Eyes Closed 👀❤️🩹
4-qism
Minji, Jayning qaytishi haqida o'ylab va yaqinda bo'ladigan katta modalar ko'rgazmasi uchun yangi dizaynlar ustida ishlagani tuni bilan uxlamay chiqdi.
Shu tariqa Minji kechgacha Butun Seulni aylanib chiqdi, yetmaganiga U bilan birga qayerga desa boradigan Meray va Keonho undan 5 barobar charchashgandi
Keonho: Minji nima qilyapsan o'zi? Butun Seulni itdek aylandik!
Minji: Yoqmayotgan bo'lsa, 4 soatdan keyin ketishing mumkin ( ayyorona kulib )
Keonho: 4 soatdan keyin?!
Meray: Bo'ldi urishmang! Keonho yordam bersang do'sting uchun yordam beryapsan! Minji seni majburlagani yo'q, boshidan o'zing rozi bo‘lding! Endi chidashga majbursan!
Keonho: Jin ursin...!
Minji: Jeongin! Bizga oddiy muzdek suv olib keling!
( Aytganchi, Albatta Jeongin ular bilan birga 🗿 )
Soat tungi 23:00
Minji: Oyi, tezroq bo'ling! Kech qolamiz
Mrs.Choi ( Minjini onasi 🗿 ): Hozir yana 5 daqiqa! Qizalog‘im shoshilma, hali samolyot qo‘nishiga yarim soat bor!
Minji: Aeroportga borguncha vaqt bo'ladi
#aeroport
Vanihoyat aeroport eshigidan Jay ko'rindi
Minji yugurib borib Jayni quchoqlab oldi
Jay: Minji katta qiz bo'lib qolibsanku! Men senga" Qo'g'irchoq" olib kelgandim!
Minji: Nihoyat keldingiz! Jay sizni juda sog'indim 😭
Jay: Men ham 😉, Salom Kelinoyi yaxshimisiz?
Mrs.Choi: Men yaxshiman, o'zing yaxshimisan o'g'lim?
Jay: Menda ya'ni bizda barchasi joyida
Minji Jayni yonidagi qizni endi payqadi
Jay qizni o'ziga yaqinroq tortib: Minji tanish bu meni qaylig‘im Sujin!
Minjini ustidan muzdek suv quyilgandek bo'ldi
Minji: Qaylig‘im?! ( 😶🌫️ )
Sujin: Salom, Minji xonim
Jay: Ha qaylig‘im, senga aytgan syurprizim Sujin edi, Biz o'tgan hafta unashtirildik
Minji yig'lab yubormaslik uchun o'zini zo'rg'a ushlab turardi
Mrs.Choi: Sujin suratdagidan ancha chiroyli ekansan. Ko'z tegmasin
Minji: Oyi, siz ham bilganmidingiz?
Minji to uyga kelguncha bir og'iz gapirmadi, uyga kelib darrov xonasiga kirib ketdi
Mehmonxonada Jay, Sujin va Mrs.Choi suhbatlashib o'tirishardi
Mrs.Choi: Jay, Tog'angiz keyingi hafta kelib qolsalar kerak. Bilasiz bir kun uyda 10 kun safarda bo'ladilar
Jay: Ishlari shunday, nima ham derdik
Sujin: Minji, nega xonalariga chiqib ketdilar? Ular Jayni juda sog'inganlar deb o'ylagan edim
Jay: Chindan ham Kelinoyi Minji nega yolg'iz xonasida o'tiribdi
Mrs.Choi: Bilasizmi... U katta moda ko'rgazmasi bilan shartnoma tuzgan, shunga yangi dizaynlar ishlash bilan band edi
Jay: Tushunarli...
Tushunganingizdek Minji Jayni yoqtiradi. Minji har 4 oyda Avstraliyaga Jayni yoniga borib kelib yurardi, ular birga katta bo'lgan, qolaversa Jay juda kelishgan yigit 😅. Sujin esa Minjiga ancha muammolar keltirishi aniq edi...
Minji yuragi siqilib, hovliga chiqdi, hovlida Jeongin qayergadir ketishga tayyorlanayotgandi.
Minji: Kech bo'lganda qayerga ketyapsiz?
Jeongin: Xayrli kech, uxlagansiz deb o'ylagan edim.
Minji asabiy: Gapni burmang savolimga javob bering
Jeongin: Bu meni shaxsiy ishim! Iltimos bunga aralashmang xonim
Minji: Dushman bo'lsangizchi? Dadamga xiyonat qilyotgan bo'lsangizchi? Bu uyda 2 yildan beri ishlaysiz, qarindoshlaringiz, yaqinlaringiz yo'q, juda shubhali va sirli odamsiz! Har kecha qayergadir ketasiz! Men ham siz bilan boraman josus emasligingizni isbotlang! ( Minji alamini kimdan olishni bilmay turgan payt, Jeongin ham uni yonidan chiqib qoldi 😂 )
Jeongin: Xonim...lekin...
Minji: Lekin pekin yo'q! ( deb mashinaga o'tirib oldi )
Jeongin o'ziga o'zi: Jin ursin men kech qolyapman! Menda boshqa tanlov yo'q!
Mashina yurdi...
#hospital
Minji: Nega bu yerga keldik?
Jeongin: 5 daqiqada chiqaman! Shu yerda kuting ( mashinadan tushib hospitalga kirib ketdi )
Minji: Yo'q janob Yang! Meni hali bilmabsiz
( u ham hospitalga kirdi )
Jeongin bir palataga kirgandi, U Har xil apparatlar ulab qo'yilgan, ayol yoniga kelib o'tirdi.
Jeongin: Oyijon, men keldim... ( uni ko'zlarida yosh bor edi )
Ayol koma holatida edi...
Buni eshik ortida barini ko'rib turgan Minji shok holatda turardi
Minji pichirlab: Bu uni onasimi? 🫢
Jeongin palatadan chiqayotganini Minji sezmay qoldi, Jeongin Eshikni ochgan payt, eshik Minjini boshiga tegib ketdi
Minji: Ashshsh!!! Boshim!
Jeongin: Xonim, siz bu yerda nima qilyapsiz? Sizga mashinada kuting deb aytdimku! Ahvolingiz yaxshimi? Qattiq tegmadimi?
Minji: Ashsh, yaxshiman, sizni buyrug'ingizni bajarmasligimni bilasizku
Jeongin: Bu buyruq emas, iltimos edi holos. 1 daqiqa kuting, Hozir ketamiz
( deb doctorni xonasiga ketdi )
Minji bu payt palataga kirdi
Minji: Endi barchasi aniq bo'ldi u har tunda qayerga kelishi! Jeonginga ham qiyin ekan! Yaaa, nimalar deb yubordim unga! Jin ursin meni! ( hushsiz ayolga qarab )
Bu qism sizga yoqdimi? Pls commentlarda ffga o'z fikringizni qoldiring! " Voy juda ajoyib", "Davomi qachon?" Degan commentlar emas! Aynan Fanficga bo'lgan fikringiz barchasidan ko'ra men uchun muhim! Siz bildirayotgan fikrlar yaxshi, va ularni hurmat qilaman! Lekin bunaqasi ketmaydi! Qahramonlar taqdiri, Jeonginni oshkor bo'lgan siri, Jay va Sujin, shunga o'xshash fikrlar qoldiring! Minjini kelgusi rejasi shular haqida so'rang 😌😌😌
Meni tushundingiz degan umiddaman 😌
Tushunmagan bo'lsangiz 🔪🩸