February 15, 2020

Murari Lal Jalan O‘zbekistonning o‘sishiga sarmoya kiritmoqda

Murari Lal Jalan - global qarashlarga ega inson hozirgi kunda O‘zbekistonning o‘sishiga investitsiya kiritmoqda.

"Barcha tuxumlarni bitta savatga solmang", degan xalq naqli bor va bu Murari Lal Jalanga juda mos keladi.

Ishbilarmonlik jamiyatining taniqli namoyandasi Jalan, ko‘chmas mulk, tog‘-kon sanoati, savdo sohasi, qurilish, FMCG mahsulotlari, sut mahsulotlari, sayohat va turizm, shuningdek dunyodagi ba’zi sanoat sohalariga sarmoya kiritgan faxriy sanaladi.

Ayni paytda u boshqa davlatlar qatorida BAA, Hindiston, Rossiya va O‘zbekistonga sarmoya kiritmoqda. Jalan brendi - "MJDevelopers" o‘zining asosiy biznes tamoyillari bilan tanilgan:

- mijozlarga e’tibor qaratish;

- sifatni rivojlantirishga intilish;

- vazifaning o‘z muddatida bajarilishi bilan birga yaxshi sifatni ta’minlashga qaratilgan qarash.

Jalanning asosiy boshqaruv falsafasi kelajak avlod ehtiyojlarini qondirishga putur yetkazmagan holda hozirgi zamon ehtiyojlariga javob beradigan progress shaklidagi barqaror rivojlanishga o‘z yondashuvi bilan hamohamg bo‘lgan barqaror tashkilotlar yaratishga asoslangandir. Bu rivojlanishga yaxlit, uyg‘unlashgan va kompleks nazarni asos sifatida qabul qiladigan yondashuydir.

1924- yildan beri sobiq Sovet Ittifoqining bir qismi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi 1991-yilda mustaqillikka erishdi va bozor iqtisodiyotiga o‘tishni boshladi. Hukumat 2017-yilni valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha ta’sirli choralar bilan boshlab, narxlarni nazorat qilishni bekor qilishga, viza rejimini liberallashtirishga, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va soliq tizimini qayta qurishga qaratilgan savdo cheklovlari va qoidalarini yengillashtirishga qaratilgan qator tizimli islohotlarni amalga oshirdi.

O‘sishning tenglashtirilishi hamda integratsiya va innovatsion imkoniyatlar O‘zbekiston iqtisodiyotining tarkibini tubdan o‘zgartirdi. Shuningdek, iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va qulay investitsiya muhiti uchun mustahkam huquqiy baza yaratildi.

Buni makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tasdiqlaydi va so‘nggi 11 yil davomida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishi 8%dan oshdi, bu esa dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.

Mustaqillik yillarida yalpi ichki mahsulot 5,5 baravar, aholi jon boshiga YaIM esa 4 marotaba oshdi. 2005-yildan boshlab davlat byudjeti hozirgi makroiqtisodiy barqarorlik holatiga yordam bergan holda yillik profitsitga erishdi. Bu Jalanni O‘zbekistonning porloq kelajagi, o‘sishi va rivojlanishi haqida ilhomlantirdi.

Jalan ochiqlik va tashqi savdo uchun qat’iy, qadamlari tufayli ushbu mamlakatning muvaffaqiyat tarixining bir qismi bo‘lish g‘oyasiga mamnunlik bilan sodiq bo‘lib qoladi.

Qiymati 1 milliard AQSh dollaridan oshadigan ko‘plab loyihalar va uning O‘zbekistonning mashhur markazlarida, xususan, o‘zbek madaniyati markazi sanalgan poytaxt – Toshkentda("tosh qishloq" degan ma’noni anglatadi) bo‘lganligi tufayli. Toshkentda bir qancha yirik kutubxonalar mavjud bo‘lib, u O‘zbekiston Fanlar akademiyasi va boshqa ko‘plab oliy o‘quv yurtlarining qarorgohi hisoblanadi.

Shuningdek, u farmatsevtika, axborot texnologiyalari, mehmonxonalar, sog‘liqni saqlash va avtomobilsozlik sohalari diyori – Namanganning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Shahar markazida joylashgan Namangan Square – jozidador lyuks toifadagi yangi rivojlanish nuqtasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu yerda yaqinda qurilgan Prezident maktabiga yaqin, Namangan aeroportidan 1 km, Namangan temir yo‘l vokzalidan 6,5 km uzoqlikdagi masofada joylashadigan 18 gektarlik ko‘p funktsiyali jamiyat yaratiladi.

Toshkent tarixiy obidalarga boy shahardir va bu yerda uning 2 million kvadrat metrdan ko‘proq maydonni egallaydigan xonadonlar, 4 hashamatli mehmonxona, mashhur universitetlar, tibbiyot institutlari, ajoyib minoralar kabi loyihalarining qad ko‘tarishi – O‘zbekistonga yangi chiroy baxsh etadi.

Uning uchinchi loyihasi O‘zbekistonning qadimgi shahri bo‘lgan Buxoroda joylashadi. Buxoro Sharq va G‘arb o‘rtasidagi Buyuk Ipak savdo yo‘lidagi mashhur bekat va O‘rta asrlarda islom dini va madaniyatining asosiy markazi bo‘lgan. U Buxoroda 4 yulduzli zamonaviy mehmonxona kompleksi va 2,7 gektar maydonda dam olish maskanini qurmoqda.

Hukumatning maqsadi 2030- yilga kelib O‘zbekistonni rivojlangan, o‘rtacha daromadli mamlakatga aylantirishdir. Bularni amalga oshirish uchun iqtisodiyotda resurslarni taqsimlash samaradorligini yanada oshirish va iqtisodiy o‘sish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish uchun yuqori salohiyatga ega yangi manbalardan foydalanish bo‘yicha doimiy islohot harakatlari talab etiladi.

Yaqinda hukumat ushbu qarashlar doirasida qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, uning davlat aktivlari va korxonalariga egalik qilishni qisqartirish va moliyaviy bozorlardagi cheklovlarni olib tashlash rejalarini e’lon qildi

“O‘zbekiston loyihasi”ning amalga oshishi, uning katta muvaffaqiyatiga erishish yo‘lida hech qanday to‘siq qolmasligiga ishonch hosil qilish uchun ikki yosh va faol tadbirkor, shuningdek oila a’zolari bo‘lgan Ankit Jalan va Aakash Garg Jalan loyihalarining katta muvaffaqiyatlarga aylantirishga asosiy hissa qo‘shmoqlar. Ushbu ikki janob allaqachon butun dunyo bo‘ylab guruh biznesini rivojlantirishda o‘z qobiliyatlari va iste’dodlarini ko‘rsata oldilar.

Jalan asosiy maydonda turib, hukumatning "O‘zbekiston loyihasi" yaqin kelajakda hayotga kirib borishi haqidagi orzusiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Uning qarashlari haqida ko‘proq bilib olish maqsadida u bilan suhbatlashdik. Suhbatdan parchalar:

Ayni kunda ko‘pgina NRIlar (Non Resident Indians) Fors ko‘rfazi mamlakatlariga yoki AQShga sarmoya kiritishni xohlashgan bir vaqtda O‘zbekiston sizni nimasi bilan ko‘proq jalb qildi?

Sarmoyador har doim imkoniyat izlaydi. Bizni har doim duch keladigan yangi qiyinchiliklari va xavotirlari bilan hamda Fors ko‘rfazi va G‘arbning to‘yingan bozorlariga nisbatan taklif etayotgan o‘sish ko‘lami bilan rivojlanayotgan bozorlarga sarmoyalar qiziqtirgan. Qolaversa, mintaqa madaniyati va urf-odatlari bizni maftun etdi.

«Barqaror korxonalar» deganda nimani tushunasiz?

Barqaror korxona - bu nafaqat bozor tendentsiyalari va sikllarini uzoq muddatli asosda saqlab qolish, balki vertikal yoki gorizontal integratsiya orqali qiymat zanjirida organik o‘sish uchun etarli imkoniyatlarni taqdim etadigan korxona.

O‘zbekistonda YaIM o‘sishi sabablari nimada?

O‘zbekiston hukumati iqtisodiyotni barqarorlashtirish va uni o‘sish yo‘liga yo‘naltirish uchun turli xil islohotlarni amalga oshirdi . Bu o‘z ichiga valyuta bozorini liberallashtirish, narxlarni tartibga solishni bekor qilishga qaratilgan tizimli islohotlar, viza tartibini liberallashtirish, savdo cheklovlarini yengillashtirish, ishbilarmonlik muhitini tartibga solish, soliq tizimini qayta ko‘rib chiqish va hokazolarni oladi. Hukumatning bu qadamlari mahalliy sarmoyadorlar uchun ishonch va qulay muhitni ta’minladi va biz kabi sarmoyadorlarni jalb qilishga yordam berdi.

U yerda biznes yuritishda biron bir sarsonlik, to‘siq bormi? Litsenziyalarni olish, siyosiy aralashuv, korrupsiya va boshqalar?

Hukumat, yuqorida aytib o‘tilgan islohotlarga qo‘shimcha ravishda, "Rasmiylashtirish bo‘yicha yagona oyna" va "Investitsiyalar vazirligi" singari kontseptsiyalarni taklif qildi, bu esa o‘z navbatida jarayonni sarmoyadorlar uchun juda samarali, tezkor va qulay qildi.

Mehnat muammosini qanday hal qilasiz? Ular sanoat talabiga mos keladimi? Siz Hindistondan ham ishchilar yollaysizmi? Necha foiz?

Biz, bir guruh holda, O‘zbekistondagi ishchilar va mamlakatda ko‘chmas mulk bozorining rivojlanish sur’atlaridan hayratdamiz. Barcha loyihalarimiz uchun mahalliy ishchilarni jalb qilishdan juda mamnunmiz, undan tashqari texnik va soha mutaxassislarining oz qismi chet ellardan, xususan Hindistondan jalb qilinadi.

Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aloqalari to‘g‘risida tasavvuringiz qanday? Qaysi sohalarda yaqin hamkorlik bo‘lishi mumkin? Hindiston hukumati sizning loyihalaringizda qatnashadimi?

Biz hindistonlik bo‘lganimizdan, har doim o‘z mamlakatimizga har tomonlama xizmat qilishga astoydil harakat qilamiz va mamlakatimiz uchun yana nima qila olishimiz mumkinligi yo‘llarini izlaymiz. Biz muntazam ravishda har ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi hamkorlikning kelajakda ularning har biri uchun ilgari suriladigan turli imkoniyatlarini o‘rganib boramiz. Bu tibbiy turizm, ta’lim, sayohat hamda hordiq va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar. Shuningdek, xom ashyo, iste’dodlarni topish, texnologiyalar importi va h.k. uchun korporativ uy-joy va biznesda hamkorlik qilgan holda biz ikki tomonlama savdoni kengaytirish ustida ish yurityapmiz.

Hindistonga sarmoya kiritish bo‘yicha rejalalaringiz bormi?

Guruh sifatida bizning Hindistonda ko‘chmas mulk, turizm va sayohatlarga, shuningdek boshqa ko‘plab sohalar uchun bir qancha sarmoyalarimiz mavjud. Bundan tashqari, Hindistonga yaqin xalqaro sarmoyador sifatida biz doimiy ravishda Hindistonga sarmoya uchun yaxshi imkoniyatlarni izlamoqdamiz.

Biz shuningdek, MJ Developersning strategik maslahatchilari Aakash va Ankit bilan ham suhbatlashdik.

Janob Jalanning muvaffaqiyat tarixiga sizning hissangiz qanday bo‘ladi?

Oilada yangi avlod va yosh tadbirkorlar sifatida biz guruhdagi ko‘pgina mas’uliyatni o‘z zimmamizga olamiz va kuchimiz, qat’iyatimiz va ishga sadoqatimiz, shubhasiz, janob Jalanning eng yuqori sifatli mahsulotni eng yaxshi narxlarda iloji boricha tezroq yetkazib berish qarashiga erishishda muhim rol o‘ynaydi.

Biznesni kengaytirish va rivojlantirish uchun texnologiyadan qanday foydalanishni rejalashtirmoqdasiz?

Guruh yangi asr texnologiyalari yordamida shahar va shahar atrofi aholisi hayotini yaxshilash, shu sababli yashash uchun minimumni pasaytirish maqsadida ko‘plab aqlli shaharlar va ekologik qurilish texnologiyalarini joriy qilishni rejalashtirmoqda. Ba’zi misollar aqlli energiya boshqarish tizimi, chiqindilarni oqilona yo‘q qilish va suvni qayta ishlash tizimlari, an’anaviy yoritish tizimlariga nisbatan tabiiy va qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish, xavfsizlik va himoya texnologiyalaridan foydalanish, intellektual mobil tizimlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu biznes uchun har biringizning asosiy kuchli tomonlaringiz qanday?

Bizning strategiya va marketing, shuningdek moliya va operatsiyalar sohasidagi ixtisoslashgan ma’lumotimiz tufayli butun guruh faoliyatini kuzatib borish bilan bir vaqtda uni jadal rivojlantirish malakasiga egamiz.

Janob Jalanning turli xil biznes loyihalarini rivojlantirish uchun biror bir hind firmalaridan yoki jismoniy shaxslaridan foydalanishni rejalashtiryapsizmi?

Bugungi kunda Hindiston imkoniyatlar mamlakati bo‘lib, unda noodatiy mahsulotlar va xizmatlarni, shuningdek, yangi ekotizimni yangi g‘oyalar va texnologiyalardan foydalangan holda kengaytiradigan yangi biznesni taklif qiladigan ko‘plab yaxshi tashkil etilgan korxonalar mavjud. MJ Developers jamoasi butun tizimga kirish imkoniyatiga ega ekanligidan mamnundir, chunki bu bilan u mamlakat korxonalari va jismoniy shaxslaridan mamlakat aholisiga eng yaxshi mahsulotni taqdim etish uchun O‘zbekistonning ichki iste’dodini to‘ldirish maqsadida foydalanishi mumkin.

MJ Developers – ko‘chmas mulk sohasida 15 yillik tajribaga ega xalqaro developer kompaniyasi.

Bosh qarorgohi BAAning Dubay shahrida joylashgan bo‘lib, u40 yildan ortiq tajribaga ega bo’lgan turli mamlakatlarda, shu jumladan Hindiston, Rossiya, Braziliya, BAA va O‘zbekistondagi turli jabhalardagi Jalan oilasining tashkilotidir. MJ Developers korporativ va axloqiy menejmentning yuqori standartlariga asoslanadi va bu uning operatsion yondashuvini belgilaydi. Innovatsiya, ijodkorlik va vertikal integratsiya brendning uzoqni ko‘zlagan asosiy harakat omilidir.

MJ Developers turli xil portfolioga ega: bir nechta ko‘chmas mulk loyihalarini rivojlantirish va sarmoyalaridan tortib, og‘ir qurilish texnikalarini lizingga olishgacha.

Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tish joizki, guruh ushbu uskunalarni BAA, Dubayning taniqli transmilliy korporatsiyalariga ijaraga beradi.

Xalqaro bozorda o‘z mavqeini kengaytirib va ​​O‘zbekistonda ko‘chmas mulk potensialini amalga oshirgan holda brend quyidagi loyihalarni o‘z zimmasiga oldi:

Bukhara 4 yulduzli mehmonxona - 200+ xonalar

Namangan Square (18 ga) - Namangan

Minerva Smart City (93 ga) - Toshkent

Lake City (100 ga) - Toshkent

MJ Developers, Namangan Square Farg‘ona vodiysi uchun, yaqinda Toshkent guvohi bo‘lgan, ko‘chmas mulk sanoatini rivojlantirishga yordam beradigan loyiha- katalizator bo‘lishiga ishonadi.

Manba: http://nriachievers.in/murari-lal-jalan-a-man-with-a-global-vision-now-contributing-in-the-growth-of-uzbekistan/