2023-yil 19-21-dekabr kunlari Toshkent amaliy fanlar universitetida xalqaro konferensiya tashkil etiladi
2023-yil 19-21-dekabr kunlari Toshkent amaliy fanlar universiteti, Estoniya tadbirkorlik amaliy fanlar universiteti, Germaniyaning anxalt amaliy fanlar universiteti va “Proceedings of the 11th International Conference on Applied Innovations in IT” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda “Ilm-fan taraqqiyoti: muammolar, yechim va istiqbollar” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etishga taklif qilamiz!
Anjuman o‘tkazilish muddati va joyi: 2023-yil 19-21-dekabr kunlari, Toshkent amaliy fanlar universiteti (onlayn va offline formatda).
Maqola va tezislar 2023-yil 30 - noyabrga qadar https://conf.uznj.uz/conference/details?id=6 elektron formasi orqali qabul qilinadi.
ESLATMA! Anjuman uchun maqola yuklangandan so‘ng elektron pochta xabarlariga ogoh boʻling. Agar sizga qayta yuborish havolasi jo‘natilsa, maqolagatuzatishlar kiritib qaytadan yuborishingiz so‘raladi.
Maqola anjuman dasturiga kiritilganligi haqidagi ma’lumot muallifga 2023-yil 10-dekabrgacha elektron pochta orqali xabar qilinadi. To‘plamni nashr etish, anjumanni tashkil etish hamda maqolalarga DOI raqam olib xalqaro bazalarga indekslash xarajatlarini qoplash uchun har bir maqola uchun 100 000 so‘m to‘lov olinadi.
(+998)94 632-22-42 prof.Qayumov Olimjon;
(+998)99 802-27-45 prof.Xamrakulova Xurshida;
(+998)97 386-03-33 Azimov Navruzbek;
(+998)97484-96-00 Mamasaliyev Ortiqjon;
(+998)97 321-19-65 dots.Ziyotova Surayyo.
Mas’ul xodim: PhD, dots.Saitov Elyor, Tel.:(+998-90)-167-46-55. ([email protected])
Eslatma: konferensiyada mutaxassislar an’anaviy va ZOOM dasturi orqali ishtirok etishlari mumkin. Konferensiya ZOOM identifikatori konferensiya dasturi va saytda e’lon qilinadi.
Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar ko‘chasi, 1-uy. Toshkent amaliy fanlar universiteti, A binosi.