August 17, 2025

Black swan

I love your eyes because they are dark like my heart

4-qism

- Qirolicham ichki saroy bekasi Baerum huzuringizga kirishga ruxsat sõrayapti
- Kirsin!
- Qirolicham)- deya hurmat bildirib tazim qildi.)
Malika Sunandan xat keldi. Ular saroyga yaqinlashib qolishibdi.
- Ajoyib xabar. Taehyungni xabardor qildingizmi?
- Ha qirolicham. Yana Qirol Taehyung aytdilarki ikkita xona tayyorlashimizni buyurdilar. Bugun joriyalar orasiga yangi qiz kelarkan. Uni maxsus sevimli joriyalar beriladigan xonaga joylashtirishimizni sõradilar.
- Nima? Yana qanaqa joriya?! Nima ichki saroydagi shuncha joriya kam ekanmi? Mayli hozir malikani kutib olishga tayyorgarlik kõring. Qolgani bilan keyin shuģullanamiz!
- Hõp bõladi qirolicham. Hoziroq tayyorgarlik kõramiz.

* * *
-Malikani kutib olish uchun barchasi tayyormi?
- Ha Baerum xonim.
Baerum: Qirolicham ikkita ot arava kelyapti.
- Yaxshi! Hoziroq Taehyungni va shahzoda Sunghoonni chaqiring. Ularni saroy hovlisida kutib olamiz.
Baerum: Hop bõladi qirolicham

- Saroy hovlisi
Yam-yashil maysalar, chiroyli gullar bilan qoplangan saroy hovlisiga birin ketin ikkita shoxona ot arava kirib keldi. Ularning biridan tillarang, jingalak sochli, oppoq terili, shoxona oppoq libos kiygan malika tushib keldi. Ikkinchi aravadan esa qoshlari kamondek, soch kõzlari qopqora, qirmizi labli, oddiy kiyingan qiz tushib keldi.
Bu ikki qiz õrtasida yer va osmoncha farq bor edi.
Qirolicha bir qarashda ikkinchi qizni Taehyung sevib qolgan qiz ekanligini sezdi.
Qirolicha : Xõsh sen aytgan õsha chizilar bu qizlardan qaysi biri.
Bashoratchi bir zum bu ikki qizga qarab turdi va kõzlarini yumdi.
Pov Bashoratchi: Kõzlarimni yumar ekanman. Kõz oldimda ikki doira paydo bõldi. Biri juda ham yorqin, ikkinchisi tungi osmondanda qoraroq edi. Doiralar oldida Kim Qirollogi va Qirol Kim Taehyung turardilar. Tabiiyki, u meni kõrolmasdi. Taehyung doiralar tomon qarab turdi va qora doira tomon ketdi. Men ularga diqqat bilan qarayapman. Taehyung kim bilandir kurashyapti. Va.... u.... u qalin õrmon ichida qonga belangan xolda qolib ketdi. Men kõzlarimni ochdim va Qirol Taehyungni malika Sunanni emas, ikkinchi qora sochli qiz tomon ketayotganini kõrdim. Va shu on bu qiz Taehyungni juvorgmak qilishini tushundi.

Bashoratchi: Qirolicham...
Qirolicha: Hozir emas ... Nima bu bola esini yeganmi? Malikani qoʻyib oddiy bir qizni kutib olishga ketyaptimi? Bu qanday hurmatsizlik... Sunghoon hoziroq malika Sunanni oldiga boring va uni kutib oling!
Sunghoon: Hop qirolicham!
POV Sunghoon: Ayyish bu oʻsha qizku. Axmoq Sunghoon kelib kelib malikani aravasiga ham hujum qilasanmi? U meni aniq eslab qolgangan. Jin ursin!
- Malika Sunan Kim qirolligiga xush kelibsiz)- deya ta'zim qildi.
- Siz? Siz bu yerda nima qilyapsiz?) qarshisidagi tanish chehrani koʻrib koʻzlari katta-katta boʻldi.
- Tshshsh ... Agar oʻrmondagi voqeani u-bu kimga aytadigan boʻlsang mendan yaxshilik kutma)- malikani belidan oʻzining chayir qoʻllarini oʻtkazish barobarida dedi.
- Va hozir yaxshi qiz boʻlib qirolichani oldiga bor. U bilan tanish) - koʻzini atrofga alanglatib
- Lekin zinhor oʻrmondagi voqea haqida ogʻiz ocha koʻrma! Aks holda oʻzinga qiyin boʻladi...) deya malikani belini siqib qoʻydi.

Sunghoon va Sunan

- Xoʻsh?) qarshisidagi yigitga bir qoshini koʻtarib savol nigohida yuzlandi.
- Nima xoʻsh?)- yigit ham savolga savol bilan javob berdi.
- Nega meni bu yerga olib keldingiz? Anavi qiz... ahhh uzr malika bilan ishqiy oʻyinlaringizni koʻrish uchun olib keldingizmi?)- koʻzi bilan qirolichani oldiga ketayotgan malikaga ishora qilib.
- Yeon axir tushunsangchi... Menga sendan boshqasi kerak emas! Menga sening oʻzing kifoya!
- Taehyung, ayting unda nega? Nega *biz* ning uchinchi oʻrtamizga uchinchi odamni tiqishtiryapsiz? Nega *biz*ga buni ravo koʻryapsiz? GAPIRING NEGA?)- ovoz tonini balandlatib.
Jimin: Qirolim va Yeon xonim, yaxshisi buni xoliroq joyda muhokama qilganingiz maʼqul. Qirolicha Asenani koʻzi sizlarda. U shundoq ham dargʻazab.
Taehyung ortiga oʻgirilib onasi unga yov qarash qilib turganini koʻrdiyu, Jiminni gapida jon borligini tushundi. Va Yeonni qoʻlidan ushlab saroyning orqa tomoniga olib ketdi

- Qoʻyib yuboring qoʻlim. Taehyung qoʻlim ogʻriyapti qoʻyib yuboring.

Taehyung Yeonni qoʻlini qoʻyib yuborib, yelkasini devorga tiradi.
- Qoching)- qiz shunday deya Taehyungni changalidan qochishga urindi. Taehyung esa ikki qoʻlini devorga tirab qochish yoʻllarini berkitdi.
POV Yeon: U menga qochishga yoʻl qordirmaganidek, menga juda yaqin turibdi ham. Uning qaynoq nafasi yuzimga urilyapti va oʻzimni ğalati his qilyapman. Ichimda issiq nimadir bordek. Yuragim juda qattiq uryapti: duk dukk. Uning koʻzlariga qarashga jurʼat qila olmayapman. Yoq qaramayman. Aks holda oʻsha qahvarang oʻlik koʻzlariga gʻarq boʻlaman . Yoq yoq Yeon taslim boʻlolmaysan. Senga xiyonat qilgan insonga taslim boʻlolmaysan
- Taehyung qoching, nafas ololmayapman)- deya uning yelkasidan itardim. Ammo u oz boʻlsa ham joyidan siljigani ham yoq
- Tshshsh. .. pariyim. Jim. Seni qaysarliklaring, oʻzingni mendan olib qochishing meni yanada uygʻotyapti*)- deya oyoqlari orasiga ishora qildi.
U nimaga ishora qilganini anglab qoʻrqib ketdim toʻgʻrisi.
- Taehyung qoching. Meni ketgim kelyapti. Qoching Tae~~~
- Jim)- Taehyung shunday deya chayir, tomirlari boʻrtib chiqqan qoʻllari bilan belimdan ushlab meni oʻziga tortdi. Qaltirashni boshlayapman. Koʻzimga yosh quyilib kelyapti. Men ojiz emasman yoq. Ostimga* nimadir tiralyapti. Nima bu Taehyungnikimi?
- Pariyim meni sogʻinmadingmi)- iyagimdan ohista ushlab meni oʻziga qaratdi.
Hali shunaqami qirol janoblari. Boʻsa olgilari kebdida... Bu safar bu chiroyli koʻzlaringa asir boʻladigan axmoq yoq.
- Sogʻindim... Juda ham qattiq sogʻindim....)- deya ikki qoʻlim bilan yuzdan ushladim. Barmoğim bilan lablarini siladim. U belimdagi qoʻllarini olib boshimda olib keldi. Va sochimni silashni boshladi.
- Siz juda ham qattiq sogʻindim Tae~~~ . U qaytmaydi sen qayerda-yu qirol qayerda deyishganda ham umidimni uzmay kutdim. Chunki sizni sevardim.... Iltimos... Bir daqiqaga ... atiga bir daqiqaga koʻzlaringizni yuming
- Nega?
- Siz menga qarab tursangiz bu ishni qilishga uyalaman)- deya pastki lablarimni tishlab qoʻydim.
U esa menga qarab mayin jilmayib koʻzlarini yumdi. Yo xudoyim nega u bunchalar chiroyli jilmayadi. Yeon oʻzingni qoʻlga ol. Uning tabassumiga aldanma.
U koʻzlarini yumgach sekin uni qoʻllari orasidan chiqib, chopib ketdim.
Jimin: Kxm... Kxmmm qirolim bu yerda nima qilib turibsiz?
- Nima? Men?... Sen? Bu yerda? Yeon qani? U shu yerda edi? U... )- lablarini ushlab goh Jiminga goh boya Yeon turgan joyga qarab alanglardi.
Jimin: Yeon xonim ancha avval ketganlar
Taehyung Yeonning hiylasiga laqqa tushganini oʻylab, lab chetida kulib:
- Yaxshi pariying. Oʻyin oʻynashni xohlasang bajonidil