June 19

Midnight

Midnight/ep2|by goldficc

Salqin shamol esar ekan Sooahning sochlari shamolda tebranardi. Katta va hashamatli qòrģon oldida u chumoli kabi turardi.

Mom: Yuraqol qizaloģim. Ichkariga kirmiz.
U Sooahni yelkasidan qòlini òtkazib uy ichkarisiga olib kirdi. Uy judayam hashamatli. Òrtada katta zinalar joylashgan. Sooah bu manzarani kòrib oģzi ochilib qoldi. U umri davomida bunaqa uyga birinchi marta kirishi edi.

Sooah: Bu rostan ham sizni uyingizmi oyijon.
Mom: Bizni uyimiz.
Sooahni yuragida ģalati his paydo bòldi. U butun umr orzu qilgan hayot unga berilgandi gòyo. Uning kòzidan yosh oqa boshladi. Lekin buni bildirmadi.
Dad: Hòsh Sooah hursandmisan. Endi biz seni ota onangmiz. Meni ham endi dada deb chaqir.
Sooah: H..ha d..dadajon.
U biroz uyaldi.
Mom: Qizaloģim qani yuraqol senga xonangni kòrsataman. U ikkinchi qavatda.
Sooah: Honam...
U juda hayajonda edi. Uni hech qachon shaxsiy xonasi bòlmagan. Lekin endi bor.

Ular zinadan yuqoriga kòtarilishdi. Yòlakdagi eng chiroyli eshik Sooahni xonasi edi. Ular ichkariga kirishdi.
Mom: Hòsh malikam senga yoqdimi. Hammasini òzim qildim.
Sooah hech bir sòz demadi. U yiģlab yubordi. Onasi uni quchib yupatdi.
Mom: Nima bòldi? Senga yoqmadimi.
Hayrat bilan sòradi.
Sooah: Yòq judayam yoqdi.... judayam...
Kòz yoshlarini artib.
Mom: Unda nega yiģlayabsan. Meni hafa qilyabsan ahir quyoshim.
Sooah: Yòq... men hursandligimdan yiģlayabman. Shu paytgacha meni hech qachon bunaqa chiroyli shaxsiy xonam bòlmagan. Men judayam hursandman.

Mom: Bòldi. Endi yiģlama. Javonda sen uchun kiyimlar ilingan. Istaganingni kiyib pastga tush. Kechki ovaqatni birga yeymiz.
Sooah: Hòp oyijon.
Hursand bòlib.
Hanji xonim xonadan chiqib ketdi. Sooah xonani har bir burchagiga qarab chiqdi. Judayam gòzal va bejirim edi.

Judayam katta va hamma joyi pushti va qora ranglar bilan bezatilgan maftunkor.
Sooah yotoqga kelib yotib kòrdi. Judayam yumshoq. U kulib qoydi. Keyin òrnidan turib yuvinish uchun xonasining hammomiga kirdi. U yer ham mukammal kòrinardi. Sooah dushdan chiqib kiyinish xonasiga kirdi.

Bu yer ham judayam chiroyli va hashamatli edi. Sooah òziga òzi gapirdi
-Nahotki men boy insonlarning farzandiga aylangan bòlsam. Bu tush emasmi?
U òzini chimchilab kòrdi.
-Tush emas ekan.
Kulib yubordi.

U òziga yoqgan chiroyli bir kòylakni kiydi. Oynada òziga termuldi. Birinchi marta bunaqa qimmatbaho kiyim kiyishi edi. Biroz pardoz ham qildi. Barcha pardoz anjomlari qimmat brendlarnikidan. U òzidayoq hursand edi.

Sooah tayyorlanib bòlgach pastga tushdi. Katta marmar zinadan tusharkan yòlida adashib qoldi. Uy rostan ham juda katta edi.

U uyni aylanib chiqdi. Mehmonxonani qidirayotgandi. Hayol surib qarshisida odam turganini kòrmay qoldi. Va birdan unga turtilib ketdi.
Sooah: Voy... meni mazur tutasiz... men bimasdan....
U odamni yuziga qararkan Sooahni tili aylanmay qoldi. Judayam kelishkan bir yigit uni qarshisida turardi. Sovuq nigohlar bilan qarab. Sooahni eti jimirlab ketdi.
Sooah: M..men haligi...

Taehyung

Tae: Demak sen ekansanda òsha qiz.
U Sooahni yuziga diqqat bilan qarardi.
Sooah: N..nima?
Tae: Chiroyli ekansan. Ammo kuchli ham bòlishing kerak shuni unutma.
Sooah: Siz kimsiz janob. Akam bòlsangiz kerak hoynahoy...

Tae: Yòq qizaloq. Men seni amaking bòlaman. Akang hali uydamas. Kelsa u bilan ham tanishib olasan.
Sooah: Amakim...
Tae: Ha
Tae undan kòz uzmasdi.
Sooah: Unda ismingizni bilsam bòladimi?
Tae: Kim Taehyung. Tae amaki desang ham bòladi.
Sooah: Tushinarli.
Tae: Hòsh seni isming nima?
Sooah: Sooah... bugundan boshlab Jeon Sooah.
Kulib qòydi.
Tae: Shunaqa degin... bu familiyani kòtarib yurish oson bòlmaydi menimcha....
Sooah: Nima?
Tae: Hech nima. Qani yur mehmonxona bu tarafda.
U Sooahni mehmonxona tomon yetaklab ketdi. Ichkariga kirishlari bilan barcha jamu jam òtirardi. Eng katta birinchidagi stolda Mr.Guwon òtirardi. Yonida esa rafiqasi.
Mom: Keldinglarmi. Va nihoyat. Biz sizlarni kutib turgandik.
Sooah: Uzur sòrayman. Uyda adashib qoldim. Amakim yordamlashdi.
Dad: Demak tanishib olibsizda. Hursandman.
Yengil tabassub qildi.
Mom: Qani endi bu yoqqa kelinglar. Dasturxon atrofida Sooahni yana bir amakisi òtirardi.

Jin

Jin: Salom Sooah. Tanishganimdan hursandman. Ismim Jin ikkinchi amakingman.
Kulib.
Sooah: Salom amaki.
U tazim qilib onasini yoniga joylashdi. Tae uni qarshisiga joylashdi. Undan òtkir nigohini uzmasdi.
Dad: Qani endi boshlanglar. Hammani qorni ochgandir.
Ovqatga qòl chòzib.
Dasturxon nihoyatda gòzal qilib bezatilgan. Yòq narsani òzi yòq edi. Sooah hamma ovqatga nigoh tashlab chiqdi. Tae buni kuzatib turardi. Unga qiziqa boshlagandi.

Sooah bu kabi ovqatlarni birinchi marta kòrishi edi. U bolalar uyida aytarli tòyib ovqatlanmasdi. Va bu yerda u hohlaganicha yesa bòladi. Bu u uchun bamisoli jannatday tuyildi. Uzoq òylanmasdan oldidagi ovqatga qòl chòzdi va tanovvulni boshladi. Ovqatning mayin tami oģzida erib ketdi. Òzgacha hissiyot.

Oilaviy ovqatlanar ekan. Sooah bu kabi hisni ilk bor tuyishi edi. Kòp òtmay qadam tovushlari mehmonxona tomon kela boshladi. Eshiklar ochildi.

Jungkook

Jungkook xonaga kirib keldi.
Jk: Hamma jamu jam bitta men kam ekanman.
Kayfiyati alo edi.
U Sooahni kòrib hayratlanmadi ham. Chunki oyisi bugun uyga singlingni olib kelaman degandi. Jk qarshilik qilmagandi.
Sooah ovqatdan bosh kòtarib Jk ga qaradi. Jk Sooahni yuzini kòrib oģzi ochilib qoldi.
Jk pov: Naqadar maftunkor.
Sooah tezda òrnidan turib unga tazim qildi. Boshqalar kulib yubordi.
Mom: Nega unga tazim qilasan? Seni boshliģingmidi nima balo.
Kulib yubordi.
Sooah biroz uyaldi. Yuzi allaqachon qizarishga ulgurgan.
Sooah:Mazur tutasiz.
Qayta joyiga òtirdi.
Jk: Demak endi meni singlimsan shundaymi.
Sooah: Ha tanishganimdan hursandman a..aka.
Jk: Men ham. Ismim Jungkook. Senikichi?
Sooah: Sooah.
Jk: Isming ozingga òxshab chiroyli ekan.
Kulib qoydi.
Sooah: N..nima... Rahmat.
Jk ham Taeni yoniga joylashdi. Endi ikki nigohlar ham Sooah ga qaratilgandim Sooah buni sezmadi ham. Ular ovqatlanib bòlishgach xizmatkorlar stol ustini yiģib olishdi. Sooah ularga yordam bermoqchi bòlgandi. Ammo xizmatchilardan biri uni tòxtatib qoldi.
X: Nima qilyabsiz kichik xonim. Buni menga bering. Òzimiz qilamiz.
Sooah nima deyishni bilamadi va idishni xizmatchini qòliga tutqazdi.
Mom: Sooah.
Orqadan kelgan ovoz uni hayollarini tarqatib yubordi. Yugurib onasi oldiga bordi. Labbay oyijon.
Mom: Qizim biz otang bilan bir haftaga uyda bòlmaymiz. Muhim ishlar chiqib qoldi. Sen shu yerda qolgin. Istagan ishingni qilishing mumkin qizaloģim.
Sooah: Nega? Qayerga ketyabsizlar?
Sooah hayrat bilan sòradi.
Mom: Zudlik bilan Amerikaga ketishimiz kerak. Kelganimizda yana birga bòlamiz.
Sooah: Yaxshi.
Noiloj onasini quchdi va hayirlashdi.

Ular ketishgach Sooah katta koshona òrtasida turardi. Biroz òylanib qoldi va yuqoriga xonasiga kòtarildi.

Xonasi tomon asta qadam tashlarkan qayerdandir qichqiriq ovozi keldi. U har tomonga qaradi hech kim yòq. Uy bòshab qolganga òxshardi. Barcha òz xonasida.
Sooah pov: Quloģimga eshitildi shekilli. Biroz dam olishim kerak.
U bu ovozga etibor bermay xonasiga kirib ketdi. Uzoqdan uni kuzatib turgan odam ham xonasiga kirib ketdi.

Yarim tun. Koshonda jimlik hukim surmoqda. Sooah uyqusidan chòchib uyģonib ketdi. U yomon tush kòrdi. Peshonasi terga botgan.
Sooah pov: Nega bu tush bunchalar qòrqinchli?
U òrnidan turdi va tashqariga suv ichish uchun chiqdi. Tun bòlishiga qaramay uy ichi juda yoruģ edi.

U oshxona tomon yòl oldi. Bir stakan suv ichib tinchlanib oldi. Ammo quloģiga yana qichqiriq ovozi eshitildi. Bu safar balandroq. Ayol kishining ovozi edi. Sooah hayratlandi. U ovoz tomonga yurdi. Oshxona orqasidagi yertòladan kelayotgandi. Qoronģu. U qòrqib ketdi. Kimgadir nimadir bòldimi deb pastga tusha boshladi.

Oyoq qo‘li qo‘rquvdan titrardi. Pastga tushgani sari ovoz kuchayib borardi. Va nihoyat u bir eshik oldida to‘xtadi. Qichqiriq shu xonadan kelayotgandi. U eshikni hohlamay ochdi. Va qarshisidagi manzara uni vasvasaga solib qo‘ydi.
.
.
.
.
.
Davomi bor......❤️
Yoqdi degan umiddaman🫶

{Midnight} 2-qism tugadi.