December 19, 2022

Mini-futbol bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqasi g'oliblari aniqlandi.

TDYUda sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida universitet yillik sport tadbirlari rejasi qabul qilingan. Mazkur oyda talabalar o'rtasida sportning mini-futbol turi bo'yicha fakultet jamoalari o'rtasida "Dekan kubogi" hamda mazkur kubog g'oliblari o'rtasida esa "Rektor kubogi" uchun musobaqalar tashkil etish belgilangan.

Bugun fakultetlarning eng kuchli jamoalari va akademik titsey o'quvchilari ishtirokida musobaqaning universitet bosqichi "Rektor kubogi" musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa natijalari:
1-o'rin. Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti
2-o'rin. Jinoiy odil sudlov fakulteti
3-o'rin. Ommaviy huquq fakulteti

***

TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI

MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI