Qalbimda gullagan chechak
Uyga bir qancha politsiya xodimlari kelib, Jiminni olib ketishayotganda talvasaga tushib qoldim. Ko'zga ko'rinarli momataloq bo'lgan yerlarimni upa bilan yashirib, advokatimizga qo'ng'iroq qilgancha politsiya ma'muriyatiga shoshdim. Mahkamaga yetib kelgach, birinchi qiladigan ishim erim bilan ko'rishish bo'ldi. Ammo politsiyachilar bunga ruxsat bermagach, advokatni kutishga qaror qilib o'sha yerdagi o'rindiqlardan biriga joylashdim. Ilojsiz sumkam ilgichini qisarkanman, viqor bilan o'tib ketayotgan qo'shnimga ko'zim tushdi. U meni ko'rmadi, men o'zimda qanday kuch topdim bilmayman. O'rnimdan shiddat bilan turib, uni ortidan u kirgan xonaga bostirib kirib, yonidagi odamlarga qaramay zahrimni sochdim!
Aran: Hammasi sizni ishingizmi? 🗣
Taehyung: Bizni yolg'iz qoldiring yigitlar
Unga g'azab bilan qarab turarkanman, pinagini ham buzmasdan bemalol yurib o'zining kreslosiga joylashib qo'lidagilarni stol ustiga qo'ydi.
Aran: Men sizga savol berdim Kim Taehyung!
Taehyung: Ha
Aran: Nima?
Taehyung: Savolingizga javob "ha". Eringizni hibsga olish to'g'risida men iltimos qildim.
Aran: Aqldan ozibsan! Sen kimsanki meni oilamni buzishga harakat qilasan? Kimsanki erimni qamatishgacha hadding sig'adi?
Shunaqangi olov bo'lib yondimki, har doim yaxshi munosabatda bo'lgan bu qo'shni yigitga nisbatan hozir xushmuomalalik degan tuyg'uni chetga surib qo'ydim
Taehyung: Qachongacha?
Aran: Tushunmadim?!
Taehyung: Qachongacha eringizni bunday zug'mlariga chidamoqchisiz?
Aran: Senga nima? 🗣Kim aytdi meni zug'm ko'ryapti deb? Meni oilamdagi munosabatlarga aralashishga nima haqqing bor?
Taehyung: Qanday qilib bir ayolga nisbatan bo'layotgan zo'ravonlikka jim qarab tura olaman?
Aran: Bu meni oilaviy munosabatlarimga aralashishing mumkin degani emas! Jentlmenligingni borib boshqa yerda qil! Hoziroq erimni qo'yib yuborasan! Meni undan hech qanday shikoyatim yo'q!
Menga bir necha soniya sovuq qarash qilib turgan yigit o'rnidan turdi. U boshqalarga bu ish haqida buyruq beradi deb o'ylab yengil nafas oldim ammo bunday bo'lmadi! Uni qadamlarini oxiri meni qarshimga kelib tugadi.
Taehyung: Men niyatimdan qaytmoqchi emasman va ...
Pov avtor: Taehyung Aranni bilagidan ushlab yuqoriga ko'targach, qarshiliklariga qaramay uni yengini biroz yuqoriga ko'tardi.
Taehyung: Va ekspertiza sizga nisbatan zo'ravonlik bo'lganmi yo'qmi aniqlaydi. Javobi nima ekanligini bilsak ham!
Aran: Jin ursin* hech qanday ekspertizasiga ham rozi bo'lmayman! Meni undan hech qanday shikoyatim yo'q. Erimni besabab hibsga olganingiz uchun sizlarni ustingizdan shikoyat qilaman!
Taehyung: U sizni qanday gaplar bilan qo'rqitganki, hozir meni qarshimda bu holatda turibsiz?
Aran: U meni qo'rqitmagan! Bunga sabab ham yo'q! 1 soat! 1 soat ichida erim ozodlikda bo'lishi shart! Yo'qsa mana shu ma'muriyatingizni sizga qo'shib, ostin-ustun qilaman!
Pov Taehyung: Aranga nisbatan uni vaziyatini, psixologik holatini tushungan holda muomala qilishga harakat qildim. Eriga nisbatan buncha harakat nima uchun? Doim undan azob ko'rib yashagan bo'lsa... Nima bo'lganda ham niyatimdan qaytmayman! Bunday ma*az insonlar jazosini olishi shart! Mahkamani ostin-ustun qilishga urunib ko'ring Park xonim... Ko'ramiz qo'lingizdan nima keladi?
Pov Aran: Vanihoyat men orziqib kutgan advokat yetib kelgach, Jimin bilan uchrashishga muvaffaq bo'ldim. Politsiya xodimi ortidan avvaliga ichma-ich bo'lgan qandaydir xonalarga kirdik... bizni olib borgan so'nggi yo'l esa nim qorong'u, katta qismi panjaralar uchun ajratilgan fayzsiz xona bo'ldi. Ko'zim devorga boshini suyagancha o'rindiq ustida o'tirgan turmush o'rtog'imga tushgach, yumiq ko'zlarini ochib menga qarashi uchun past ovozda uning ismini aytdim.
Aran: Jimin
Jimin: Aran? Bu yerda nima qilyapsan?
Aran: Ahvolingiz yaxshimi? Ular sizga hech nima qilishmadimi? Men politsiya xodimlarini shafqatsiz deb eshitganman. Hamma yeringiz sog'mi? Qani aylaningchi!
Pov avtor: Aran kelganini ko'rib panjara yoniga yaqinlashgan Jimin uning savollaridan boshini quyi ekkancha tabassum qildi.
Aran: Nega kulyapsiz? Men o'laman desam sizni ahvolingizni qarang!
Jimin: O'zimni ustimdan kulyapman! Senga nimalar qilmadim, seni bo'lsa bergan savolingni qara! Seni azoblaganim uchun bir ikki qiynoqlarga arzimaymanmi?
Aran: Aqldan ozibsiz! Bunday gaplarni aytmang. Men hech qanday shikoyat qilmaganman, sizni bir necha soatda bu yerdan chiqaramiz. Sababsiz sizni ushlab turisha olishmaydi. Advokat Son ham shunday dedi.
Jimin: Balkim endi jazo olishni xohlayotgandirman? Meni chiqarishga harakat qilishingizni istamayman. Men hammasini, senga nima qilgan bo'lsam barchasini tan olaman!
Aran: Mendan uzoqlashishni shunchalar xohlaysizmi? Shu qadar sizni bezor qilib yubordimmi?
Jimin: Bu nima deganing? Men bunday gapni aytmadim.
Aran: Haqiqat emasmi? Mendan qutulish uchun qamoqqa kirishingiz shart emas...
Jimin: Sendan qutulishni xohlaydi deb kim aytdi? Aran bo'lmag'ur savollarni bermagin!
Aran: Unday bo'lsa siz ham o'zingizga o'xshang! Meni erim hech bir jabhada taslim bo'lmaydigan qaysar eshshak! Nega endi birdan qamoqqa kirishni xohlab qoldingiz? Shunchalar jazo olishni xohlasangiz o'zim sizni jazolayman. Menga qilganlaringiz uchun davlatni sizdan hisob so'rashga haqqi yo'q! Bunga haq-huquqi bor yagona shaxs menman!
Jimin: Qanday jazolamoqchisan?
Aran: Bu yerdan chiqqaningizda ko'rasiz! Faqat o'zingizni o'ylayvermasdan meni ham o'ylang! Sizni qamab qo'yishsa men tamom bo'laman!
Jimin: Meni qamashsa hech qanaqasiga o'zingni ayblashing shart emas...
Aran: Yaramas, ahmoq! Oyingiz meni kallamni uzib tashlaydi!
Jimin: Haha tamom bo'laman deganingda oyimni nazarda tutdingmi?
Aran: Boyadan beri sizga nima deyapman? Faqat o'zingizni o'ylamasdan meni ham o'ylang dedim-ku!
Jimin: Ikkiyuzlamachi!
Pov avtor: Jimin yuzini burishtirib gapirgach, orqasidan kulib qo'ydi.
Pov Jimin: Aran bilan uchrashganimizdan keyin biroz vaqt o'tib meni tergov xonasiga olib borishdi. Yuqorida birgina xira chiroq bor xona stulida o'tirar ekanman, meni bir necha marotaba ogohlantirgan qo'shnim bo'lmish bu yigit qarshimdagi bo'sh stulga joylashdi.
Taehyung: Park Jimin!
Jimin: Nima?
Taehyung: Menimcha hisoblashish vaqti keldi. Har holda seni ogohlantirgandim!
Jimin: Sen nega meni ayolimga qiziqib qolding?
Taehyung: Tushunmadim?!
Jimin: Juda yaxshi tushunding!
Taehyung: Birinchidan, maynavozchilikni yig'ishtir! Ikkinchidan, men Aranni sendek odamdan qutqarmoqchi bo'lyapman xolos!
Jimin: Balki uni menga qilgan xiyonati sabab uni kaltaklarman!
Taehyung: O'zingni oqlash uchun bunday iflos sabab topasan deb o'ylamagandim!
Pov avtor: Jimin lab chetida kulgancha gavdasini stulga tashladi.
Taehyung: Demak unga nisbatan doimiy ravishda zo'ravonlik qilishingni tan olasan?
Jimin: Ha
Taehyung: Men qiziqqan narsa bor! Nega u bilan ajrashib qo'ya qolmaysan? Uni sevmaysan shunday emasmi?
Jimin: Tshsh, shu joyida to'xta! Meni oilaviy munosabatimga chuqurroq aralashib yubormayapsanmi?
Taehyung: Men inson sifatida xotiningni sendan qutqarmoqchiman.
Taehyung: Seni nima deb o'ylashing menga qiziq emas! Doimiy ravishda Park Aranga qilib kelgan zo'ravonliging sabab turmada o'tirishga tayyorgarlikni boshlayver!
Jimin: Imm oxirgi jumlang o'xshamadi. Xo'sh buni qanday isbotlamoqchisan? ... Jimsan, chunki bunday qila olmaysan! Nimangga katta ketyapsan Kim Taehyung?
Taehyung: Haha, sen tomosha qil!
Pov avtor: Taehyung o'rnidan turib xonadan chiqishidan oldin qiyshiq tabassum qilgancha, Jiminga yuzlandi.
Taehyung: Haya hozir seni qo'l-oyog'ing bog'liq! Mayli isbotlay olmadim ham deylik! Sen yana bir necha soat bu yerda bo'ladigan bo'lsang, men Aran bilan bemalol ba'zi narsalar haqida gaplashib olaman. Nima deb o'ylaysan, balki unga biroz qo'pollik qilarman yoki u bilan biroz ko'ngilxushlik ...
Pov avtor: Taehyungning gaplaridan taranglashayotgan yigit oxirgi jumlalarda o'zini ham unutib mayorning yoqasiga yopishgancha musht tushirib, devorga tiradi.
Jimin: Hey iflos, og'zingga erk berma! Aranga yaqinlashgudek bo'lsang, seni nimta-nimta qilaman!
Taehyung: Qanaqa ruhiy kasal ekanligingni isbotlaganing bilan tabriklayman!
Pov avtor: Taehyung ko'zi bilan o'ng tomon burchakka ishora qilgach, Jimin u nimaga shama qilganini sezib, uni yoqasini qattiqroq qisdi.
Jimin: Seni o'ldiraman!
Taehyung: Qo'lingdan kelganini qil, agar nimadir qila olsang albatta!
Pov avtor: Eshikdan shoshilmasdan kirgan politsiya xodimlari ham hamma narsa kelishilganini bir isboti edi. Jimin hafsala bilan Taehyungni qo'yib yuborgach, unga yoqimsiz tabassum bilan qarab turdi.
Taehyung: Yigitlar bu janobni vaqtinchalik xonasiga kuzatib qo'yinglar...
Jimin: Uzog'i bilan bir soat! Bir soat ichida sen bilan bu yerda emas, tashqarida gaplashamiz! Ana o'shanda ko'ramiz kimning qo'l-oyog'i bog'liq ekanligini!
Pov avtor: Tergov xonasidan turmush o'rtog'ini politsiyachilar hamrohligida chiqayotganini ko'rgan Aran u tomon shoshib erini savolga tutdi.
Jimin javob o'rniga tergov xonasidan chiqqan Taehyungni ko'rib bor zaxrini Aranga sochdi.
Jimin: Ana u Kim Taehyung bilan nimanidir gaplashgudek bo'lsang mendan yaxshilik kutma! Unga bir qadam ham yaqinlashma!
Aran: Tushunmadim nega birdan bunday deyapsiz?
Jimin: Aytganimni qil!
Pov Aran: Jimin mendan javob kutib sabrsiz tikilib turar ekan, miyamda uni gaplarini tahlil qilishga urinardim. Ichkarida nima sodir bo'ldiki, u bunday deyapti? Politsiyachilar uni majburlab olib ketishgach, ortimga qayrilib Taehyungni ko'rdim-u advokatim yoniga borib turib oldim. Yo'q joydan boshimga balo orttirishni istamayman...
Advokat: Janob sizni uzoq vaqt ushlab tura olishmaydi. Birozdan so'ng garov puli evaziga sizni ozod qilishlari uchun hujjatlarni tayyorlayman.
Jimin: Iloji boricha tezroq hal qiling. Bu muammoni shu yerni o'zida tugatsak bo'ladimi?
Advokat: Janob men shikoyatni o'qib chiqdim. Unda siz muntazam ravishda Aran xonimga zo'ravonlik qilib kelganingiz haqida aytilgan. Lekin buning dalillari yo'q.
Jimin: Demak shunchaki ogohlantirish deng ...
Advokat: Tushunmadim
Jimin: Qo'yavering
Advokat: Janob sizdan bir narsani so'ramoqchiman. Bu ishimizda muhim, rostini aytishingizni iltimos qilgan bo'lardim.
Jimin: Albatta
Advokat: Park xonimga nisbatan rostan ham qo'pollik qilganmisiz?
Pov avtor: Jimin advokatni ko'ziga qaragancha chuqur nafas chiqardi.
Jimin: Ha, juda ko'p marotaba
Advokat: Imm, tushunarli.. Ish chigallashib ketsa, bizdan ekspertizani talab qilishlari mumkin va ekspertiza javoblari salbiy chiqsa bu ish sudgacha boradi.
Jimin: Lekin Aran shikoyat qilmagan-ku?!
Advokat: Park xonim shikoyat qilmagan taqdirda ham bu to'g'risida boshqa odam shikoyat qilgan. Ekspertiza buni isbotlab berishi mumkin.
Jimin: Buni jazosi qay tartibda bo'ladi?
Advokat: 3 yildan 5 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Jimin: Ajoyib!
Pov Aran: Jimin qo'liga mahkama kirishdan avval undan olib qo'yishgan soati va zanjirini qayta taqayotganini ko'rib, e'tiborimni yana uni o'sha zanjiriga qaratdim. Erim bo'lganligi uchun uni narsalarini men olgandim va doimgidek biroz oldin meni qo'limda turgan zanjirni ko'rgan erim shoshqaloqlik bilan uni qo'limdan tortib oldi. Hech qachon bu zanjirga tegishimga ruxsat bermagan! So'raganimda ham bunga javob berishni istamay, gapni olib qochardi. U uchun bu zanjirning qiymati qanchalik ekanligini bilishni juda ham xohlardim... Advokat bilan garov puli evaziga ko'pga bormay uni chiqarib oldik. Erim biroz avvalgidan ko'ra ancha yaxshi edi ya'ni tinchlangan holda... Bizni yonimizga qo'llarini cho'ntaklariga tiqqancha kelgan qo'shni yigit kelganda ensam qotib, boshqa tomonga qaradim. Uni bunday inson deb o'ylamagandim. To'g'ri Jiminni qarshisida kelib to'xtagach, boyagi holatni eslab yana biror muammo chiqmasin degan umidda erimni bilagidan siqdim.
Jimin: Ozodlikda turganimni ko'rib, tabriklash uchun keldingmi?
Taehyung: Haha vaqtinchalik ozodliging
Jimin: Meni qamatishga bo'lgan bunchalik ishonch qayerdan?
Taehyung: Aytaylik, yettinchi hissiyot
Jimin: Heh, unda hissiyotlaringga ishonib yuraver!
Aran: Jimin ketaqolaylik!
Jimin: Ketamiz azizam, ketamiz
Taehyung: Haya Park xonim siz ertaga ekspertiza uchun kelishingizni eslatib qo'yish mening vazifam edi..
Aran: Yana qanday ekspertiza? Men hech qanday ekspertizaga bormayman dedim!
Jimin: Aran bu haqida uyda gaplashamiz...
Taehyung: Oq yo'l!
Taehyung bizni yonimizdan o'tib ketgach, bir qancha vaqt uning ortidan tikilib qoldim. Nega menga yopishib oldi bu tentak? Jiminning qo'limdan ushlab tortib ketayotganidan keyin o'zimga kelib, uni yirik-yirik qadamlariga yetishib olish uchun tez yurishga harakat qilib, ortidan ergashdim. Haydovchi meni olib kelgan mashinaga joylashib yo'lga chiqarkanmiz Jimin nigohini tashqi manzaradan uzmasdi.
Savolimga ham shunchaki bosh chayqab qo'ygan erimga yana bir qancha savollar berishga intildimu, hozir buni vaqti emasligini sezib, jim bo'ldim. Kunimiz qay tarzda boshlandi-yu qanday davom etdi... Uyga kelganimizda kiyimlarni almashtirish uchun xonamizga bormoqchi bo'ldim, kaftimdan tutgan qaynoq qo'llar egasi sabab unga qaradim. Jimin kaftim ustida o'pich qoldirgancha, barmoqlari bilan siladi.
Jimin: Gaplashib olaylik
Unga rozilik berganimdan keyin o'sha kaftimdan yumshoq tortgancha mehmonxonamiz divanlaridan biriga joylashdik. Jimin tirsaklari bilan tizzasiga tayanib kaftlarini birlashtirgancha o'tirgan holatini chamasi 5 daqiqalardan buyon kuzatib turibman. Jahli chiqayotganda unga savol berishga qo'rqaman. Atrofdagi buyumlarga qarab turganimda Jiminni holatini o'zgartirmasdan bergan savolidan qotib qoldim.
Jimin: Taehyung bilan orangda nima bor?
Aran: Bu yana qanday savol bo'ldi? U bilan oramda nima bo'lishi mumkin?
Jimin: Unda u nega senga bunchalik qiziqib qoldi?
Aran: Nega menga qiziqishi kerak? Nima deyayotganingizni tushunmayapman...
Jimin: Seni himoya qilishga shu qadar chog'langanki, o'rtangizda nimadir bor deb o'ylashni boshladim!
Jiminni butun yuz sohasida ko'rgan emotsiyasini nima deb ta'riflashni bilmasdim. Bu g'azab emasdi, u menga xuddiki men unga xiyonat qilganman-u u bundan jirkanayotgan insondek qarar edi!
Aran: Bu gap bilan meni xiyonat qilishda ayblayapsizmi? Ajoyibsiz Park Jimin, ajoyibsiz! Har doim jabrini ko'rgan men, hammasiga chidab kelgan men, endi xiyonat qilgan ham bo'ldimmi? Naqadar omadliman! Bu dunyoda qancha gunohlar bo'lsa hammasini qilganman, shundaymi? Yetar endi! Bunisi ortiqcha Jimin... Agar ha sizga xiyonat qilganman desam nima bo'ladi? Nima qilasiz? Meni o'ldirasizmi?
Jimin: Bu gapni birinchi bor gapirding, ikkinchi marotaba hayolingni burchagiga ham keltira ko'r-ma! Kelasi safar sendan shunday gap eshitgudek bo'lsam seni burdalab tashlayman!
Aran: Meni shunday gaplar aytishga majburlayotgan siz emasmi?
Jimin: Ering sifatida sendan hisob so'rashga haqqim bor! Meni tushun, boshqa bir erkak meni xotinim bilan ko'ngilxushlik qilish haqida gapirganda meni bunday tinch holatda o'tirishimni o'zi bir mo'jiza... Meni xotinimsan, menga tegishli bo'lgan ayolsan! Seni boshqa biridan qizg'anishim ham, senga bunday savol berishim ham asosli!
Aran: Qizg'anish? Uning gaplari g'ururimga tegdi deb ayta qoling! O'zingizni meni sevadigandek ko'rsatmang... Soxta munosabatlaringizga muhtoj emasman.
Jimin: Nega doim shunday savollar bilan jig'imga tegaverasan?
Aran: Yolg'onmi? Qachondir menga seni sevaman deb aytganmisiz? Yo'q! Bunday gaplar nega kerak Jimin? Men dam olmoqchiman...
Pov Jimin: Aran aytganlardan tilimni tishlagancha qoldim. Boshqa nimayam qilardim? Uni ko'z yoshlariga sabab bo'lishdan, dilini og'ritaverishdan to'yib ketdim. Unga uylanmasimdan oldin sodda va beg'ubor qiz edi. Kiborli xonimlarning birorta hislati bo'lmagani uchun unga uylanishga rozi bo'lgandim. Lekin endi uni kimga aylantirib qo'ydim. Undagi jozibani qayerga yo'qotdim. Aran ketgach uni ortidan borishga haddim sig'madi. Borib nima deyman? Soatlab o'tirib miyamdagi barcha fikrlarni tartiblashga harakat qildim. Hozir nima qilish haqida, keyin nima qilish haqida...
Oyimdan kelgan xabarni ko'rganimdan keyin bor kayfiyatim ham rasvo bo'ldi. Xabarda bizni uyga chaqirganliklari haqida aytilgandi. Tinch borib, tinch qaytishimizga ishonchim komil emas. Aranga bu haqida aytish uchun xonamizga kirib, uni uxlab yotganini ko'rdimu ortidan joylashib uni yuziga qaradim. Meni kechir! Seni baxtsiz qilishimni bilganimda balkim senga uylanmasdim. Hammasi o'zgaradi deb o'ylagandim, bunga umid qilgandim...
Jimin: Aran
Aran: ...
Jimin: Aran uyg'on
Pov avtor: Aran uni turtayotgan erini ko'rib uyg'ongach, biroz shishgan ko'zlarini ishqalab, yotoq suyanchig'iga suyandi.
Jimin: Yaxshimisan? Biror yering og'rimayaptimi?
Aran: Og'riyapti
Jimin: Oyim bizni ovqatlanishga taklif qilyapti. Istasang bormaymiz!
Aran: Aniya shart emas.. Bormasak jahllari chiqadi.
Jimin: Nima mavzuni ko'tarishlarini bilasan-ku!
Aran: Doimgidek javob qaytaramiz. Men bormaganimiz uchun ham ulardan bir dunyo gap eshitishni xohlamayman.
Yig'idan achishgan ko'zlarimga bir qancha protseduralarni qilib, momataloq bo'lgan yerlarimni yashirish uchun olgan kremlarimni yuzimga va boshqa yerlarimga surtdim. 3 yildan buyon bunday kremlar men bilan hamroh... Ular bo'lmaganda nima qilardim? Jimin bilan yana hech nima bo'lmagandek gaplashib ketdik. Er-xotin munosabatlari shundaydir balki...
Jimin: Sen qalaysan Jiye xonim?
Jiye: Ouv akam bo'lmish shaxs mendan hol-ahvol so'rayaptimi? Dada, oyi ular bugun boshqa tomoni bilan turishgan shekilli
Jimin: Hey yoqimsiz asabimga o'ynama! Hol-ahvol ham so'rab bo'lmaydimi?
Jiye: Shu hol-ahvolni har kuni so'raganingizda bunday demasdim... Uni buni qo'ying kelinoyi biz qachon yangilik eshitamiz?
Pov avtor: Hech nimaga e'tibor bermay ovqatlanayotgan Aran og'ziga kichik go'sht bo'lagini solib turib, to'xtadi. Deyarli 3 yildan buyon uni qiynayotgan savol!
Jimin: Aysh, oyim bu mavzuni ochmadi deb xursand bo'lib turgandim. Navbat senga keldimi?
Jiye: Buni so'rashimni oyim aytdilar.
Pov avtor: Shaddodlikda Jimindan qolishmaydigan qiz hammasini ochiq-oydin aytdi.
Irene xonim: Sizlardan buni so'rayverish bizga ham yoqayotgani yo'q
Jimin: Oyi yana necha marotaba aytishim kerak hali farzandli bo'lishni xohlamayman deb?
Janob Do Yun: Lekin buni biz xohlayapmiz o'g'lim. Parklar oilasining kelini bepusht degan gap martabamizga qanchalik ta'sir qilayotganini bilasanmi?
Jimin: Aranni bepusht deb kim aytdi. Qo'ysangizchi dada!
Janob Do Yun: Sen hali ota bo'lishni xohlamayotganingni biz bilamiz, lekin boshqalarchi? Boshqalar bunda kelinimni ayblashlari aniq. Yetarlicha vaqtni o'tqazdinglar, endi kelinimni nomini ham oqla o'g'lim!
Irene xonim: Aran sen ham ona bo'lishni xohlaysanmi axir?
Aran: Xohlayman, lekin Jimin buni xohlamasalar meni xohishimni nima ahamiyati bor?
Irene xonim: Sen ham ayolsan, eringni qanday huddalashni o'rgatish kerak emasdur?!
Jimin: Oyi bas qiling. Kechki ovqat uchun rahmat! Biz turamiz.
Jiye: Aka birdan arazlamasangizchi!
Jimin: Mana shu Jiyeni turmushga berib nabirali bo'lsangiz bo'lmaydimi?
Jiye: Meni erim ham sizga o'xshab farzandli bo'lishni xohlamasachi?
Jimin: Aysh har bir gapga gaping tayyor a?
Jiye: Sizga o'xshayman!
Miyamdagi hamma narsani unutib, mashinagacha Jiminni qo'lidan quchgancha bordim. U ham bu menga yoqayotganini sezgandek juda sekin yurdi. Hayollarim birdan 3 yil avvalga qarab uchib ketdi. Jimin bilan to'yimiz juda tez bo'lib ketgan. Unashtirilgan paytlarimiz birgalikda shunday ko'chalarni sayr qilar edik. Men o'shanda juda ham baxtli edim. Nikohimiz ota-onalarimiz sabab bo'lgan bo'lsa ham men bunday kelishgan yigitga turmushga chiqayotganimdan xursand edim. Bizni ilk yaqinligimiz ham ko'pchilik kelin-kuyovlar kabi to'yimizning oqshomida bo'lib o'tgan. Hozirga qadar yaqinliklar bizda ko'p bo'lgan ammo doim Jimin homilador bo'lmasligim uchun dori ichishimni aytgan yoki o'zi himoyalanuvchi vositalardan foydalangan. Nega u farzandli bo'lishni xohlamasligini tushunmayman?! Bu ajoyib emasmi?
*
Pov Misun: Qo'limda ruchkani aylantirgancha ertaga portdan bir qancha mollarni qanday, kim yordamida olib kirilishi haqida tinmasdan o'ylayapman. Qiziq buni kimga topshirisharkin? Shunga ham burnimni suqib ko'rsam yomon bo'lmasdi... Mayli janoblar, mayli portda sizlar bilan ko'rishamiz! Qanday qitmirlikni boshlasam ekan?
Misun
Misun: Yojun
Yojun: Eshitaman xonim
Misun: Dadam qayerda?
Yojun: Janob Daejonga ketganlari bo'yicha hali qaytib kelmadilar.
Misun: Qachon kelishlari haqida bilmaysizmi?
Yojun: Bu haqida ma'lumotga ega emasman...
Misun: Imm yaxshi! Yojun mabodo ertangi ish kimga topshirilishini bilmaysizmi?
Yojun: Qaysi ish haqida gapiryapsiz?
Misun: Yojun o'zingizni bilmaganlikka olmang! Nima haqida gapirayotganimni tushunib turibsiz!
Yojun: Xonim iltimos bu ishlarga aralashmang...
Misun: Aralashishni xohlayapman. Endi esa bilasizmi yoki yo'q shuni ayting!
Yojun: Katta ehtimol bilan ish So Don U ga topshiriladi.
Yojun: A haligi, ha! Sizdan anchagina katta
Misun: Yojun keling unda tayyorgarlikni boshlaylik. Biz ham portga bir sayr qilib kelmaymizmi?
Yojun: Yosh xonim nima xohlayotganingizni bilmadimu ammo otangiz bilsa, bunga qarshi chiqishi aniq!
Misun: Aysh Yojun qo'ysangizchi! Men nimayam qilardim. Shunchaki bu ishlar qanday bo'lishini ko'rmoqchiman. Dadam bundan xabar topishi shart emas. Axir men ham endi yosh qizcha emasman.
Pov avtor: Misun uzun sariq sochlarini yonga tashlagancha sonlarini arang yopib turgan ko'ylagini qo'llari bilan to'g'irlagach, uzun bo'yiga yana ham bo'y qo'shgan baland oyoq kiyimlar poshnasini yerga mukammal tarzda urgancha tik qadamlar bilan yurib ketdi.
*
Pov Aran: Yana bir zerikarli va doimgidek kunlarimning davomi boshlandi. Jimin ishga ketgach, uyda yolg'iz qoldim. Kecha uyga kelganimizda odatdagidek Parklar oilasi dasturxonida boshlangan mavzuni gaplashmadik. Gaplashganimiz bilan javob bir xil! Eshik taqillaganda ming havotir bilan o'rnimdan turdim. Eshik tirqishidan qaraganimda o'sha mashhur qo'shnimni ko'rib, eshikni ochmaslikka qaror qildim.
Taehyung: Park xonim uyda ekanligingizni bilaman. Eshikni oching!
Beparvolarcha uni gapini eshitmaslikka olib, ichkariga yurdim.
Taehyung: Park xonim eshikni buzishga majbur qilmang!
Jonimga tegdi bu odam! Bo'ldida endi! Eshikni ochib qarshimda menga kechagidek o'tkir nigohda qarab turgan yigitni ko'rdim.
Aran: Mendan nima istaysiz?
Taehyung: Sizni ekspertizaga olib ketish uchun shu yerdaman.
Aran: Men sizga avval ham aytdim hech qanday ekspertizaga rozi emasman deb! Endi bu yerdan keting!
Taehyung: Ekspertizaga borishdan bosh tortsangiz, buni hech qanday tekshiruvlarsiz tasdiqlagan bo'lasiz!
Aran: Jin ursin* sizni! Sizga erimdan shikoyatim yo'q deb yana qancha aytishim kerak?
Jimin: U ekspertizaga boradi!
Eshikni kattaroq ochib tanish ovoz kelgan tomonga shoshib qaradim. Jimin Taehyungni qarshisiga kelib to'xtaganda qo'rqa boshladim. Ular o'rtasida nimadir bo'lishidan emas, Taehyungga eshikni ochganim uchun Jimin menga yana nimadir qilishidan qo'rqdim. Uni bu paytda uyga kelganini o'zi ham men uchun bir yangilik edi!
Jimin: Sen ketishing mumkin! Rafiqamni qandaydir erkaklar bilan mahkamaga borishini xohlamayman. Uni o'zim olib boraman. Uzog'i bir soat ichida o'sha mahkamangda bo'lamiz.
Taehyung: Yaxshi, xohishing!
Erim bo'lmish bu inson Taehyungni ko'zlari bilan chuqur to'qnashgancha, meni uyga kirg'azib ortimdan o'zi kirdi. Ekspertizaga olib borishini aytganida esa yuragim kuchaygan qo'rquv va hayajondan yana ham tez ura boshladi. Ekspertiza bular rost ekanligini aniqlasa, nima bo'ladi?
Aran: Jimin nega unga ekspertizaga olib boraman deb aytdingiz?
Jimin: Boshqa ilojimiz bormi?
Aran: Lekin Jimin ...
Jimin: Havotir olma! Hammasini hal qilganman, sen har ehtimolga qarshi ko'karishlarni kremlar bilan yashirishga harakat qil...
Aran: Sizni bunday balolarga boshlaganim uchun kechiring!
Jimin: Kechiring?! Aran buni sababchisi men bo'lsam-u ...
Aran: ....
Pov avtor: Jimin Aranni belidan quchib o'ziga tortdi. To'satdan yuz bergan vaziyatdan avvaliga ko'zlarini olib qochgan Aran iyagidan ushlangan barmoqlar sabab yirik qorachiqlarini Jiminga qaratdi.
Jimin: Nega erta kelganimni so'ramaysanmi?
Aran: O'zingiz aytganingizdek ekspertiza uchun olib borishga bo'lsa kerak-da!
Jimin: Aniya
Aran: Imm unda nega?
Jimin: Rostini aytaymi?
Aran: Yo'q!
Jimin: Yaxshi biz bugun birga ziyofatga bormaymiz.
Aran: Yaa Jimin! Yana qanday ziyofat? Bu qayerdan chiqdi?
Jimin: Eski hamkorimning o'g'lining unashtiruvi ekan. Ular unashtiruv ham shoshilinch bo'lganini, shuning uchun takliflarni kech berishayotganini aytishdi.
Aran: Borishimiz shartmi?
Pov avtor: Jimin lablarini biroz oldinga chiqarib erkalangancha Aranning savoliga javobni tasdiqladi.
Jimin: Bunday joylarga yolg'iz borishni xohlamasligimni bilasan.. Xo'sh borasanmi?
Aran: Meni kiymim yo'q!
Jimin: Aran garderobimizni yarmidan ko'pida seni kiyimlaring bor! Qanaqasiga kiyming yo'q bo'lishi mumkin?!
Aran: Ularni biri kalta bo'lsa, biri uzun ammo yelkasi ochiq. Yelkasi ochiq bo'lmaganini boshqa yeri ochiq. Yopiqroq kiyim sotib olishim kerak!
Jimin: Aysh shu kiyimlarni bus-butun qilib sotishsa bo'lmaydimi? Nega avvalroq yopiqlaridan sotib olmagansan?
Aran: Avval tanamdagi momataloqlar bilan bazmga borishni hayolga keltirmagandim. Bilganimda olgan bo'lardim!
Jimin: Bo'pti, bo'pti yaxshi!
Aran: Men bilan birga do'kon aylanishga va'da bering!
Jimin: Onlayn magazinlardan buyurttirsang bo'lmaydimi?
Aran: Jimiiiinnnn~
Jimin: Yaxshi, yaxshi faqat tezroq kiyinib chiq! Avval anavi ishni hal qilaylik!
Aran: Rahmat!
Pov avtor: Aran shodlikdan Jiminning yuzida o'pich qoldirgancha, kiyinish uchun xonasiga shoshilganda Jiminning Aranni kaftidan uzilmagan kaftlari uni to'xtatib qoldi. Aran nima degan ma'noda chap qoshini ko'tarib qaradi.
Jimin: Bu yerdan o'pib qo'ymaysanmi?
Pov avtor: Jimin lablariga ishora qilarkan Aran kulgancha uni lablariga yaqinlashdi-yu juda qisqa masofa qolganda kaftini erining labi ustiga qo'ygancha itardi.
Aran: Ko'ylakni olib bersangiz!
Jimin: Hah yaramas qiz! Nimadir olib bermasam bo'sa yo'qmi?
Aran: Tekinga mushuk ham oftobga chiqmaydi degan gapni albatta eshitgansiz azizim... Men ketdim, hozir tayyorlanishni boshlamasam keyin kech qolamiz.
Pov Aran: Tayyorlanishim uchun ancha vaqt ketdi. Birinchi o'rinda boshimizdagi balodan qutulish uchun mahkamaga borib ekspertiza uchun kirdim. Kirishdan avval titragancha Jiminga qaradim. U meni hammasi joyida ekanligiga ishontirib, kirg'azib yubordi. Ichkarida bitta shifokor va birgina politsiya xodimasi bor edi xolos. Menga bir nechta savol berishdi-yu bir muddat ichkarida olib turib chiqazib yuborishdi ya'ni meni tekshirishmadi ham! Yelkamdan tog' ag'darilgandek chiqib erimga qaradim. U hammasi joyidami, yo'qmi so'raganda kulgancha unga qaradim. Yana bir muammoni hal qilgancha erkin holatda mahkamadan chiqib ketdik. Keyingi manzilimiz yirik savdo markazi bo'ldi. Qizil chiroqda to'xtab kutib turganimizda ko'zim nogahon homilador ayol va uning turmush o'rtog'iga tushdi. Ayol anchagina bilinib qolgan qornini yuqori qismiga qo'lini qo'yib ketarkan, eri bo'lsa belidan quchib olgandi. Bunday chiroyli baxtni ko'rib tabassum yuzimga qanday yugurganini bilmayman. Mashina qayta yurishni boshlaganda ham ortimga o'girilib yana ularga qaradim. Shu on o'zimni yosh boladek his qildim...
Jimin: Ona bo'lishni juda ham xohlaysanmi?
Aran: Nima?
Jiminning savolidan ko'zlarimni boricha kattalikda ochib unga qaradim. U bo'lsa yo'ldan ko'zini uzmasdan yana menga yuzlandi.
Jimin: Boyagi ayol va uning eriga qanday qaraganingni ko'rdim.
Aran: Ha, umi? Shunchaki qaradim xolos.
Pov Jimin: Aranni homilador ayolga qanday quvonch bilan qaraganini ko'rib g'alati bo'lib ketdim. Ba'zida uni ko'p narsadan mahrum qilmayapmanmi deb o'ylab qolaman. Oxirgi gapimdan so'ng boshqa gaplashmadik. Uni ham yuragini ezishni xohlamadim. Qaysi ayol ona bo'lishni istamaydi? Ikkimizni ham chalg'itish maqsadida Aranga turli xil hazillar qilib, kukdirib yurishga harakat qildim. Unga kiyim tanlarkanmiz, juda ko'p kiyimlar albatta ularni kiyim deb atash to'g'ri bo'lsa, ularga uzog'i bilan bir yarim metr matodan foydalanishgan xolos. Aranga bir qancha kiyimlarni tanlab berdim, o'lay agar bu kiyimlarning birortasi unga yarashgan bo'lsa! Bunchalik yopiq kiyimlar unga umuman yarashmas ekan. Nihoyat ikkimizning ham didimizga o'tirgan bir ko'ylakni tanladik. Uni kiyish uchun Aranni ichkariga kirg'azib yuborganimdan so'ng, ko'zim nogahon qarshimizdagi do'kon ichida turgan kiyimlarga tushdi. Bular bolalar kiyimlari! U yerga borib, juda ham kichik o'chamdagi kiyimchalarni ko'rib ko'zim quvnab ketdi. Balki men ham endi o'tmishni unutib, o'zimning kelajagimni qurarman? Oq rangdagi kichik oyoq kiyimchani ko'rib, unga tikilib qoldim. Shu oyoq kiyim ichiga sig'adigan kichik oyoqchalar borligi ajoyib-a
Sotuvchi: Farzandingiz qanchalik yoki necha yoshda janob?
Jimin: A menda hali farzandlar yo'q. Shunchaki bular menga yoqib qoldi.
Sotuvchi: Shundaymi? Isatasangiz yaxshi niyat qilib ularni olib qo'ying.
Jimin: Ah rahmat! ... Imm ularni o'rab bera qoling.
Sotuvchi: Xo'p bo'ladi...
Vanihoyat ko'ylak ham tanlab shoshilgancha uyga qaytib, ikkimiz ham apil-tapil kiyina boshladik. Tabiiyki, Jimin mendan oldinroq tayyor bo'ldi. U mendek bo'yan-suyan qilmaydida albatta, meni shoshiltirgani shoshiltirgan! Ustimga ko'ylakni ildimu, oson bo'lgani uchun sochlarimni yig'ib qo'ya qoldim. Oyoq kiyimlarni uyimiz karidori bo'ylab yurib kiygancha, meni sabrsiz kutayotgan erim yoniga ham keldim. Eshikdan chiqishga otlanganimda Jimin eshikni yuzimga yopib qo'yganidan sapchib ketdim. U meni eshikka suyab ikki yon tomonimga qo'llarini qo'ydi.
Aran: Tinchlikmi?
Jimin: Aniya, sen ko'ylak olib bersam, menga nimanidir hadya qilishingni aytganding...
Aran: Jinni, qo'rqitib yubordingiz meni! Jimin lab bo'yog'im surkalib ketadi. Shuning uchun buni keyinga qoldiramiz, qoching.
Pov avtor: Aran Jiminni itarishga bo'lgan harakati besamar ketdi.
Aran: Jimiiiiinnnn ~
Jimin: Men xohlaganimni bermaguningcha qo'yib yubormayman
Aran: Aysh oppa kech qolyapmiz!
Jimin: Seni lablaring qanchalik tez meniki bilan birlashsa, shunchalik tez ketamiz!
Aran: Yaramas!
Pov Aran: Jiminning istagini qilib, labimdagi kichik tabassum bilan uni lablariga tegdim. Eshikda tiralib turgan qo'llari belim bilan o'rin almashgach, Jiminning dominantligi yaqqol sezildi. Lab bo'yog'im o'chib ketmasligi uchun erimdan uzoqlashishga harakat qildim, lekin u bunga ruxsat bermay, qattiqroq o'ziga tortib o'pdi. Chuqurlashib ketmasligi uchun arang o'zimni undan uzoqlashtirdim
Aran: Bunchalik sog'inch qayerdan?
Jimin: Go'zal xotinim bor, lablarida esa ko'zga tashlanib turuvchi lab bo'yog'i... ularni kamaytirish kerak edi. Ikkinchidan esa bunday sog'inchning sababi .. imh biz anchadan buyon birga bo'lmadik, balki shungadir! Qaytganimizda bo'sani davom ettirishga nima deysan?
Aran: Uxlasak nima deysiz?
Jimin: Har kecha uxlaymiz, bittasi uyqusizlikka sarf bo'lsa hech nima qilmaydi! Qani ketdik, yo'qsa ziyofat ham qolib ketadi.
Aran: Jinni!
Pov Aran: Liftga chiqqanimizda ham Jimin meni tinch qo'ymadi. Lift to'xtaganda mendan vanihoyat uzoqlashgan erim bilan lift eshiklari ochilganda Taehyungni ko'rdik. Uni yonidan o'tib ketar ekanmiz, ko'z qirim bilan ortga nazar tashlab uni bizga qarab turganiga guvoh bo'ldim.
*
GyonMi: Doimgidek Aran juda chiroyli Jimin! Sendek ahmoqqa turmushga chiqqaniga hali ham hayron qolaman...
Jimin: Nega endi men ahmoq bo'larkanman?
GyonMi: Chunki ahmoqsan!
Jimin: Aran eringni nima deb kamsitishayotganini qara! Ularni urushmaysanmi?
Aran: Xonimlar va janoblar iltimos mening erimni nozikkina ko'ngli bor. Uni xafa qilmanglar, qora daftarchasiga yozib qo'ysa yaxshi bo'lmaydi. To'g'rimi Janob Park?
Gapirib gapirib Jiminga qaraganimda uning nigohi boshqa yerda ekanligini payqadim. U hech nima demasdi, xuddiki eshitmayotgandek... Biroz avval yuzida turgan kulgu qayerga ketganini ham tushunmay qoldim. U past ovozda nimadir dedi, ammo atrofdagi shovqin sabab uni eshita olmadim.