His possession
Agar sen tong bo‘lsang, har kun seni qarshi olaman.
Yo‘l bo‘lsang, hech qachon chalg‘imayman.
Bo‘ron bo‘lsang, baribir sen bilan qolaman,
Zulmat bo‘lsang, men sening yorug‘liging bo‘laman.
Agar sevgimiz tugaydi deb o‘ylasang,
Bilgan bo‘l, yuragim faqat senga tayanadi.
Sening mehring hayotimdagi bo‘ronlarga osoyishtalik,
Bag‘ringda esa o‘zimni iliqlikka chulg‘angan his qilaman.
Agar sen shamol bo‘lsang, men barg bo‘laman,
Sevgingda tasalli topaman.
Agar sen kuy bo‘lsang, men uni baralla kuylayman,
Sening ohangingda o‘zimni topaman.
Men har doim yoningda bo‘laman,
Nima bo‘lishidan qat’i nazar, senga bo'lgan sevgim haqiyqidir!
Harlin balkondan atrofga qarab yotar ekan shu paytgacha Taeyong bilan orasida nima bo'lganlarini xotirladi.
Harlin doim o‘zini malika deb o‘ylardi.
Keyin u Taeyong bilan tanishdi.
Shundan so‘ng u anglab yetdi —
O‘zini malika deb hisoblagani,
Yoqtirgan odamining ko‘zida — faqat yovuz jodugardan boshqa narsa emas edi.
U ilgari baxt deb hisoblagan ikki tuyg‘u esa,
Aslida faqat uning bir tomonlama ishtiyoqi edi.
Harlin butun oilaning eng erkatoy malikasi edi, lekin bolaligidan fe’li juda g‘alati edi.
- Harlin, amakivaching sen bilan birga o‘ynagani keldi, qanday qilib uni e’tiborsiz qoldirishing mumkin?
- u juda ko‘p yig‘ladi, men u bilan o‘ynashni yoqtirmayman
- Harlin, bog‘cha opang bugun yana bir bolani yig‘latganingni aytdi. bunday qilish yaxshi emas
- men haqman, u birinchi bo‘lib yonimdagi Sujonni turtdi
- unda nega keyin sen Sujonni yig‘latding?
- chunki u juda qo‘rqoq, men bunday odamlarni yoqtirmayman
Shunday holatlar juda ko‘p bo‘lgan. Vaqt o‘tib, atrofdagi bolalar u bilan o‘ynashni yoqtirmay qo‘yishdi. Hatto amakivachchasi ham undan uzoqlasha boshladi. Sekin-sekin u yolg‘iz qoldi.
Taeyongni birinchi ko‘rganida, Harlin u go‘yo iliq quyoshdek porlab turganday his qildi.
U har doim kulardi, begona odamlardan qo‘rqmasdi.
U bilan tanishganiga hali ko‘p bo‘lmasa ham, uni uyning har burchagiga yetaklab yurardi.
- Harlin, sen Taeyongmi yoqtirasanmi?
Harlin boshini qimirlatib tasdiqladi.
- unda, keyin Taeyongga turmushga chiqasanmi? — dedi taeyongning bobosi kulib, Harlinning boshini silab. Uning nigohida mehr va iftixor bor edi. U bu bolani nafaqat chiroyli qiyofasi, balki aql-zakovati va fe’li uchun ham yaxshi ko‘rardi.
Harlinning bobosi va Taeyongning bobosi bilan birga choy ichib o‘tirardi. Nabirasining yaltirab turgan ko‘zlariga qarab jilmaydi.
- agar sen Taeyongni yoqtirsang, unga turmushga chiqa qol. nima bo‘pti turmushga chiqsa? u bilan bir umr birga bo‘lish degani-ku
- xo‘sh, Harlin, sen kelajakda Taeyong bilan birga bo‘lishni xohlaysanmi?
Hayot juda uzoq, hatto hozir juda zukko bo‘lsa ham, Harlin hayot qanchalik uzoq ekanini tushunmasdi.
U bobosining so‘zlarini eshitdi, lekin o‘yga tolib turganida ko‘zlari tasodifan janob leening yonida turgan Taeyong bilan to‘qnashdi. Shunda u Taeyongning boshini qashlab, unga qarab katta bir tabassum qilganini ko‘rdi.
Bu tabassum aynan unga atalgan edi. Quyoshdek porlab turardi. Uzoq vaqtgacha, Harlinning qaysar va yolg‘iz yuragiga shu nur porlab turdi.
Hatto keyin o‘sha iliq quyosh yonayotgan jazirama quyoshga aylansa-da, unga og‘riq va azob keltirsa-da, u bu ilk tabassumning qalbini titratgan lahzasini hech qachon unutmadi.
Harlin va Taeyong juda yaqin edi.
Garchi Harlinning fe’lida muzdek tikanlar bo‘lsa-da, u ko‘p marta Taeyongga urilsa ham, Taeyong buni o‘ziga olmay, kulib yuraverardi.
U ko‘z yoshlarini artdi va yurishni to‘xtatdi.
Orqasiga o‘girilib qaraganida, Taeyong uni ortidan nafasini rostlab quvib kelayotganini ko‘rdi. Qiz boshini burib qaraganini ko‘rgan zahoti, u noqulay holatda to‘xtadi va shunday gapirdi.
- eyyy, yig‘lama endi. men shunchaki jahlim chiqqani uchun aytganman, jiddiy qabul qilma — dedi u xuddi o‘zini oqlaganday.
- men seni inkor qilganim yo‘q, biz hali ham yaxshi do‘stmiz
Shundan so‘ng, u cho‘ntagidan ancha vaqt nimadurni qidirib, nihoyat ko‘p bargli pushti gullardan bir tutamini chiqarib, katta g‘urur bilan kulib, qizning kaftiga tutqazdi.
Taeyongning tinimsiz harakatlari tufayli, nihoyat ba’zi bolalar uni yana qabul qila boshlashdi. Ular u bilan o‘ynab ko‘rishga harakat qilishdi, ammo Harlin bundan unchalik mamnun emas edi.
- men ular bilan o‘ynagim kelmaydi. faqat sen bilan o‘ynamoqchiman...
Garchi guruh bo‘lib o‘ynashayotgan bo‘lsalar-da, ular baribir ataylab Harlinni chetlatishardi. Endi Taeyongning atrofida ham ko‘proq o‘rtoqlari bor edi, u faqat unga qaramas, boshqa bolalar bilan gaplashib kulardi.
Qiz esa uni chaqirganida, Taeyong ba’zan eshitmasdi ham.
U Taeyongdan xafa bo‘lib qarab turgan edi, shu payt kichkina bir qizcha uning yonidan yugurib o‘tdi. Balki oyog‘i juda uzun bo‘lgani uchun, yoki qizcha juda tez yugurgani uchun oyoq ostini sezmay qoldi.
U tasodifan Harlinning oyog‘ini bosib ketdi va o‘zi yerga yiqildi. Qattiq yiqilganidan yig‘lab yubordi, ko‘z yoshlarini to‘xtata olmay qoldi.
Qandaydir sabab bilan, bu manzara Harlinga juda yoqimsiz tuyuldi.
- nimaga yig‘layapsan? o‘zing aybdorsan — nega bunchalik tez yugurasan?!
Yiqilishi unchalik yomon bo‘lmagan edi. Harlin bu qadar yig‘lashga nima sabab bo‘lganini tushunmadi.
Bu so‘zlarni u taeyongdan o‘rgangan edi. Har safar taeyong uni yig‘latib qo‘ysa, qizni yupatishdan oldin doim.
- sen haddan tashqari injiqsan, — deb aytardi.
Garchi Harlin bu so‘zning to‘liq ma’nosini tushunmasa ham, uni yodlab olgan edi.
Bu qizchaning yig‘isi rosa asabga tegardi!
Harlin o‘zini bu qizchadan ancha zo‘rroq deb his qilardi — axir u ham yiqilib oyog‘ini og‘ritgan, lekin yig‘lamagan edi!
- hammasiga sen sababchisan! — dedi qizcha, harlinning gapidan keyin yanada baqirib yig‘lab.
Bu so‘zlar aytilgan zahoti, atrofdagi barcha bolalar nigohini Harlinga qaratishdi.
U yoshdagi bolalar hali sodda bo‘ladi. Ha, qizcha juda tez yugurgan edi va u, ehtimol, Harlinning oyog‘ini ko‘rmagan bo‘lishi mumkin, lekin bosib o‘tgan paytda baribir sezgan edi.
Harlin esa ilgari ham ba’zida bolalarni yig‘latgan, hattoki biroz oldin ham bu qizchani boshqa bolalar oldida masxara qilgan edi. Shuning uchun qizchaning birinchi fikri — bu qasddan qilingan, deb o‘ylash bo‘ldi.
Manashu voqea Harlinning hayotida ilk bor ataylab aybdor qilib ko‘rsatilgani edi.
U atrofdagi bolalarning shubhali nigohlariga e’tibor bermay, gavdasini tik tutdi va qaysarlik bilan javob berdi.
- bu aniq sening beparvoliging, hamma aybni boshqalarga to‘nkama!
- men shunchaki o‘zim yiqilib, aybni boshqalarga to‘nkaydigan darajada ahmoq emasman! — deb baqirdi qizcha. — bu sen eding! aynan sen meni yiqitding!
Qizcha vahimaga tushib, battar yig‘lab yubordi. Nihoyat, kattalardan kimdir aralashdi.
Odatda kattalar ishtirok etsa, bunday holatlar tez hal bo‘ladi. Kimningdir ota-onasi o‘z farzandini olib ketdi. Qolganlar esa boshqa joyga o‘ynagani ketishdi.
Avval gavjum bo‘lgan joyda endi faqat Harlin va Taeyong qolishdi.
Taeyong yelkasini qisib, qizning qo‘lidan ushlamoqchi bo‘ldi, lekin qiz o‘rnidan qo‘zg‘almadi.
- nima bo‘ldi? — deb so‘radi Taeyong hayrat bilan.
Harlin tikka turib, iyagini baland ko‘targan, ko‘zlari yaltirab turgan bo‘lsa-da, ularning ichida asta-asta yosh to‘plana boshladi.
U mushtlarini mahkam siqdi, yig‘lamaslikka harakat qilardi. Nigohini esa hech uzmay Taeyongga tikdi.
Atrofdagi bolalarning hech biri unga ishonmadi. Keyinroq kelgan kattalar ham unga ishonmadi.
Ularning ko‘zlarida faqat tanbeh va norozilik bor edi. Harlin buni aniq ko‘rdi: ular uni yoqtirmasdi.
- bo‘ldi, men senga ishonaman, — dedi Taeyong, katta odamga o‘xshab uning boshini silab — ertaga o‘zim ularga tushuntiraman
Harlin ko‘z yoshini artdi, lekin baribir mag‘rur ohangda gapirdi.
- ular xohlasa ishonishsin, xohlashmasa yo‘q. baribir ular meni yoqtirishmaydi, men ham ularni yoqtirmayman!
Boshlanishida boshqalarning gumoni va rad etishiga bardosh bera olmagan bo‘lsa ham, keyinchalik bunga ko‘nikdi. Va baribir e’tibor bermay qo‘ydi.
- farqi yo‘q. baribir ular mening uchun ahamiyatsiz odamlar. menga faqat men uchun muhim bo‘lgan odamlarning ishonchi kerak
Keyin u qizni qo‘lidan ushlab tortdi. Ular birga qaytib ketishdi.
Taeyong unga tanbeh berib, xuddi kattalardek tarbiyalay boshladi.
- sen fe’lingni o‘zgartirishing kerak. aks holda, hech qachon do‘st orttira olmaysan
- men faqat sen bilan do‘st qbo'laman! men sendan boshqa hech kimni yoqtirmayman! — dedi Harlin qat’iyat bilan.
Taeyong esa yong‘oq daraxtining ostidan bir buta novdasini sindirib, qo‘lida beparvo o‘ynay boshladi.
Harlin esa qoshini chimirib, uning qo‘lidagi shoxchaga ishora qildi.
“Hayotim qancha uzun bo‘lsa, shuncha davom etsin…”
Keyinchalik, ko‘p kechalarda Harlin osmonga qarab yotganida, Taeyong bilan o‘tgan har bir lahzasini birma-bir eslab chiqardi. Shunda tushundi:
Vaqt go‘yoki muzlab qolgandi. O‘zi tugadi deb o‘ylagan hayoti esa tugamagan edi.
Uning oldida faqat bitmas-tuganmas azob, sargardonlik va kurash qolgan edi.
Keyinchalik taeyong uni yana boshqa bolalar bilan tanishtirishga harakat qildi. Maktabga borganda ham do‘stlarini u bilan tanishtirdi. Afsuski, bu harakatlar foyda bermadi.
Harlin go‘yo tikonli, chiroyli va o‘ziga tortuvchi atirgulga o‘xshardi.
Lekin uni ushlab bo‘lmasdi.
Kimki bu gulni yulishni bilmasa yoki unga yaqinlasha olmasa — u shubhasiz jarohat olardi.
U uning har qanday fe’l-atvorlariga chidab beradi, g‘azablanganda ko‘nglini ovlaydi, va har doim unga mayda gullar bilan novdalar uzib berishni yaxshi ko‘radi.
Shuning uchun ham Harlin unga o‘zgacha tuyg‘ular baxsh etgan edi. U faqat unga bo‘ysunardi, u bilan birga loyda o‘ynab, tol novdalarini otda otar edi.
Keyinroq, Harlin tez-tez chuqur o‘yga cho‘mib qoladigan bo‘ldi. Avvalgi ishonchdan keyin, beqarorlik va xavotir kuchaydi, oxiri u o‘ziga bo‘lgan ishonchini butunlay yo‘qotdi...
Shunda u tushundi — ba’zida ayrim narsalarni ortiqcha o‘rganishga, chuqur tahlil qilishga hojat yo‘q. Chunki oxiriga yetib borganingda, topadigan narsang faqat parcha-parcha bo‘lgan tush bo‘lishi mumkin.
Hammasi qachon o‘zgargandi? Ehtimol, Eunbyol ikkisining orasiga aralashganidan boshlangan edi.
Eunbyol — Lee oilasining bog‘bonining qizi edi. U birinchi marta lee uyiga kelganida, otasi hech narsani bilmasdi, ammo Eunbyolning qiziqishi haddan ortiq edi. Uy bo‘ylab sayr qilayotganida yo‘lini yo‘qotdi. Keyinchalik uni topib, uyga qaytarishdi.
Tashqi ko‘rinishi jihatidan, Eunbyol Harlindan ancha past darajada edi. Xulq-atvori jihatidan esa, Harlinning kuchli va ta’sirli nufuzi oldida Eunbyol boshini ko‘tara olmasdi.
Faqatgina Eunbyol juda muloyim edi. U Taeyongga har doim mayin tabassum bilan, juda shirin va iltifotli muomala qilardi. Yaxshi tushunadigan, aqlli va tarbiyali edi.
- Harlin, men yangi do‘st topdim. xarakteri va fe’l-atvori juda zo‘r! o‘ylaymanki, siz ikkalangiz albatta yaqin dugona bo‘lasizlar!
Dam olish kunida Taeyong Harlinning uyiga yugurib bordi. U hayajon bilan uning qo‘lidan ushlab, o‘z uyiga yetaklab ketdi.
Harlin hammasini juda chiroyli tasavvur qilgan edi. Hatto o‘sha kuni uning uyida kechki ovqatni ham birga yeyishni istagan edi. Ammo qarshisida bir qiz silueti ko‘rinib qolganida, Harlinning qadamlari sekinlasha boshladi. Labidagi tabassum ham asta so‘ndi.
Qiz oq rangli, paxta va zig‘ir aralashmasidan tikilgan kombinezon-kuylakda edi. Katta kungaboqar gullari bilan bezatilgan edi. Juda ko‘zga tashlanardi. Harlin Taeyongning ilk bor o‘sha ko‘ylakni ko‘rib kulganini esladi.
- salom, mening ismim Eunbyol — dedi Eunbyol Taeyongning undashi bilan. U bir oz qo‘rqqan holda ikki qadam oldinga yurdi. Do‘stona jilmaydi. Ko‘zlari beg‘ubor va toza, qo‘rquv bilan Harlinga tikilib qaradi.
Ularning o‘zaro munosabatiga boqib, Harlin sovuq ohangda burni ostidan kuldi, unga qaradi.
- mening qanday yomon fe’l-atvorim borligini necha marta aytganman?! men senga o‘sha tartibsiz do‘stlaring bilan tanishishni istamasligimni aytgandim-ku
Bu — Harlinning hayotida ilk bor shunday bo‘layotgandi. U birinchi marta o‘zidan boshqa bir qiz bilan u yigitning bunchalik yaqin turganini ko‘rdi va birdan sevimli o‘yinchog‘i tortib olingandek tuyg‘uga tushdi.
"Bu sening qizingmi?"
Bu so‘zlarni aytishga Harlinning tili bormadi.
- taeyong, sen faqat meni sev, boshqa hech kimni emas. eshitayapsanmi?
Ikkalasi ulg‘ayib borar ekan, ularning qarashlari ham kengayib bordi.
Taeyong esa bolaligidan do‘st tutishni yoqtirar, xushchaqchaqligi sababli qayerga bormasin, osonlik bilan do‘st topa olar edi. Avvaliga u Harlin bilan o‘ynab yurardi, ammo endi ulg‘ayishganlari sari, yigitlar yigitlar bilan, qizlar esa qizlar bilan yaqinlashardi. Shu sababli, Harlinning doimo uni tark etmay, unga yopishib yurishi Taeyong uchun qiyinchilik tug‘dirar edi.
- umr bo‘yi men bilan birga bo‘lishni xohlamaysanmi?
Uning fikrlashi Taeyongnikidan butunlay farqli edi. U g‘ayratli va manman edi. Aqlini taniganidan beri, Taeyongdan boshqa hech kim bilan yaqin bo‘lmagan. U uni yoqtirar edi, shuning uchun ham har doim u bilan birga bo‘lishni istar edi. Bu noto‘g‘rimi?
Aslida u noto‘g‘ri emasdi. Ammo u Taeyong noto‘g‘ri ish tutayotganiga ishonar edi.
- taeyong, tushunmayapman. nega sen ham meni qabul qilmaysan?
Uning bobosi unga: “Biror ishni yurakdan qilmasang, umuman qilmaganing ma’qul,” degan edi. U bu gapni sevgi uchun ham to‘g‘ri deb hisoblar edi.
Agar kimnidir chin dildan yoqtirsang, unga butun vujuding bilan mehr berishing kerak. Harlin esa aynan shunday qilayotganini his qilardi. U boshqalarning fikrlariga parvo qilmasdi, faqat Taeyongning qarashi unga muhim edi.
Shu so‘zlar ortidan u sovuq ohangda gapni to‘xtatdi.
- yaxshi, agar sen mening fikrim noto‘g‘ri deb hisoblasang, unda iltimos, endi mendan uzoq yurgin!
Ularning orasida ko‘p janjallar bo‘lgan edi, ba'zilari juda shiddatli ham o‘tgan. Ammo bu safar boshqacha edi. Bu safar, u uyiga qaytgach, taeyong ketidan quvmadi, uni tinchlantirmadi.
Harlin g‘azab bilan daftarlari va darsliklarini devorga otdi, eshikni yopdi va xonasida o‘zini yolg‘iz qoldirib, ko‘z yoshlariga bo‘kdi.
U bilmasdi — Taeyong ham iztirobda edi.
U qiz ketib borgach, hech qayoqqa qimirlamay, ketishini jim kuzatdi. Ko‘zlaridagi nur so‘ndi, so‘ngra tabassumi ham yo‘qoldi.
Taeyong g‘amgin tarzda sochini tirnab o‘ylardi. So‘ngra yerga o‘tirib oldi, xuddi tushkunlikka tushgandek, o‘tlar orasidan itquyruqni olib, og‘ziga tiqdi, so‘ng esa qo‘llarini yostiq qilgancha yerda cho‘zilib yotdi.
U hozirgina Harlin bilan janjallashgan edi, shuning uchun kayfiyati ham buzilgan edi. U uni albatta o‘ylardi. Axir ular birga ulg‘ayishgan, ularning orasida o‘ziga xos aloqadorlik bo‘lgan.
Taeyong ilgari Harlinni yetarlicha tushunaman deb o‘ylardi. Tushunmasa ham, unga murosa qilish oson edi. Uning injiq fe’lini bilardi, shunchaki birga o‘ynab kulish kifoya edi. Ammo qachondandir u Harlinning qadamlariga yetisha olmayotgandek tuyuldi.
Bola paytlaridan buyon, har gal kim aybdor bo‘lishidan qat’i nazar, doim avval uzr so‘raydigan u edi. Nega endi birinchi bo‘lib u emas, qizning o‘zi kelib uzr so‘ramasligi kerak?
Ha, bu safar u kutadi! Qizning o‘zi kelib uzr so‘rasin!
Taeyong shunday o‘yladi, ko‘zlarini osmonga tikdi va soxta tabassum bilan o‘zidagi xavotirni bosishga harakat qildi. U orzu qilardi — balki hozircha u g‘azablangandir, lekin ko‘p o‘tmay kelib, murosaga kelar...
Yarim kun o‘tdi. Kech bo‘ldi. Bir kun, ikki kun...
Ammo Harlindan na bir xabar, na bir harakat. Hatto ular o‘rtasida sovuqlik ham paydo bo‘la boshladi.
Ularning o‘rtasidagi munosabatlar sovuq bosqichga yetdi. Taeyong avval Harlinning fikrlarini tushunib olishni xohlagan edi, biroq Harlinning g‘ururi sabab uni izlamadi. Ikkalasi ham bir-biridan voz kechmasdan, oradagi ziddiyatni cho‘zib yurdi, hech kim birinchi bo‘lib yon bermadi.
Mire esa Taeyong bilan bir partada o‘qirdi. U chiroyli edi, xulqi ham yaxshi, doim kulib yurardi. Odatda, Taeyong bilan yaxshi chiqishardi. Vaqt o‘tib, ularning munosabatlarida o‘zgarishlar sezila boshladi.
Muhabbatning pushti pufaklari endi-endi paydo bo‘layotgan paytda, Taeyong va Mire rasmiy ravishda birga bo‘lishdi.
Avvaliga faqat suhbatlashish, so‘ng qo‘l ushlash, keyin esa hafta oxiri birga vaqt o‘tkazishga o‘tishdi. Oradan vaqt o‘tib, ular rasmiy e’lon qilmasalar ham, ularni ko‘rayotganlar bu munosabatni fahmlab bo‘lishgan edi.
Taeyongning maktabdagi obro‘si yuqori edi. U sevib qolganidan keyin bu xabar butun maktabga tez tarqaldi. Ammo Harlin, maktabdagilar bilan kam aloqa qilgani uchun, bu haqda eng kech eshitganlardan biri bo‘ldi.
O‘sha paytda ular munosabatlarini tiklab ulgurgan edi, biroq nimagadir, Harlin ularning orasidagi aloqada sovuqlik sezardi. Garchi Taeyong unga yana jilmayib qarasa ham, bu jilmayish endi o‘zgargan edi.
U Taeyong allaqachon sevgilisi borligini bilganda, ularning birga bo‘lganiga deyarli bir yil bo‘layotgan edi.
Biroz oldin u maktabda mish-mishlar eshitgan edi, lekin ishonmagan. U ularni yashirincha kuzatgan, lekin maktabda ular bir-biriga e’tibor qilmasdi. To... u ularni qo‘l ushlashgan holatda ko‘rmaguncha.
Harlinning miyasi qotib qoldi. U ikkalasining yoniga yugurib bordi, mirening boshidagi gulchambarni yulib olib, yerga irg‘itdi. U taeyongni g‘azab bilan itarib yubordi, deyarli baqirib yubordi.
- qanday qilib menga bunday munosabatda bo‘lishing mumkin?!
Taeyong bu kutilmagan hodisadan karaxt bo‘lib qoldi. U yerda yotgan gulchambarga tikildi, shokka tushgan Mireni himoya qilishga o‘tdi.
Gapning tagida shunchaki bitta haqiqat bor edi — u Harlinni do‘st deb bilgan, hech qachon uni sevmagan. Shu sabab unga hech qachon ko‘ngil bermagan. Shunchaki oddiy haqiqat edi bu.
Bu mojaro oxir-oqibat shunchalik avj oldiki, Taeyong Mire bilan ajralishga majbur bo‘ldi. Lee oilasining aralashuvi sababli, Mire ertasi kuni maktabdan ko‘chib ketish hujjatlarini rasmiylashtirdi.
Keyin esa, Taeyong va Eunbyol o‘rtasidagi voqealar baribir Harlinga oshkor bo‘ldi.
U kechirimsizlik qilganini aytdi, o‘zi chekinishini va’da berdi. Lekin natija-chi?
Buvisi oxiri bo‘lib o‘rtadagi ishlarni bildi. O‘shanda Taeyong Eunbyolga bergan va’dasiga sodiq qoldi — u bosh egmadi, uni tashlab ketmadi. Hatto oilasi tomonidan chiqarib yuborilishiga tayyor edi.
Taeyong o‘qish bilan birga ishlay boshladi. Bu hayot deyarli bir yil davom etdi. Lekin ikki kishilik hayot hali ham yaxshi tomonga o‘zgarmadi. Eunbyol bunga toqat qila olmadi.
U bu kambag‘allikka toqat qila olmasdi. Ayniqsa har kuni sinfdoshlari yorqin kiyimlarda yurishsa, u o‘zini juda past ko‘rardi.
Taeyong ahmoq emas edi. Bu vaqtda u Eunbyol bilan bo‘lgan munosabatlar qanchalik beqarorligini anglab yetdi.
U bu munosabatni ehtiyotkorlik bilan asradi, lekin baribir asta-sekin kuchsizlanayotganini his qila boshladi.
Eunbyol uni yaxshi ko‘rgan — lekin nafaqat uni, balki uning oilasini ham.
U ilgari bu yigitga ergashishga harakat qilgan, lekin kambag‘allik qarshisida yengildi.
Taeyong unga kosmetika va kiyim sotib olish uchun tinimsiz mehnat qilgan edi, lekin Eunbyol arzon buyumlarga rozi emas edi.
Uning talablari ortib bordi. U Taeyongni qayta-qayta oilasidan kechirim so‘rashga majbur qilardi.
U oxiri uyda yolg‘iz qoldi.
Bu xuddi shunday edi — Eunbyolni sevganidan keyin ham, Taeyong uning “yaxshi qiz” emasligini bilsa-da, o‘zini to‘xtata olmadi.
U haqiqiy sevgini isbotlashga urindi. Yana va yana... lekin har safar parchalanib tushdi.
Narsalar butunlay nazoratdan chiqdi.
Harlin, asta-sekin undan uzoqlashayotgan bo‘lsa-da, birdan yana qarshisida paydo bo‘ldi.
U yana unga jilmayar, qiziqarli hazillar qilardi. Bolalikdagi uzoq yo‘qolgan tuyg‘ular uni larzaga soldi.
Soat tungi o‘n ikkini urdi. Taeyong devordagi eski soatga tikilib turardi.
Yangi yil kirib keldi, ammo bugun uning yonida turgan odam — Harlin edi.
O‘sha kechada ular ko‘p ichishdi. Ko‘p gaplashmadilar, ammo muhit iliq edi.
Taeyong birinchi bo‘lib mast bo‘ldi.
Harlin uni dam olish xonasiga olib bordi. Uning baland qaddi unga suyangan edi, ko‘zlari yumuq holda uxlab yotardi.
Harlin uning lablariga termulib ohiri egildi va uni o'pdi.
Qo‘llari titrardi. U uning paltoning tugmasini yechmoqchi bo‘ldi, lekin bir juft katta qo‘l uni to‘xtatdi.
Harlin faxr bilan boshini baland tutdi, qirollik oq oqqushidek.
- bu bir kechalik uxlash xolos. buning nimasi muammo?
Taeyongning ohangi bu safar g‘azabliroq edi. U Harlinni itarib yubordi, bir necha qadam orqaga chekinib, peshonasini ushladi.
- Harlin, meni qo‘yib yubor. avval ham seni sevmasligimni aytgan edim
- unda sen meni abadiy yomon ko‘raman deganingchi, bu ham hisobga kirmaydimi?
Qayerdandir jasorat topib, Harlin uning oldiga yugurib bordi, bo‘yinlariga qo‘lini o‘rardi va kuch bilan lablarini o‘pdi — go‘yoki butun kuchini shu o‘pishga jamlagan.
- taeyong, men ishonmayman — sen menga nisbatan mutlaqo befarqsan! hatto meni sevmagan bo‘lsang ham, tan olish shunchalik qiyinmi?!
Taeyong endi bu so‘zning ma’nosini anglamas edi. Mire va Eunbyoldan keyin bu tuyg‘u unga noaniq tuyulardi.
Lekin qanday bo‘lmasin, Harlin har doim uning yuragida o‘zgacha o‘rin egallagan.
Qanday o‘zga? O‘zi ham bilmasdi.
Do‘stlikmi, bolalikdagi xotirami, yoki kech anglagan sevgimi — ajrata olmasdi.
- men bir marta aytgan edim: qo‘llarni tutganimizda, ajralmaymiz — va men bunga butun umr ishonib yashadim
Taeyongning xatosi — Harlinni tushunmasdan, uni “himoya qilish”ga urinishida edi.
U hech qachon uning yuragiga kirishga harakat qilmagan.
Harlinning xatosi yanada og‘ir edi — u Taeyongning mehriga suyangan holda, yuragini ochmasdan, uni egallamoqchi bo‘ldi.
Bugun esa, ularning ortida qolgan o‘tmish bor xolos. Endi hech kimni ayblab bo‘lmaydi, ammo ular ham ortga qaytolmaydi.
- qanday bo‘lishidan qat’i nazar, kelajakda odamlar men haqimda nima deb o‘ylasa ham, sen mening yonimda turishing kerak, maylimi?
Bolalikdan eshitilmagan bu so‘zlar yodiga tushganida, Harlinning ko‘zlaridan yana bir tomchi yosh oqib tushdi.
U chin dildan afsuslandi. Butkul afsusda edi.
Harlin eshik yonida turgan Taeyongni ko‘rdi. U ko‘z yoshlarini artib, unga jilmaydi, uzoq unutilgan nom bilan murojaat qildi.
- mayli – taeyong ko‘zlarini yumdi, jilmaymayotganini yashirishga harakat qildi – dunyo juda katta, balki biz har birimiz o‘z najotimizni toparmi
- ha, dunyo katta, lekin... agar ikki yil ichida tasodifan yana uchrashib qolsak-chi?
- qanday qilib bu mumkin bo‘lsin?
- lekin agar bu chindan sodir bo‘lsa — va shu ikki yil ichida biz hanuz chin sevgini topmagan bo‘lsak, bu balki... taqdirdir
Harlin jilmayishga harakat qilib gapirdi ko'zidan esa yosh oqardi.
- balki o'n yildan keyin, bir asrdan keyin... balki keyingi hayotda birga bo'lish imkonimiz bordir.... ammo shuni bil men har doim seni kutaman
- unda... men avval sog‘lig‘imni tiklayman, keyin bola tug‘sam bo‘ladimi?
Jungkook uning ustidagi adyolni tortib tashlamoqchi bo‘ldi, lekin mitsukining ko‘z yoshlari bilan to‘lgan mayda yuzini ko‘rgach, yuragi yumshab ketdi. Shu zahoti avval o‘ylagan hamma gaplarini unutdi va gapirdi.
- mayli. qachon xohlasang, o‘shanda bo‘ladi. xohlamasang — yo‘q
Yoz edi. Hona ichida konditsioner yoqilgan bo‘lsa ham, u adyol ostida yotganiga ancha bo‘lgan edi. Mitsukining sochlari ham ter, ham ko‘z yoshlari bilan butunlay ho‘l bo‘lib ketgan edi.
U uzoq vaqt Jungkookga tikilib turdi. Jungkook esa salfetka bilan uning ko‘z yoshlarini artib berayotgan edi. So‘ng mitsuki uning bilagidan ushlab, yig‘i aralash ovozda gapirdi.
- Jungkook... menga rostini ayt, sen bolalarni yoqtirmaysanmi?
U Jungkookning fikrlarini bilmasdi. Ammo o‘zi bolalarni juda yaxshi ko‘rardi.
Mitsuki hali yoshligida, uning eng katta orzusi yaxshi erkakka turmushga chiqib, chiroyli bola tug‘ish edi. Faqat Jungkook bilan tanishganidan keyin bu haqda gapirmay qo‘ygandi. Chunki u hech qachon bu odam bilan butun umr birga yashashni tasavvur qilmagandi.
Lekin bugun... ular orasidagi sevgi chuqur edi. Bu qadar vaqt o‘tib, mitsuki tushunib yetdi — Jungkook endi uning hayotining ajralmas bir qismiga aylangandi. U uni chin dildan sevardi va uni hech qachon yo‘qotishni istamasdi. Shuning uchun, u unga farzand berib, ularning naslini davom ettirishni istardi.
U doim o‘ylardi — Jungkook ham bolalarni yoqtiradi, deb.
Sevgi — bu faqat bir tomonlama bo‘lmaydi. Shuning uchun, Mitsuki Jungkook hamma narsada faqat unga moslashishini istardi. Agar u farzand istasa-yu, Jungkook istamasa, u bunga ham rozi bo‘lardi.
Shunga qaramay, yuzidagi g‘amgin ifodani yashira olmadi. Jungkook esa buni darrov ilg‘adi va aynan shu sababdan yuragi yanada ezildi.
- xiaosi, sen o‘zingni ortiqcha qiynayapsan — dedi u uni mahkam quchoqlab, ko‘zlarini yumar ekan. — avval sog‘lig‘ingni tiklab ol. achon tayyor bo‘lsang, nima istasang — hammasi bo‘ladi
Jungkookning ko‘zlarida bir lahzalik g‘am ohangi ko‘rindi. U mitsukini quchog‘ida mahkam ushladi, yuzini ko‘rsatmaslik uchun. Ichida esa bir narsani o‘ylay boshladi — qanday harakat qilish kerakligini.
Agar... agar men va mitsuki, albatta farzand ko‘rishimiz kerak bo‘lsa, unda shu ondan boshlab men Jeon oilasini tartibga solish uchun chin dildan harakat qilishim kerak...
Jungkook va’dasini berganidan keyin Dong Tsi sog‘lig‘iga jiddiy e’tibor bera boshladi.
Uning oshqozoni yomon edi, ovqatga juda tanlab yondashardi. Natijada organizmiga kerakli oziq moddalar yetishmasdi va immuniteti past edi. Jungkook uni bir qancha yomon ko‘rgan ovqatlarni yeyishga ko‘ndirdi. Ammo mitsuki ularni yeganidan so‘ng ko‘pincha qayt qilib yuborardi.
Jungkook hatto unga tabobat bo‘yicha shifokor chaqirdi. Lekin o‘sha davrda mitsukining ruhiy holati juda past bo‘lgani sababli, sog‘ligi deyarli yana buzilib ketdi. U hatto ketma-ket og‘ir kasalliklarga ham uchradi.
Endi esa mitsuki o‘zi tashabbus bilan Jungkookdan shifokorini chaqirishni so‘radi. Nafaqat dori ichishda yordam berdi, balki har bir foydali retseptni yozib olib, qat’iy amal qildi. Hatto yoqtirmasa ham, to‘liq tugatmasdan turmasdi.
Bir oz vaqt o‘tib, tana vazni sezilarli oshmagan bo‘lsa-da, mitsukining yuzi oldingidan ancha rangpar bo‘lib, sog‘lom va tetik ko‘rina boshladi.
Mitsuki, Jungkook ertalablari nonushta qilmasligini bilib qolgach, har kuni erta uyg‘onib, unga nonushta tayyorlay boshladi. Garchi... ta’mi gohida yaxshi, gohida esa juda yomon bo‘lsa-da.
- tatib ko‘r. hozirgina Chen xolaga tatib ko‘ring dedim, u: ‘na sho‘r, na bemaza — yaxshi chiqibdi’, dedi
Ha, bu safar u ancha muvaffaqiyatli bo‘lgandi. Hech bo‘lmaganda, avvalgidek tuzni oshirib yubormagan edi.
- men mashq qilishga chiqaman!
Mitsuki unga yaqinlashib, yuzidan o‘pdi. Ammo ketmoqchi bo‘lganida, Jungkook uning bilagidan ushlab qoldi.
Bir o‘pishdan so‘ng Jungkook uning bo‘yniga yuzini yashirib, yupqa lablari bilan ohista terisiga tegdi.
- xiaoci meni qanday muhitda ulg'ayganimni bilasan. men faqat seni umrim davomida sevishimni va’da bera olaman. ammo farzandimizni sevolmasamchi? dadamga o'xshagan odam bo'lib qolamanmi?
Xuddi otasi rafiqasini sevib, lekin uni sevmagani kabi.
- ishonchim komil men homilador bo'lganimda sen uni qachon thg'ilarkan deb kutjb yashaysan. tug'ilganidan so'ng esa uning kichik tanasini bag'ringga bosib hammadan himoya qilgin keladi. men sen eng ajoyib ota bo'lishingga ishonaman!
Mitsukii ko‘zlarini yumdi, Jungkook esa uning yuzidan birin-ketin o‘pdi. Mitsukining yuzida baxtli tabassum paydo bo‘ldi.
Jungkook — u yoshlikdagi yashira olmagan dahshatli tush edi, ammo endi u hech qachon uyg‘onishni istamaydigan go‘zal orzuga aylangan edi.
Yillar oqsoq, lekin sevgi eskirmaydi. Mitsuki biladi — ular hali oldinda uzoq vaqtga egalar, butun umrlari davomida bir-birining hayotini iliq qilish uchun yetadigan darajada uzoq.
Mitsuki homilador bo'lgach Jungkook uni tez - tez doktorga tekshirtirar, doktor nima desa uni qilardi. Iloji boricha homiladorlik vaqti mitsuki uchun qiyin o'tmasligiga harakat qilardi.
Mitsukining sog‘lig‘i endi ancha yaxshi bo‘lsa-da, u oddiy homilador ayollarga nisbatan ancha zaif edi. Bu bola ham osonlik bilan homilador bo‘lmagan edi. Homiladorlik boshlangan kundan beri, Jungkook har kuni xavotirda yashardi — nimadir bo‘lib qolishidan qo‘rqardi.
Ammo baribir, mitsukiining boshiga falokat tushdi. Yana o‘sha... uning kompaniyasida. Agar Jungkook o‘sha paytda vaqtida yetib kelmaganida, oqibatlar dahshatli bo‘lardi
Sulin masxarali ohangda gapirdi.
- mitsuki kim o‘zi? daraxtga chiqib olgan yovvoyi chumchuq xolos. Jungkook bilan bo‘lgan bo‘lsa ham, baribir u oddiy bir yovvoyi tovuq
Yana bir ayol unga tanbeh berdi:
- voy, bu nima deganing? axir hozir u janob jeonning farzandini ko‘tarib yuribdi-ku!
Mitsuki hojatxona oldidagi kutish xonasida turgan edi. Ichkaridan bu gaplarni eshitdi. Shunchaki kompaniyaga kirgan kuni, birinchi marta homilador holatda kelgan edi — kutilmagan holda o‘zi haqidagi so‘zlarni eshitdi.
Ichkaridan poshna tovushi eshitildi. Mitsuki hech narsa demay, sovuq nigoh bilan ikkala ayolga qarab turdi.
Ayolning uzidan qon qochdi, orqasidagiga yordam umidida qaradi.
Sulin esa, o‘zini ustun his qilib, yuzida soxta tabassum bilan gapirdi.
- men bema’nilik gapirganim yo‘q, bu aslida sizga tilak edi-ku
Boshqalarning hayratli nigohlariga parvo qilmay, bir necha qadam mitsukiga yaqinlashdi. Yuzida nafrat aralash xiralik bor edi.
- men tushunmayapman, Jungkook sendan nima topdi? axir men sening o‘zingdan ham yaxshi edim! shunga qaramay, u seni tanladi!
Bu so‘zlar Sulinni yana ham jahlga soldi. U og‘zini ochib baqira boshladi. Keyin esa u mitsukini devorga itardi.
- sening kimligingni bilasanmi? sen endi homilador bo‘lganing bilan uni egallayman deb o‘ylayapsanmi? men yillar davomida Jungkook bilan birgamandim! men Han oilasining qiziman!
U mitsukining qorniga tik boqib, g‘azab bilan so‘zlarini davom ettirdi.
- abort qil, tushir bolani! ABORT QILDIR JIN URSIN!!!
Shu payt Jungkook yugurib keldi. U mitsukini qornini ushlab qo'rqib o'tirganini ko'rdi,rangi oqarib ketganini ko‘rdi va yordamchisiga shoshilib gapirdi.
- tez! doktor parkga qo‘ng‘iroq qil, hoziroq shu yerga kelsin!
Sulin esa tiz cho‘kib yig‘lab yolvordi.
- janob jeon, meni kechiring! men bunday qilishni istamagan edim, shunchaki... shunchaki rashk qildim!
Sulin boy edi va uning ota-onasi ham mashhur tadbirkorlar edi. Uning oilasi kabi odamlar bemalol o‘qishni tugatgach, o‘z kompaniyasiga kirib ishlashlari mumkin edi. Biroq u o‘qishni tugatgach, Jungkookning yonida kotiba bo‘lishni tanladi.
U iqtidorli, chiroyli va kuchli oilaga ega edi, shuning uchun har doim Jungkookni o‘ziga rom eta olishiga ishonardi. Ammo oxirida kutganining o‘rniga u faqat uning turmush qurishi haqidagi xabarni eshitdi.
Sulin o‘ylashicha, Jungkook kabi erkak faqat haddan tashqari sho‘x edi. U faqat yangilik deb mitsukiga uylanayotgan edi. Yangilik o‘tgach, ular baribir ajrashishadi, va o‘shanda Jungkook unga qaytib keladi deb o'yladi. Shuning uchun u hech qachon mitsukini “uning xotin” deb atamagan — chunki uning qalbida haqiqiy xotin o‘zi edi.
Ammo Jungkookning sovuq so‘zlari uni haqiqatga qaytardi. U hech qanday his-tuyg‘usiz chiroyli ko‘zlariga qarab qoldi, ko‘zlaridan esa yosh to‘kilardi. Axir u mitsukiga boqayotganida qanchalik muloyim bo‘lishi mumkin edi!
Jungkook mitsukini chin dildan sevardi. Hatto boshidan oxirigacha, bu erkakning yuragida hech qachon Sulin uchun joy bo‘lmagan edi!
Endi u o‘zini alday olmasdi. Yuragidagi hasad va g‘azab asta-sekin oshib borayotgan edi. Nega?.. Nega u bunchalik ko‘p narsani berdi-yu, Jungkook unga faqatgina muhabbatni ravo ko‘rmadi?
Yo‘q, u buni qabul qila olmaydi!
Ammo u hech qanday rahm-shafqat ko‘rsatmaganini ko‘rib, Sulin umidsizlikka tushdi va g‘azab bilan po‘pisa qila boshladi.
- Jungkook, men yillar davomida sen bilan bo‘ldim. menga nisbatan hech qanday his-tuyg‘uing yo‘qmi?
Jungkook peshonasini ishqadi. U ofis yo‘nalishiga qarab bir nazar soldi-da, asta-sekin Sulin tomon yurdi.
- Han Sulin – unga yaqinlashdi, ingichka lablari yengil egildi va faqat ikkovlarigina eshitadigan ohangda gapirdi – bu hayotingda... homilador bo‘lganingni menga hech qachon bildirmaganing ma’qul
Bugun kompaniyada ko‘plab odamlar kotiba Han Sulinni kompaniyadan sudrab olib chiqilayotganini ko‘rishdi. U ilgari o‘ziga juda ishonchli va go‘zal edi, ammo hozirgi paytda kiyimlari betartib, bir nechta baland bo‘yli tan soqchilar uni og‘zini berkitib olib chiqishayotgan edi. Uning ko‘zlari Jungkookga vahimali qarab, yuzidan esa ko‘z yoshlar oqayotgan edi.
U xiaoci aytgan hamma narsani eshitishi mumkin, ammo bu hech qachon uni ranjitmaslik sharti bilan. O‘zi ayolining o‘zini ham himoya qila olmasa, qanday qilib yaxshi inson bo‘la oladi?
Han Sulin? Uni hech qachon kechirmaydi. Kimki xiaociga ozor yetkazsa — hech qachon uni kechirmaydi.
Doktor mitsukini tekshirib hammasi joyida ekanligini aytdi va ketdi. Jungkook sekinlik bilan dam olish xonasining eshigini ochdi va katta to‘shakda uxlayotgan xotinchasiga qarab jimgina kulib qo‘ydi.
Kitoblarda yozilishicha, homilador ayolning teri teshikchalari bo‘sh bo‘lib, shamolga sezuvchan bo‘ladi. Shuning uchun konditsioner ishlayotgan xonada bevosita sovuq shamolga tushishdan ehtiyot bo‘lish kerak. Jungkook biroz o‘ylab turdi, keyin ayolini bag‘riga oldi va orqasi bilan shamol yo‘nalishini to‘sdi.
Mitsuki homilador bo‘lganidan beri Jungkook tamoman chekishni tashladi va uning yonida elektron qurilmalardan foydalanmaslikka harakat qilardi. Unga yaxshi qarash uchun kechalari ham ish qilib yurardi. Hozir esa yumshoq tanasini bag‘riga bosib turib, biroz uyqu bosayotganini sezdi.
Ehtimol, homilador bo‘lgani uchun, undan doim shirin sutga o‘xshash hid kelardi. U butunlay yumshoqroq bo‘lib qolgan, chiroyli yuzi esa g‘unchaday pushti bo‘lib, ayniqsa o‘ta jozibali edi. Hattoki u bir necha yildan beri turmushda bo‘lgan homilador ayolga emas, go‘yo yosh qizchaga o‘xshardi.
Jungkook unga uzoq qarab turdi, ammo o‘zini tiya olmay, yuzidan o‘pib qo‘ydi. Bu o‘pich ahamiyatsizdek tuyulsa-da, u mitsukini uyg‘otib yubordi.
U har kuni och holda uyg‘onadi, to‘yadi, charchaydi. Ammo shunga qaramay, har safar iste’mol qilgan oziq-ovqatlari go‘yoki darrov chaqaloqqa o‘tib ketadigandek tuyulardi. U o‘zi uchun deyarli hech nima qoldirmayotgandek edi.
Va hozir u yana taomlanishni boshlayotgan edi.
- oziq moddalarni juda yaxshi o‘zlashtiryapti – deb jilmaydi mitsuki va qorniga qo‘lini qo‘ydi. Bu chaqaloqlarining sog‘lom ekanidan darak edi. U albatta go‘zal va nozik bo‘lib tug‘iladi — aynan manzaradek.
Jungkook mevaning bir bo‘lagini olib, keyin egilib mitsukiga yedirdi.
Mitsuki avval itoatkorlik bilan yedi, ammo bir oz norozi ohangda aytdi.
- o‘zim yeb olaman-ku, bunaqa qildiraverma...
Garchi ilgari birov og‘ziga ovqat tutishiga qarshi bo‘lsa-da, u ohirgi payt Jungkook uni ovqatlantirishigs o'rganib qolgan edi.
U biroz qoshlarini chimirib, yengil kulimsirab egildi.
- xiaoci, yana 'o‘zim yemasdan yedirishingni istayman' demoqchisanmi?"
U go‘yoki kichkina xamsterday, og‘zini to‘ldirib, unga boqardi.
Jungkook hayron va mehr bilan iyagini ohista qashidi.
- xiaoci, oxirgi paytda ancha semiribsan
- nimaga bu gaping... go‘yoki ‘cho‘chqa semiribdi — so‘yishga tayyor’ deganday bo‘lyapti?
Jungkook uning gapidan so'ng baland ovozda kulib yubordi. Qizning boshini silab uning qirmizi lablarini o'ziniki bilan birlashtirdi.
Vaqt o‘tgan sayin, mitsukining qorni kundan-kunga kattalashdi,
va qish ham yaqinlashdi.
Mitsuki derazadan tashqaridagi to‘kilgan barglarga qarab, qornini silab, xavotirga tushdi.
Ilgari u shamollasa, bunga e’tibor qilmasdi, lekin hozir homilador, shamollash katta muammo bo‘ladi.
Shuning uchun u har kuni o‘zini uch qavat qilib o‘rab yurardi, sovqotib qolishdan qo‘rqardi.
Bugun o'sha kun ham kelgan edi. Jungkook aperatsiya xonasi yonida u yoqdan bu yoqga yurar hech tinchlana olmarsdi.
Mitsukiga yoki hali tug'ilmagan bolasiga nimadjr bo'lish haqida fikrlar uni vahimaga solardi.
Soatga qaradi allaqachon ular kirib ketganligiga ikki soatdan oshdi ammo haligacha chiqishmayabdi.
Jungkookning sabri tugar ekan ohirgi daqiqalarda aperatsiya xonasidan doktor chiqib keldi.
Doktor katta bir vazifani bajargandek uning oldiga keldi va jilmayib gapirdi.
- tabriklayman janob jeon ota bo'ldingiz
Doktor ishini yaxshi uddalaganidan va hech qanday muammo bo'lmagani uchun shukr qilardi.
- rafiqangizni va o'g'lingizni hademay palataga olib o'tishadi. o'sha vaqtda ularni ko'rishingiz mumkin
Ohiri doktor ketdi. Jungkook esa joyida haligacha hayratda turardi.
Demak doktor hammasi joyida dedi? Uning rafiqasi va o'g'li sog' salomat.
Anchadan keyin Jungkook xonaga kirdi. Mitsukining xolsiz oqarib ketgan yuzini ko'rdi. U to'g'ri uning oldiga bordi egilib peshonasidan o'pib qo'ydi.
- sen ajoyib ish qilding azizam. sen uddalading. hammasi uchun rahmat
Jungkook bir muncha vaqt uning boshini silab turdi so'ngra inkubator ichida yotgan kichik mayin tanaga ko'zi tushdi.
Yuragi qattiq urib ketgandek bo'ldi. Nahotki u ota bo'lgan bo'lsa. Jungkook ancha vaqt uni tomosha qilib turdi. So'ngra ehtiyotkorlik bilan uni ko'tardi, huddi birgina noto'g'ri harakat unga ziyon yetkazadigandek edi go'yo.
Nari har doim akasini takror - takror chaqirishni yaxshi ko'rardi, xuddi tuxum qo'yayotgan mayda tovuqday.
- Jino aka dada bilan hoziroq pastga tush. tushlik tayyor. onam bilan men kutyabmiz
Nari baland ovozda pastda turib baqirib gapirardi. Uning ovozi aniq tiniq ikkinchi qavatga eshitildi.
Nari har doim uyda shovqin qilar baland ovozda baqirib kulardi. Ammo bunga hech kim qarshi emasdi. Chunki hamma uchun bu kichkina qizning kulgusini eshitish yoqimli edi.