May 5, 2025

Qalbimda gullagan chechakšŸ„€

Qalbimda gullagan chechakšŸ„€

Ep 5.....🄲

Mazmunsizlik va ma'nosizlik insonlarning odatiga aylandimi?

Oradan o'tayotgan kunlar, soatlar, har daqiqa quvonchga qo'shib, g'ashlikni ham his qilyapman. So'nggigacha umid qilib yashayman. Boshqalar o'z suyuklisiga mehr bilan qaragan ko'zlar menga ham shunday qarashiga ishonib yashayman. Balkim farzandlik bo'lsak, hammasi o'zgarar... Sizdan iltimos Jimin, meni yolg'izlik qurshovida qoldirmang.

Jimin: Aran tayyormisan?
Aran: ...
Jimin: Hey, Aran. Aran~ hoy qiz senga gapiryapman.
Aran: A? Haligi hayol surib qolibman.
Jimin: Tayyor bo'ldingmi, ketamizmi?
Aran: Ha, ha bo'ldim. Oyoq kiyimimni kiysam bo'ldi.
Jimin: Seni mashinada kutaman.
Aran: Yaxshi

Nega noliyapman? Menda, bizda hammasi yaxshi! Menda hamma narsa bor, pul, obro' e'tibor, yaxshi oila, yaxshi turmush o'rtoq... Hammasi yaxshi bo'ladi Aran, hammasi!

Oyog'imga pastroq va qulay oyoq kiyimni ilib, kvartiramizdan chiqdim. Ikki kishi bo'lganimiz uchun Jimin hech katta uyda yashashimizni xohlamagan. Menda ham xuddi shunday fikr! Ko'p qavatli uyni asosiy eshigidan chiqayotib, Jimin yoqtirmagan qo'shnimizga duch keldim. Jin ursin* nega u doim qarshimdan chiqaveradi? Oxirgi qilgan ishidan so'ng bu yigitdan hayiqaman, qarashlari ham insonni qo'rqitadi.

Taehyung: Hayrli kech Park xonim
Aran: Sizga ham janob
Taehyung: Ahvolingiz yaxshimi?
Aran: Kechirasiz Janob Kim mendan hol-ahvol so'raydigan darajada biz yaqin emasmiz.
Taehyung: Hol-ahvol so'rash uchun yaqinlik darajasi qanday bo'lishi kerak? Agar muammo masofada bo'lsa, uni qisqartirish mumkin.

Qarshimdagi yigit men tomon qadam tashlab o'tkir nigohini ko'zimga qadagan on hozirgina ichimda aytgandek, qo'rqqancha o'zimni ortga oldim.

Aran: Hey, aqldan ozganmisiz? Men masofa haqida gapirmadim.
Taehyung: Men shunday tushunibman.
Aran: Ahmoq ekansiz unaqada

Jimin: U yerda nima bo'lyapti?

Pov avtor: Mashina ichidan Taehyung va Aranni gaplashib turganini, Taehyungni Aranga nisbatan qilayotgan harakatlariga guvoh bo'lib turgan yigit Taehyungni Aranga yaqinlashib kelganini ko'rgach, mashina kamarini shoshilinch tarzda yechib ularni yoniga yo'l oldi. Jiminni yirik qadamlar bilan yurib kelayotganini ko'rgan Aran esa Taehyungdan uzoqlashib eri tomonga otildi.

Aran: Jimin, tinchlaning
Jimin: Qoch yo'limdan!
Aran: Jimin iltimos

Meni itarib Taehyungni yoqasidan olgan Jimin qo'rquvimga sabab bo'ldi. Bu yigit jinni bo'lsa, ahmoqona sabab bilan ham Jiminni qamab qo'ysa nima qilaman?

Jimin: Nega oyog'im tagida o'ralashyapsan?
Taehyung: Aran bilan salom-alik qildim xolos.
Jimin: Hey

Pov avtor: Tishi tishiga tegib g'azabni cho'qqisiga chiqayotgan Jimin Taehyungni yoqasini qattiqroq qisdi. Taehyungni uni harakatlarini kulgi bilan qarshi olishi jahl ustiga jahl qo'shar, ammo so'ndirmasdi.

Jimin: Xotinimdan uzoq yur!
Taehyung: Sevmaydigan ayoling uchun buncha harakat nega?
Jimin: Hey la'nati
Taehyung: Menga qo'pollik bilan gapirishni bas qil, bir kemada emasmizmi endi?
Jimin: Nimalar deb aljirayapsan?
Taehyung: Bilib olasan!

Pov avtor: Taehyung Jiminni qo'llarini siltab yuborgach, bir necha soniya ko'z orqali gaplashishdi. Jimin Aranni qo'lidan tutgancha sudrab ketayotganda Taehyung tomonidan aytilgan gap Aranda shubhalanish hissi, Jiminda esa hayratni va qoā€˜rquvni uyg'otdi.

Taehyung: Park xonim eringizni asl yuzini ko'rishga nima deysiz? Bilishni istasangiz sizni mahkamada kutaman.

Yana shu yigit tomon otlangan erimni qo'lidan qattiq siqib, ketishga ruxsat bermadim.

Aran: Kerak emas, iltimos. Tezroq ketaylik Jimin

Vanihoyat, yo'q joydan shuncha mashmasha bilan mashinaga o'tirdik. Hozir unga nima deyishni bilmayman. Taehyung esa nima haqida gapirdi? Nega bunday gaplar qildi? Nahot shuncha yildan buyon Jiminni qanday inson ekanligini bilmasam?! Ko'z qirim bilan unga qarab qoā€˜yayotganimda mashina oynasiga tirsagini tiragancha tirnogā€˜ini tishlayotgan erimga hozir nimadir savol berishni oā€˜rni emasdi. Shuncha o'tirib mashina salonidagi hidni endi payqadim. Namuncha o'tkir bo'lmasa...

Aran: Jimin bu hid mashinangizda avval ham bo'lganmi?
Jimin: Nima?
Aran: Mashinangizdan kelayotgan hidni aytyapman.
Jimin: Ha, doim boā€˜lgan. Buni o'zing tanlab bergansanku!
Aran: Menmi? Aysh, shunchalik ham didsiz bo'lamanmi? Iltimos buni boshqa ishlatmang, koā€˜nglimni aynitdi.
Jimin: Senga yoqardiku?!
Aran: Endi yoqmayapti!
Jimin: Nega? Balkim bizda yangilik bordir?

Pov avtor: Jimin biroz hayajon o'ynagan ko'zlari bilan Aranga qaradi.

Aran: Yo'q, unday emas.
Jimin: Qayerdan bilasan?
Aran: Jimin oā€˜z organizmimda kechayotgan narsalarni bilsam kerak.
Jimin: Mabodo boshlang'ich davr bo'lsa, bo'lishi mumkinku! Bugun kechqurun tekshirib ko'rarmiz, nima deysan?
Aran: Jimin men yaqinda hayz* ko'rdim, demak yo'q.
Jimin: Tushunarli
Aran: Do'stlar uchrashuvi qayerdan chiqdi o'zi?
Jimin: Zerikkan bo'lishsa, bittasi bittasiga ketdik degan. Biri ma'qullagan, biri odam yiqqan. Mana senga tarixi!
Aran: Nega endi meni do'stlarim bunday qilishmaydi?
Jimin: Ular qilishmasa, sen qil. Baribir uyda zerikib ketyapsan.
Aran: Omo, meni uyda zerikishimdan xabaringiz bormi?
Jimin: Haha, kesatma
Aran: Jimin
Jimin: Eshitaman
Aran: Ichmaslikka va'da bering. Ichgan taqdiringizda ham o'zingizni bilmaydigan darajada ichmang, iltimos.
Jimin: Havotir olma

*

Restoranga kelganimizda maxsus buyurttirilgan xonaga kirganimizda u yerni to'la ekanligini ko'rib, biroz hayajonlandim. Ular orasida men taniganlardan ko'ra tanimaganlar anchagina.

– Namuncha kechikdingiz ?
Jimin: Yo'lda bir ikkita muammo bo'ldi. Sizlarni ahvolingiz qanday? Ko'rishmaganimizga ancha bo'ldi.
Jihoon: Ayni shuning uchun hammani yig'ishga qaror qildim.
Jimin: Ha, bunaqa fikrlar sendan boshqasiga kelmaydi.
Dora: Jimin bu qiz rafiqangmi?
Jimin: Ha, albatta. Tanishtirishni unutibman, rafiqam Aran. Ba'zilaringiz uni taniysiz.
Dora: Salom Aran. Aran desam qarshi emasmisiz?
Aran: Menga ham shu qulay.
Dora: Ismim Dora, bizlar hammamiz universitetda kursdoshlar bo'lganmiz. Nega bunchalik ko'p odam deb hayron qolayotgan bo'lishingiz mumkin. Xuddi Jiminga o'xshab oila qurganlarimiz o'z sherigimiz bilan birga keldik.

Aran: Xursandman Dora
Dora: Ochig'ini aytsam, chiroyli qiz ekansiz. Bu playboy sizni ham boshingizni aylantirgan ko'rinadi.
Jimin: Kim, Menmi?
Dora: O'zingni oqlama, hammamiz seni qanday bo'lganingni yaxshi bilamiz.
Jimin: Aysh bas qil!
Aran: Bilaman, erim kelishgan yigit. Shuning uchun uni ko'p qizlar bilan munosabat o'rnatganiga ishonchim komil. Bunday yigitga men ham sevgi izhor qilgan bo'lardim.
– Oooooo

Pov avtor: Birvarakayiga hammani qichqirganini eshitgach, uyat ila tabassum qilib avvaliga nigohini kaftlariga, keyin esa Jiminga qaratdi.

Jimin: Meni bunchalik kelishgan deb hisoblashingni bilmagandim.
Aran: Endi bilib oldingiz

Pov Jimin: Ayolimning ohu ko'zlaridagi yoqimlilikni ko'rgach, men bog'da uchratgan insonning so'zlari yodimga tushdi. " Barmog'ingga shu uzukni taqqan biri garchi sen sevishingga loyiq bo'lsa, kiprik qoqmasdan o'tmishga qo'l silta... "

Qo'limdagi ichimlik idishiga tikilib, hech nimani eshitmasdan faqatgina o'yga cho'mdim. Hayolim faqatgina Aran yuragimni jumbushga keltira oladigan ismni aytgachgina bo'lindi, qayerga qarashni bilmay qolgan titroq ko'zlarim bilan avval Aranga, keyin esa ochilgan eshik tutqichidan ushlab turgan qizga qaratdim. U bu yerda nima qilyapti?

Hanna: Hammaga hayrli kech
Aran: Ismingiz Hanna edi, shunaqami?
Hanna: Shunaqa
Aran: Siz bilan ziyofatda ko'rishgandik.
Hanna: Esladim
Aran: A, siz ham ular bilan kursdoshmisiz?
Jihoon: Yo'q Aran xonim, u biz bilan kursdosh bo'lmagan. Bizdan past kurslarda o'qigan. Uni bu yerga men taklif qildim.
Dora: Seni bu yerda ko'ramiz deb o'ylamagandim Hanna
Hanna: Men ham bunday o'ylamagandim, Jihoon birdan taklif qildi

Taqdir men bilan o'yin qilishni yoqtiradimi? Hozirgina hayollarim nimada edi, va endi qarangki qarshimdan chiqib yana meni ikkilanishga majbur qilayotgandek go'yo. Nega men bilan bunday o'ynashyapsan? Atrofimdagi odamlar nima deb o'ylayotgani ham qiziq bo'lmay, bir muddat uni kuzatdim. Ikkimizni ham noqulay vaziyatga qo'ymaslik uchun hayolimni bir yerga jamlab, to'xtadim! Unga qarashdan to'xtadim...

To'satdan Hannani qichqirig'ini eshitdim va uni tepasida kofe solingan idishni ushlab uzr so'rayotgan xizmatchini ko'rdim.

– Kechiring xonim, uzr so'rayman.
Hanna: Hech qisi yo'q, hammasi joyida
Jimin: Ko'zga qarab ish qilish shu qadar qiyinmi? Bitta patnosni amallab ko'tara olmasang, nega bu yerda ishlayapsan? šŸ—£

Pov avtor: Jiminni jahl bilan aytilgan so'zlari hamma kabi Aran va Hannani ham hayratda qoldirdi.

Jihoon: Jimin u uzr so'rayapti.
Jimin: Uzr so'ramaslik uchun shu ishni to'g'ri bajarsa bo'ladimi???
Jihoon: O'zingni bos, bunaqa holatlar kuzatilib turadi.
Hanna: Bas qiling janoblar!!! Siz ketishingiz mumkin. Ijozatingiz bilan!

Pov Hanna: Ahmoq! Shuncha odamni yonida o'zini ko'rsatishi shartmi? To'satdan baqirib ketgani nimasi?

Yuvinish xonasida kiyimlarimni epaqaga keltirishga harakat qilib, kofe dog'larini yo'qotishga urundim. Eshikdan kirib kelgan inson esa harakatlarimni chekladi. Uni jiddiy qiyofasini ko'rib titradim. Nimadir demoqchimi?

Aran: Buni sizga olib keldim, dog'larni ketqazishga biroz bo'lsa-da yordam beradi.
Hanna: Katta rahmat
Aran: Ahvolingiz yaxshimi, kuyib qolmadingizmi?
Hanna: Biroz
Aran: U yerda ko'pchilikni tanimayman. O'tgan safar sizni bazmda ko'rganim uchun biroz bo'lsa-da tanish deb bu yerga keldim.
Hanna: Begonalar davrasida siqilasizmi?
Aran: Shunaqa
Hanna: Men ham shunday edim. Keyinchalik davralarga qo'shilishni o'rgandim.
Aran: Hmm mayli, endi men bora qolay.
Hanna: Kechirasiz Aran
Aran: Eshitaman
Hanna: ... Menga raqamingizni bera olasizmi?

*

Pov Misun: Rostan ham men buncha dovyuraklikni qayerdan olyapman, bilmayman. Raisni uyigacha keldim. Bu yerdan sog' omon chiqsam bo'ldi.

– Kechirasiz xonim
Misun: Raisga An Misun kelgani haqida xabar bering.
– Uzr so'rayman xonim, rais uyida odamlarni qabul qilmaydi.
Misun: Avval men haqimda aytib ko'ring.
– Xonim
Misun: Iltimos qilishimni xohlayapsizmi?

Ensam qotib, o'n daqiqaga yaqin o'sha qo'riqchini chiqishini kutdim. Uni o'rniga uzun bo'yli boshqa bir yigit kelib, meni ichkariga boshladi. Uddalaganimdan sevinib, shaxdam qadamlar bilan uy bo'ylab yurdim. O'sha yigit ko'rsatgan xonaga kirganimda juda yoruq bo'lmagan xonada qog'ozlarni varoqlab turgan insonga guvoh bo'ldim. Ko'zoynak ostidan menga shu darajada sovuq qaradiki, qo'llarim titrab arang unga salom berdim.

Misun: Hayrli kech, Janob Rais. Avvalo bezovta qilganim uchun uzr
Rais: O'tirib ol Misun
Misun: Y..yaxshi
Rais: Meni uyimgacha kelganingga yarasha arzirli sababing bor deb o'ylayman.
Misun: Men ham bu sabab arzirli deb o'ylayman.
Rais: Unda boshla
Misun: Kim Taehyung sabab shu yerdaman. Uni biz bilan ishlashga, turli xil ishlarda bizga yordam berishiga ko'ndirdim. Faqat uni bir istagi bor.
Rais: Nima ekan?
Misun: U sizning jamoangizga qo'shilib, siz bilan bir stol davrasida o'tirishni xohlashini aytdi.
Rais: Ya'ni hech qanday merossiz, hech qanday harakatlarsiz yuqorida bo'lishni istaydi.
Misun: Ha
Rais: Aqlli yigit!
Misun: Janob Rais u adliya uchun ommadagi maxfiy agent ekanligini ham aniqladim. Undan yaxshi foyda olishimiz mumkin.
Rais: Unda unga javobimni yetqaz!
Misun: Sizni eshitaman.

Yangi kun...
Seul 12:53

Jimin: Nima? Bu qayerdan chiqdi Kotib Yun
Kotib Yun: Rais shuni xohlabdi.
Jimin: Nega endi bunchalik to'satdan qaror?
Kotib Yun: Afsuski bilmayman.
Jimin: Don U muammo chiqarganmi, nima deb o'ylaysiz?
Kotib Yun: So Don U bilan qandaydir muammo bo'lganda eshitgan bo'lar edik.
Jimin: Unda bu chol yana nimani xohlayapti?
Kotib Yun: Balki ishni boshqaga topshirmoqchidur.
Jimin: Bo'lishi mumkin.
Kotib Yun: Unda bu ishni ...
Jimin: Yo'q, yo'q Kotib Yun nima demoqchi ekanligingizni tushundim. Men buni xohlamayman.
Kotib Yun: Bu jamiyatda obro'yingizni ko'taradi. Agar ishni boshqaga topshirmoqchi bo'lsa, bu odam aniq siz bo'lasiz.
Jimin: Unda boshqa mavzuda odamlarni yig'yapti deb umid qilaman.

*

Aran: Hayrli kun, kechikkanim uchun uzr Hanna
Hanna: Hech qisi yo'q! Kelganimga ko'p bo'lmadi. Ichishga qahva aytdim, ichaverasizmi?
Aran: Ha, ichimlik tanlamayman. Achchiq bo'lmasa bas.
Hanna: Ajoyib tasodif, men ham achchiq qahvani yoqtirmayman.
Aran: O'xshash tomonlarimiz ko'p shekilli
Hanna: Shunaqa ko'rinadi.
Aran: Mendan nimani iltimos qilmoqchi edingiz?
Hanna: A haligi, arxitektura bo'yicha o'qigan ekansiz
Aran: Ha
Hanna: Bundan ancha avval universitetda o'qigan paytingiz bir tekstil fermani chizmasini siz tayyorlagan ekansiz.
Aran: Ha, tayyorlaganman. Lekin keyin u dizayn Londonga sotilgan.
Hanna: Hozirda men ishlaydigan kompaniya dizayni bu sizga tegishli.
Aran: Bundan xursandman.
Hanna: Aran menga aynan arxitektura bo'yicha yordamingiz kerak.
Aran: Ah, men bu bilan shug'ullanmay qo'yganimga ancha bo'lgan. Yaxshi va sifatli bino dizaynini yaratishga ko'zim yetmaydi.
Hanna: Biz sizga ishonamiz.
Aran: Biz?
Hanna: Men ishlayotgan kompaniya rahbarlari bu siz ekanligingizni arxiv hujjatlari orqali topishibdi. Familiyangiz o'zgarganligi uchun sizni topish biroz qiyin bo'ldi. Avvalgi bino dizaynida yashirin xonalar, yerto'lalar, ventilyatsiya quvurlari, yana ayrim joylar mohirona ishlangan ekan. Biz Koreyada ham fermani ochmoqchimiz va bizga bino dizayni kerak.
Aran: Men o'ylab ko'rishim kerak. Universitetni tugatganimdan keyin bu bilan boshqa shug'ullanmadim. Tajribali arxitektorlar talaygina axir.
Hanna: Aran, biz bir qancha arxitektorlarga taklif beramiz va ular orasidan eng ma'qulini tanlab olamiz.
Aran: Tushunarli
Hanna: Javobingizni kutaman

Pov Hanna: Hayotni ishlariga ham kulging keladi. Butun Koreyada shuncha odam bor, shuncha arxitektorlar bor, lekin aynan u! Aynan Jiminning rafiqasi...

*

Pov Jimin: Belgilangan vaqtda hamma yig'ilib bo'ldi, lekin rais janoblari yo'q. Naqadar ajoyib boshqaruv!

Jimin: Seni yana bu yerda ko'raman deb o'ylamagandim.
Misun: Afsuski qarshingdaman Janob Park.
Jimin: Xursandligingga qaraganda bechora Kim ni qarmog'ingga ilintirgan ko'rinasan.
Misun: Boshqalardan ko'ra ancha aqllisan, qoyil!
Jimin: Nima unda sen uni qanday ilintirganingni muhokama qilamizmi?
Misun: Sal boshqacharoq!

Misun deganlari bilan gap talashish ochig'i men uchun qiziq mashg'ulotga aylanyapti. Qizni yarim kulgisiga e'tibor berib turganimda eshikdan kirgan boshqa biri tildan qolishimga sabab bo'ldi. Atrofdagi hamma o'zaro, past ovozda suhbatlashayotganini ko'rib, bu hammada qo'zg'alish paydo qilganini sezdim. Bu la'natini bu yerda nima ishi bor? Menga bepisand nazarini ko'rib, kulishdan boshqa hech nima qila olmadim. Bu yerda unga qarshi gapirish o'zimni obro'yimni tushuradi xolos. Kim Taehyung! Sen bilan alohida gaplashamiz

Taehyung: Meni ko'rganingdan xursand emassan shekilli
Jimin: Qay darajada xursand ekanligimni tashqarida ko'rsataman.
Taehyung: Xax, intizorlik bilan kutaman. Ungacha qovoqlaringni och, kecha sen bilan bir kemadamiz deb aytmadimmi?
Jimin: Sen bor o'sha kemaga qanday suv toshirishimni kuzatib tur.
Taehyung: U kemada faqat ikkimiz bo'lmaymiz. Qolganlar senga qiziq emasmi?
Jimin: Sen o'zingni o'yla Taehyung!

Pov avtor: Yuzlari ajinga to'lgan, shundoq ham kichik ko'zli bo'lgan insonning ko'zlari qarish tufayli yana ham kichraygan Rais maxsus zalga kirib kelgach, hamma o'rnidan turib unga mulozamat ko'rsatdi.

Rais: O'tiring. Ko'p vaqtingizni olmayman. Bir yangilik sabab shu yerda turibmiz.
Jimin: Yangilik nima ekanligini bilib bo'ldik Janob Rais.
Rais: Unda uni meni og'zimdan ham eshitinglar. Orangizda yangi bir inson o'tirganini ko'rib turibsiz. Kim Taehyung, bugundan boshlab u biz bilan ishlaydi va barcha ishlarda bizga yordam beradi.
Jimin: Shuncha vaqt bunga qarshi bo'lgan odam birdan rozi bo'lgani shubhali emasmi?
Taehyung: Shu paytgacha menga yaxshi taklif bilan kelishmagan, ayni shuning uchun rozi bo'lmaganman.
Jimin: Ertagingni borib boshqasiga ayt Taehyung
Rais: Jimin bu meni qarorim.
Jimin: Bu qaror qanchalik xato bo'lishini sizga isbotlayman.

Pov avtor: Kostyumi tugmasini qadab o'rnidan turgan yigit hech kimga yuzlanmasdan bu yerni tark etdi.

Misun: Xayrrr~ Park Jimin

G'alaba kayfiyati bilan tabassum qilgan Misun gavdasini o'rindiqqa yaxshiroq joylashtirib, oyoqlarini chalishtirdi.

Taehyung: Ko'ramiz Park Jimin! Bu yerdan yo'qotadigan birinchi odamim sen bo'lasan!

*

Allaqachon oqshom kirdi. Hayollarim esa hali hanuz chalkash! Nimani o'ylashni bilmayapman. Jiminni kecha to'satdan xizmatchi yigitga baqirib ketgani, Hannani esa bino chizmasi haqida bergan taklifi... Jimin bunga qanday fikr bildiradi? Agar buni unga aytmasamchi? Birgina chizma bo'lsa, uni qilamanu Hannaga topshiraman.

Charchoqdan oyoqlarimni arang sudrab, yuvinish xonasiga yuzimdagi bo'yoqni o'chirish uchun kirdim. Rakovina chetida qolib ketgan Jiminni doim menga tegishga ruxsat bermagan zanjirini ko'rib, unga tikildim. Nega menga bu zanjirga teginishga ruxsat bermagan yoki so'rasam javob bermagan? Bu u uchun shunchalar muhimmi?

Zanjirni olib, ustida sovun ko'pigi dog' qoldirgani uchun yuvib qo'yib qo'ymoqchi bo'lib uni suv ostiga tutdim. Zanjir ustidagi qora toshni ishqalab yuvayotganimda uni rangi o'chayotganini payqadim. Shu lahzada tanam xuddi o'liklarnikidek sovuq ketdi. Kiprik qoqmasdan faqatgina suratga tikilib turdim. U men emasdim! Ko'zlarim yoshga to'lgandagi og'riq yuragimdagi uvushish va og'riq oldida hech nima bo'lmay qoldi. Nega? Nega bu zanjirga qiziqdim. Nima uchun? Qaniydi, bu haqida umuman qiziqmasam edi! Butun tanam ham yondi. Shuncha yil, shuncha vaqt bu zanjir unda edi. Ovozim chiqmasligi uchun lablarimni kaftim bilan to'sdim. Suratdagi qizga tikilib, atrofim yolg'on bilan to'lganiga ishongim kelmayapti... Nima uchun? Meni sizga turmushga chiqqanimdagi aybim shu qiz sabablimidi?

Jimin: Aran

Qaltirab qolgan qo'llarimda turgan zanjirni kaftimda g'ijimlab, eshik oldida turgan insonga qaradim.

5-qism tugadi.

Keyingi qismda:

Taehyung: Seni hali ko'p bora hibsga olaman shekilli
Misun: Sen bo'lsang qarshi emasman.
Taehyung: Xushomad qilyapsanmi?
Misun: Sen qanday tushunyapsan?
Taehyung: Shu haqida o'ylayapman.
Misun: Sendan ajoyib hid kelyapti!
Taehyung: Balkim mashinaga o'tirarsan
Misun: O'zimmi? Meni majburlab o'tqazasan deb o'ylagandim, xuddi birinchi kundagidek

*

Aran: Avval sevganingiz bo'lganmi?
Hanna: H..ha ko'p marotaba
Aran: Ular bilan nega ajrashgansiz?
Hanna: ....