Iblisning sevgisi
" Ular seni qanchalik muhim ekanligingni bilishmaydi
Ular yuragimga nima qilganingni ham bilishmaydi
Ular nima desa deyaversin
Chunki ular biz haqimizda hech narsa bilishmaydi "
- xayr, Kris! — gapirdi u quvnoq ohangda va qarshisida turgan do‘stiga qo‘li bilan xayrlashib silkitdi.
- xayr, bella — gapirdi. So‘ng yo‘lida davom etib,uning uyi yonidan o‘tib ketdi, lzabella esa ichkariga kirdi.
- men keldim, oyijon — gapirdi Izabella baland ovozda.
- xush kelibsan, qizalog'im. borib yuvinib ol, birga tushlik qilamiz. dadang bir necha daqiqadan keyin keladi
Onasining so‘zlaridan so‘ng lzabella qoshlarini chimirib qaradi.
Odatda otasi ish bilan band bo‘lganligi sababli tushlikka kelmasdi. U juda mohir yurist edi, lekin baribir rafiqasi va qizi bilan vaqt o‘tkazishga harakat qilardi.
- ha, qizalog'im, bugun bizga bir gap aytmoqchi ekan. shu bahonada tushlik ham qiladi — gapirdi Amanda ishida to'xtamay.
‘Demak, bu muhim narsa bo‘lsa kerak,’ deb o‘yladi lzabella ichida va xonasiga kirib ketdi.
U dush qabul qilgach, qulay kiyimlar kiyib, hammomdan chiqdi.
Sochlarini sochiq bilan artdi va bir muddat ochiq holda qoldirdi.
Shu payt mashina signal chaldi — otasi kelganini bildirdi.
Izabella jilmayib, xonasidan chiqdi va eshikni ochish uchun bordi.
- xush kelibsiz, dadajon! — gapirdi u quvonch bilan baland ovozda qiqirlab kulib.
Samuel uni quchoqlab, boshini mayin siladi. Ular birga ichkariga kirishdi.
- qanday baxtliman, shunaqa shirin qizim borligidan, to‘g‘rimi, Amanda? — gapirdi u xotiniga murojaat qilib.
Amanda esa uning gaplariga ko‘zini olib qochdi.
- ha-ha, shunaqa shirin qizing bor. lekin rafiqangchi, u shirin emasmi? — deb so‘radi va divanga qarab yurdi.
- u ham juda shirin, lekin qizimizdan kamroq — Samuel jilmayib yana qizining peshonasidan o'pdi.
Shu so‘zlardan so‘ng ular bir-birlariga barakalla deb qo'l urishtirishdi. Amanda esa ularni ko‘z yumib kuzatdi.
Izabella va otasi onasini asabiga tegishni yoqtirishardi,uni g‘azablantirishdi, keyin esa birgalikda uning “qahriga” duch kelishardi.
- yaxshi o‘tdi, lekin bugun kechqurun bir biznes tadbir bor. juda ko‘p boy va kuchli odamlar bo‘ladi. bu tadbirni mening eng muhim mijozlarimdan biri tashkil etmoqda
Izabella va Amanda jim tinglashardi.
- ooo, demak, siz kechqurun band bo‘lasiz, to‘g‘rimi? — gapirdi lzabella.
Uning yuzidagi porloq tabassum so‘ndi va lablarida kichik puchmoq paydo bo‘ldi.
- hey, hey, mitti xonim, xafa bo‘lma. mening mijozim hammamizni taklif qilgan
Izabellaning jigarrang ko‘zlarida hayajon porladi.
- lekin… — Samuel biroz to'xtab keyin yana gapida davom etdi.
- men aytgandek, u yerda boy va kuchli odamlar bo‘ladi… ba’zilar mafiyalar ham. men sizlarning bunday muhitga tushishingizni xohlamayman. shuning uchun… sizlar bormaysi—
- dada! — lzabella uning gapini tugatishga qo‘ymay, xunob ohangda gapni bo‘ldi.
- bizni ham olib boring, iltimos! — gapirdi u ko'zini pir piratgancha.
- tushun, bella… u yerda juda xavfli odamlar bo‘ladi — dedi yumshoq ohangda.
- ammo siz ham o‘sha odamlar orasida bo‘lasiz-ku
- yo‘q demak — yo‘q! — dedi Samuel endi qat’iyroq ohangda va jiddiy nigoh bilan qiziga qaradi.
- oyijonnn… — dedi u ovozi titrab.
- yo‘q, qizalog'im. bizni eshit — dedi onasi ham qat’iy ohangda.
Izabella yengilganini his qilib, tiz cho‘kkanicha o'tirib tizasiga qaradi.
- biz seni xavf ostiga qo‘ymoqchi emasmiz, qizalog'im — dedi onasi mehr bilan.
- yaxshi, bu tadbirdan keyin birga oilaviy sayohatga boramiz, xo‘pmi? — dedi Samuel, uni ovutmoqchi bo‘lib.
- okay… — dedi lzabella, yuzidan bir tomchi yosh sirg‘alib tushdi.
U darrov ko'z yoshlarini artib tashladi, lekin ota-onasi buni payqab qolishdi va bir-birlariga qarashdi.
Izabella har safar ota-onasi unga baland ovozda gapirsa, yig‘lardi. Shuning uchun u nima desa, ular qilardi.
U bolaligidan juda sezgir edi.
Uning butun hayoti faqat do‘sti Kris va ota-onasi atrofida aylangandek edi.
Bunday kichik narsa uchun yig‘lash biroz g‘alati tuyulishi mumkin, lekin lzabella ko‘tarilgan ovozlarga nisbatan sezgir edi.
U har doim shunaqa rasmiy tadbirlarda qatnashishni orzu qilgan edi. Lekin introvert va bo‘lgani uchun, butun o‘n sakkiz yillik hayoti davomida oddiy bir ziyofatga ham bormagan.
Bugun esa — unga oltin imkoniyat nasib etgandi. Bundan ham muhimrog‘i — u yerda ota-onasi ham bo‘ladi. Lekin u baribir xavfli odamlar keladigan joyga borishni xohlardi.
Samuel chuqur xo‘rsindi, yuragi siqildi va so‘ng gapirdi.
- yaxshi, yaxshi, yig‘lama… boramiz
Izabella unga qarab, bu faqat uni tinchlantirish uchun aytilgan yolg‘on emasligini tekshirgancha ko‘z yugurtirdi.
Ishonch hosil qilganidan so‘ng, yuzida tabassum paydo bo‘ldi va gapirdi.
- vada beraman, sizning yoningizdan bir soniyaga ham ketmayman
Onasi hanuz biroz ikkilanayotgan edi, ammo baribir bosh irg‘ab so'ngra gapirdi.
- yaxshi, yaxshi, endi tushlik qilaylik. sening hissiy “shantajing” sabab ovqat sovib qoladi!
Amandaimning kulgili ohangi og‘ir muhitni yengillashtirdi. Samuel va lzabella esa baland ovozda kulib yuborishdi.
Tushlikdan so‘ng otasi ishga qaytdi.
- soat 8 gacha tayyor bo‘linglar — deb tayinladi.
Izabella onasiga idish-tovoqlarni yuvishga yordam berdi va so‘ng xonasiga dam olishga ketdi.
Soatga qaradi: 15:38 edi. U cho‘zilib esnadi va qo‘llarini yuqoriga cho‘zdi.
Men yotog'imga yotdim va ko‘zimni yumdim. Adyolni ustimga tortdim.
Sochim hali ham dushdan ho‘l edi, shuning uchun ularni ochiq holda qoldirdim.
Bugungi tadbir haqida o‘y-xayollarimga keldi. Ichimdan nimadir o‘zgacha, g‘alati bir tuyg‘u o‘tdi — bu faqat hayajon emas edi.
Qancha odam keladi o‘sha yerga?
Vahima ichimni yemira boshladi. Yuragim qattiq urardi,asablarim taranglashdi. Men ko‘p odamlar orasida o‘zimni noqulay his qilaman, ammo bu qo‘rquvni yengishim kerak.
Ko‘zlarimni mahkam yumdim va o‘zimni taskinlantirdim: “buni uddalayman.”
Asta-sekin uyqu bosdi va men orzularim dunyosiga g‘arq bo‘ldim. Boshim uzra aylanayotgan ventilyatorning asta ovozi xona bo‘ylab taralib, menga osoyishtalik baxsh etardi…
Ammo ichimdagi o‘sha g‘alati tuyg‘uni haydab yuborolmadim.
- ohh! — dedi Amanda, qizi oldida turganini ko‘rib.
Izabella tizzagacha bo‘lgan,oddiy va nafis libos kiygan edi. Bu libos uning gavdasini juda chiroyli, ammo kamtarona tarzda yopib turardi.
Uzun qora sochlari to‘lqinsimon tusda turar, och pushti rangdagi lablaridan kulgi to‘kilib chiqardi.
Ko‘zlari chaqnardi. U past poshna tuflida onasi tomon yurdi.
Izabellaning yonoqlari qizargan edi. Onasi uning boshini silab, tabassum qildi.
Soat 20:00 atrofida edi. Ikkalasi otasining chiqishini kutishardi.
- sizdan chiroyli emasman, oyijon — gapirdi jilmayib.
Bu so‘zlardan Amanda erib ketdi. Ular bir-birlari bilan suhbatlashayotgan edi, to bir ovoz ularni to‘xtatmaguncha.
- ko'rinishim qandayanda, xonimlar?
Samuel ikki qo‘lini ochgancha ularning qarshisida turardi.
Izabella unga bosh barmog‘ini ko‘rsatdi, jilmaydi.
- ha, yaxshi — gapirdi Amanda qiziga qo'shilib.
- bilaman, men juda ham kelishganman, to‘g‘rimi, qizalog'im?
- ko‘rdingmi! — dedi u g‘urur bilan. Amanda esa ko‘zlarini olaytirdi. Izabella esa ularning munozaralarini kulib kuzatdi.
- lzabella – gapirdi Samuel. Bu safar uning ovozi jiddiylashdi.
Izabellaning yuzidagi tabassum asta yo‘qoldi.
- bugungi tadbirda biror joyga bizsiz ketmaysan. va onangning qo‘lini qo‘yib yubormaysan. uyga qaytgunimizcha shunday qoladi — dedi u qat’iy ohangda. Ammo ovozida xavotir aralash edi.
Izabella tushungan holda bosh irg‘adi. U bilar edi — ota-onasi shunchaki uni himoya qilmoqchi edi.
Ammo ular ohangini ko‘tarsa, baribir u o‘zini tutolmaydi.
Samuel hozir haddan tashqari himoyachi bo‘layotgandi, ammo bu dunyo haqiqatini yaxshi bilardi.
- agar biror holatda bizni topa olmasang, hech kim bilan gaplashma. takrorlayman. HECH KIM bilan gaplashma. kimdir senga biror narsa aytmoqchi bo‘lsa ham, javob bermaysan. tushunarlimi? — dedi u har bir so‘zni jiddiylik bilan, ammo muloyim ohangda urg‘ulab.
- xo‘p, dadajon — dedi lzabella yumshoq ohangda, bu esa otasining yuzida tabassum paydo qildi.
— unda ketdik — dedi u va ular yurishga tayyorlanishdi.
- aytgancha..ikkalangiz chiqa veringlar, men telefonimni unutdim, olib kelaman — dedi va telefonini olish uchun xonasiga qaytdi.
- Amanda, meni diqqat bilan eshit, uni kuzatib tur. u yerda men ko‘p odamlar bilan uchrashishim kerak bo‘ladi — dedi Samuel yurishda davim etarkan xotiniga xavotir bilan gapirardi.
- xavotir olma. men uni yolg‘iz qoldirmayman — dedi Amanda, uning holatini tushunib.
- qizimiz bu dunyo uchun juda mo‘rt qalbi toza pok qiz — dedi u sokin ohangda, ular uy eshigidan chiqayotgan paytda.
- bilaman, lekin uni doim yashirib yura olmaymiz axir
- sizlar kim haqida gapiryapsiz? — dedi lzabella orqadan chiqdi.
- hech narsa. telefoningni oldingmi?
Izabella telefonini ko‘tarib,bosh irg‘adi. Bu ularning ikkalasining ham yuzida tabassum uyg‘otdi.
Ammo ichki dunyolarida ikkalasi ham xavotirda edi — chunki Izabella bu dunyo uchun juda beg‘ubor qizaloq edi va ular bu qiziga ziyon yetishidan qo'rqishardi.
- xo‘p, unda ketdik — dedi Samuel, mashinaga o‘tirarkan. Amanda uy eshigini qulflab, erining yoniga o‘tirdi.
Izabella orqa o‘rindiqqa joylashdi. Hammasi xavfsizlik kamarlarini taqishdi. Dvigatel g‘uvillab ishga tushdi va mashina harakatlana boshladi.
- bella, men nima deganimni esingdami? — dedi u yo‘lga qarab, qizining e’tiborini qaratarkan.
- ha, dadajon. men sizlarning yoningizdan bir soniyaga ham ketmayman — dedi lzabella, bu esa ota-onasining yuzida yana tabassum paydo qildi.
Izabella oynadan tashqariga qarab turardi. Nyu-York shahri tunda chiroqlar ostida yaltirardi.
U manzili haqida o‘ylardi va yana o‘sha g‘alati his ichiga bostirib kirdi. U buni yana e’tiborsiz qoldirishga harakat qildi.
Bu his ichida nimadir noto‘g‘ri bo‘lishi aniq ekanligini aytardi. Lekin u buni tushunolmadi.
Ota-onasining ko‘tarilgan ovozidan ta’sirlangan va hayajonli his-tuyg‘ular uning sodda ongini egallab olgandi. Shuning uchun bu hisni oddiy xavotir deb qabul qilgandi.
Tez orada mashina to‘xtadi. Uning qarshisida katta va dabdabali mehmonxona paydo bo‘ldi.
Izabellaning yuragi tez urardi. Tomog‘iga bir narsalar tiqilib ketgandek bo‘ldi, lekin u yutindi va yuziga tabassum maskasini taqdi.
Samuel va Amanda mashinadan chiqdi. Izabella ham ortidan tushdi.
U ko‘p sonli hashamatli avtomobillar va limuzinlarni ko‘rdi. Shunda bu yerda juda ko‘p boy odamlar borligini anglab yetdi.
Amanda uning qo‘lini ushladi. Ular yurishni boshlashdi. Izabella ularning o‘rtasida edi.
Kirish qismiga yaqinlashishganda, ikkita soqchi ularning qarshisida turardi — qo‘llarida katta qurollar bor edi.
Izabella shu payt bu joyga kelish fikridan darrov afsuslandi.
Bilmasdan han xonimning qo‘lini mahkam ushlab oldi. Bu onasining unga qarashiga sabab bo‘ldi.
- nima bo‘ldi? o‘zingni yaxshi his qilyapsanmi? — dedi Amanda muloyimlik bilan.
Ular soqchilar yonidan o‘tishdi va lzabella chuqur nafas oldi.
- m-men yaxshiman… faqat sal sovuq edi — dedi u yolg‘on gapirib.
Chunki agar rostini aytsa, otasi darrov ularni ortga qaytarardi. U esa bu tadbirni o‘tkazib yuborishni xohlamasdi.
Ular katta zalga kirganlarida, lzabellaning ichidagi barcha xavotir birdan yo‘q bo‘ldi.
U hayratda qoldi — bu darajada katta, nafis joyni u hayotida birinchi marta ko‘rardi.
- vauuu — dedi u sekin, ko‘zlarini zaldan olib qochmasdan.
U yana hayrat bilan yana bir bor atrofga qaradi.
Jigarrang ko‘zlari yorishdi — bu go‘zallik uning nazarida ertaknamo edi.
Onasi yengil teginib, uni o‘z xayollaridan chiqardi.
U odamlar tomonga qaradi. Ko‘pchilik unga nazar tashlayotgan edi. Bu esa uning quloqlarini qizartirib yubordi. U yerga qaradi.
Bir guruh ayollar uning bu reaksiyasiga kulib qo‘yishdi, so‘ng o‘z ishlariga qaytishdi.
Ammo olomon orasida bir juft qora ko‘zlar uning har bir harakatini sinchkovlik bilan kuzatardi.
U uning yuzidagi qizarishni ko'rganida, bu nigoh yanada qoraya boshladi.
Izabella esa bilmasdi — u bexabar holda, uni nopok niyatlar bilan kuzatayotgan bir odamning e’tiborini tortib qo‘yganini.
𝑑𝑎𝑟𝑙𝑖𝑛𝑔𝑠 𝑚𝑎𝑛𝑎 𝐼𝑏𝑙𝑖𝑠𝑛𝑖𝑛𝑔 𝑠𝑒𝑣𝑔𝑖𝑠𝑖 𝑐ℎ𝑎𝑝𝑡𝑒𝑟 - 𝟷 𝑡𝑎𝑦𝑦𝑜𝑟 . 𝑏𝑢 𝑎𝑠𝑎𝑟 𝑘𝑝𝑜𝑝 𝑦𝑜'𝑛𝑎𝑙𝑖𝑠ℎ𝑖𝑑𝑎 𝑒𝑚𝑎𝑠 𝑠ℎ𝑢𝑛𝑖𝑛𝑔 𝑢𝑐ℎ𝑢𝑛 𝑛𝑒𝑔𝑎 𝑢𝑙𝑎𝑟 𝑞𝑎𝑡𝑛𝑎𝑠ℎ𝑚𝑎𝑦𝑎𝑏𝑑𝑖 𝑑𝑒𝑔𝑎𝑛 𝑠𝑎𝑣𝑜𝑙𝑙𝑎𝑟 𝑏𝑒𝑟𝑚𝑎𝑛𝑔𝑙𝑎𝑟 𝑎𝑚𝑚𝑜 𝑘𝑝𝑜𝑝 𝑞𝑎𝑡𝑛𝑎𝑠ℎ𝑚𝑎𝑔𝑎𝑛 𝑏𝑜'𝑙𝑠𝑎𝑑𝑎 𝑖𝑠ℎ𝑜𝑛𝑖𝑛𝑔 𝑗𝑢𝑑𝑎 𝑦𝑎𝑥𝑠ℎ𝑖 𝑐ℎ𝑖𝑞𝑔𝑎𝑛 . 𝑟𝑒𝑎𝑘𝑠𝑖𝑦𝑎 𝑣𝑎 𝑓𝑖𝑘𝑟𝑙𝑎𝑟𝑖𝑛𝑔𝑖𝑧𝑛𝑖 𝑘𝑢𝑡𝑖𝑏 𝑞𝑜𝑙𝑎𝑚𝑎𝑛 .