June 18

Midnight

Midnight /ep1| by goldficc

Qishning sovuq havosi butun shaharni qoplab olgan. Mayin qor yoģib yerlarni oqartirgan. Bolalar qorbòron òynashmoqda.

Katta deraza qarshisida Sooah bolalarga termulib turardi. Yuzi horģin, judayam zerikkan.

Sooah

Sooah pov: Men kim uchun yashayabman òzi?
Sooahni hayollarini orqadan chaqiriq ovozi buzib yubordi.
Sana: Sooah nega haliyam bu yerdasan? Yuraqol pastga tushamiz.

Sana. Sooahni eng yaqin dugonasi.

Sooah: Yaxshi hozir boraman.
Sooah Sanani ortidan pastga tushdi.

Sooah bolalar uyida katta bòlgan va hozirgacha shu yerda yashaydi. U òz ota onasini hech qachon kòrmagan. Uni tuģilganida bu yerga tashlab ketishgani haqida bilardi holos. Sana ham u kabi yetim. Ular eng yaqin dugonalar. Har doim birga, Sooah Sanadan sir yashirmaydi Sana ham. Bu bolalar uyida huddi ularga òxshagan yana 100 taga yaqin bolalar bor.

Ikki dugona pastga tusharkan boshqa bolalar ham shu yerdaligini kòrishdi. Biroz hayron qolishdi.

Sana: Hoy bolalar bu yerda nima bòlyabdi.

-Yangi oila kelibdi. Bola boqib olishmoqchi ekan.

Sana: Ajoyibku. Bugun kimningdir omadi kelibdida.

Sooah: Kim bòlarkin bu omadli inson. Hozirdan havas qilyabman.
Yengil tabassum qildi.

Bolalar bir qator bòlib yiģilib turishdi. Yangi oila kirib keldi. Bolalar oldidan har biriga qarab òtarkan. Sooah yerga qarab turardi. U biroz hayolparast. Va birdan qarshisida ikkita oyoq paydo bòldi. Qimmatbaho tufli. Qimmatbaho koylakda bir ayol Sooahga termulib turardi. U boshini kòtarib u ayolga qaradi.

Sooah: Salom xonim.
U tazim qilib hurmat bildirdi.
Ayol hali ham gapirmadi. U Sooahni yuzini har bir mayda detallarigacha qarab chiqdi. Birozdan sòng.

-Naqadar gòzal qiz.
Mayin tabassum qilib

Hanji xonim

Sooah: N..nima?
U biroz hayajonlandi. Yuzi allaqachon qizargan.
-Sen juda gòzalsan. Meni qizim bòlasanmi?
Kutilmagan gapdan Sooah hayratlandi kòzi namlangan.
Sooah: N..nima rostanmi?
-Men bilan ketasanmi?
Kulib turib.

Sooah: M..meni olib ketasizmi.
-Ha azizam. Meni oyi deyishing mumkin.
Sooah: O..oyi
Uni kòzidan yosh oqa boshladi.
- Azizm bu yerga kel. U endi bizni qizimiz.
Hursandchilik bilan.

Janob Guwon

- Demak endi bizni qizimizsan shundaymi.
Tabassum bilan yurib keldi.
Sooah: Salom janob.
Tazim bilan.
-Ha azizim uni tezroq uyimizga olib ketishni hohlayman.
-U yer senga yoqadi. Akang bilan ham tanishib olasan.
Sooah: A..akam?

-Ha azizam. Endi yuraqol biz bilan ketasan.

Sana Sooahni turtib qoydi.
Sana: Tabriklayman gòzalim.
Sana uning uchun juda hursand bòldi. Sooah uni quchoqlab oldi.

Sooah judayam baxtiyor edi. Endi uni oilasi bor. Ota onasi hatto akasi ham bor ekan. Ular Sooahni òz oilasi qatoriga qòshishdi. Sooah Sana bilan hayirlashib mashinaga chiqdi. Yangi onasi uni yonida ketardi va har xil savollar berardi.
-Qizaloģim isming nima? Yoshing nechida? Ona sifatida bilishni hohlardim.
Sooah biroz hijolat bòldi.
Sooah: Ismim Sooah. Yoshim 17 da.
-Isming juda chiroyli ekan. Endi seni familiyang Jeon bòladi. Jeon Sooah. Juda chiroyli shunday emasmi.
Sooah: Jeon Sooah. Men juda baxtliman endi ota onam familiyam hatto akam ham bor.
Sooah baxtdan yiģlay boshladi.
-Oh azizam nega yiģlaysan. Yiģlama hozir men ham yiģlab yuboraman ahir.
Hanji xonim uni quchdi. Mashina oynasidan Mr.Guwon ularga kulib qarardi. U ham hursand edi.
Ularni bir òģli bor edi. Ammo Hanji xonim boshqa farzand kòrolmagandi. U doim qizi bòlishini orzu qilardi. Va yillar òtib bu orzusini amalga oshirdi.
Sooah baxtli edi. Ammo bugundan uni hayoti tubdan òzgarishini òzi ham bilmas edi.
Mashina katta uy oldiga kelib tòxtadi. Darvozalar ochilishi bilan mashina ichkariga kirdi. Uy gòyo qasr kabi edi. Ular mashinadan tushishdi. Sooah hayrat bilan tikilib qoldi.
Sooah pov: Nahotki bu yer endi meni uyim. Endi hashamatli uyda yashaymanmi. Bu naqadar ajoyib.

Uy

Sooah hayrat bilan uyga termulib turarkan yuqoridagi deraza ortidan unga qaratilgan sovuq nigohni sezdi.....

Sooah pov: Bu meni akam bòlsa kerak. Ammo nega buncha sovuq kòrinadi.

-Yangi uyingga hush kelibsan qizaloq...
U pichirlab gapirdi.
.
.
.
.
.
Davomi bor......❤️
Yoqdi degan umiddaman.

{Midnight}
1-qism tugadi.