May 8, 2025

Qalbimda gullagan chechak

6-qism. [ Tanlov ]

Pov Aran: Qaniydi, tun bo'yi bedorlikdan emas shirin hayollar sabab uxlay olmasam! Soatlab yonimda hech bir g'am-g'ussasiz, o'ylovsiz uxlab yotgan insonga qarab turibman. Men ilk bor sizga afsuslanish nigohlari bilan qarayapman Jimin! Men sizni sevgandek uni sevasizmi? Men sizni unutishdan qo'rqqanim kabi siz ham doim uning su'rati tushirilgan zanjirni yillar davomida ko'ksingizda saqlayapsizmi?

Ey Yaratgan egam! Shuncha yil bu insonning zo'ravonliklariga chidaganim, u zarar ko'rmasin deya hech kimga churq etmaganim sening menga mukofotingmi? Mayli bu nolish bo'lsin! Men hayot yo'limning qay jabhasida xato qildimki, meni bu sinovlar bilan yuzlashtirding? Men Jimin va Hanna bir yerda bo'lgan har bir lahzaga endi e'tibor berdim. Ko'zlarim ishonch borasida shu qadar ko'r bo'lganidan sevgan ayolingiz qarshisida qanday nigohlar, xatti-harakatlar bilan o'tirganingizni ko'rish uyoqda tursin hatto sezmabman!

– O'sha ayol sabab bo'lib menga azob bergan kunlaringiz uchun sizdan rozi emasman. Ikki dunyoda ham!!!

Pov avtor: Hissiyotlarning alam deb atalmish og'rig'i bilan yuzlashayotgan yurakda yangragan so'zlar tilga ham ravon holatda ko'chdi. Ayolni ojiz deydilar, bularni bir sababi u ko'p hollarda ko'z yosh to'kadi. Qisqa yillar bo'lsa-da, shuncha paytdan buyon eriga nisbatan sevgi to'la ko'zlar bilan qaralgan nigohlar, ilk marotaba haqiqiy afsus va o'tgan yillariga achinish bilan qaradi. Ko'zlarini achishtirgan yoshlarga esa uning mayin yuzi ostidan joy olgan yostiq tun bo'yi dasro'mol bo'ldi go'yoki....

Tong. Seul. Silver mehmonxonasi. 6:43

Pov avtor: Ish uchun kiyilishi lozim bo'lgan harbiy kiyimi yoqasini to'g'irlagan yigit yuzidagi takabburona ensa qotirish bilan xona eshiklari yonida turgan qo'riqchilarni tekshiruvidan o'tayotib qurolini ularga topshirgancha ochilgan eshikdan ichkariga qadam tashladi. Taehyung stoli ustida uni kelganiga ham e'tibor bermasdan o'z ishi bilan ovora bo'lib turgan insonga majburan mulozamat qilgancha bosh egdi va rais ishini tugatguniga qadar ichidagi asabiy harakatlarini yuzaga chiqarmaslik uchun o'zini tiyishga harakat qilayotgandi

Rais: Qo'lim ostida minglab ofitserlar va palkovniklar bor. Ularni hech biri menga shart qo'ya olmagan. Sen mening oilam* uchun hech nima qilmasdan turib meni jamoamga, hattoki eng yuqori darajadan joy olding. Endi esa meni qarshimga kelib, men bilan maslahat qilmoqchisan. O'zingga bo'lgan buncha ishonch va jasoratni qayerdan olyapsan?

Pov avtor: Savol so'ngida o'ta sovuq va bepisandlik bilan qaralgan nigohlar Taehyungni hatto kiprigini qoqmay qarab turgan holatini o'zgartira olmadi.

Taehyung: To'g'ri, balkim qo'lingiz ostida minglab ofitserlar bo'lishi mumkin. Lekin siz ulardan foyda olmadingiz, ayni shuning uchun ham men o'sha siz aytgan jamoangizdan, hatto eng yuqori pog'onadan o'rin oldim. Sizga kerakli hudud meni qo'limda edi va siz buni ham juda yaxshi bilar edingiz.
Rais: Juda qat'iyatlisan!
Taehyung: Vaqt o'tgan sayin qat'iyatimga shubha qilmas darajada qaray boshlaysiz.
Rais: Maqsadga o't!
Taehyung: Bu masala sizga yoqmasligi mumkin. Ikkin kundan keyin mollar kelishi haqida xabarim bor. Ularni musodara qilaman.
Rais: Bu yerga o'limingni istab kelgansan shekilli?!
Taehyung: O'lim bilan tahdid qlish yechim emas.
Rais: Unda menga yechimni ayt!
Taehyung: Yechim sizga yoqadigan javob bo'ladi Janob Kang!

Pov Aran: Miyamdagi ming o'y hayollar doimgidek erim bo'lmish insonga nonushta tayyorlayatib, ilk bor e'tiborsizligimning kichik og'rig'ini his qildim. Pichoqni o'tkir tig'i bilan yuzlashgan barmoqlarimdagi og'riq bilan yuz burishtirdim. Jiminni oshxonaga qachon kirganini ham payqamabman. Muzlatkichdan suv olayotgan erim diqqatini qo'limga qaratdi.

Jimin: Ehtiyotroq bo'lsang bo'lmaydimi Aran!

Shu gapni aytiboq suv idishini ko'targan erimga qaratgan nigohlarim bir yerda qotib qoldi. Men tashqi tarafdan muzlagan insonga o'xshardim, tanam muzladi lekin ichki dunyoyimni titroq egallab, unda vayron bo'lishga ulgurgan og'riqlarni his qilayotgan yagona inson men edim. Erimni bee'tibor holatini ko'rib, to'xtovsiz ovoz chiqarmasdan lablarimga kulgini hadya qildim. Nega kulyapman, bilmayman! Hozir hayolimdan o'tayotgan yagona "Hannani ustiga afitsiant kofe to'kib yuborgandagi Jiminning holati" kasetadek ko'z oldimda gavdalanyapti. Shu qadar sevilishga, baxtli bo'lishga loyiq inson emasmanmi? Mayli, yana, yana va yana sabr qilaman. Hammasi yaxshilikka, shunday emasmi axir?

Hanna: Hayrli kun Aran, kechikkanim uchun uzr so'rayman.

Pov avtor: Hannani uzatilgan qo'llariga biroz tikilib turgan Aran o'zining g'azabini sezdirmaslik uchun kulgancha uni kaftini siqdi.

Aran: Yo'q, juda ko'p kutmadim. Avvalo men ham uzr so'rayman. Javobni aytish uchun sizni uzoq kuttirdim.
Hanna: Hech qisi yo'q, sizga vaqt kerakligini tushungandim.
Aran: Tushunganingiz uchun rahmat.
Hanna: O'ylaymanki, men ijobiy javob eshitaman.
Aran: Demak sizni xursand qilishim mumkin.
Hanna: Ya'ni?
Aran: Men roziman. Bino arxitekturasini sizlar kutgandanda yaxshiroq yaratishga harakat qilaman.
Hanna: Juda ham xursand qildingiz Aran.
Aran: Lekin menda sizga bo'lgan bir iltimos ham bor.
Hanna: Qo'limdan kelsa bajonidil!
Aran: Qo'lingizdan keladi. Menga muntazam yordam berib turishingizni istayman. O'ylashimcha siz ham bu ishni oz muncha tushunasiz..
Hanna: Ah, lekin Aran
Aran: Menga binoda qanday hududlar qay tarzda, qanday holatda joylashishi to'g'risida doimiy ma'lumotlarni berib turishingiz kerak. Bilasiz yoki yo'q, bino dizaynini yaratish biroz uzoq vaqt oladi, chunki uni maketini ham yasashimiz kerak. Siz esa menga Londondagi asosiy shirkatdan doimiy ma'lumotlarni olib berib turishingiz kerak.
Hanna: Aran bu ..
Aran: Istasangiz rad etishingiz mumkin. Keyin esa men ham taklifni rad etaman. Axir shirkatingizni o'zi meni topdi, men emas. Ularga kerak bo'lsam, meni ham bir-ikkita istaklarimni qabul qilishlarini xohlardim.
Hanna: Sizni tushundim, lekin bir narsani unutyapsiz Aran. Bino chizmasini yaratayotgan yagona arxitektor siz emassiz. Biz bir qancha arxitektorlarga taklif berganmiz. Ularni har biri bino uchun dizaynni yaratishadi.
Aran: Agar men o'sha hamma arxitektorlardan yaxshiroq chizma yaratib beraman desamchi? Xo'sh, siz manfaatli tomonni tanlagan bo'larmidingiz?
Hanna: Aran, o'zingizga biroz ko'proq urg'u berib yuboryapsiz!
Aran: Nega past baho berishim kerak?
Hanna: Aran, istasangiz shirkatga taklifni rad qilganingiz haqida xabarni yetkazaman.
Aran: Menga yordam bermaslikni shu qadar istaysizmi?
Hanna: Men bunday demadim.
Aran: Lekin men sizni qo'rs gaplaringizdan shunday tushunyapman. Siz meni jamiyat orasida soddaroq odam sifatida ko'rgan bo'lishingiz mumkin. Ammo bu ish va men unga juda katta e'tibor qarataman! Menga yordam berasizmi yoki yo'q?

Pov Hanna: U rostan ham ishga o'zi aytganidek kuchli e'tibor qaratadigan insonmi yoki buni ostida boshqa nimadir bormi? Yaxshi Aran istaganingizdek bo'lsin va ayni mana shu iltimosingiz sabab sizni raqobatda yutqazishingizga kafolat beraman. Park Aran, sizning loyihangiz hech qachon qo'llab quvvatlanmaydi!

Hanna: Yaxshi, sizga yordam berganim bo'lsin.
Aran: Bu javob meni quvontirdi.
Hanna: Eng yaxshi chizmani yaratasiz va bino qurilishi siz tomoningizdan boshqariladi degan umiddaman.

*

Pov Jimin: Har safar ishlarim tugab dam olay deganim sari hayollarim meni sen tomon olib ketayapti. Nega bunchalar o'g'risan? Sendan voz kechay deganimda yana hayotimga kirib uni barbod qilyapsan! O'zimni ishga ko'mib tashlayapman, lekin hayollarimda seni ismingda bor harflarni ko'rsa ham sen hayolimga kelyapsan. Raqaming bor, uni allaqachon topganman. Lekin birgina tugmani bosish uchun ham menda jur'at yo'q. Nima deysan, tavakkal qilaymi? Xuddi avvalgidek!

Daqiqalar o'tdi, lekin hali ham bir nuqtaga qarab turibman. Senga qo'ng'iroq qilaman, lekin keyin nima deyman? Seni qanchalar sog'inganimni aytamanmi? Balkim shunchaki hol-ahvol so'rarman? Bir soniyada hayolimdagi hamma narsani unutib, yashil tugmani bosdim. Uning ovozi butun boshli xonada jarang sochishini istardim, lekin tentak o'ylarim hatto uni ovozini jonsiz xona devorlaridan ham qizg'anayotgandek...

Hanna: Eshitaman
Jimin: ....
Hanna: Kechirasiz, kim bu?
Jimin: Salom

Pov avtor: Quloqlariga juda ham tanish ovozni eshitgan qiz endigi jimlik navbatiga egalik qila boshladi.

Jimin: Hey, senga salom berdim axir.
Hanna: S..senga ham salom! Raqamimni qayerdan olding?
Jimin: Uni qayerdandir olishim shart emas. Shunchaki sen bu raqamni hech qachon o'zgartirmagansan.
Jimin: Hmm, shunchaki bir narsa so'ramoqchi edim!
Jimin: Londonga qaytib ketishing rostmi?
Hanna: Ha, rost.
Jimin: Tushunarli
Jimin: Aniya, rostini aytsam savollarim ko'p. Qayerdasan? Kim bilansan? Qachon jo'namoqchisan? Ketishing shartmi? Ketma... Men bilan qol! Seni sog'indim! Meni qalbimda yetilgan, rivoj topgan, gullagan yagona ne'matsan.... Balkim bularni ko'zlaringga qarab aytmayotgandurman, balki bu uchun jur'atsizdirman. Lekin men rostan ham sen meni tark etishingni istamayman.
Hanna: Jimin, hayotingda yana qayta paydo bo'lib, halovatingni buzganimdan afsustaman. Bizda avvalgi kabi vaziyat yo'q. Seni oilang bor, men uni buzilishiga sabab bo'lishni istamayman.
Jimin: Agar men o'sha oilada baxtsiz bo'lsam-chi?
Hanna: ....
Jimin: Nega javob bermayapsan? Meni baxtsizligim nahot seni qiziqtirmasa?!
Hanna: Jimin, iltimos bun..
Jimin: Seni sevaman. Men hech qachon tan olishdan qo'rqmaganman. Iltimos, balki bu xatodir. Lekin menga imkon ber! Men qaysi yo'l men uchun muhim ekanligini tushunib olishim zarur.

Pov Jimin: Umuman qay maqsadda qo'ng'iroq qildim-u, nimalar dedim. Ongim faoliyati to'xtadi-yu, tilim harakatini yuragim boshqargandek... Men pushaymon qilishim mumkin bo'lgan narsani so'rayapman, ammo men rostan ham menga qaysi yo'l kerakligini tushunishim, bilishim kerak!!

Hannadan javobni sabrsizlik ila kutarkanman, men javob o'rniga o'chirib qo'yilgan qo'ng'iroq ovozini sezib ekranga qaradim. Nega?

*

Taehyung: Hamma o'z joyini egalladimi? Operatsiya boshlanishiga 15 daqiqa qoldi. Menga hisobot bering.
– Snayper joyida
– "Ajdar" guruhi o'z o'rnida!
Taehyung: Kemalardachi?
Bonsuk: Kemalarga ham barcha joylashgan.
Bonsuk: Ha mayor!
Taehyung: Menga durbinni bera olasanmi?
Bonsuk: 1 soniya janob.

Pov avtor: Yigit Taehyungga durbinni uzatgach, Taehyung o'z odamlarini joylashgan o'rnini birma-bir ko'zdan kechirayotib port hududiga kirib kelgan yana bir mashinani payqadi.
Taehyung: Bu kim bo'ldi yana?

Mashinadan tushadigan insonni qurib qolgan lablarini yalagancha kutib turarkan, yerga qadam qo'ygan baland poshnali qizni ko'rgach beixtiyor so'kinib, shundoq ham chimirilib turgan qoshlarini orasini yanada bir-biriga yaqin olib keldi.

Taehyung: Jin ursin* u bu yerda nima qilyapti? Sen qiz yana nimalarni o'ylading?

Pov avtor: Misun ko'zlarini quyoshdan to'sgan ko'zoynaklarini qo'liga olib Don U ning qarshisiga turdi.

Don U: Bu yerda nimangni yo'qotib qo'yding?
Misun: Janob Don U avval hol-ahvol so'ralmaydimi?
Don U: Ishimga burun suqqanlarni yoqtirmayman.
Misun: Kim aytdi meni sizning ishingizga burun suqyapti deb? Shunchaki o'z yaxtamda dam olish uchun keldim. Bunga qarshimisiz?
Don U: Yaxtang aynan shu portda ekanligi biroz qiziq emasmi?
Misun: Bir kami endi sizga yaxtamni hujjatlarini ko'rsatishim qolgandi. Odamlaringizga ayting, yo'lni bo'shatishsin!

Pov avtor: Don U cho'ntaklariga solingan qo'llarini musht tugib, atrofga qaragancha istehzoli tabassumni yuzaga chiqardi. Odamlarga ko'z ishorasini qilarkan Misun uchun to'silgan yo'l ochilib oldinga tomon qadamlarni tashladi. Uni hattoki oyoqlari harakatiga ham kibr aralashgan qadamlari Don U Misunni qo'lini siqimlashi sabab to'xtadi.

Don U: Meni yaxshilab eshit qizaloq! Nimani niyat qilganingni bilmayman, lekin jahlimni qo'zg'atadigan atigi birgina harakating sabab ildizingni qanday quritishimni juda ayanchli ahvolda tomosha qilasan! Mana shu g'ururli boshingni egib qo'yishga majbur qilmaysan degan umiddaman.
Don U: Aniyaaa, ogohlantirish!
Misun: Yaxshi, bu ogohlantirishni raisga ham yetqazib qo'yaman. Endi esa jimgina buyurilgan ishingni bajar!!
Don U: Jin ursin* la'nati bitch* !!! Raisni orqasiga yashirinishni juda yaxshi uddalayapsan!
Misun: Hasad qilyapsanmi? Men ayol kishiman va albatta kuchli tomondan yordam olaman. Agar o'zingni ayol deb hisoblasang yonimdan senga juda hashamdor o'rin ajrataman...

Misun: Bularni tahdid deb qabul qilaymi?
Don U: Aniyaaa, ogohlantirish!
Misun: Yaxshi, bu ogohlantirishni raisga ham yetqazib qo'yaman. Endi esa jimgina buyurilgan ishingni bajar!!
Don U: Jin ursin* la'nati bitch* !!! Raisni orqasiga yashirinishni juda yaxshi uddalayapsan!
Misun: Hasad qilyapsanmi? Men ayol kishiman va albatta kuchli tomondan yordam olaman. Agar o'zingni ayol deb hisoblasang yonimdan senga juda hashamdor o'rin ajrataman...

Pov Misun: So'nggi gapimda uni jahlini maksimal darajada qo'zg'ay olganimga ishonchim komil edi. Ustunlikni boy bermasdan unga kesatiqli kulib, siqilgan bilagimni yulib oldim.

Tashlayotgan qadamlarimda oyoq kiyimimni yangragan ovozi bilan birga sumkamda telefonim ham jarang socha boshladi. "Takabbur mayor" kontaktini qo'ng'iroq qilayotganini ko'rganimda qo'ng'iroqqa javob berishni ham o'ylamasdan uni ovozini o'chirib qayta sumkam ichiga otdim. Hammasi seni deb bo'ldi yaramas!

Taehyung: Qaysar, javob bersang qo'ling sinib, qulog'ing teshilib qoladi seni!
Bonsuk: Uni ham hibsga olamizmi?
Taehyung: Boshqa ilojimiz bormi? Bu hududda kimki bo'lsa, hammasi hibsga olinadi. Qari tulki, shuni nazarda tutgan ekansan-da!

*
Kompyuterimda ishlash bilan ovora bo'lib turganimda xonam eshigi zarb bilan taqillaganini eshitib qo'rqib ketdim. Kimdir yordam so'rab keldimi deb o'ylab, yugurgilagancha eshikka shoshibman, eshik ortida ko'rgan insonim esa meni yana bir bor hayratga soldi.

Hanna: Bu yerda nima qilyapsan?
Jimin: Nima deb o'ylaysan?
Hanna: Sen aqldan ozibsan Jimin, bu yerdan ...

So'zim yakunlanishga ulgurmasdan kaftim tiralib turgan eshikni zo'ravonlik bilan itarib yopgan yigitni ko'zlariga ham qarashgacha yetmay kuragim bilan devorga urilib, yana bir kutilmagan harakat guvohi kabi harakatdan ham to'xtab qoldim. Labim ustida uni iliqligini his qilganimda, yoqimli titroqdan uni lablari orasiga hansirash bilan nafas chiqardim. Lablarimda biroz uzoq ushlab turgan bo'sasi ham men kabi harakatsiz edi. Mendan yiroqlashganida vanihoyat uni jigarrang ko'zlariga qaradim. Bu ko'zlar atigi 1 necha soniya menga tikilib, tashnalik nigohi bilan yana lablarimga tikilidi. Uni ismini aytish uchun tilim harakatga kelib, uni itarishga kirishgan kaftim uni yirik kaftlari orasiga tushib qoldi. Barmoqlarimni ham meni qisib qo'ygan kabi siqib, keyingi nishon sifatida lablarimni qurshovga oldi. Bu safar u shunchaki lablarim ustida jim turmadi. Tan olaman, uni juda sog'inganman. Xuddi u aytganidek biror kun qo'ng'iroq qilib qolar deya raqamimni ham o'zgartirmadim. Biz yillar davomida bir-birimizni hozirgi kabi shirin bo'salardan yiroq tutmaganmiz. U uylanganini eshitganimda, to'y su'ratlarini ko'rganimda uni meni shu qadar oson unutib, voz kechdi deb o'ylab o'zimni botqoqlikka kun sayin botirdim.

Hozir esa shuncha yil deganda uni yoqimli tafti yana menda edi. Bularni bari noto'g'ri! Lekin buyruq berib bo'lmasa nima qilish kerak?

Hanna: Jimin! Sen unga xiyonat qilyapsan!
Jimin: Bizni o'ylash sen uchun shu qadar mushkul ishmi? Menga shunchaki bir imkon berishingni so'radim. Qay yo'ldan yurishim kerakligini bilish uchun imkon!
Hanna: Agar u tomonga ketadigan yo'lni tanlasang, meni shunchaki tashlab ketaverasanmi? Sen bizni emas, o'zingni o'ylayapsan! Meni yana o'zingga o'rgatib tashlab ketganingda qanday ahvolga tushishimni o'ylamayapsan!
Jimin: ....
Hanna: So'zsiz qolding, chunki men ayni haqiqatni aytdim.
Jimin: U bilan bog'langan hayot yo'limni tugataman desamchi?
Hanna: Nima?
Jimin: Shunda men bilan qolasanmi? Avvalgi kabi emas, osonlikcha voz kechib emas, qancha inson qarshi bo'lsa ham men bilan birga yonimda tura olasanmi?
Hanna: Jimin~

Pov Hanna: Bu umuman kutilmagan taklif edi. Oradan yillar o'tgan bo'lsa-da undan qolgan izlar, sevgimiz olovi hali ham o'chmaganini bilaman. Lekin bu to'g'rimi? Axir bu shunchaki qabul qilinadigan qaror emas.

Hanna: Jimin sen o'zingda emassan.
Jimin: Nimaga asoslanib bunday deyapsan? Ichmaganman, sarxush emasman. Qanday bunday bo'lishi mumkin?
Hanna: Jimin bu tez qaror qabul qilinadigan vaziyat emas.
Jimin: Shunchaki yuragingga quloq solib ko'r. U nima deyapti?
Hanna: Meni juda qiyin vaziyatda qoldiryapsan!
Jimin: Meni sevasanmi yoki yo'q?

Pov Hanna: Balkim bu xudbinlikdir! Lekin uni sevaman! Uni taftini, birgina quchog'ida o'zimni qayta his qilishni sog'inchi ong-u shuurimni egallagan edi.

Hanna: Biz yana ajralishsak-chi?
Jimin: Biz endi yosh bolalar emasmiz. O'z hayotimizni o'zimiz boshqara olamiz. Bizni ajratmoqchi bo'lishsa, yana ketib qolmaslikka so'z berishing kerak. Men har qanday holatda sen uchun kurashaman.

Hanna: Meni kechir!
Jimin: Nima uchun?
Hanna: O'shanda irodasizlik qilib seni tashlab ketganim uchun...

Pov Jimin: Mendan so'ralgan uzr bir soniyaga tanamni titratib yubordi. Uzr so'raganda rad etadi deb o'yladim, aksi bo'lgan javobni eshitganimda esa bu hayollarimdagi fikr emasmi deya qotib qoldim. Oyoq uchida bag'rimga o'zini otgan sevgilim meni quchganidagina bu hayollarim emasligini payqadim. Uni ko'z yosh bilan yuvilayotgan yuzlarini avaylab siladim. Uni yig'idan to'xtatish niyatim yo'q. Negaki, bu bizni sog'inchimiz aks etgan marjon oqimlar edi.

Jimin: Seni sevaman!

Ushbu holatimizda unga aytgan so'nggi jumlalarim shu bo'ldi. Shu zahotiyoq, uni lablari sog'inchini to'ydirish maqsadida tanam bilan birga lablarimizni ham birlashtirdim. Bilmayman, lekin bu qarordan hech qachon afsusni his qilmaydigandekman... Ikkimiz ham, ham sog'inch, ham o'tmishdagi xotiralarimiz afsusi bilan qayta-qayta o'tgan yillarimizni hisobini lablarimiz ustida muxrladik. Lablar qoniqtira olmayotgan harakatlarimni behayolarcha uni tanasiga yugurtirdim. Men nafaqat lablarimiz, tanalarimiz ham jipslashishini istayman.
Jimin: Mana shu kunni, mana shu lahzalarni menga baxshida qilolasanmi?

Pov Hanna: Javob berish o'rniga o'zimni qayta yigitimning bag'riga otdim. Shunchalik chigal vaziyatda menga sevgisini his qildira olayotgan insonga men bunday qila olmaymanmi? Endi avvalgidek emas, aksincha qo'pol bo'layotgan bo'salarimiz bir-birimizga bo'lgan ishtiyoqni oshirayotgandi. Labimni qattiq tishlashdan turgan og'riqda chuqur ingraganim Jiminga og'zimga kirish uchun imkon yaratdi. Takror-takror olingan bo'salar yotoq ustida birlashgan tanalarimizning dastlabki kuchli ingroqlarini xona ichki yuzasiga yoyib yubordi.

*

Pov Aran: Allaqachon bino arxitekturasini chizishni boshlab, yonimga bir qancha qog'ozlarni olib ishni boshlab yuborgandim. Eng qiziq tomoni buni hali Jiminga aytmaganman. U qarshi bo'lmaydi deb umid qilaman. Eski chizmalarimni o'rganayotib, juda tez charchab qoldim. Avval qanday qilib bularni tepasida soatlab turgan ekanman? Yonimga olib kelgan kofeyimdan ho'plab, bu safar chizmalarni chizishni boshladim. Lekin taxminan 5 daqiqalar o'tgach, ko'nglim ko'tarilib lablarimni qo'lim bilan to'sib qoldim. Hayolimga ilk kelgan narsadan hayajonlangancha nafas chiqardim. Hamma qog'ozlarni o'z o'rnida qoldirib xonamdagi homiladorlik testlaridan birini qo'limga oldim. Jimin bilan farzandlik bo'lishga qaror qilgan kunimizdanoq ulardan bir qanchasini sotib olgandik.

Testni hamma qoidalariga binoan bajargach, bir yerda tura olmasdan u yoqdan bu yoqqa yuryapman. Har bir daqiqa soatdek tuyulyapti. Ma'lum vaqt o'tgach, vanihoyat testni qo'limga olib undagi chiziqlarga qaradim. Ha, bu ikkita chiziq edi. Ko'zlarimga ishonmayman! Kaftimni qornimning pastki qismiga qo'yib rostan ham bu yerda farzandim borligiga ishona olmayapman.

Aran: Dadang bu haqida eshitsa, juda ham xursand bo'ladi. Hey kichkintoyim, shunday kunda menga eng katta baxt bo'lib kelding. Dadang va meni ham bog'lab turuvchi ajoyib ne'matsan! Xo'sh dadangga surpriz qilamizmi?

Uydan shoshib chiqib Jiminga buni oddiy tarzda emas, kutilmagan tarzda aytish uchun narsalar olishga qaror qildim. Tezda kichik bir tort, shamlar, atirgul barglari sotib oldim. Yotog'imiz ustiga atirgul barglaridan yurak shaklini yasab o'rtasiga Jimin sotib olgan jajji oyoq kiyim, test natijasi va tortni qo'yib, atrofini shamlar bilan bezatdim. Endi siz kelsangiz bas Jimin!

Don U: Mollar yetib kelishiga qancha vaqt qoldi?
Sohyon: Oz qoldi janob, deyarli kun ham qorayib qoldi axir
Don U: Anavi manjalaqi hali ham shu yerdami?
Sohyon: Misun xonimmi?
Don U: O'sha
Sohyon: Ha, hali ham shu yerda
Don U: Nimani kutyapsan qizaloq?

Pov avtor: Oradan chamasi 20 daqiqalar o'tgach, portga hamma kutgan kema kirib keldi. Don U kemadagilar bilan quyuq salomlashib, mollarni qabul qilar ekan rejadagidek hamma yerni politsiya xodimlari bosib ketdi. Don U sarosimaga tushib qolarkan, uni hibsga olish uchun qurol ko'tarib kelgan Taehyungni ko'rgach tishlarini yoqimsiz g'ichirlatdi.

Taehyung: So Don U hibsga olindingiz. Qurollarni tushirib, ortga o'giriling.
Don U: Kelganingga bir hafta bo'lmasdan itlik qilyapsanmi? O'lishni juda xohlagan ko'rinasan?!
Taehyung: Senga ortga o'giril dedim!!🗣
Don U: Itvachcha!!! 🗣

Pov Misun: Sirena ovozlarini eshitib, hammasi boshlanganini sezdim. Iloji boricha yaxtam ichidan chiqmaslikka harakat qilib o'tirdim, ammo yangragan o'q ovozidan sapchib tushib yigitlarimni qarshiligiga qaramasdan tashqariga otildim. Atrofda shu qadar ko'p odam bor ediki, ko'zlarim arang bu yerdagi asosiy qahramonlarni topdi. Taehyungni bosh bilan qilgan ishorasidan so'ng men tomonga bir qancha politsiyachilar kelib atrofni o'rab olishdi. Meni qo'riqlash uchun kelgan yigitlar esa qo'rqmasdan politsiyaga qurol o'qtalib turishgandi. Bular jinnimi?
Misun: Hoziroq qurollarni tushiring!
Bonsuk: An Misun biz bilan ketishingizga to'g'ri keladi!
Misun: Lekin nima uchun?
Bonsuk: Xonim qarshiliklarsiz borishingizni so'ragan bo'lar edik. Agar aybsiz bo'lsangiz, ozod qilinasiz.

O'sha yigit bilagimdan tutgancha meni olib ketarkan yo'lda Don U ning qo'liga kishan taqib olib ketishayotganini ko'rdim. Qiziq Taehyung bularga raisni qanday qilib ko'ndirdi ekan? Don U o'tib ketayotib menga istehzoli tabassum qildi. Meni ham hibsga olinganimdan xursand ekanligi aniq! Meni politsiya mashinasi yoniga olib borishgach ortimizdan Taehyungni ovozini eshitdim.

Taehyung: Bonsuk

Yonimizdagi yigit ortiga qayrilib qaraganiga ko'ra u Bonsuk bo'lsa kerak.

Bonsuk: Eshitaman mayor
Taehyung: Kemadagi mollarni tekshir!
Bonsuk: Xo'p bo'ladi.
Taehyung: Ochig'i seni bu yerda ko'raman deb o'ylamagandim.
Misun: Endi nima bo'ladi?
Taehyung: Seni hibsga olaman!
Misun: Ajoyib
Taehyung: Seni hali ko'p bora hibsga olaman shekilli
Misun: Sen bo'lsang qarshi emasman.
Taehyung: Xushomad qilyapsanmi?
Misun: Sen qanday tushunyapsan?
Taehyung: Shu haqida o'ylayapman.

Taehyung men tomon kelib, meni ortga burgancha qo'limga kishan taqa boshladi.

Misun: Nega kishanni ko'zlarimga qarab taqa qolmaysan?
Taehyung: Sen juda makkorsan, ko'zlaring bilan aldab qo'yishing mumkin.
Misun: Mmm, men boshqacha o'ylagandim.
Taehyung: Qanday?

Pov avtor: Taehyung hali ham teskari turgan qizni kishanlangan qo'lidan qattiq tortib quloqlari yoniga yaqinroq keldi.

Misun: Aysh! Sendan ajoyib hid kelyapti!
Taehyung: Balkim mashinaga o'tirarsan
Misun: O'zimmi? Meni majburlab o'tqazasan deb o'ylagandim, xuddi birinchi kundagidek!
Taehyung: Fikring buzuq ekanligi haqida senga hech aytishganmi?
Misun: Men hali hech nima demadim, qanday qilib buni fikri buzuqlik bilan taqqoslashing mumkin?
Taehyung: Bu kabi gaplarni tushunmayotgan darajada ahmoq yigitchaga o'xshaymanmi?
Pov avtor: Taehyung shu savolni berdi-yu Minsuni o'zi istagandek mashina ichiga itardi.

Misun: Hey sekinroq!
Taehyung: O'zing majburla deding! Xo'sh, endi seni majburlasam to'g'rirog'i zo'rlaydigan bo'lsam qay ahvolga tushishing haqida bildingmi?

Misun: Menga yoqyapsan mayor Kim!

Pov avtor: Taehyung lab chetida jilmaygancha, mashina ichiga egilgan boshini ko'tarib, eshikni yopdiyu uni mahkamaga olib ketishlari uchun mashinani yuqori qismiga bir necha marotaba urib qo'ydi.

*

Pov Aran: Bilgan xabarimdan so'ng qog'ozlarni hammasini tashlab, oshxonada kuymalanib bir nimalar pishirdim. Hammasi muammosiz, kam-ko'stsiz bo'lishini istadim. Faqatgina Jiminni kutish qoldi. Erimni orziqib kutayotgandim. Eshik qo'ng'irog'i chalingach, shuncha kutganimga qaramay eshikka yugurdim. Og'zim qulog'imga yetar darajada jilmayib, eshikni ochdimu, menga umuman teskari qarab turgan Jiminni ko'rdim. Ya'ni u nimadandir tashvishdadek go'yo. Mayli, muhimi hozir u xursand bo'ladi.

Aran: Hayrli kech
Jimin: Senga ham
Aran: Ahvoling yaxshimi?
Jimin: Hmm. Aran sen bilan gaplashadigan gaplarim bor.
Aran: Menda ham!
Jimin: Yaxshi, unda hozir..
Aran: Ane, anee avval kiyimlaringizni almashtirib chiqing.
Jimin: Aran
Aran: Borsangizchi!

Pov Jimin: Aranni shunday kayfiyatini tushirishga qurbim yetarmikan? U bilan ajrashish haqida gaplashish... Horg'in qadamlar bilan yotoqxonamizga kirdim. Xona ichidagi muhit meni biroz shoshirib qo'ydi. Yotoq ustidagi narsalarga qiziqib qarab, ularni orasidan birgina narsa e'tiborimni tortdi. Men buni nima ekanligini bilmaydigan darajada sodda emasman. Bu chiziq...

Aran: Park Jimin, siz yaqinda dada bo'lasiz!

Ortimda turgan qizni va uni xursand bo'lib aytayotgan yangiligi shoshirib qo'ydi. Men... bola! Qanaqasiga?

Pov avtor: Qo'lidagi test natijasi va yotoq ustidagi oyoq kiyimchalarga tikilib turgan Jimin nima deyishni bilmay qotib qoldi.

6-qism tugadi.