IQTISODIYOT VА MOLIYA VАZIRLIGI HUZURIDАGI BUDJET-SOLIQ ILMIY TАDQIQOTLАRI INSTITUTI
2023-yil 9-noyabr kuni Toshkent shahrida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligining Ilmiy tadqiqot moliya instituti (NIFI) bilan birgalikda Markaziy Osiyo, Rossiya va Kavkazorti mamlakatlari vakillari ishtirokida «Tashabbusli budjetlashtirish – davlat moliyasining innovatsiyasi sifatida» mavzusida xalqaro davra suhbati o‘tkazildi.
Budjet-soliq ilmiy tadqiqotlari instituti tomonidan Davra suhbati natijalari bo‘yicha “O‘zbekistonda tashabbusli budjetlashtirishni takomillashtirish va xorij tajribasi: nazariya va amaliyot” o‘quv-metodik qo‘llanmasini nashr etish rejalashtirilgan.
lmiy maqola va tezislarga qo‘yiladigan talablar:
- tezislar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin;
- tezislar matni tahrir qilingan holda 3-5 bet hajmda, 1,0 intervalda (chapdan 3,0 sm, yuqori va pastdan 2,0 sm, o‘ng tomondan 1,5 sm) kompyuterning Microsoft Word muharriri, matnlar Times New Roman shriftida 14 kegel kattalikda tayyorlanishi lozim.
- mavzuning nomi katta harflar bilan qoraytirib va qog‘ozning o‘rtasiga avtomatik tarzda keltirib yoziladi, bir intervaldan keyin ikkinchi qatorda muallif(lar)ning familiyasi, ismi, sharifi, uchinchi qatorda tashkilot nomi, lavozimi, elektron manzili, telefon raqami kodi bilan ko‘rsatiladi va bir intervaldan keyin matn boshlanadi.
- tezislar davra suhbatiga oid mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan xulosalar asosida shakllantirilgan ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar bilan boyitilgan bo‘lishi lozim;
- tezisda adabiyotlar va boshqa manbalardan foydalanilganda, ushbu manbalarga o‘sha betning pastki qismida havola berilishi, keltirilgan havola (snoska)ning manbasi haqida ma’lumotlar to‘liq yozilgan bo‘lishi zarur (internet manzil, statistik to‘plam, kitob va nashriyot nomi hamda yili, foydalanilgan bet, muallifi);
- yuqoridagi talablarga mos kelmagan maqolalar materiallar to‘plamiga kiritilmaydi. Yuborilgan maqolalar mualliflarga qaytarilmaydi.
Ilmiy tezislarni qisqa muddatda belgilangan tartibda quyidagi elektron electron manzilga jo‘natishlari lozim: [email protected], [email protected]
Bog‘lanish uchun telefon: Bunyodjon Kobilov, Dildora Mirzaeva, Xamidaxon Аkbarova (71) 239-97-46, (90) 900-01-12, (97) 742-34-47