January 14, 2022

“Yangi O’zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida o’tkazilayotgan maqolalar tanlovini o’tkazish tartibi

📢Talabalarning qisqa muddatli qishki ta’til davomidagi vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning tanqidiy fikrlash qobiliyati va intellektual salohiyatini oshirish, vatan taraqqiyoti uchun daxldorlik hissini oshirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari o’rtasida “Yangi O’zbekkistonni birgalikda quramiz” shiori ostida maqolalar tanlovi e’lon qilinadi.

👉Ishtirokchilar maqolalarini yozishda Yangi O’zbekistonni birgalikda qurishning huquqiy jihatlarini yoritishlari, o’z ijodiy ishlarida qonunchiligimizdagi muammolar yuzasidan asoslantirilgan takliflar taqdim etishlari talab etiladi.

👉Maqolalarni rasmiylashtirish uchun ham talablar mavjud bo’lib, quyidagilarni amalga oshirish so’raladi.

👉Maqola Microsoft Word docx| Times New Romanda| 14 shriftda bo’lishi| hamda |6-betdan oshmasligi;

👉🤵Muallifning ism, familiya va sharifi hamda 3x4 o’lchamdagi foto surati bilan birga taqdim etilishi;

👉Maqolalar O'ZBEK,RUS,INGLIZ tillarida qabul qilinadi

👉Maqolasining yo’nalishi bo’yicha tegishli kafedraning professor-o’qituvchilari tekshiruvidan o’tishi (professor-o’qituvchining F.I.SH ko’rsatiladi).✔️

👉Tanlovga taqdim etilgan maqolalar to’plam holiga keltirilib, nashr ettiriladi.

Tanlov uchun taqdim etilgan maqolalar ishchi guruh tomonidan ko’rib chiqiladi hamda eng yaxshi deb topilgan 3 ta maqola darajali diplom va quyidagi miqdorda pul mukofoti bilan rag’batlantiriladi.

1-o'rin 💰500.000 so'm;

2-o'rin 💰400.000 so'm;

3-o'rin 💰300.000 so'm.

---

📭Maqolalar quyidagi telegram manziliga yuboriladi
Erkaboy +99899 663 05 07 @Researcher_0709

***

Toshkant davlat yuridik universiteti
MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI