"Bir asrning ikki dahosi"
✔️ Buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universitetida ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Albatta bu ikki buyuk shaxs nomi zikr etilganda har bir kishi o'zini go'yo adabiyot olamiga kirib qolganday his qiliadi. Hech bir inson yo'qki bu ikki buyuk zotning g'azal yoki ruboyisini bilmaydigan.
Tadbirda so'z olganlar ham Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti tarixida, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutishini ta'kidlab o'tdi.
Ma'rifiy tadbirda universitet iqtidorli talabalari tomonidan Alisher Navoiyning hayoti va ijod yo'llari, Zahiriddin Muhammad Bobur ijdo yo'li, davlat boshqaruvidagi buyuk siymolarini gavdalantirdi. Ijro etilgan she'riy va sahnaviy chiqishlar, raqs hamda kuy-qo'shiqlar tomoshabinlarga estetik zavq va madaniy hordiq baxsh etdi.
Toshkent davlat yuridik universiteti