12 ta keng tarqalgan illyustratsiya uslublari
1.Hand-drawn
Hand draw qo‘lda chizilgan ko‘rinishga ega bo‘lgan illustartsiyalardir. Bu uslubda, chiziqlar, ranglar va tuzilmalar qo‘lda chizilgan ko‘rinishga ega bo‘ladi, natijada tasvirga noziklik va maxsus, samimiy ko‘rinish beriladi. Qo‘l bilan chizilgan tasvirlarda ko‘pincha yumshoq, silliq chiziqlar ishlatiladi. Bu chiziqlar tasvirga jonli va tabiiy ko‘rinish beradi, ayniqsa yengil va to‘g‘ri chiziqlar bilan chizilgan illustratsiyalar
2.Realism
Realizm uslubi haqiqiy hayotdagi tasvirlarni aniq va to‘liq aks ettirishga qaratilgan. Ushbu uslubda ranglar, teksturalar, soyalar va detallar juda aniq va haqiqiy tarzda ko‘rsatiladi, bu tasvirlarga chuqurlik va hayotiylik beradi. Realistik tasvirlarda har bir element (masalan, inson yuzining tafsilotlari, tabiat manzaralari, mebelning teksturasi) haqiqiy hayotdagi ko‘rinishiga juda yaqin tarzda ishlanadi.
3.Flat
Bu uslubda soddalashtirilgan shakllar va minimal detallardan foydalaniladi, ya'ni tasvirlarda chuqurlik, soyalar yoki hajm ko‘rsatilmaydi. Ular oddiy, toza va ikki o‘lchamli illustratsiyalar hisoblanadi. Ranglar va shakllar sodda va toza bo‘ladi, shuningdek, asosan to‘g‘ri chiziqlar va geometrik shakllar ishlatiladi.
4.Cartoon (Multik)
Cartoon uslubi, ya'ni multfilm uslubi, ko‘pincha kulgili va quvnoq tasvirlarni yaratishda ishlatiladi. Bu uslubda qahramonlar va boshqa elementlar jonlantiriladi, shuningdek, tasvirlar o‘ziga xos va ko‘pincha noan'anaviy proporsiyalar va ranglar bilan yaratiladi. Tasvirlarda animatsion (multfilm) elementlar ko‘p bo‘ladi.
5.3D (Uch o‘lchamli)
3D uslubi uch o‘lchamli ko‘rinishda tasvirlar yaratadi. Bu uslubda hajm, soyalar va yuzalardagi detallarga alohida e'tibor qaratiladi, bu tasvirlarga realistik ko‘rinish beradi. Uch o‘lchamli tasvirlar o‘zining jonli ko‘rinishi bilan ajralib turadi.
6.Vector Line (Chiziqli vektor uslubi)
Vector Line uslubi minimalistik va chiziqli dizayn uslubidir. Bu uslubda faqat chiziqlar (konturlar) ishlatiladi va ranglar ko‘pincha bo‘lmaydi yoki juda kam ishlatiladi. Bu turdagi tasvirlar o‘zining soddaligi va aniq chiziqlari bilan ajralib turadi.
7.Watercolor Illustration
Bu akvarel bo‘yoqlar yordamida yaratilgan illyustratsiya uslubidir. Akvarel uslubi suyuq bo‘yoqlardan foydalanib, ranglar va soyalarning o‘zaro uyg‘unlashishi orqali o‘ziga xos, yumshoq va tabiiy ko‘rinish yaratadi.
8.Isometric Illustration
Bu uch o‘lchamli (3D) tasvirni yaratish usuli bo‘lib, unda izometrik projeksiyadan foydalaniladi. Bu usulda ob'ektlar o‘zining haqiqiy shaklini saqlab qolgan holda, kenglik, balandlik va chuqurlikning barchasini bir xil burchakda (odatda 30°) ko‘rsatadi.
9.Retro Illustration
Retro illyustratsiyasi o‘tmishdagi vizual uslublardan ilhomlanib yaratilgan tasvirlarni anglatadi. Bu uslubda ko‘pincha 1950-1980 yillar orasidagi dizaynlar va ranglar ishlatiladi. Va nostaljik ko'rinish beradi.
10.Vintage Illustration
Vintage illyustratsiya ham o‘tmishga oid, lekin u yanada sof va romantik ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bu uslub ko‘pincha 1920-1960 yillar o‘rtasidagi klassik uslublarga asoslanadi. Vintage illyustratsiyalar yumshoq ranglar, eski tipografiyani o‘z ichiga oladi.
11.Gradient Illustration
Bu ranglarning biridan boshqasiga yumshoq va silliq o‘tish orqali yaratilgan vizual uslubdir. Gradientlar ranglarning harakati yoki yorqinlik darajasining o‘zgarishini aks ettirib, tasvirga jonli ko‘rinish beradi. Odatda gradientlar yorqin va kontrast ranglardan foydalanadi
12.Texture Illustration
Bu grafika va illyustratsiya sohasida ishlatiladigan yana bir mashhur uslubdir.Ushbu uslubda, tasvirlarga maxsus tuzilish yoki yuzaga ega bo‘lgan effektlar qo‘shiladi, bu esa tasvirga yanada realistik, jonli va jozibali ko‘rinish beradi.
Muallif: Karimova Muqaddas http://t.me/karimova_blog