May 3, 2025

Qalbimda gullagan chechak🥀

Ep 3......

*

Aran: Xonimlar va janoblar iltimos mening erimni nozikkina ko'ngli bor. Uni xafa qilmanglar, qora daftarchasiga yozib qo'ysa yaxshi bo'lmaydi. To'g'rimi Janob Park?

Gapirib gapirib Jiminga qaraganimda uning nigohi boshqa yerda ekanligini payqadim. U hech nima demasdi, xuddiki eshitmayotgandek... Biroz avval yuzida turgan kulgu qayerga ketganini ham tushunmay qoldim. U past ovozda nimadir dedi, ammo atrofdagi shovqin sabab uni eshita olmadim.

Jimin: Hanna!

Pov Jimin: Ko'zlarimga ishonmasdim. Bir lahza bu tush deb o'yladim toki uni o'sha men oshiq bo'lgan go'zal tabassumini qayta payqamagunimga qadar! Hayajondan yuragim orqaga tortdi. Atrofda baland musiqa bor edi, ammo yurak zarbim undanda balandroqdek go'yo... Nahot shuncha yil o'tib yana uni ko'rayotgan bo'lsam! Umuman, u umuman o'zgarmagan! Men butun dunyoga yetgulik qizg'angan uning yuzidagi har bir chiziqlar ham o'sha-o'sha edi. Qadah tutib turgan qo'lim bo'shashib, beixtiyor tabassum qildim. Uzoqdan bo'lsa-da uni qayta ko'rish meni bu dunyodagi yagona baxtim edi...

Aran: Jimin hayolingiz qayerda?
Jimin: A?
Aran: Hammasi yaxshimi?
Jimin: Ha, ha shunchaki hayolim qochibdi

Pov avtor: Aran Jimin nigohlarini qadagan tomonga qarab, o'zini undan bir qadam ortga oldi. Negaki, u erining bunday qarashiga ilk marotaba guvoh bo'ldi.

Yetarlicha uzoq davom etayotgan bu unashtiruv marosimi meni charchatib bo'ldi. Baland poshnalar sababli shundoq ham og'riqlardan zo'riqayotgan tanam yana ham holsizlanib ketdi. Jiminni esa ketish niyati yo'q. Boshqa tanish ayollar bilan birga o'tirganimga ham yarim soatdan oshdi. Ba'zida ularni suhbatiga qo'shilib turdim, ba'zida esa sukutni afzal ko'rdim. Rostini aytsam qo'rqishni boshladim. Jimin do'stlari va bir qancha tanishlari bilan birga ichayotganini ko'rib, biror ko'ngilsizlik ro'y bermasin deb qo'rqdim. Ertalab menga nima deb va'da berdi-yu, hozir nima qilyapti? Mendan bir qancha uzoq masofada turgan shampan solingan qadahga ko'zim tushdi. Jimin ichsa, men ham ichsam nima bo'ladi? Qadah tomon cho'zilib, uni oldim-u bir qultum xo'pladim. Odatda, men ichmayman, aynan shuning uchun biroz yuzim burishdi. Men ichkilikka ovora bo'lib turganda davramizga kelib qo'shilgan qiz e'tiborimni tortdi. U biznikilarni bir qanchasi bilan quyuq salomlashganini ko'rib, ajablandim.

Hanna: Qolganlarga ham salom xonimlar!
GyonMi: Oradan shuncha yil o'tibdiki, sen umuman o'zgarmagansan.
Hanna: Biroz to'lishganman.
GyonMi: Ha, bu senga yana ham yarashibdi Hanna!

Demak, uning ismi Hanna... Qarshimda turgan bu qizga sinchkovlik bilan qaradim. Yoqimtoy, istarali qiz. Yumaloq ko'zlari va biroz oldinga bo'rtib chiqqan yanoqlari o'ziga yarashib turgandi.

Hanna
GyonMi: Tanish Hanna, Aran, Jiminning rafiqasi

GyonMi meni unga tanishtirgach, biroz shoshib qoldim. Chunki uni bunday niyati borligini bilmagandim.

Aran: Salom Hanna
Hanna: Sizga ham!

Pov avtor: Hanna yoqimli jilmayish bilan unga qo'l uzatdi.

Hanna: Juda chiroylisiz, Jimin ham kelishgan. Bir-biringizga mos juftlik ekansizlar.
Aran: Rahmat! Sizlar hammangiz eski tanishlar ko'rinasiz?!
GyonMi: Anee~ hammamiz emas. Men va bir qancha yigitlar qadrdon do'stmiz. Hanna ham Jiminni faqatgina taniydi xolos. U bilan tanishishmagan.

Pov Hanna: Oradan shuncha vaqt o'tib, ilk marotaba men uchun qadrli bo'lib qolgan insonlar bilan ko'rishishni istamadim. Bu unashtiruvda ularni ko'rish ham yetti uxlab tushimga kirmagan edi. Men bu davralarni qayerdan bilay? Ularga o'xshab boy oila farzandi bo'lmasam.. Amerikada Lira bilan tanishdim va qarangki, hozir uning unashtiruvidaman. Yillab ko'rmagan insonimni, iforiga zor bo'lib sog'ingan insonimni ko'rgach, yuragim zirillab ketdi. Albatta, uning endi oilasi bor. Rafiqasi ham juda go'zal! Mening endi ham kimga qizig'im bor? GyonMi Jimin bilan tanish emasligimizni uni rafiqasiga aytgach, undan javob talab qilgudek qaradim. Nega u bunday dedi? Mayli, Jimin bilan o'rtamizda bo'lganlarni yashirsin! Ammo nega tanish emas deb aytdi?

Aran: Tanishganimdan xursandman Hanna! Xonimlar men biroz toliqdim. Jiminni ketish uchun ko'ndirmasam, u hali beri ketmaydi.

Pov Hanna: Uning rafiqasi bo'lish ajoyib bo'lsa kerak?! Jimindek oliyjanob va mehribon insonning rafiqasi bo'lish... Aran uni yoniga yetguniga qadar undan chetlashmagan nigohimni GyonMi birgina gapi bilan o'ziga qaratdi.

GyonMi: Uni hayotiga aralashma!
GyonMi: Jiminni hayotiga bir marotaba aralashding, endi bo'lsa uni tinch qo'y! U Aran bilan baxtli!
Hanna: Shundoq ham uni hayotiga aralashish niyatim yo'q. Bunday niyat menda bo'lmagan ham!
GyonMi: Unda nega qaytding?
Hanna: Nima agar qaytgan bo'lsam, bu Jimin bilan bog'liq bo'lishi shartmi?
GyonMi: Nima niyatda ekanligingni bilmayman Hanna, lekin ularni hayotiga aralasha ko'rma! Jimin sensiz hayotga ko'nikib bo'lganda yana uni azoblamoqchi bo'lsang jim qarab turmayman!

Pov Hanna: Menga bu gaplar nega kerak? Xuddi hammasiga men aybdordek! Aslida sizlar emasmi, bizni munosabatimizga qarshi turgan? Sizlar emasmi, bizni ajratib yuborgan? Tuhmatlardan o'pkam to'lib, yig'lamoq uchun shaylandim. Aybi oshkor bo'lgan inson kabi yuzimni yerga qaratdim. Kemtik ahvolimni boshqalar ko'rmasin! Ayniqsa u! Qo'limdagi kichik sumkamni siqib yolg'iz qolishim mumkin bo'lgan joyni qidirib, hammadan uzoqlashib ketdim. Ahmoqona o'ylar bilan binoning ikkinchi qavatiga chiqib, shamol ta'sirida o'ynayotgan pardalar ortidagi ochiq derazaga ko'zim tushdi. Toza havodan nafas olish uchun pardalarni siljitib, yuzimni derazaga tutdim. Iyagimni yuqoriga qilgancha yosh bilan to'lgan ko'zlarimni ochib turdim. Hamma shunday qiladi, axir! Endi esa pardalarga qo'shilib, sochlarim ham shamolda to'zg'iy boshladi. Qop-qora zulmat bo'lmish osmonda shahar yorqin bo'lganligi uchun atigi bir ikkita yulduzlar ko'rinardi. O'zimni chalg'itish uchun miyamdagi azobli xotiralar o'rniga ajoyiblarini yodga oldim. Ezgu xotiralar insonni har qanday holatda tinchlantira oladi. Jumladan, meni ham! O'zimga kelgach, ketishga chog'langanimda mendan taxminan besh metr uzoqlikda turgan insonimni ko'rib, ortimdan kelgan shamol ta'sirida oyoqlarim uchigacha muzladim. Jimin boshini devorga suyagancha qarab turgandi. Lablar harakatisiz, ko'zlar bilan gaplashdik go'yo... U so'zsiz qarshimga kelib to'xtadi. Ayni damda yillab ko'rmagan insonimga nimadir deyish uchun bir so'z ham topa olmadim

Pov avtor: Jimin qizni qarshisiga kelganda avvalo, derazani yopib so'ng qo'l uzatgancha uni sochlarini to'g'irladi.

Jimin: Soching to'zg'ib ketibdi.

Uni sochlarini to'g'irlayotib, qanday qilib jilmayganimni sezmadim. Xuddi hamma narsa avvalgidek his qildim o'zimni... hech qanday muammolarsiz, o'kinchlarsiz!

Hanna: Jimin nima qilyapsan?
Jimin: Hech nima

Pov avtor: O'zini ortga olgan Hannani ko'rgan Jimin havoda qolgan qo'lini cho'ntagiga tiqdi. Hannaning ketish uchun tashlangan qadamlari Jiminning og'riqli so'zlari sabab to'xtadi.

Jimin: Seni sog'indim!
Hanna: Jimin
Jimin: Seni bag'rimga bossam maylimi?

Hech qachon u tomon qadam tashlashdan qo'rqmaganman. Shuncha vaqt ichida faqat uni hayoli bilan yashadim. Men faqat seni ichimdagi sog'inch o'ti bosilgunga qadar bag'rimda his qilishni istayman.

Hanna: Jimin sen oilali insonsan, iltimos
Jimin: Faqatgina bag'rimga bosishni so'radim. Birgina shu!
Hanna: J..Jimin iltimos

Hannani ko'zidan oqqan bir tomchi yosh meni ham larzaga keltirdi. Yoniga borgancha, bilagidan tortib quchog'imga mahkamladim. Shu qadar, uni shu qadar sog'inganmanki hozir hech nima menga qiziq emasdi. Men bu iforni 4 yil qumsadim. 4 yil uni hamma joydan qidirdim. Uni sochlari orasiga yuzimni ko'mgancha qattiq quchdim. Hozir menga bu kerak

Hanna: Jimin qo'yvor!

Yig'idan beri bo'lib aytilgan so'zlar ham Jiminni uzoqlashtirmadi.

Jimin: Iltimos meni bundan mahrum qilma!
Hanna: Jimin seni endi oilali insonsan. Buni qabul qil. Men endi senga hech kimman. Bizdagi hammasi tugab bo'lgan.
Jimin: Biz tugatmagandik! Ikkimizni ham ilojsiz qoldirishdi xolos. Bunda ikkimizni ham aybimiz yo'q! Nega endi aziyat chekishimiz kerak?
Hanna: Sen oila qurgan kuning biz ham tugaganmiz Jimin. Endi iltimos, meni hayotimga aralashma.

So'zsiz qoldim. U uni bezovta qilmasligimni aytganida tilimga hech nima kelmadi. Uni ortidan qaragancha qoldim. Yana ilojsiz insondek qolib ketdim. Hamma narsa go'yoki atrofimdagi barcha narsa yana bir bor yakson bo'lgandek... U qadam qo'ygan yangi hayotga nega men qadam qo'ya olmadim? Men seni shu qadar kuchli sevdimmi? Sen shu qadar oson kechib ketdingmi? Alam ila qadam tashlab, yuqoridan tushayotganimda ma'yus qiyofada, hammadan ajralib turgan rafiqamni ko'rdim. Men uni shuncha yil sevmaganim uchun azobladim. Uni aybi nima edi? Nega uni bu ahvolga tushirdim? Bir necha soniya unga uylanmasimdan avvalgi holatlarini yodga oldim. Qanchalik quvnoq va shaddod, samimiy qizni yuzidan kulgusini tortib olgan ablax insonman?! U bunga loyiqmidi? Meni o'tmishim sabab azoblanishga loyiqmidi? Hech kim va hech narsaga e'tibor bermay, uni yoniga bordim. Ayolimning qarshisida turib, uni peshonasidan bo'sa oldim.

Jimin: Ketamizmi?
Jimin: Juda charchadingmi?
Aran: Hmm

Pov avtor: Aran lab shishirgancha tasdiqladi.

Uni olib ketdim. Bu davradan olib ketdim. Bilmadim, balkim ichimdagi o'tni u bilan sovutmoqchiman. Bilmadim, balkim unutish uchun undan foydalanmoqchiman! Men voz kechaman. Aran uchun! Uning, bizning kelajagimiz uchun! Mashinada ham uni kaftini qo'yib yubormadim. Ichimdagi alamdan faqatgina uni qo'llarini siqa oldim.

Aran: Men jahlingiz chiqdi deb o'yladim.
Jimin: Nimadan?
Aran: Sizdan ketishimizni so'raganimda g'alati ifoda bilan meni yonimdan ketib qoldingiz va ...
Jimin: Va?
Aran: Va siz ichayotgan edingiz. Yana meni ... urasiz deb qo'rqdim. Sizni jahlingizni chiqardim va endi uyda bo'lishi mumkin bo'lgan voqealarga o'zimni tayyorlayotgan edim.
Jimin: Senga va'da bermadimmi?
Aran: Baribir

Aranni ko'zlariga qarab nimalar qilib qo'yganimni o'yladim. Uni shunday qo'rquv ostida yashashga majbur qildimmi?

Jimin: Mendan qo'rqasanmi?
Aran: A? Y..yo'q, nega qo'r...
Jimin: Gaplaring bunday demayapti. Har doim mendan qo'rqqanmisan? Yana meni kaltaklaydi degan vaj bilan yashaganmisan?
Aran: Jimin~
Jimin: Menga qanday qilib chidading? Seni shu holatga olib kelishimga qanday chidading? Avval qanday qiz bo'lganligingni ikkimiz ham juda yaxshi bilamiz. Nega endi menga sabr qilding?
Aran: Jimin nega birdan bunday savollar beryapsiz?

Pov avtor: Jimin mashinani yo'l chetida to'xtatib, gapirishda davom etdi.

Jimin: Men sendan alamimni oldim. Rostini eshitishni xohlaysanmi? To'g'ri ichgan paytlarim o'zimni bilmas edim. Lekin nega aqalli bir marotaba nega bunchalik ko'p ichyapsiz deb so'ramading? Ne..
Aran: Chunki qo'rqardim! Ha sizdan qo'rqaman. Turmush boshidan buyon sizdan qo'rqib yashadim. Ha, hatto hozir ham qo'rqaman. Doim qayerida xato qildimki, u meni bu ahvolga soldi deb o'yladim. Xatoyimni so'rashga qo'rqdim! Chunki sizni sevardim. Xatolarimni yuzimga solib, jerksangiz sizga bo'lgan sevgim, intilishlarim so'nib qolishidan qo'rqdim!

Pov Aran: Boshqa hech nima demadik. Undan yana so'rashga qurbim yetmadi. 5 daqiqalik sukutdan so'ng, yana qayta yo'lga tushdik. Rasvo bo'lgan kayfiyatim bilan derazadan tashqariga qaradim. Nega turmush bunchalik qiyin? Kaftimda o'zga qo'llarni his qilib, unga qaradim. U hech nima demadi, go'yoki hamma so'zlarini barmoqlarimiz orasiga tushirgandek ularni ushladi. Bu nimani anglatadi?

*

Uyga kelganimizdan keyin erim hech nima demasdan yuvinish xonasiga kirib ketdi. Men esa uni ortidan kuzatish bilan kifoyalandim. Hayollarim og'ushida chuqur xo'rsinarkanman, chaqaloq yig'isi ovozini eshitib ortimga qaradim. Jimin qo'lida telefon bilan menga mamnun qaradi.
Jimin: Men bu uyda ham shunday ovoz eshitilishini xohlayman...
Aran: Nima?

O'tirgan o'rnimdan jilmasdan erimga qaradim. U bo'lsa kichik shkafdagi kiyimlari orasidan oyoq kiyimlarni olib, yonimga qo'ydi-yu, o'zi qarshimga joylashdi.

Jimin: Bugun bularni sotib oldim. Men o'ylab qoldim, shunaqa kichkinagina oyoqchalar rostdan bormi deb! Men shunaqa oyoqlarni qo'llarimda his qilishni istayman.

Pov avtor: Jimin Aran bilan peshonasini birlashtirgancha, bo'yniga qo'llarini qo'yib gapirdi.

Jimin: Menga o'zingga o'xshagan shirin qizaloq dunyoga keltirib bera olasanmi?
Aran: Jimin siz jiddiymisiz?
Jimin: Mutlaqo!

Pov avtor: Aranni ko'zlaridan yosh tomgach, Jimin bir zumda o'rnidan turib, ustidagi tungi kiyimiga qo'l yugurtirdi.

Jimin: Xo'sh, harakatni boshlaymizmi?
Aran: Harakatni birinchi bo'lib men boshlasamchi?
Jimin: Anee~ Homilador bo'lmaguningga qadar mendan dominantlikni olishni umid qilma!
Aran: Tentak!

Pov avtor: Jimin kiyimi yuqori qismini yechgach, Aranga yaqin kelib shivirladi.

Jimin: Park xonim, har oqshomgi yoqimli qiynoqlarga chidaysizmi?
Aran: Agar sizga shiringina qizaloq dunyoga keltirib berish uchun bo'lsa, ha Janob Park!

Pov avtor: Ikkisi ham kulgudan bir-biriga qarar ekan, Jimin yana ham keng irshaygancha, Arandan bo'sa olib, uni yotoqqa yiqitdi. Bo'ynidagi zanjirini xalaqit bermasligi uchun ortga aylantirib tashlagancha, ayolining kiyimlariga qo'l yugurtirdi.

*

Tush payti ...

Misun: Ichim qizib ketyapti. Qachon bu uchrashuv boshlanar ekan-a? Tezroq boshlansayu, tezroq tomosha ko'rsatsam! Yojun~
Yojun: Eshitaman xonim
Misun: Uchrashuvga men ham borishimni kimdir biladimi?
Yojun: Yo'q xonim
Misun: Aniqmi? Dadamchi?
Yojun: Raisni ham xabari yo'q. Lekin aytsak, yaxshi bo'lardi.
Misun: Yo'q, xohlamayman.
Yojun: Xonim!
Misun: Sizga xohlamayman dedim Kotib Chan!
Yojun: Xonim anchagina muammo tug'diramiz.
Misun: Men nima qilmoqchiman sizningcha? Havotir olmang, ularga ularni yo'rig'idan yuradigan odam kerak. Hech qanday muammo bo'lmaydi.
Yojun: 3 soatdan so'ng yig'ilish boshlanadi.
Misun: Orziqib kutaman bu vaqtni!

*

Uyni to'zigan bir qancha joylarini yig'ishtirib, televizor qarshisidan joy oldim. Jimin bilan kechagi yaqinligimiz shu qadar ko'p davom etdiki, holsizlanib bo'lsa ham ishlarni qildim. Shuncha payt farzandli bo'lishni xohlamasdan nima endi bunga shunchalik harakat qilyaptimi? Bir necha soat uxladi xolos. Ishda charchab qolmadimi? Shu bahona unga telefon qilishga qaror qildim va bir necha chaqiruvda uni ovozini eshitdim.

– Eshitaman
– Hayrli kun! Nima qilyapsiz?
– Ishlayapman, o'zingchi?
– Biroz ish qildim, endi esa o'tiribman.
– O'zingni ko'p urintirma, menga sog'lom ona va bola kerak.
– Bo'lmasa, endi bo'ladi. Shuncha harakat nima uchun?
– Haha, qachon qaytasiz?
– Jimiiiiinnnn ~
– Axax, xo'p soat 3 da uchrashuvim bor. Undan keyin bo'shman.
– Qaytguningizcha shirinliklar olib keling iltimos...
– Tinchlikmi, Park xonim? Men bunday narsalarni uyga sen farzandimizga homilador bo'lganingda olib boraman deb o'ylagandim. Yoki bir kechada bizda hammasi o'xshadimi?
– Hey, nega bunaqa buzuq fikrlayverasiz? Erkak kishi ayoliga qanchalik yaxshi e'tibor bersa, ayol kishi tezroq homilador bo'lar ekan.
– Aldama! Men allaqachon 30 yoshga yaqinlashib qolgan erkakman va bolani qanday qilib tez paydo qilishni juda yaxshi bilaman!
– Yaramas!

Jahlim chiqib o'zim qilgan qo'ng'iroqni o'chirib qo'ydim. Romantikani ham bilmaydi bu ahmoq! Achchig'im chiqib, tirnoqlarimni tishladim. Shunda telefonimga kelgan xabarga otilib qaradim.

[ Olib boraman, qancha bo'lsa shuncha olib boraman. Butun do'konni ko'chirib boraman uyga, faqat kutsang bo'ldi. ]

Xabarni o'qigach, xursand bo'lgancha joyimga yaxshiroq o'rnashdim. Baribir uni yaxshi ko'raman.

Aran
*

Rais: Xush kelibsizlar janoblar! Bugungi masalani hal qilish uchun bu yerda yig'ilgansiz. Hamma buni biladi va ish bir kishiga topshiriladi. Undan keyin qandaydir taklif va yangiliklar bo'lsa, aytishingiz mumkin.

Pov avtor: Katta zalda yig'ilgan 15 ga yaqin odam stol atrofida o'tirib, katta miqdordagi dorilar va qurollar ishi kimga topshirilishini bilish uchun yig'ilishgan. Rais ushbu noqununiy vazifani kimga yuklashni aytishga chog'langanida uni quloqlariga yangilik aytib, shivirlagan kotibiga qosh chimirib qaradi. Butun zal sukunatga cho'markan, unda faqat tashqaridan kelayotgan oyoq kiyim ovozi aks etib turardi. Misun qora kostyum-shim va yoyilgan sochlari bilan ichkariga kirgach, hammaga kulib qaradi

Misun
Misun: Hayrli kech janoblar! O'tirsam maylimi?

Misun hammani e'tibori bilan shoshqaloqlik bilan bo'sh stollardan biriga joylashdi.

Misun: Bilaman, bu yerda hech qanday mulozamat ko'rsatilmaydi. Bundan xafa bo'lmadingiz degan umiddaman! O'zimni tanishtirsam, An Misun! An Deo Jonning qiziman.
? : Janob An bizga qizi kelishi haqida xabar bermagandi, kichik xonim.
Misun: Keling Janob ...
? : Jimin, Park Jimin!
Misun: Park Jimin dadam xabar bergani bor yo'q ekanligi sizni qiziqtirmasin. Muhimi men hozir sizning yoningizdagi kursini egallab turganim emasmi?
Rais: Janob An iste'foga chiqqanidan afsusdaman deya olamanmi?
Misun: Ha, janob rais!
Don U: Oramizga ayol kishi yetishmay turgandi o'zi!
Misun: Sizga halaqit beryapmanmi? Iltimos Janob rais davom etsangiz!

Pov avtor: Rais Misunga va uning suhbatiga tikilib turib, hammani jim qildi.

Rais: Yetarli janoblar! Uchrashuv mavzusini davom ettiramiz. Men bu mas'uliyatli ishni So Don U ga topshirmoqchiman. Ishonchimni oqlaysiz degan umiddaman!

*

Pov Misun: Rostini aytsam, bu suhbatdan zerikib ketaman deb o'ylagandim. Aksincha bularni eshitishni bari yoqib borayapti. Ularni faqatgina jimlikda eshitdim va tahlil qildim.

?: Janob rais, politsiyada mollarimiz o'tishi kerak bo'lgan hudud qo'lida bo'lgan faqat bittasini bo'ysundira olmayapmiz. U bizga ilakishgan, pulni ham olmayapti.
Rais: Kim u?
?: Kim Taehyung!
Rais: Bo'ysundirib bo'lmasa, uni yo'q qilinglar!
Misun: Yo'q qilishga shoshilish shartmi?
Rais: Tushunmadim
Misun: U Kim Taehyung deganlaring yoshmi?
Jimin: Qiziqyapsizmi, kichik xonim?
Rais: Qandaydir fikringiz bormi An xonim?
Misun: U yigitni ishini menga topshira olasizmi? Uni biz bilan ishlashga ko'ndira olaman!
Jimin: Biz? Hali biz deb gapirishingizga biroz erta emasmi?
Rais: Jimin! Istagingiz An xonim uni biz bilan ishlashga ko'ndirishingiz uchun 1 hafta muxlat! 1 hafta ichida o'zingizni ko'rsatishga harakat qiling! Yo'qsa o'tirgan kursingiz bo'sh kursiga aylanadi. Hammaga hayrli kun! Qandaydir muammo chiqadigan bo'lsa, kotibim bilan bog'laning!

*

Misun: Sizga yoqmagan ko'rinaman Janob Park Ji-min!
Jimin: Bu yerdagi kimgadir yoqdim deb o'ylaysanmi?
Misun: Heh! Mulozamatsiz deng!
Jimin: 1 hafta muxlating bor qizaloq! Unumli foydalan!
Misun: Meni o'ylab qayg'urma!
Jimin: Javobi nimaligini bilsam ham uni nima bilan aldashingga qiziqyapman!
Misun: Javob nima ekan?

Pov avtor: Jimin qizga boshdan oyoq qarab, qosh ko'tardi.

Jimin: Meni javobim seni kekkaygan kayfiyatingni tushirishi mumkin.

Pov avtor: Misun qiyshiq kulgancha, zaldan chiqib ketayotgan insonlarni birma-bir kuzatib turdi.

3-qism tugadi