ππππππππ
Kanal: @bangtan_ff_shop
Muallif: Sua Kazumi
β Qiz baletni sevar edi. Yigit esa qizni
4 Qism
β Demak Hanani mag'lub qilish uchun mendan foydalanyapsan
Oshxonadan chiqar chog'imiz Jungkook boshini men tomonga biroz burib shivirladi. Qaysidir manoda o'zimni noqulay his qildim lekin bunga etibor bermagan insondek o'zimni tutib eshikdan chiqishimiz bilan undan uzoqlashdim.
Yo'lakning ikkiga ajralgan qismida to'xtab orga o'girildim va qattiylik bilan qarorimni aytib yotoqxonaga eltuvchi yo'lak bo'ylab yuraboshladim, lekin uzoqqa bormasimdan belimga baquvvat qo'llar o'ralab meni ortga qaratdi.
β Kichikxonim siz men bilan xonamga borasiz. Bu iltimos emas!
Jungkookning so'zlari yuzimga urilgan issiq nafasi bilan yangrab meni ortga yetaklay boshladi.
Uning hatti harakatlariga nisbatan hech narsa qilolmasligimni bilsamda uning quchig'idan chiqish uchun silkindim. Men qancha uning quchog'idan chiqishga urunsan u shuncha qattiqroq meni bag'riga kiritib borardi. Atrofda esa oshxonadan chiqib kelayotgan qizlar bizga qarab turishardi.
Jungkook belimdan qattiqroq ushlab biroz silkitdi va yurish barobari yuzimga qarab shivirladi.
β Tomosha qo'yishni bas qil. Hali kuching raqs tushish uchun kerak bo'ladi.
Uning so'zlariga nisbatan ko'zlariga nafrat bilan qarab qarshilik qilishni to'xtatdim.
β Kichikxonim qani xonaga kir
Xona eshigini ochib chetga o'tgan Jungkook so'zlar bilan cheklanmay ko'z qiri bilan ham qizga ichkariga kirishiga ishora qildi.
Suaning nigohlari bir xona ichini ko'zdan kechirsa, bir Jungkookning yuz ifodasini diqqat bilan kuzatdi va biroz qo'rquv bilan so'zladi.
β Jaroxatni ko'zdan kechirish uchun xonanggizga kelgan bo'lsak nega xonada hamshira yo'q.
Jungkook yuzini biroz pastga egib tabassum qildi.
Jungkook Suani belidan quchib biroz yuqoriga ko'tardi. Qizning oyoqlari yerdan uzulganda yiqilib tushishdan qo'rqib o'zi anglamagan holatda qo'llarini erkakning bo'yniga o'radi.
β Jungkook qo'yib yuboring yiqilib tushaman.
Erkak qizni ish stoli ustiga o'tirg'izib qo'llarini uning ikki yoniga tiradi. Ularning nigohlari tutashib olayotgan nafaslari qorisha boshlaganda esa Suaning yuragi bu safar qo'rquvdan emas g'alati bir hissiyot tufayli tez urishni boshladi. Yuzlari qizarib ko'zlarini Jungkookning ko'zlaridan olib qochdi.
β Sen Hanani yengdim deb o'ylaysanmi?
Jungkookning aytgan so'zlari meni biroz hayratga soldi va men sal oldin olib qochgan nigohlarimni qayta unga qaratdim.
β Sen rostan Hana shunchalik oson mag'lub bo'lishiga ishonasanmi?
β Boya ko'rmadinggizmi men uni bag'lub qildim.
Jungkook tabassum bilan mendan uzoqlashib ortga o'tdi va tortmadan malhamlarni olib qayta qarshimga keldi. U jarohat olgan qo'limni mening kaftimdan anchagina katta kafti ichiga olib keyin yana so'zlay boshladi.
β Nima deb o'ylaysan nega sen Hanani kaltaklayotganingda doim uni atrifida o'ralashib yuradigan qizlar aralashmadi.
U diqqat bilan qo'limdagi jaraohatni tozalar ekan men so'zsiz uning qilayotgan ishini kuzatib u aytgan so'zlarini o'ylardim.
" Nima deb o'ylaysan nega sen Hanani kaltaklayotganingda doim uni atrifida o'ralashib yuradigan qizlar aralashmadi "
Birdan Jungkook qilayotgan ishini to'xtatib yuzimga qaradi.
β Javobini bilmaysan to'g'rimi?- u qayta diqqatini jarohatga malham qo'yishga qaratib so'zlarini davom ettira boshladi - Unda men aytaman javobini senga chunki bu Hana tomonidan o'ylab topilgan bir o'yin edi. U shu yo'l bilan o'zini sendanda kuchsiz ko'rsatib meni etiborimni tortmoqchi edi.
β Yani Hana doimo mendan kuchli har tomonlama men uni yengolmayman.
Jungkook jarohatlangan qo'limga oq mato o'rab jarohat ustiga labini bosdi.
β To'g'ri Hana kuch yoki so'zlar bilan hal qilinadigan joylarda sendan kuchlidir lekin sen aqil, raqs, ko'rinish va egalik qilishing mumkun bo'lgan insonlar tomonlama undan ming marta kuchliroqsan.
Sua yoshlanayotgan ko'zlarini qarshisidagi erkakdan olib qochib boshqa tomoga qaratib oldi. Jungkook esa uni biroz ranjiganini sezib uning jajji kaftlarini o'z kaftlari ichiga oldi.
β Sen uni yengolmayman deb o'ylama . Marvarid ko'zligim sen u kabi emassan u insonlarni baqirib yoki kaltaklab yengsa sen iqtidoring bilan mag'lub qil.
Jungkook kaftlarimdan o'pib tanamni bag'riga kiritib qattiq quchoqladi.
β Ha yana unga kuchim yetmaydi yoki men kuchsiz man deb bosh egib yurma men ishonaman uni kaltaklayman desang yaxshigina kaltaklaysan uni gaplaring yoki harakatlaring bilan yengaman desang ham bu sen uchun muanmo bo'lmaydi lekin sendan iltimos qilaman u kabi bo'lib qolma.
Men so'zsiz edim shunchaki uni jimgina bag'riga bosh qo'ygancha tinglardim. Bu vaziyatda nima ham deyishim mumkun edi. Lekin bir narsa aniq ediki. Bu yerdagilar ichida qalbimga chuqur jaroxat beroladigan ham, o'zi bergan jaroxatlarga qo'shib boshqalar yetkazgan jaroxatlarga ham malham bo'laoladigan yagona inson bu Jungkook edi. Men undan qancha ranjimay, nafratlanmay uning bag'rida taskin topaman. Bu boshqalarga nisbatan hiyonat sanalsada.
Katta tomosha zalini yarimini ham egallay olmagan balerinalar bir birlari bilan pichirlashib bugungi belashuvda kim yutishi haqida garov o'ynashar. Old qatorda o'tirgan Jungkook esa qo'l soatiga sabirsizlik bilan qarab ikki balerinaning kiyinish xonasidan chiqib saxnada ko'rinish berishini kutardi.
Kiyinish xonasida esa alla qachon balet libosini kiyin olgan Sua Hana tomonidan jo'natilgan Annaning suratiga termulib turardi. U quloqlari ostiga yoqimsiz iliq havo urila yotganini his qilib o'zini o'rindiqning chetiga olib ortidagi qizga mensimaygina qaradi.
β O'zing nima deb o'ylaysan.. qo'lingdagi surat..
Hana gapini yakunlamay qo'llarini ko'ksi urza chalishtirib Suaga qarab turardi. Sua esa u nima demoqchi ekanlogiga chunmay qoshlarini chimirib bir qo'lidagi suratga bir qarshisidagi qizga qarab qo'yardi.
Deya Hanadan izoh so'radi Sua suratga termulgancha.
β Anna haqidagi haqiqat birozdan so'ng saxnada oshkor bo'lishini istamasang Jungkookning ko'z oldida menga mag'lub bo'lasan! Agar taslim bo'lmasang..
Sua shasht bilan o'rnidan turib boyi o'zi bilan barobar bo'lgan qizning qarshisida ko'zlariga tik qaragancha turib oldi. Uning ko'zlarida na qo'rquv na ikkilanish bor edi. U shunchaki Hananing ustidan kulayotgandek bepsand nigohlarda unga qarab turardi.
β Butun zalga meni qotil deb elon qilmoqchimisan kel buni seni o'rningga o'zim bajaraman.
Ikki qizning bahsi shu yerda yakun topgandi. So'nggi so'zlardan keyin xona jim jit bo'lib qolgan nigohlar esa to'qnashgan. Sua, Hanani chetlab o'tib xonadan chiqib ketdi. Bir lahza o'sha turishida qotib qolgan Hana Suaning keyingi harakatlariga qiziqib uning ortidan ergashdi.
β telba, hozir u nima qilmoqchi.
Hana sahnada turib butun zalning etiborini o'ziga qaratayotgan qizni ko'rib haqiqatdan ham hayron hayron qolgandi.
β Diqqat berchanggiz menga etibor qilishinggizni so'rayman.
Sahnada kutilganidek ikki balerinani emas uni o'rniga yuzlari oqarib etaklarini siqimlab olgan birgina qizni ko'rganlar qizning o'zi aytganidek bor etiborini unga qaratishgandi.
β Sizlarga muhumgapni aytishim kerak...
Sua aytmoqchi bo'lgan gaplarini takror o'ylab etaklarini qattiqroq siqimladi. Yuzi bo'ylab esa marvarid kabi bir tomchi yoshi dumalab tushdi.
β Hammanggiz Annani yaxshi tanir edinggiz. U kimdir uchun opa, kimdir uchun singgil yana kimdir uchun esa eng yaqin inson edi.. Barchanggiz uni qochib ketgan deb o'ylaysiz lekin.. lekin bu yolg'on.. Anna... O'lgan
Zaldagi shivir shivirlar kuchaydi. Suaning esa ahvoli og'irlashib yuragi sanchiy boshladi. Tomog'iga esa achchiq narsa tiqilib nafas olishi yu gapirishiga halaqit beraboshlagandi.
Suaning so'nggi gapidan so'ng Jungkook o'rnidan sapchib turdi va sahnaga ko'tarildi.
Hech kimga va hech narsaga etibor bermay uning yoniga borib qo'lidan tutdi.
β Aslini olganda bunga Sua ayibdor emas, hammanggiz bilasiz uning yuragi hasta va u o'layotgan bir vaqtda Anna o'z hohishi bilan unga yuragini bergan. O'ylab ko'ring siz qadirlagan, sevgan insoninggiz uchun bunday fidikorlik qilmaysizmi?
Zaldagi shovqun asta sekin bosilar. Sua esa mo'ltiragancha rostanmi degandek Jungkookga termulib turardi.
β Marvarid ko'zligim boshqa yig'lama.
Jungkook qarshisdagi suyuklisining ko'zyoshlarini artib bag'riga kiritdi. Sochlari ustidan va peshonasidan o'pib undan asta sekin uzoqlashdi.
β Senga Hana shu bilan taxdid qildimi?
β Jungkook tushunaman siz meni himoya qilmoqchi bo'lyapsiz lekin bu ish qizlar o'rtasidagi ish
Jungkook takror suyuklisi peshonasidan o'pib u uchun hech kimga ko'rsatmagan tabassumini ko'rsatdi va sahnadan pastga tushdi.
β Qani endi muanmolar hal bo'lgan bo'lsa belashuvni boshlang.
Sua sahnadagi joyini egalladi. Hana biroz tund qiyofada sahna ortidan chiqib kelib Suaga paralel holatda joylashdi.
Baland, yoqimli va qaysidir manoda nazokatni ifodalovchi kuy yangray boshlaganda sahnadagi ikki balerina ham baravar raqs tushishni boshlashdi. Ularning ikkisining ham harakatlari juda nafis va nazokatli edi. Ammo butun zaldagilar payqab turardiki. Suaning raqs texnikasi juda prafesional hamda tabiiy har bir harakat yurakga yaqin va qalbdan chiqayotgandi. Hanada esa buning butkul teskarisi uning harakatlari qanchalik nafis va nazokatli bo'lmasin sohtadek tuyular va insonni o'ziga jalb qilolmasdi.
β Menimcha g'olib kim ekanligi ma'lum
Jungkook yon tomonga biroz engashib lablari tabassumdan to'xtamayotgan Nanaga past ovozda gapirdi.
β Bu oldindan ham aniq edi. Sua profiseonal balerina kabi raqs tushadi. Buni ko'p bora katta sahnalarda isbotlagan. Hanaga kelsak u havaskor unda baletga emas senga qiziqsh mavjud.
β Menda esa Marvarid ko'zligimga
Suaning raqsi barchani lol qoldirayotgandi. Ammo uning shunchaki ko'zlarini ochishi barcha ishlar ortga ketishiga olib keldi.
U birdan raqs tushishdan to'xtab eng oxirgi qatorda o'tirgan qizga diqqatini qaratdi.
Deya pichirladi u odamlar orasida boshiga kepka kiyib olga qizga yana ham diqqat bilan qarab.
Jungkook va Nana birdan o'rnidan turishdi. Hana raqs tushishdan to'xamay tabassum qildi. Lekin bularning bari hozirda Sua uchun bir chaqaga ham arzimasdi. U etagini siqimlab yig'lagancha o'zini sahnadan pastga otdi.
U bor ovozi bilan baqirib yig'lab o'rindiqlarning oxirgi qatori tomon kelar ekan Jungkook uning ortidan borardi.
Vanihoyat o'zi istagan joyga yetib kelgan qiz o'rindiqlar bosh ekanini ko'rib jazavaga tushib qoldi.
β Anna.. Anna.. Anna qayerda u qayerga ketdi hozirgina shu yerda edi. Men aniq ko'rdim u shu yerda edi.
Suaning jazavasini ko'rib bu safar Hana ham raqs tushishdan to'xtadi.
β Jungkook men ko'rdim Anna shu yerda edi.
Tomog'iga tiqilib qolgan achchiq narsani yig'lab chiqarishga urunayotgan qiz bu safar yonidagi erkakning qo'llaridan tutdi..
β eshityapsizmi u shu yerda edi.
Jungkook chidolmadi. Suaning qo'lidan tortib bag'riga kiritdi.
Uning bot bot takrorlayotgan so'zlari quchog'idagi qizga oz bo'lsada tasali bo'lgan yig'lashdan to'xtab Jungkookning belidan quchgancha ko'ksiga boshini qo'yib faqat hiqilardi. Jungkook tezda uni ko'tarib olib zalning chiqish eshigi tomon otlandi. U eshik tomon ketar chog'ida sahna oldidan o'tar ekan Hananing gapi asab tolalarini chertib o'tdi.
β Sua bahsda yutqazdi. Katta sahnadagi ro'l endi meniki shundaymi?
Hana qanchalik Jungkookni asabini buzmasin u hozirda haq edi. Va haqiqat Jungkook uchun muhum.
Jungkook shu so'zlarni aytib bo'ynidan quchib yelkasiga bosh qo'yib yotgan qizga qaradi.
Deya takidlani u yana bir bor ko'zlarida afsus bilan
Chanel: @bangtan_ff_shop