz inimni õldirmayman! Uni boshqa viloyatga hokim qilib yuboraman. Shunda malikaga uylanishimga ham hojat qolmaydi.
- Haddingni bil axmoq! Men senga malikaga uylanasan deb onang sifatida emas qirolicha Asena sifatida aytdim! Bilasanmi men bu qirollikni barpo qilish uchun nimalardan voz kechganimni? Yoshligim... soģligim... orzularim... ilk sevgim bari baridan shu lanati qirollik uchun voz kechdim. Otang kayf-u safoga berilganda ham qirollik , xalq uchun qayģurdim. Endi õzingcha kelvolib... Gap tamom. Men buni qayta muhokama qilishni xohlamayman! )- qirolicha Asena õz stoliga borib õtirdi va bir juft ģazabdan qizargan kõzlarini õģliga tikdi.
- Yaxshi faqat bir shartim bor.

* * *
- Men hech qayerga ketmayman. Tushunarlimi? Meni yur desa ortingizdan indamay ketadigan joriyalaringizga õxshatmang!
- Men senga buni seni sevgan odam sifatida emas Kim saltanati qiroli Kim Taehyung sifati aytyapman!

- Jimin Yeon bugunoq saroyda bõlsin.)- deya otiga minib ularni bir chekkada kuzatayotgan Jiminga buyurdi.
- Hop bõladi qirolim.
Taehyung otiga mindiyu, ortiga bir bor qaramay jõnab ketdi.
- Yeon xonim iltimos biz bilan yuring)- bosh egib qõli bilan yõl kõrsatish barobarida.
- Nima eshitmadingizmi yoki karmisiz? Men hech qayerga bor-may-man dedim
- Iltimos qilaman ortiqcha qarshilik kõrsatmang aks holda kuch ishlatishimizga tõģri keladi

- Yaxshi... qoching õzim keta olaman.
Yeon ortiga- soyga undagi baxtli xotiralariga oqqushlarga uzoq tikilib qoldi. Huddi u bu yerga qaytib kela olmaydigandek edi. Afsuski u saroyda uni nimalar kutib turganini bilmasdi...

* * *
- Xõsh Taehyungni nimalar kutmoqda. Nimani kõrganingni ayt. Aldashga urinma!
- Qirol Taehyungni taqdir yõlida ikki chiziq bor. Bir judayam yorqin. Uni tinch va farovon hayotga olib boradi. Ikkinchisi esa uni halok qiladi!
- Malika Sunan õsha chiziqlardan qay biri?
- Kechiring qirolicham ammo menga bunisi qoronģu