Redux
July 9, 2022

Redux haqida

Rudux state management hisoblanadi.

Redux asosan ReactJs bilan keng qo'llaniladi, ammo siz undan JavaScript va uning boshqa kutubxonalari orqali ham foydalanishingiz mumkin. Biz esa ReactJs bilan bog'lagan holda u bilan tanishib chiqamiz.
Bilamizki ReactJsda loyiha bajarish davomida ana shu loyihamizni katta-kichikligiga qarab bir yoki bir nechta componentlarga ajratib olamiz.Har bir component o'z ichida yana boshqa component saqlashi ham mumkin.
Loyiha davomida ana shu componentlarda bir qancha statelardan foydalanamiz, ulardagi ma'lumotlarni biridan boshqasiga uzatib ishlashimiz kerak bo'ladi.
Yuqoridagi suratda ko’rsatilgan grafikka e’tibor qaratsak App.js dan List Item nomli componentga ma’lumotlar data nomli obyekt orqali uzatilayotganini ko’rishimiz mumkin. Shu List Item nomli componentdagi Itemlarga o’zgartirish kiritmoqchi bo’lsak App.js ga itemni o’zgartiriuvchi funksiya yozilganini va bu funksiya List Itemga propslar orqali uzatilganini ko’ramiz.
E'tiborli jihati shuki bu yerda List Content nomli component ham bevosita shu funksiyani qabul qilishi kerak. Ammo bu funksiya bu componentda umuman ishlatilmaydi.
Shunday bo'lsada bu kabi amallarni kichikroq loyihalarda bemalol propslar orqali qo'llay olamiz va kerakli natijani olishimiz ham mumkin.
Ammo loyiha katta ishdan iborat bo'lsachi bir necha o'nlab componentlar va ular ichida yana shunday componentlar bo'lsa va ulardagi ma'lumotlarni uzatishda ham shunday yo'l tutamizmi?
Yo'q agar biz ma'lumotlarni props orali yuborsak umuman aloqasi yo'q componentlarga ham avval props orqali ma'lumotni qabul qilib kegin undan boshqa componentga yana huddi shu tarzda yuborish kerak bo'ladi, bu esa vaqtni ham codeni ham ko'paytiradi va yaxshi amalyot hisoblanmaydi.
Aynan mana shu holatni oldini olish maqsadida hamda Statelarni bir joydan boshqarish imkonini bergani uchun Redux kutubxonasi keng qo'llaniladi. Redux orqali ma'lumotlarni faqatgina bizga kerakli componentga to'g'ridan-to'g'ri yuborish imkoni mavjud.
Sizlar bilan bugun Redux haqida oz bo'lsada kerakli ma'lumot oldik deb o'ylayman, keyingi maqolalarda Redux haqida yana to'xtalamiz inshaAlloh!