August 4, 2025

Only you

chapter - 1

Siz qachondir buni his qilganmisiz? His-tuyg'u xotirani tutib olguncha bo'lgan o'sha lahza โ€” neytrallikning kichikgina boshpanasi, yuzaga kelayotgan anglashning boshqacha qulashidan oldingi daqiqa. Fikringiz uni sahnaga tortib chiqaradi, xuddi tortilgan rezina tasma kabi. Va siz u qumda chizgan chiziq haqida o'ylaysiz โ€” siz bir qadam ham bosolmayotgan chiziq. Xuddi tuzoq simi kabi, siz zararidan qo'rqasiz, lekin baribir bir joyda turib qololmasligingizni bilasiz. Va dunyo qulab tushadi, siz yana aynan o'sha joydasiz โ€” uni oxirgi marta ko'rganingizdagi kechada, u sochlaringizga qo'llarini tiqib, bo'yningizdan o'pganida, ketishi haqida bir og'iz ham gapirmaganida.

Men atiga 17 yosh edim, o'zimni dunyodan yiroq,tashqi dunyodan butunlay ajralgan ulkan saroyda qamalgan edim. Ammo bu temir zanjirlar bilan bo'lmagan edi....Meni bir insonning muhabbati qamagan edi - u men uchun butun dunyoni yo'q qilishga tayyor edi.

Erimmi? U shavqatsiz inson edi. Uning nomini tilga olishga hech kim jur'at eta olmarsdi, hamma undan qo'rqardi. Ammo menchi? Men sir edim. Hech kim bilmagan yashirin xazina, yagona zaif nuqtasi,butun aqldan ozganligining sababi edim.

Biz yashagan ulkan uy - qalin o'rmon ichida yolg'iz edi. Har tarafda qurollangan qo'riqchilar, xuddi mening hayotim dunyodan yashirinib saqlanishi kerak bo'lgan bebaho xazina bo'lgandek edi go'yo. Men uni bazi odamlar bilan uchrashganini ko'rardim, buyruqlar berardi, bir og'iz so'z bilan odamlarning taqdirini hal qilardi... Ammo men u bilan bo'lganimda esa. U butunlay boshqa odamga aylanardi. Bu qo'rqinchli sevgi edi - yuragim tez urardi, bu qo'rquvdanmi yoki muhabbatdanmi - bilmasdim.

- sen menikisan, sevgilim.... - u har doim shu so'zlarni aytardi. Nigohi bilan xuddi fikrimni o'qigandek bo'lardi, xar bir harakatimni aytolmagan gaplarimni oldindan sezardi.

Ammo shu narsa aniq ediki men u uchun shunchaki rafiqa emasdim. U meni o'z mulki deb ko'rardi. Agar kimki uning mulkiga tegsa...ularning taqdiri faqat - o'lim bilan tugardi.

- dadajonnn...

Mitsuki zinalardan pastga tushar ekan otasini ko'rib o'zini uning quchog'iga otdi. Janob ryuu ham huddi yosh boladek uning bag'riga o'zini otayotgan qizini ko'tarib oldi. Sochlarini biroz to'g'irlab peshonasidan o'pib qo'ydi.

- hayrli tong malikam

Janob ryuu qizini oshxonaga ko'tarib bordi. Oshxonada allaqachon ryuu xonim tushlik tayyorlagan dasturxon ham allaqachon tayyor edi. Boa mitsukining katta opasi esa telefonda nimadir qilib tushlik qilayotgan edi.

Orqadan esa akasi Minho kirgancha bo'yi past haligacha yosh boladek bo'lgan singlisini ko'rib jilmaydi. Uni oldiga bordida jig'iga tegish uchun uni sochini to'zqitib kulib yubordi.

Mitsuki esa akasi sochini to'zg'itganidan esa asabiy baqirib yubordi.

- sen lanati tentak....

Mitsuki gapini yakunlashidan oldin onasining ovozidan so'ng ikkisi ham jimib qoldi.

Ryuu xonim ikki farzandini urshgancha o'z joyiga o'tirdi.

Mitsuki ham oyisini ko'p jaxlini chiqarmay joyiga o'tirdi va ovqatlanishni boshladi.

Tushlikni birinchi bo'lib janob ryuu bilan han xonim tugatdi. Janob ryuu xonasiga ketib birozdan so'ng kiyimini o'zgartirgan holatda qaytdi.

- men ishga ketdim

Janob ryuu kelib Mitsukining peshonasidan o'pib qo'ygancha boshini siladi.

- maktabga yaxshi borib kel ehtiyot bo'l xo'pmi?

Mitsuki boshini ha deb ishora qilgancha silkidi va otasining ikki yuzidan o'pib qo'ydi.

- yaxshi borib keling dadajon

Janob ryuu bilan ryuu xonim avvalroq birga ketishdi. Ulardan biroz o'tgach Bona ham mashinasiga o'tirgancha ketdi.

Ohirida esa Minho bilan mitsuki qoldi. Mitsukini har doim akasi maktabga olib borar edi.

- bugun meni olib ketishga kelma

Mitsuki ovqatlanishda davom etar ekan gapirdi.

- nega?

- muhim ishlarim bor

Mitsuki akasiga qaragancha qoshini chimirib jiddiy ovozda gapirdi.

Minho esa uni eshitib kulib yubordi.

- kichkintoyni ishlari bormi? qanday ekan?

Minho singlisini g'azablanganini sezgancha gapirdi. Mitsuki esa qo'lidagi sanchqini jaxil bilan unga otdi.

- tentak men kichkina emasman

Mitsuki ohiri tushligini tugatib bo'lgach xonasiga ketdi maktab formasini kiygancha sumkasini olib to'g'ri hovliga chiqdi.

Minho ham allaqachon mashina ichida uni kutayotgan edi. Mitsuki old o'rindiqga o'tirgancha eshikni yopdi so'ngra ular uydan chiqub maktab tomon yo'l olishdi.

- qayergadir borsang menga ayt.qo'ng'iroq qil olib ketaman. o'zingni ehtiyot qil

Minho mashinadan tushayotgan singlisiga qaragancha oogohlantirishlar berdi. Mitsuki esa akasining odatiy gaplariga bosh irg'ib turgancha ketdi.

Harlin kech bo'layotganini ko'rib tayyorlanishni boshladi. Oynada ko'rinishiga qaradida mamnun bo'lgancha jilmayib uydan tashqariga chiqdi.

Uy oldiga qora Ferrari SF90 madeli yetib keldi. Mashinadan yoshi deyarli yigirma beshlarda bo'lgan huddi u uchun yaratilgandek ustida turgan kastyum shim yigitni yanada ko'rkam qilib ko'rsatar edi. Harlin jilmayib uni oldiga bordi qo'llarini uning bo'ynidan o'tkazgancha shaytoncha tabassum qildi.

- seni juda..juda sog'indim

Harlin uning jim turganini ko'rib unga hayron bo'lib qaradi.

Taeyong uzoq vaqt jim turib so'ngra gapirdi.

- xonim siz hibsga olindingiz. siz sukut saqlash huquqiga egasiz, aytgan har qanday so'zingiz sizga qarshi ishlatilishi mumkin

Taeyong shunday deb Harlinni mashina oldiga olib kelgancha old o'rindiq eshigini ochdi. Harlin esa unga kulimsirab qaradi.

- ...qanday ayblovlar ekan?

Taeyong Harlinning bilaklarini ushlab go'yoki kishan solmoqchidek oldinga egildi. So'ng esa qulog'iga yaqinlashib lablarida kulimsirash bilan shivirladi.

- yuragimni o'g'irlab seni har safar ko'rganimda yanada qattiqroq urishga majbur qilganing uchun

Narining jilmayishi yanada kengaydi hatto yuzi bundan biroz qizardi ham. Taeyong ham jilmaygancha mashina orqa o'rindig'idan buketni olib uzga uzatdi.

- va sen umrbod jazoga hukm qilinding

Harlin buket bilan mashina old o'rindig'iga o'tirar ekan yana gapirdi.

- qamoqdan garov evaziga chiqish imkoniyati bormi?

Taeyong esa eshikni yopib haydovchi o'rindig'iga o'tirdi. Mashinani harakatga keltirar ekan shu orada qizga bir qarab qo'yib yana gapirdi.

- imkonsiz...seni yuragimga abadiy qamab qo'yaman!

Mitsukining qarshiligiga qaramay Minho uni bugun uyga ertaroq olib keldi. Mitsuki uyga kirib kelar ekan bir necha xizmatchi ayol va onasini uyoqdan buyoqga shoshganini ko'rdi.

- oyi nima bo'lyabdi?

Mitsuki sumkasini yechib onasi tomon borar ekan han xonim jilmayib qizini oldiga keldi va peshonasidan o'pib qo'ydi. Asabiylashmaslikga harakat qilib so'ngra gapirdi.

- shunchaki ko'chyabmiz qizalog'im boshqa hech narsa

- yanami?

Mitsuki labini burishtirib yana boshqa joyga ketayotganlaridan norozi bo'lib gapirdi.

- ha qizalog'im. o'zingning kerakli narsalaringni ol va biz ketamiz

Mitsuki bosh irg'adi xonasiga borganidan kitoblarini va yumshoq o'yinchoqlarini allaqachon yig'ilib pastga olib tushishayitgan edi. O'zi esa bazi - bir kundalik qilib tutgan daftarlarini olib sumkasiga soldi. Mushugini esa quchog'iga olib pastga tushdi.

Mashinaga janob ryuu, ryuu xonim va Bona birga o'tirib ketishar ekan ularning ortidagi mashinaga esa Minho bilan Mitsuki ketdi.

Minho mashinani boshqarar Mitsuki esa old o'rindiqda o'tirgancha mushugini quchib ketardi.

- aka

Ohiri sukutda mitsuki birinchi bo'lib gap boshladi.

- nega yana ko'chyabmiz?

Minho esa uni jiddiy olmay shunchaki qisqa javob qildi.

- bu oddiy ko'chish. yomonmi?

- buni nazarda tutmadim. agar e'tibor bergan bo'lsang ohirgi vaqt tez-tez ko'chyabmiz

Ammo Minho javob bermadi. Mitsuki esa asabi buzilgancha o'rindiqga suyanib mushugini quchgancha uyquga ketdi.

Xonadan erkak chiqib kelar ekan ustida o'q ko'ylagining bir nechta tugmalari yechilgan, yenglari esa qayrilgan kaftlari haligacha musht holatda qon tomib turardi. Xonadan chiqib kelar ekan yordamchisi uning oldiga keldi.

- janob ular yana ko'chishdi. ortidan odam yuboraylikmi?

Erkak esa yordamchisiga bir qarab o'ylangancha so'ng gapirdi.

- hozircha kuzatuv to'xtatilsin. faqatgina yashash manzilini aniq qilinglar

Yordamchi bosh irg'idida xo'jayini bergan topshiriq bilan ketdi. Erkak zinalardan tepaga xonasiga kirdi. Usti kir bo'lgani uchun dushga kirar ekan yuzida tabassum paydo bo'ldi.

- tez orada....tez orada meniki bo'lasan kichik xonim

.
.
.

๐ฆ๐š๐ง๐š ๐š๐ณ๐ข๐ณ๐ฅ๐š๐ซ, Only You ๐Ÿ๐Ÿ๐ฌ๐ข๐ง๐ข๐ง๐  ๐Ÿ - ๐œ๐ก๐š๐ฉ๐ญ๐ž๐ซ๐ข.
๐›๐ฎ ๐Ÿ๐š๐ง๐Ÿ๐ข๐œ ๐ก๐ž๐œ๐ก ๐ช๐š๐ง๐๐š๐ฒ ๐ญ๐š๐ซ๐ฃ๐ข๐ฆ๐š ๐ž๐ฆ๐š๐ฌ, ๐Ÿ๐ŸŽ๐ŸŽ% ๐จ'๐ณ๐ข๐ฆ๐ง๐ข๐ง๐  ๐ข๐ฃ๐จ๐๐ข๐ฒ ๐ข๐ฌ๐ก๐ข๐ฆ.
๐ซ๐ž๐š๐ค๐ฌ๐ข๐ฒ๐š ๐ฏ๐š ๐Ÿ๐ข๐ค๐ซ๐ฅ๐š๐ซ๐ข๐ง๐ ๐ข๐ณ๐ง๐ข ๐ค๐ฎ๐ญ๐ข๐› ๐ช๐จ๐ฅ๐š๐ฆ๐š๐ง.

๐ซ๐ฒ๐ฎ๐ฎ ๐ฆ๐ข๐ญ๐ฌ๐ฎ๐ค๐ข ๐ข๐ฌ ๐ก๐ž๐ซ๐ž ๐ฐ๐ข๐ญ๐ก ๐ฒ๐จ๐ฎ ๐š๐ฅ๐ฅ...