March 9, 2025

𝙇𝙊𝙎𝙏 𝙄𝙉 𝙏𝙃𝙀 𝘼𝘽𝙔𝙎

затерянный в бездне

— Dissotsiatsiya —

Ruhiyatning o‘zidan qochishi. Mening haqiqatim qaysi? Qaysi biri yolg‘on? Buni anglashni allaqachon bas qilganman. Qorong‘ulik. Ichimda nimadir buzilib ketganini his qilaman. Yuragimni siqayotgan narsa nima? Xotiralar? Yo‘q, bu faqat shovqin. Ichimdagi shovqin...

— Sen aybdorsan.

Ovozni yana eshitaman. Shu ovoz bilan ulg‘aydim. Shu ovoz meni hech qachon tark etmadi. Ko‘zlarimni ochaman. To‘rt devor. Shiftga tikilib yotaman. Qo‘llarim muzlab ketgan. Yuragim tez uryapti. Bu tush emas edi. Bu haqiqat edi. Men yana uyg‘ondim. Yana tirikman. Yana shu zulmat ichida...


Qorong‘u va hashamatli katta uy... Undan esa har xil hidlar taralardi — chirigan atir va qurigan qonning og‘ir aralashmasi. Bu joy tirik ruhga ehtiyoji bor bo‘lgandek jimjit edi. Lekin unda faqat bitta odam yashardi...

— Uyning ichki ko‘rinishi qanday? Qanday narsalar bor? — Yorug‘lik bormi yoki faqat sharpalar harakatlanayotgandek qorong‘u joymi? — Ichkaridagi odamning yurishlari aks-sado beradimi?

— Yoki yo'q? Nima uchun uy bunchalik qorong‘u va dahshatli? Kim bilsin balkim bu yerlarda odam o'lgandir? Yoki da qizlar zo'rlangandir hech kim bilmaydi va ko'rmaydi...

— Hammani miyasida bir savol bo'lar edi bu yerda kimdir yashaydimi? Yoki faqat sharpalar bormi? Uyni ichi da faqat chang topish mumkin bo'lardi boshqa hech narsa emas...

Chang bosgan qimmatbaho mebellar, shiftga osilgan eski lyustra, devorlarga ilingan qarib qolgan suratlar va qonli kiyimlar-u to'ponchalar va xar hil qonli pichoqlar katta deysizmi kichik deysizmi hammasi topsa bo'lardi..

Uy juda tartibsiz edi har yoqda har xil shishalar va singan suratlar-u qon bo'lib ketgan gilamlar hamma joy chang edi...

Ammo bu betartiblik o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmagan. Xuddi kimdir nimanidir izlagandek. Ehtimol, yo‘qolgan odam yoki yashirilgan sirlar… Shu payt… shiftning eski taxtalaridan g‘ichirlash eshitildi. Kimdir yoki nimadir yuqorida harakat qilayotgandek edi. Yo‘q, bu shamol emas. Shamol bunday qilib bir maromda yurmaydi. Birdan yerto‘la eshigi sharaqlab ochildi. Go‘yo ichkaridan kimdir uni itargandek. Qorong‘ulik ichidan nimalarnidir paypaslab izlayotgan barmoqlarning shivirlashga o‘xshash tovushi eshitildi…

...Qorong‘u uy ichida jimlik hukm surardi. Jimlik shunchalik zich ediki, hatto yurak urishi ham ortiqcha tuyulardi.

Yerto‘la eshigi sharaqlab ochilganidan keyin, xona ichiga nam va chirigan hid tarqaldi. Havodagi g‘alati hid kimnidir xotirasini qitiqlayotgandek edi. Go‘yo bu joy ilgari ham kimdir uchun tanish bo‘lgandek.

Kimdir bu uyda nafas olayotgandi. Hali ham. Lekin hech qanday qadam tovushi eshitilmadi. Shunchaki... kimdir kuzatayotgandek.

Eshik g‘ichirlab yopildi. Shamol emas, u yopiqligicha turishi kerak edi. Unda kim?

Shiftga osilgan lyustra qimir etib, yengil jiringladi. Chang bosgan shisha qirralari orqasida xira aks-sado paydo bo‘ldi. Biroz diqqat bilan qaralsa, u yerda ikki juft ko‘z aks etayotgandek edi.

U Min Yoongi edi – yolg‘izlik va zulmat ichida yashashga o‘rganib ketgan. Uyi qorong‘u, o‘zi esa undan ham qorong‘uroq. Uning hayoti ichidan chirigan hashamatli qasrga o‘xshardi – tashqaridan go‘zal, ichkaridan esa vayronaga aylangan. Yoongi  bolaligida og‘ir travmalarni boshdan kechirgan. Onasi bedarak yo‘qolgan, otasi esa ruhiy kasalliklar shifoxonasida. U yolg‘izlik va ichki bezovtalik ichida ulg‘aygan. Kichikligidan g‘ayritabiiy narsalarni ko‘radi – lekin bular haqiqatmi yoki faqat uning ongining o‘yini ekanini hech kim bilmaydi. U o‘zining hashamatli, ammo tashlandiq uyida yashaydi. Hamma bu uyni la’natlangan deb ataydi. Yigit esa hech kimni ichkariga qo‘ymaydi. Lekin u hamma narsani eshitadi. Hatto eshitmasligi kerak bo‘lgan ovozlarni ham. To'satdan u juda tanish bo‘lgan bir ovozni eshitadi. — Meni unutdingmi? Bu kim edi? Nega aynan yana Yoongi ni chaqirdi balkim bu onasing ruhidir nima uchun bu ovoz har doim uni taqib qiladi bu esa juda sirli edi hattoki bu savolga uning o'zi javob topa olmas edi..

Uy shunday joy ediki, unga yaqinlashgan har qanday inson yuragida allaqanday bosim va bezovtalik his qilardi. Derazalar qalin pardalar bilan yopilgan, hech qanday yorug‘lik ichkariga kira olmasdi. Faqatgina oynalarga tushayotgan soya go‘yo uy ichida harakatlanayotgan biron narsa borligini bildirardi. Jimlik. Juda chuqur jimlik. Shunday jimlikki, hattoki o‘z yurak urishlaringni eshitib, o‘zingni bu dunyodan uzilganday his qilarding. Ammo bu faqatgina tashqaridan shunday tuyulardi. Ichkarida esa… Katta zalning to‘rida chang bosgan stol turardi. Stol ustida qandaydir eski kitob, yonida esa suyakday oppoq qog‘oz bo‘lib, ustiga kimdir nimadir yozib qo‘ygandi. Yozuv qizil rangda edi, qonga o‘xshardi. Harflar titrab yozilganday, so‘zlar esa qiyin o‘qilardi. Devorlarga osilgan suratlar vaqt o‘tishi bilan qorayib ketgan, lekin baribir ularning nigohi g‘alati edi. Go‘yo ular siz tomonga qarayotgandek… Yana bir narsa. Uyning eng chuqur burchagida zang bosgan eski temir eshik bor edi. Bu eshik ko‘rinishi oddiy edi, lekin unda nimadir noto‘g‘ri. Eshik oldida turganda, orqangdan kimdir kuzatayotgandek his qilardingiz… Lekin bu uyda hech kim yo‘q. Hech kim bo‘lmagan uyda esa, nega bu qadar qo‘rqinchli his bo‘ladi?

Min Yoongi 29 yoshda

Yoongi. U bu uy ichidagi yagona jonli mavjudot bo'lishi mumkin edi... yoki yo'q. Uning sharpasimon qiyofasi, bo'sh va sovuq nigohlari, yuzidagi chandiqlar va ifodasiz chehrasi u odam emas edi, go‘yo azob chekayotgan ruhga o‘xshatardi. U shunchalar sokin ediki, hatto nafas olayotgani ham shubhali tuyulardi. Uning kiyimlari eski, lekin qimmatbaho edi. Go‘yo u bir paytlar ulug‘vor hayot kechirgan, lekin hozir u faqat bu uyning qoldiqlari singari vayron bo‘lgan inson edi. Uning qo‘lida eski, qon dog‘lari bilan qoplangan mato bo‘lagi bor edi. Ko‘zlarini bir nuqtaga qadab, hech narsani sezmagandek o‘tirardi. Yoongi shu yerda yashaydimi? Yoki u bu uyning bir bo‘lagiga aylangan sharpami? Hech kim bilmaydi. Hatto uning o'zi nima qilayotganini bilmaydi, uning ko'ziga har xil sharpalar ko'rinar edi tashqaridan sovuqqon hech kimga e'tibor bermaydigan qotil bo'lsa ichkaridan psixopat razil va jinni inson edi. Ha siz to'g'ri eshitdingiz psixopat va jinni inson. Bu narsagaga sababchi esa yoshligida bir fojiali voqea sabab edi. Lekin shunga qaramay u to'loqonli psix emas edi u o'zini o'zi boshqara olmaydi unda dissotsiatsiya mavjud edi va unga shu tashxis ham qo'yilgan edi u hammadan uzoqda yuradi ba'zan esa o'zini chalg‘itish uchun ko'pgina yosh va begunoh qizlarning hayotini yo‘q qilgan. Yoongi bu narsalarga achinmaydi. Chunki uning bolaligida unga anichinishmagan bu esa Yoonging miyasida qayta-qayta aylanadigan bitta haqiqatni shakllantirdi: bu dunyoda hech kim unga achinmaydi. Hech kim uni tushunmaydi. Shuning uchun ham u hech kimga achinmaydi. Kunlar o‘tgan sari, Yoongi o‘zining ikki tomonlama hayotiga tobora chuqurroq botardi. Kechalari zulmatga singib ketgan ko‘chalarda yurib, o‘ziga navbatdagi qurbonini izlar, kun davomida esa oddiy inson qiyofasiga kirib, hech narsa bo‘lmagandek hayot kechirardi. Ammo bu faqat tashqi ko‘rinish edi. Uning ichida nimadir o‘rmalab yurardi – o‘chmas g‘azabmi yoki yo‘qolgan bolalikdan qolgan qoldiqmi, o‘zi ham bilmasdi. U har doim ichidagi sharpalar bilan kurashardi. O‘tmish uni tinch qo‘ymasdi. Bolaligidagi fojiali hodisalar xotiralari bo‘g‘ziga tiqilib, uni har kecha qiynoqqa solardi. Ba’zan ko‘z o‘ngida nimadir chaqnardi – yoqimli bolalik lahzalari... biroq ular ham xuddi gallyutsinatsiyadek bir lahzalik edi. Haqiqat esa qorong‘u edi. Yoongi bu haqiqatdan qocholmasdi...

Bugun ham xuddi boshqa kunlar kabi boshlangan edi. Sovuq tong, shahar ustini og‘ir tuman qoplagan edi, hech qanday ma’no anglatmaydigan shovqinlar... Lekin Yoongi uchun bu shunchaki fon edi. Haqiqat esa uning ichida edi.
U o‘zini yaxshi his qilmayotgandi. Yuragida nimadir g‘ashlik bor edi. Hamma narsa joyida, hamma narsa o‘sha-o‘sha, lekin nimadir noto‘g‘ri edi. Miyasi g‘uvullab, o‘ziga o‘zi tinchlik bermasdi. Qandaydir norozilik, qandaydir qoniqmaslik, qandaydir g‘azab... kimga yoki nimaga ekanini ham bilmasdi.Yoongi ko‘zguga qaradi.

Yoongi

Uning nigohlari sovuq, bo‘sh, hayotsiz edi. Lekin ichida olov yonardi. Shu tobda hammaning ovozi jim bo‘lishini, butun dunyo qop-qorong‘u va bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolishini istardi. O‘zining mavjudligini his qilmaslik uchun nimalar qilish kerakligini bilardi... va bu unga yoqardi. Ko‘chaga chiqdi. Havoda nimadir o‘zgarayotgandek edi. Qandaydir... notanish tuyg‘u uni ezayotgandi. U bilardi – bu yaxshi narsa emas. Ammo bu tuyg‘u nimani anglatishini ham aniq bilmasdi. Balki bugun ham kimdir uning qo‘liga tushardi. Balki bugun ham u ichidagi sharpalarni tinchlantirish uchun kimningdir hayotini yo‘q qilardi... Lekin bu safar hammasi boshqacha edi. Yoongi hamon ko'chada edi hamma joy tinch edi va faqat ko'chada mashina va bir ikki daydi itlar mavjud edi. Yoongi hech biriga e'tibor beryman ketayotgan edi. Lekin to'satdan bir qiz yugurayotib Yoongi ga urildi va ikkalasi ham yerga yiqildi qiz yigitning ustiga yiqilib tushdi. Qizning ko'zlari katta - katta ochilib darhol o'rnidan turdi va yerdagi qog'ozlarini terib oldi. Va so'ngra gap boshladi:

— Kechirasiz janob sizni ko'rmay qoldim shoshayotgan edim ming bor uzur so'rayman deya Yoongi ga qo'lini cho'zdi Yoongi asabiyligini ushlab turish uchun hech narsa demasdan qizni qo'lidan tutdi va o'rnidan turib kiyimlarini to'g'irladi va so'ngra gapirdi

Yg: Oldinga qarab yuring. Yana shunaqa qilsangiz, o‘zingizga yomon bo‘ladi. Deya burilib ketdi

O'sha qiz

Qiz ortida hayron qolgancha o'ziga o'zi gapirdi:

— hozir nima bo'ldi bu nimani anglatadi deya yelka qisib yo'lida davom etdi...

Yoongi qandaydir dengiz bo‘yiga kelib, o‘tirib oldi. Atrof sokin edi. Qushlar uchib yuribdi, quyosh ufq tomon og‘irlik bilan og‘ib bormoqda. U faqat kuzatardi. Kuzatish — unga yoqardi.

Dengiz bo‘yida o‘tirgan Yoongi atrofga tikildi. To‘lqinlarning shovqini, havo bo‘ylab uchayotgan qushlarning ovozi uni bir lahzaga jimlikka tortgandek bo‘ldi. Lekin miyasi ichida haligacha o‘sha qizning tasviri aylanardi.

— U juda g‘alati edi... oddiy qizlar qo‘rqqan bo‘lardi. Nega u shunchalik... xotirjam? Undan qo‘rquv sezilmadi. Hatto nigohi ham...

U o‘zining bu fikrlaridan g‘azablandi. Bunday bo‘lishi kerak emasdi. U hech kimga bog‘lanmaydi. Hech kim unga qiziq emas. Lekin... bu safar nimadir boshqacha edi. Yoongining hayolida qiz va uning harakatlari edi, uni hayratga soldi. U shunchaki uzr so‘rab, oldinga qarab ketdi. Tashvishlanmadi, izza bo‘lmadi, hattoki Yoongi unga qandaydir tahdid qilganida ham ortidan kulib qo‘ygandek edi. U juda ishonchli va xotirjam ohangda gapirardi. Qo‘rquv yo‘q. Asabiylik yo‘q. Go‘yo Yoongi oddiy insondek, hatto xavfli emasdek qarayotgan edi. Yoongi hozirgina anglab yetdi: qizning hidi. Bu hid unga juda tanish edi. Qaysidir eski xotiralarining burchagidan chiqib kelayotgandek. U hidga e’tibor bermaydigan odam edi, lekin bu safar... u beixtiyor eslab qolgan edi. Yoongi kaftlarini qattiq musht qilib siqdi. Bu fikrlardan qutulishi kerak edi.

Lekin... bu tuyg‘u ketish niyatida emas edi.

— Kim edi u?.. Nima uchun aynan u?

Yoongi

Yoongi kaftlarini musht qilib siqdi. Miyasida o‘sha qizning tasviri ketmay qolgandi. U nima uchun bunchalik esida qoldi? Oddiygina bir uchrashuv edi... Har kuni minglab odamlar oldidan o‘tadi. Lekin ularni eslamaydi. Ularning ovozini ham, nigohini ham, hattoki qiyofasini ham darrov unutadi. Lekin bu safar nega? Yoongi boshini changalladi. O‘zidan jahli chiqayotgan edi. Miyasiga kelgan har qanday ortiqcha fikrlarni o‘chirib tashlashni o‘rganib bo‘lgandi. Lekin qizning nigohi... u nigoh juda qattiq botib qolgandek edi. U oyoqqa turdi va atrofga qaradi. Quyosh botayotgan edi. Osmondagi qizg‘ish nurlar dengiz to‘lqinlariga akslanib, shaffof qonga o‘xshab ketardi. Yoongi chuqur nafas oldi va cho‘ntagidan tamaki oldi. Chekish unga hech qachon rohat bermagan. Lekin aynan hozir, miyasi xotirjamlikka muhtoj edi. Tamaki tutunini havoga chiqarar ekan, qo‘lidagi filtr bosilib ketganini his qildi. Yoongi bir necha daqiqa davomida shunchaki osmonga qarab qotib qoldi. Undan uzoqlashishi kerak.

Shu payt…

Orqasidan mayin qadam tovushi eshitildi. U qadamlar unga yaqinlashib kelardi. Yoongi asta orqasiga burildi va qotib qoldi. Bu – o‘sha qiz edi. Qiz boshini egib, biroz hayajonlangancha gap boshladi:

— Kechirasiz... men sizni bir joydan eslaydigandekman.

Yoongi nigohini undan olmay, sovuqqina so‘radi: — Qayerdan? Qiz bir necha daqiqa ikkilanib qoldi. Uning lablari qimirlayotgan edi, lekin gapira olmayotgandi. Go‘yo Yoongining ko‘zlariga qaragan sari nimanidir eslayotgandek edi. Nihoyat u qaltiragan ovozda pichirladi:

— Sen... bolaligingda o‘sha yerda eding... to‘g‘rimi? Yoongi joyida qotib qoldi. Yelkalari taranglashdi. Qalbining tubida nimadir portlagandek bo‘ldi. Bu qiz kim edi? Nima uchun uning o‘tmishini bilardi?

Endi nima bo‘ladi?

Yoongi qizning yuziga sinchkovlik bilan tikildi. Uning nigohida shubha bor edi, lekin ich-ichida qiziqish ham kuchayib borardi. Bu qiz uning o‘tmishini bilishi mumkin emas edi. U qoshlarini chimirib, sekin gapirdi: — Nimaga ishonching komil? Qayerdan bilasan? Qiz yutinib, kaftlarini bir-biriga ishqaladi. Uning qo‘llari titrayotgandi. — Bilmayman… – u boshini chayqab, ko‘zlarini qisdi. — Bu shunchaki hissiyot... Seni ko‘rganimda, nimanidir eslay boshladim. O‘sha joyni, bolaligimni, qorong‘u xonani... Lekin aniq eslay olmayapman. Yoongining yuragi gupillab ura boshladi. Qorong‘u xona... u ham o‘sha joyni eslaydimi? Yo‘q, bu mumkin emas. Yoongi yuziga sokinlik niqobini taqib, tamomila sovuqqon ohangda so‘radi: — Isming nima? Qiz chuqur nafas oldi. — Mire. Yoongi ichida bu ismni takrorladi. Mire... Bu ism unga tanish emas edi. Lekin yuragida allaqanday g‘alati his uyg‘ondi. U nigohini qizdan uzmasdan davom etdi: — Qachondan beri o‘sha joyni eslay boshlading? Mire bir lahza jim qoldi. So‘ng sekin gap boshladi: — So‘nggi paytlarda tushlarimda u joyni ko‘ra boshladim. Tushimda men qora xonada yolg‘izman, atrofdan qichqiriqlar eshitiladi, lekin hech kim meni eshitmaydi. Va... – qiz o‘zini orqaga tortib, qo‘llarini ko‘ksiga bosdi, – va o‘sha yerda SEN ham bor eding. Yoongining qo‘llari musht bo‘lib tugildi. Bu qiz haqiqatni bilishi mumkin emas! Yoongi qadam tashlab, unga yaqinlashdi. Uning nigohlari sovuq va o'tkir edi. — Mire... – u ohangini biroz pasaytirib gapirdi. — Tushingda ko‘rgan narsalarga ishonaverma. Miyada ba’zan chalkashlik bo‘ladi. Balki bu shunchaki paranoya. Mire nigohini pastga tushirdi. — Balki... U bir necha lahza o‘ylab qoldi. Keyin qo‘llarini musht qilib siqdi va yoqimli, ammo qat’iy ohangda so‘z qotdi: — Lekin baribir, men haqiqatni bilishni xohlayman. Yoongi chuqur nafas oldi. Bu qiz osongina ortga chekinmaydi. Uning miyasi tez ishlay boshladi. Endi nima qilish kerak?

Yoongi chuqur nafas oldi va ichida shaytoniy iljaydi. Bu qiz osongina ortga qaytmaydi. Demak, unga o‘yin boshlash kerak. U nigohini Mire dan uzmasdan sekin gap boshladi: — Xo‘p... sen haqiqatni bilishni xohlaysan, to‘g‘rimi? Mire bosh irg‘adi. Uning ko‘zlarida qat’iyat bor edi. Yoongi asta-sekin jilmayib qo‘ydi va qo‘llarini cho‘ntagiga tiqdi. — Lekin haqiqat hamisha chiroyli bo‘lmaydi. Seni qiynashi mumkin. Hali ham bilishni istaysanmi? Mire ko‘zlarini qisib unga tikildi. Yuragi tez urayotgan bo‘lsa ham, ovozi barqaror edi: — Ha. Men bilishga tayyorman. Yoongi bir necha soniya jim qoldi. Keyin ohangini pasaytirib gapirdi: — Xo‘sh... unda birinchi savol. U oldinga qadam tashlab, Mire ga yaqinlashdi. Uning sovuq nigohlari qizni titrashga majbur qildi. — Agar haqiqat shunchalik qo‘rqinchli bo‘lsa, sen undan qochishga harakat qilmayasanmi? Mire yutindi, lekin nigohini chetga burmadi. — Yo‘q. Yoongi uning yuzini kuzatdi. U rost gapiryaptimi? Yoki shunchaki qahramon bo‘lishni xohlayaptimi? — Yaxshi... unda boshlaymiz. Yoongi yon cho‘ntagidan kichik qora buyum oldi va Mire tomon silkitib ko‘rsatdi. Bu eski, qirg‘ichlangan kalit edi. — Bu yerda ko‘p narsani eslashing mumkin. Lekin faqatgina agar tayyor bo‘lsang. Mire kalitga qarab qoldi. Bu nimaning kaliti? Uning yuragi yana tez urdi. — Bu... qayerning kaliti? Yoongi jilmaydi. Endi qiz domga tushdi. — Mening uyimniki. — Va balki, SENING ham o‘tmishingniki.

Mire kalitni uzoq kuzatdi. Bu nima? Nega Yoongi unga buni ko‘rsatdi? — Bu... nimaga meni qiziqtirishi kerak? — Mire yengil kinoya bilan so‘z boshladi. Lekin ichida qandaydir his uyg‘ondi. Yoongi kulimsiradi. — Sen shundoq ham qiziqib bo‘lding. Mire og‘zini ochmoqchi edi, lekin Yoongi kalitni uning kaftiga tashlab, shivirlagancha so‘zini davom ettirdi: — Agar qo‘rqmasang, eshikni och. Mire kalitga qaradi. U o‘zining titrayotganini sezdi. Ichida ikkita ovoz kurashardi: "Buni qabul qilma!" va "Bu haqiqatga yetaklovchi yo‘l!" Shu payt to‘satdan atrofda hamma narsa g‘ira-shira tusga kirdi. Shamol esib, osmon xira tortdi. Hamma tovushlar o‘chdi. Faqat ikkita yurak urishi eshitilib turardi. Mire chuqur nafas oldi va kalitni mahkam qisdi. — Yaxshi. Lekin agar bu shunchaki o‘yin bo‘lsa, sen buning uchun javob berasan. Yoongi hech narsa demadi. Faqat jilmayib, oldinga yurdi. O‘sha uyga yetib kelishdi. Qorong‘u, sirli, o‘tmish sharpalari yashiringan joy. Mire kalitni eshik teshigiga yaqinlashtirdi. Shu payt Yoongi sekin pichirladi: — Ehtiyot bo‘l. Chunki u eshik ochilgandan keyin ortga yo‘l bo‘lmaydi. Mire kalitni burdi. Shiq etgan tovush... ...va hech qachon unutib bo‘lmaydigan qorong‘ulik ularni ichkariga tortdi...


Пак тугади🤦🏻‍♀️ бу одамга еса карамаймиз бу мйеники🌝

Мана азизлар фанфикни биринчи кисми йокимли мутола🌝