Iblisning sevgisi
Sevgi — chegarasiz tuyg‘u,
Berishga ham, qabul qilishga ham ozod.
Lekin meniki emas…
Meniki — man qilingan sevgi!
Bunday sevgi ozod bo‘lolmaydi.
Bu tuyg‘u — yuragim tubidagi qorong‘u yo‘laklarda
Yashirinib yashashi kerak.
Na nurga, na havoga chiqarolmaydi.
Sen menga muloyim nazar tashlamagin,
Yumshoq so‘zlar aytmagin,
Bu yovvoyi qushga — orzu qilgan qanotlarini bermagin.
U uchib ketmoqchi bo‘ladi...
Lekin ucha olmaydi — bu sevgi man qilingan.
Qora va yaltirab turgan Porsche katta va hashamatli mehmonxona oldida to‘xtadi.
- janob, yetib keldik — dedi haydovchi, mashina ichida sovuq chehrali o‘tirgan odamga murojaat qilib.
Haydovchi darhol mashinadan tushib, odam chiqishi uchun eshikni ochdi.
Eshik ochilishi bilan birdaniga chiroqlar chaqnay boshladi — hamma kameralar eshikka qaratilgan, u yerdan chiqadigan odamni kutardi.
O‘sha odam oyog‘ini yerga qo‘yishi bilanoq, atrofdagilar nafasini ichiga yutib, uni kutib qoldi. OAV va paparatsilar ham sabrsizlik bilan u chiqishini intiq bo‘lib kutardi.
Uning oyoq kiyimlari shu qadar porlardiki, odam o‘z yuzini unda ko‘rsa bo‘lardi. Birgina chaqqon harakat bilan u oyoqqa turdi — yunon xudosini eslatar, mukammal gavdasi kulrang nafis kostyum ostida yashirinib turardi. Kostyum esa uning badanida yuz barobar chiroyliroq ko‘rinardi.
U kostyumini va qo‘lidagi Rolex soatini to‘g‘riladi. Shu paytda paparatsilar chiroqlarni yana chaqillatishda davom etardi. Tanaqchilar esa odamlarni uzoqroqda turishga majbur qildi.
U yurishni davom ettirdi. Xabarchilar uni savollarga ko‘mib tashlashdi, ammo u birortasiga ham javob berishga urinmadi.
Bu odam boshqa hech kim emas, Gabriel Romanov edi.
Men mehmonxona ichiga kirib, zal tomon yo‘nalganimda hamma birdan jim bo‘lib qoldi. Bir guruh ayollar menga ochko‘z nigohlarini qadashdi. Ularning ko‘zlariga qattiq tikildim — ular cho‘chib ketishdi va men bundan zavqlanib kulimsiradim.
Oldinga yurishda davom etarkanman, bir nechta biznesmenlar yonimga keldi va men ularga e’tibor qaratdim.
- janob Romanov — kimningdir ovozini eshitib, ichimdan so‘kdim. Orqamga o‘girildim va Tomas Blekni ko‘rdim. U arzimas darajadagi biznesmen edi. Yonida esa faqat latta-puttaga o‘ralgan bir qiz, menga hirsli nigohlar bilan qarab turardi. Xuddi shu zahoti hammaning oldida uning boshini uzib tashlashni istadim.
- siz bilan uchrashish juda yoqimli, — dedi u. Men esa boshimni qimirlatib qo‘ydim.
- qizim, Ameliya Blek bilan tanishing
Demak, bu razilning qizi ekan. Qiz qo‘lini menga uzatdi. Men esa undan ko‘ra zerikkan nigohimni yuziga qadadim.
Qo‘limni ushlashni kutib turgan qo‘li javobsiz qolgach, u qo‘lini sekin tortib oldi. Noqulay kulimsirashdi. Shunda Tomas gapni davom ettirdi.
- janob Romanov, Edvard bir necha daqiqada nutq so‘zlaydi
Men esa shunchaki “hmm” deb qo‘ydim va undan uzoqlashdim. Edvard Jons ushbu tadbirni uyushtirgan edi.
Men bar tarafida turib, bir stakan ichimlikni birdan ichib yubordim. Shu payt nafasim qisilganday bo‘ldi. Ko‘zlarim zal kiraverishida turgan bir qizga tushdi. Yonida unga biroz o‘xshash ayol va Nyu-Yorkning eng kuchli, eng aqlli yuristi Samuel Smit bor edi.
Qiz jigarrang ko‘zlari bilan zaldagi hamma narsani kuzatar, ular chaqnab turar edi. Bu esa ichimda qandaydir alangani yoqdi.
U tizzasigacha yetadigan qizil nafis ko‘ylak kiygan edi. Oyoqlarida esa sandallar. Sochlari uzun, qora va yoyilgan. Yuzida ozgina bo‘yoq, terisi esa benuqson — shu qadar chiroyli ko‘rinardiki, odamning ichini eritar edi.
U qizarib, yonidagi ayolning qo‘lini mahkam ushlab oldi. Men esa uni hamma narsadan himoya qilish istagini his qildim.
Bu yerda ayollarning barchasi deyarli yalang‘och edi. Ammo u oddiygina yopiq ko‘ylakda ham shunchalar go‘zal ko‘rinar edi. Hamma unga tikilib qoldi, u esa o‘zini noqulay his qilib, quloqlari va yonoqlari qip-qizil bo‘lib ketdi.
Ularni tishlab ko‘rish qanday bo‘lar ekan?
Bu fikrdan kulimsiradim. Nigohlarim undan uzilmadi. U Samuel va uning rafiqasi bilan ichkariga kirar edi. Qiziqsinib atrofga qarardi — xuddi mitti mushukchadek. Mening mushugim…
Bu fikrdan ichimda qandaydir kuchli hislar uyg‘ondi. Ammo tez orada u ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Men yana bir piyola ichimlikni ichib yubordim, tomog‘imda achchiq yonish qoldi. Lekin xayolimdan uning yuzi ketmasdi.
Uning jigarrang ko‘zlari — men ularda cho‘kib ketishni istardim.
Uning yonoqlari — ularni abadiy silagim kelardi.
Va lablari — ulardan hayotni so‘rib olishni xohlardim.
U mening zulmatli hayotimdagi yagona yulduz edi. Porlab turgan kichkina yulduz. Mening yulduzim.
Shu ondayoq bilib oldimki, u boshiga balo orttirib oldi. Chunki men unga ilk bor ko‘z tashlagan zahoti u meniiki bo‘lib qolgan edi.
Xayolimdan bir fikr o‘tdi va men yana kulimsiradim.
- sen meniki bo‘lasan, kichkina yulduzim
Izabella ota-onasi bilan bir yo‘nalishda yurardi, u esa atrofdagi narsalarni diqqat bilan kuzatish bilan band edi.
To‘satdan ular to‘xtashdi. Izabella ham sababga e’tibor qaratdi va qarshisida bir erkak bilan uning rafiqasi turganini ko‘rdi. Shu payt Sameul o‘sha erkak bilan qo‘l siqib ko‘rishdi.
- xush kelibsiz, Sameul — dedi u odam.
Izabella esa uni qiziqsinib kuzatardi, ammo jim qolib, onasining qo‘lini xuddi besh yoshli bola kabi ushlab olgancha turardi.
- tanishtirib qo‘yay — dedi Sameul ishora qilib. — bu mening rafiqam Amanda Smit, bu esa qizim Izabella Smit.
Ular qarshilaridagilarga tikilishdi. Amanda va lzabella jilmayishdi.
- u Edvard Jons va uning rafiqasi Reychel, — deya davom etdi Sameul.
- salom, amaki, xola, — dedi lzabella, to‘satdan ularning e’tiborini tortib. Jonslar er-xotini uning samimiy jilmayishidan mehr bilan kulimsirashdi, bu esa lzabellaning yuzlarini yana qip-qizil qilib yubordi.
- juda yoqimtoy ekansiz, yosh xonim — dedi Reychel kulib, lzabella esa battar qizarib ketdi.
Amanda va Reychel suhbatga sho‘ng‘ishdi. Izabella esa onasining qo‘lini mahkam ushlab, ularning yonida jim turardi. Shu payt ofitsiant to‘la patnisda ichimliklar bilan yaqinlashdi. Ayollar har biri bir stakandan olishdi. Izabella ham olishga chog‘lanayotganida onasi so‘radi.
- bu, xonim, — dedi ofitsiant odatiy ohangda.
- lzabella, shuni ol, — dedi Amanda.
- mayli, oyijom — dedi lzabella va oddiy apelsin sharbatini oldi. Uni dastlab ikki qo‘li bilan muvozanatni saqlab tutdi, ofitsiant ketgach esa bir qo‘lda ushladi.
Amanda va Reychel o‘z suhbatlarini davom ettirishardi, lzabella esa ularga mutlaqo qiziqmas edi. U atrofdagi odamlarni kuzatib, boylarning g‘ayrioddiy odatlari ustidan ichida kulardi.
Garchi Sameul oilasini hashamatli hayot bilan ta’minlay olish darajada boy bo‘lsa-da, ular xizmatkorlar yoki qo‘riqchilarga ega bo‘lishni istashmasdi. Oddiy, tashvishsiz hayot kechirishni xohlashardi. Sameul ko‘plab badavlat odamlarning advokatiga aylangandi.
Izabella sharbatini tugatib, onasiga qaradi. Ammo ularni suhbatga berilgan holda ko‘rdi.
- buni qayerga qo‘yaman? — dedi lzabella.
Amanda atrofga qarab, burchakda turgan axlat qutisini ko‘rib qoldi.
- mayli, yur, shunga tashlaymiz, — dedi u.
Reychel esa buni biroz g‘alati qabul qildi.
- oyi, hojatxonaga ham bormoqchiman, — dedi lzabella.
Amanda gapirmoqchi bo‘lganda, Reychel aralashdi.
- hojatxona u yoqda, azizam, boraverasan, — dedi u lzabellaga.
Izabella bosh irg‘adi. Onasi ham ketmoqchi bo‘lganda Reychel yana to‘xtatdi.
- Amanda, qo‘yaver, u bu yerda, ko‘zimiz oldida bo‘ladi
- bilaman, lekin... — deya qarshilik qildi Amanda.
- eh, Amanda, u bola emas-ku. qo‘y, borib kelsin, — dedi Reychel.
Izabella esa ularning suhbatini jim kuzatib turardi. Amanda nihoyat qizining qo‘lini qo‘yib yubordi va gapirdi.
- tezroq qayt, xo‘pmi? dadang nima deganini unutmadingga, — dedi eslatib.
Izabella bosh irg‘adi va sekin “ha” deb pichirladi. So‘ng bo‘sh stakanni tashlash uchun axlat qutiga qarab yurdi.
O‘z xayoliga berilib, stakanni tashlab, hojatxonaga yo‘l oldi.
Ichkariga kirib, ishini bitirdi. Tashqariga chiqqach, qo‘llarini yuvayotganida baland ovoz eshitildi.
- hammaga salom! sizlarni qutlab qolaman! — degan ovoz mikrofon orqali yangradi.
Izabella darhol Edvardning nutqi boshlanganini tushundi.
- voy, yo‘q! — dedi u mayin ovozda. Qo‘lini qog‘oz sochiq bilan artib, uni tashladi-da, shoshgancha eshikka qarab yurdi.
U chiqib, onasining yoniga borishga shoshildi. Ammo qarasa, hech kim yo‘q edi.
Yuragi qo‘rqinchdan tez ura boshladi. Ko‘zi faqat notanish yuzlarni ko‘rdi.
U ovoz kelayotgan boshqa zal tomonga yurdi. Ko‘p odamlar ham o‘sha yo‘nalishda harakatlanar edi.
Izabella ham ularga ergashdi, ammo yo‘lida kimdir to‘satdan chiqib qoldi. U chetlab o‘tishga urindi, ammo odamlar haddan tashqari ko‘p edi.
U turli yo‘llardan o‘tib chiqmoqchi bo‘ldi, ammo har safar qarshisida yana kimdir paydo bo‘lar edi. Nihoyat charchab, hafsalasi pir bo‘ldi va baland ovozda gapirdi.
- janob o'tib ketay — dedi u katta zalda ota-onasini qayta-qayta izlar ekan.
- nima deding? — dedi u hayratlanib, jag‘idagi mushak qimirlagancha.
- men aytsimki janob chetga o'ting, men o'tishim kerak — dedi lzabella ovoziga qattiqlik berib. Shu payt uning tomirlari bo‘rtib chiqdi.
- kimligimni bilasanmi o‘zi? — dedi u xavfli ovozda.
- ha, bilaman. siz notanish odamsiz, — dedi lzabella va ketmoqchi bo‘ldi. Lekin u qizning qo‘lidan tortib, yonidagi devorga tirab qo‘ydi. Izabella buni kutmagan edi.
- buning uchun afsuslanasan, kichkina xonim — dedi u, sochidan bir tolani qulog‘i orqasiga surarkan.
- a? — dedi lzabella tushunmay. Shu payt u ketib qoldi. Izabella esa uning kulrang-hazel ko‘zlariga hayrat bilan qaradi, lekin yelka qisib qo‘ydi. Uni mast odam deb o‘yladi.
Uning ovozini aniq eshita olmadi, chunki atrofda shovqin haddan tashqari baland edi. U esa sekin pichirlardi. Bundan tashqari, lzabella allaqachon charchagan va asabiylashgan edi.
Telefoniga qo‘ng‘iroq keldi. Ekranga qaraganida onasi qo‘ng‘iroq qilayotganini ko‘rdi.
- alo, oyi, qayerdasiz? — dedi lzabella ovozini baland qilib, onasini aniq eshitish uchun.
- hamma yig‘ilayotgan zalga kel, — dedi Amanda. Izabella esa “ha” deb qo‘yib, qo‘ng‘iroqni tugatdi.
U odamlar oqimiga ergashdi. Edwardning nutq so‘zlayotganini ko‘rdi. Ammo jigarrang ko‘zlari butun zalni kuzatardi. Shu payt bir stol yonida otasining qo‘l siltab chaqirayotganini ko‘rdi. Yuragi tinchlandi. U o‘sha tomonga yurib, onasining yoniga o‘tirdi.
- yaxshimisan? — dedi Amanda xavotirlanib.
- ha, oyi, men yaxshiman. menga nima ham bo‘lishi mumkin? — dedi u onasini tinchlantirib. Sameul ham qizi sog‘-salomatligini ko‘rib, yengil nafas oldi.
Hamma e’tiborini Edwardning nutqiga qaratdi. Izabella esa zerikib, uning nima haqda gapirayotganini umuman tushunmasdi. Qiz yana-yana xo‘rsinib, pushti lablarida mayda g‘ilaylab o‘tirardi.
Bu orada Gabriel bir zum ham ko‘zini undan uzmasdi. Har bir harakati unga qiziqarli tuyulardi. Izabella odatlaridan hayratlanib, tobora ko‘proq qiziqardi. Shu payt u endi aniq bildi: bu qiz — Sameul va Amandaning qizi edi.
U zaharxanda bilan kulimsiradi. Izabella lablarini g‘ilay qilganida esa, xayolida unga qilishi mumkin bo‘lgan barcha gunohli tasavvurlar qamrab oldi.
To‘satdan lzabella ko‘zlarini atrofga qaratdi. Nigohlari Gabrielnikiga tushganda, Gabrielning butun vujudidan elektr toki o‘tganday bo‘ldi. Izabella esa hayratdan qotib qoldi va nimadir pichirladi. Nigohi bilan unga tikildi, so‘ng yana o‘zini chetga oldi. Gabriel bundan yana zavqlandi.
U qoshini ko‘tardi. Izabella esa cho‘chib, nigohini olib qochdi. Gabriel ichida kulib qo‘ydi.
- qiziq… – deb o‘yladi u va go‘yoki nutqqa e’tibor qilayotgandek ko‘rindi. Ammo vaqti-vaqti bilan unga qarab qo‘yar, uni yana zerikib o‘tirganini ko‘rardi.
Izabella esa zerikkanidan telefonini titkilay boshladi. Ammo yonida kimningdir yonib turgan nigohini his qilardi. Har safar qaraganida hech kimni ko‘rmasdi. Chunki Gabriel juda ustalik bilan o‘zini yashirardi.
Izabella yana atrofga qaradi va beixtiyor Gabrielning yuzini ko‘rdi. Unga yalt etib qaradi-da, past ovozda pichirladi.
So‘ng telefoniga e’tiborini qaratdi.
Qiz tomog‘ini yutib-yutib qo‘yardi. Ichidagi g‘alati tuyg‘ular kuchayardi. U esa buni shunchaki xayol parchalari deb o‘ylardi.
Izabella bilmasdi — aslida u qanday ofatga duch kelayotganini…