September 14, 2025

📖 Mizuna Ayame – Bob 1

📖 1-bob: Boshlanish

🌌 Mening ismim — Mizuna Ayame.
Otam — koreys, ismi Jeon San. Onamni esa hech qachon ko‘rmaganman… Men tug‘ilganimdan beri otam bilan yashaganman.

🕯️ Otam mafiya dunyosida katta kuchga ega edi. Ularning dunyosi — qonun va qasos, kuch va raqobat ustiga qurilgan. Meni ham yoshligimdan shu o‘yinga tortishdi.


🌪️ Qonli tun

6 yoshimda esa taqdirimni butunlay o‘zgartirgan voqea sodir bo‘ldi.
Uy ichiga keskin shamol urilib, qorong‘i tun qo‘rquv bilan to‘ldi.

Meni qo‘limdan olib enagam shafqatsiz kurashdan olib chiqdi. U meni katta qutilarning biriga yashirib qo‘ydi. Ko‘zlariga qaragancha u aytdi:

"Xonim, onangiz yaponiyalik edi. Otangiz ish safarida uni uchratgan. Sizning akangiz bor. Garchi bir otadan bo‘lmasangiz ham, siz unga ishonishingiz mumkin. Faqat tirik qoling va uzoqlarga qoching…"

🔫 Shu so‘zlardan so‘ng tashqaridan o‘q ovozlari eshitildi… Men tushundim — enagam ham o‘sha daqiqada halok bo‘ldi.

❄️ Men yolg‘iz qoldim. Lekin o‘sha kundan boshlab o‘zimga so‘z berdim:

  • Men kuchli bo‘laman.
  • Men o‘lishdan qo‘rqmayman.
  • Men akamni topaman.

🌸 Yangi yo‘l

Yillar o‘tdi. Men zaharga qarshi mashqlar qildim, jang san’atlarini o‘rgandim, mafiya dunyosida nom qozondim. Lekin yuragimda faqat bitta orzu bor edi — haqiqiy oilamni topish.

Nihoyat, taqdir meni Yaponiyaga yetakladi. Yetimxonada akam borligi haqida eshitdim. Men 8 yosh edim, u mendan 3 yosh katta edi. Biz bir qarashda unchalik o‘xshamasdik, ammo ko‘zlarimizda nimadir bir xil edi.

Unga yaqinlashishni xohlardim… ammo otamdan sir saqlash uchun uzoqdan kuzatishga majbur edim.

💭 “Qachon biz haqiqiy oila bo‘lamiz?..” — deb o‘ylab yurardim.


👤 Kutilmagan uchrashuv

Lekin taqdir yana meni sinadi.
U kutilmaganda paydo bo‘ldi. Yo‘limdan chiqqan kimsa bilan to‘qnashib ketdim.

— “Voy, kechirasiz, sizni ko‘rmay qoldim,” — dedim.
— “Sen ham ko‘rmading-ku,” — deb javob qaytardi u.

Nigohlarimiz to‘qnashdi. Bu — mening hayotimdagi eng g‘alati lahza edi. Unda qandaydir kuch bor edi… meni o‘ziga tortayotgan bir sehr…


✨ Davomi bor…