May 4, 2025

Qalbimda gullagan chechak🥀

Ep. 4....

Haqiqatimni bilsang chiday olasanmi?

Misun: Sizga yoqmagan ko'rinaman Janob Park Ji-min!
Jimin: Bu yerdagi kimgadir yoqdim deb o'ylaysanmi?
Misun: Heh! Mulozamatsiz deng!
Jimin: 1 hafta muxlating bor qizaloq! Unumli foydalan!
Misun: Meni o'ylab qayg'urma!
Jimin: Javobi nimaligini bilsam ham uni nima bilan aldashingga qiziqyapman!
Misun: Javob nima ekan?

Pov avtor: Jimin qizga boshdan oyoq qarab, qosh ko'tardi.

Jimin: Meni javobim seni kekkaygan kayfiyatingni tushirishi mumkin.

Pov avtor: Misun qiyshiq kulgancha, zaldan chiqib ketayotgan insonlarni birma-bir kuzatib turdi.

Misun: Hali ko'ramiz, kim kimni kayfiyatini tushurishini ... Oyoqlarim ostiga yiqiladigan kuningni intizorlik bilan kutaman

Pov Aran: Kun bo'yi uyda o'tirib qiladigan eng katta ishim bu zerikish! Ochig'i o'rganib ham ketganman bunga. Onda-sonda dugonalarim bilan oila a'zolarim bilan uchrashmasam, qolgan paytlar uyda xuddi hozirgidek Jiminni kutib o'tiraman. Mansabdor oila farzandi va kelini bo'lish bu juda qiyin. Bolaligingda uni qilma, buni qil, bunday yur, bunaqa o'tir deb dakki berishsa, turmush qurgach sen bizdek nufuzli oilaning kelinisan, qayerdadir ishlashing bizning nufuzimizga to'g'ri kelmaydi deb cheklab qo'yishadi. Men shuncha vaqt nega o'qidim axir? Eh! Zerikkandan kanallarni aylantirayotganimda eshik qo'ng'irog'i yangrab, ochish uchun shoshdim.

Jimin: Hayrli kech Aran, yaxshi o'tirdingmi?
Aran: Yaxshi

Jiminning qo'li bo'shligini ko'rib, shu qadar o'ksingandek xafa bo'ldimki, yana bir bor e'tiborsizlikni o'tkir ko'rinishini his qildim. Mimikam o'zgargan yuzimga qarab turgan erim menga qarab vanihoyat savol berdi.

Jimin: Nima bo'ldi? Nega ko'z qoshlaring pastga qarab ketdi?
Aran: Shirinlik
Jimin: Nima?
Aran: Shirinlik!
Jimin: Aysh Aran kechir, yodimdan ko'tarilibdi. Oxirgi uchrashuvimda asabbuzarlik yetarlicha bo'lgani uchun unutibman.

Pov avtor: Jimin qoshlarini ko'targancha, aybdorona ifodani namoyon qildi.

Aran: Yaxshi :(
Jimin: Aran xafa bo'lmadingmi?

Pov Aran: Eshikni yopib, savolini ochiq qoldirib ichkariga kirishga urundim lekin Jimin yana meni to'xtatib so'radi. Yuzimni kafti bilan silagancha ko'zlarimga qarashga urunayotgan erimga qaramasdan yerga nigohimni tushurdim

Jimin: Hey, xafa bo'lding-a? Kechir, Aran
Aran: Siz uchun o'zi doim ish muhim bo'lgan. Doim meni unutib qo'yasiz! Shunchalar unutish oson bo'lgan insonmanmi? Ish, ish, ish! Unda men ham ishlay shu ishda, zora siz haqingizda o'ylamasam, unutib qo'ysam! Tegmang menga!

Jahl bilan uyni ichkari qismiga o'tarkanman, ortimdan Jiminni bor ovozda kulganini eshitib yana qayta ichimda tug'yon urgan jahl bilan unga qaradim.

Aran: Nega kulyapsiz?
Jimin: Aran yuzingni bir ko'rganingda edi!
Aran: Yuzimga nima qilibdi?

Erimga o'yilgan qoshlarim bilan qarab turishni unutmadim, u bo'lsa eshikni qayta ochib chiqib ketdi. Qiziqish bilan uni ortidan borib, eshikni orqa tomonidan bir qancha paketlarni egilib olayotgan erimni ko'rdim. Jin ursin* u meni aldadimi?

Aran: Meni aldadingiz shundaymi?
Jimin: Shunchaki reaksiyangni ko'rmoqchi bo'ldim.

Menga tirjayib turgan erimni yuziga alamimni olish uchun eshikni yopib qo'ydim. Battar bo'lsin!

Jimin: Hey Aran, bu nima qilganing? Eshikni och!
Aran: Ochmayman, borib mashinangizda tunang!
Jimin: Aran xarxashalik qilmasangchi, och dedim! Hayrli kech Janob Son, Son xonim siz yaxshimisiz?

Pov avtor: Jimin uni yonidan o'tib ketayotgan qo'shnilariga ta'zim qilib salomlashdi.

Jimin: Aran eshikni ochsangchi, qo'shnilarni yonida sharmanda bo'lyapman.
Aran: Ochmayman.
Aran: ....
Jimin: Menga qara, agar ketadigan bo'lsam mashinaga borib emas, biror ayol topib uni yoniga borib tunayman!
Aran: Nima, nima?

Nima qilaman dedi? Boshqa ayolni yoniga boraman dedimi? Ablax, yaramas! Xotinboz! Xudo jazoyingni bergur... Boshqa ayolni yoniga borishni ko'rsatib qo'yaman! Eshikni qanday jahl bilan yopgan bo'lsam, xuddi shunday jahl bilan qayta ochdim.

Aran: Demak, boshqa ayolni yoniga borasiz!
Jimin: Men allaqachon buni rejalashtirib ham bo'ldim.
Aran: Yaramas, uyatsiz, xotinboz! Qanday qilib bunday gaplarni ayta olasiz menga? Boshqa ayollarni ko'zi uchib turibdimi-a sizga?
Jimin: Ering kelishgan yigit, nega endi bunday bo'lmasligi kerak?
Aran: Siz endi hech qanaqa yosh yigitcha emassiz!
Jimin: Rostini aytaymi, bu ish berishini bilgandim. Yo'ldan qoch!

Jimin qo'limga o'zini qo'lidagi narsalarni ilgancha, meni turtib ichkariga odimlab ketdi. Bor g'azabimni qo'limdagi paketlarga to'kib solgancha, ularni oshxonaga kirgan Jiminni ortidan borib, stol ustiga zarb bilan tashladim.

Aran: Nima meni shirinliklar bilan aldamoqchi bo'lyapsizmi? Qayoqqa bormoqchi edingiz, qaysi ayolni yoniga đź—Ł

Jimin muzlatkichni ochib, nimadir qidirgandek qarab turganini ko'rgan men biroz avval yuvib qo'ygan temir tovoqchani qo'limga olib, bilmadim qaysi jasorat bilan erimni boshiga urdim. Jimin boshini ushlagancha yerga o'tirib qolganini ko'rib, keyin nima qilib qo'yganimni fahmladim.

Ey Xudoyim, nima qildim? Nima qilib qo'ydim? Endi nima bo'ladi? Jimin meni o'ldiradi, tamom bo'ldim. Qayerdanam bunday qildim, qaysi aql bilan qilding Aran?

Biroz qo'rquv va hayrat bilan labimni to'sgancha Jiminga qarab turarkanman, ichimdan nimalar o'tganini o'zim bilardim.

Aran: Jimin, oppa~

Birdan erimni yoniga cho'kkalab uni boshini tekshirdim. Aysh ahmoq Aran!

Jimin: Ahmoqmisan, bu nima qilganing?
Aran: Jimin, kechiring, kechiring, iltimos, men birdan... menga qayerdan jasorat kelganini bilmay qoldim. Iltimos kechiring!
Jimin: Aysh, boshimni yorib qutulmoqchimiding?
Aran: Ata..yin qilmadim. Hammasi sizni deb bo'ldi. Menga bunday gapirmasligingiz kerak edi.
Jimin: Hazil dedim axir...

Pastga qarab ketgan lablarim bilan qilgan aybim uchun yig'lashga shaylandim.

Jimin: Hey, nega yig'lashga tayyorgarlik ko'ryapsan?
Aran: Yig'lagim keldi!
Jimin: Joni og'rigan men lekin yig'lamoqchi bo'lgan sen?!
Aran: Baribir yig'layman!

Rostan ham joni og'rigan Jimin, lekin ahmoqqa o'xshab yig'layotgan men. Jimin ham ahmoqqa qaragandek avvaliga yuzimga tikilib turib, keyin yig'lashimga qaramasdan kulaverdi. O'rnidan turib ham kulishda davom etarkan, hiqqillab uni savolga tutdim.

Aran: Nega kulyapsiz?
Jimin: Seni qilig'ingga kulmaslikni iloji yo'q.
Aran: Kulmang!
Jimin: Yo'q Aran, qo'y, har doim ham bunday kulavermayman. Mazza qilib kulishga qo'yib ber.

Yerda o'tirib, unga tikilarkanman erim meni ham qo'limdan tortib, men boya stol ustiga qo'ygan paketlar yoniga olib kelib, o'zi orqamdan turib, bir qo'li bilan belimdan tutdi.

Jimin: Kel undan ko'ra, bulardan ta'tib ko'ramiz. Senga yoqadiganlaridan olishga harakat qildim.

Paketlarni ochib, birinchi navbatda tortning qutisiga qo'l cho'zib, uni ochdim. Shokoladli tortni ko'rib, ortimda turgan erimga chaqnoq ko'zlar bilan qaradim.

Aran: Menga bu yoqishini qayerdan bilasiz?
Jimin: Birinchi uchrashuvimiz yodingdami? O'shanda sen bilan shirinlik yeyish uchun borganmiz. Sen o'shanda shokoladli tortni yoqtirishingni aytgansan.
Aran: Bu esingizda ekanligini bilmagandim.
Jimin: Meni xotiram yaxshi
Aran: Qaranglaraaaa
Jimin: Qaradiiiiiikkk ~

*

Yuvinish xonamizda yuzimga kaftim bilan bir necha marotaba suv yugurttirgach, ko'ksimda qimirlayotgan zanjirimni sezib avvaliga unga qo'llarim bilan tegib, keyin uni bo'ynimdan yechib oldim. Zanjirda nima ko'rmoqchi bo'lganimni ongsiz ravishda barmoqlarim bajarib bo'lgandi. Sovuq suvni issiq suvga o'zgartirib, uni suv ostiga tutdim.

Yana bir bor... ko'zlarim ostida yana bir bor men ko'rmoqchi bo'lgan chehra namoyon bo'ldi. Juda kichik su'rat bo'lsa-da, uning beqiyos tabassumiga g'arq bo'lish qiyin emas edi. Ha, men uni shuncha yil o'tsa-da, yuragim yaqinida saqladim. Men sen xotiralarimdan o'chib ketasan deb o'ylab qo'rqdim. Mana shu bir parcha temir parchasi ham yuragimni qay darajada yondirayotganini bilganingda edi. Yuragim sen tashlab ketgan jizg'anakdan hali ham qutula olmayapti. Sen yonmayapsanmi? Men hali ham sen menga nasib bo'lmaganingdan shunaqangi qiynalamanki, sen buning og'rig'ini sezmaysan... Seni jilmaygan ko'zlaringga soatlab tikilish menga nasib bo'lmasligini o'ylasam, tanamdagi har bir tuk og'riq bilan qimirlaydi. Menga su'ratlaringga tikilish nasib qildi. Menga armon bo'lganingga haligacha ishona olmayman... Sen va men baxtsiz bo'ldik! Va men shu botqoqqa yillar davomida Aranni ham tortdim. Qara, qarasangchi men seni deb, senga bo'lgan sevgimni deb unga sevgimning, e'tiborimning bir parchasini ham ulashmadim. Ulasha olmadim! Hali ham seni unuta olmadim... Lekin sen qanday voz kecha olyapsan? Unutishni menga ham o'rgat! Men seni meni sevishingni sog'indim! Menga quloq solishingni sog'indim! Sog'inishingni sog'indim... Senga zor dilimni boshqasining tafti bosa olmayapti Hanna! Men boshqasini qurbon qilyapman, lekin vijdonim qiynalmayapti. Senga yetishish orzusi meni qanchalar toshbag'ir insonga aylantirganini qara...

Yuzimni kuydirib tushgan tomchining yo'nalishiga hissiz tikildim. Yotoqxona eshigi ovozini eshitganimda yuragimda turgan qo'rquv va oyoqlarimda paydo bo'lgan uvushish bilan shoshib zanjirni qayta bo'ynimga ildim. Aran holatimni sezib qolmasligi uchun hayajondan qaltirab qolgan qo'llarim qayta-qayta yuzimni yuvib oynadagi aksimga qaradim. Hammasi joyida! Hech narsa bilinmaydi...

Aran: Oppa, dushda qiladigan boshqa ishingiz yo'qmi?
Jimin: Aniya, nega so'rayapsan?
Aran: Yuvinib chiqmoqchi edim.
Jimin: Ah shunaqami? O'ylab qarasam dushda qiladigan ishim bor ekan!
Aran: Qanday ish? Tez bo'lasizmi?
Jimin: Yo'q, tez bo'lmayman. Qolaversa...

Pov avtor: Jimin gapini chala qoldirib, barmog'idagi uzukni o'ynagancha Aranni yoniga borib uni ichkariga tortib oldi.

Aran: Hey, Jimin
Jimin: Qolaversa, dushda yolg'iz emas, sen bilan qiladigan ishim bor!
Aran: Ane, Jimin qoching, men yolg'iz yuvinishni xohlayman.
Jimin: Men esa sen bilan! Yana seni homilador qilish mumkin bo'lgan hech qaysi bir imkoniyatni qo'ldan boy berishni istamayman.
Aran: Ya oppa namuncha ochiq-oydin gapiradigan bo'lib qoldingiz?
Jimin: Oramizda uyat qolganmi?
Aran: Sizni bilmadimku-ya, menda ha!

Pov avtor: Jimin egnidagi ko'ylagini yechgancha Aranning quloqlariga atayin shivirlab gapirdi.

Jimin: Uyatchang xotinim mening, kiyimlaringizni yeching. Bizni buyuk ishlar kutmoqda...

*

Ba'zida qanday ajoyib rol o'ynayotganimni ko'rib, o'zimni ikkiyuzlamachi va jirkanch insondek his qilaman. Aslida ham shunday emasmi? Aslida ham ikkiyuzlamachi emasmanmi? Bu hijron meni yana qancha qiynashini bilmayman. Sen yuragimga qay tarzda o'rnashganingni ham bilmayman, ammo bu qalbni tark etmas darajada chuqur iz bilan muhrlanganingni bilaman. Seni unutib, menga talpinayotgan taftga intilishni xohlayman, lekin qila olmasam nima qilay? Balkim sendan nafratlanish jonimni og'ritmaslikni yagona yo'lidir... ammo menda hatto sendan nafratlanish uchun sabab ham yo'q.

– O'g'lim
– Menga gapiryapsizmi?

Pov avtor: Tonggi salqin havoda miyasidagi o'ylarni tartiblash uchun kelgan yigitni anchadan buyon kuzatib turgan kishi axiyri unga savol berish uchun o'zida imkon topdi.

– Senga o'g'lim, senga! Yoningga o'tirsam bo'ladimi?
– Ha, bemalol
– Seni anchadan buyon kuzatib turibman. Bir nuqtaga qaragancha o'ylanyapsan. Nimadir seni qiynayaptimi?
– Qo'yavering
– Aytaqol, men seni bugun ko'rsam ertaga ko'rmayman. Dardlaringni ichingga yutib, uning zaxrini o'zingga olishni o'rniga kimgadir ayt. Erkak erkakni tushunadi... balkim senga yordam bera olarman?
– U barmog'imni tishlasam ham, bunisini tishlasam ham og'riyapti. Nima qilishni bilmayapman... Hamma go'zal deb hisoblagan sevgi orasida sarson bo'lyapman.
– Haqiqiy sevgi shunchaki afsona! Buni aytayotganim uchun afsusdaman, ammo sevgi o'tkinchi! Faqat uning "boshlanishi" ajoyib! Sevgidagi eng yaxshi davr – boshlanishi... Har bir qo'shiq senga uni eslatadi! Birga ovqatlanasiz, duch kelgan narsalar haqida gaplashasiz! Uni har bir so'zi tabassumingga sabab bo'ladi! Buni o'zi juda ajoyib. Lekin so'zsiz kun kelib, u o'tmishga aylanadi. Shunchaki o'kinch bir xotira! Endi o'zing o'ylab ko'r! O'tmishda qolib u bilan yashash yoki hayotingga qadam qo'ygan yana biri bilan reallikda yashash... qay biri sening uchun muhimroq?
– O'tmishdan voz kechish oson emas...
– Oson, sen buni oson deb o'yla! Har bir voqelikdan uni eslash o'rniga, yangi voqelik yarat. Yangilik yaratishdan to'xtama, hayot to'xtab qolganlarni va bosh egganlarni chetga chiqarib qo'yishga usta! Barmog'ingga shu uzukni taqqan biri garchi sen sevishingga loyiq bo'lsa, kiprik qoqmasdan o'tmishga qo'l silta... Xulosani o'zing chiqar o'g'lim. Zero, boshqalar senga tanlashga yordam bergan yo'l kun kelib seni pushaymon qildirmasin. O'zing tanlagan yo'lda pushaymon bo'lish, boshqa biri tanlab bergan yo'lda pushaymon bo'lishdan yengilroqdir! Aql va qalb bir-biri uchun qarama-qarshidir, to'g'ri! Lekin payti kelganda ularni bir-biriga bog'lash mushkul emas. Tanlovingni qil, chunki sen bu tanlovda oxirigacha borishga majbursan. Dardlaringni unut va shunchaki senga "baxt" tilayman.

Ushbu nurli insonning chiroyli va yashirin jihatga ega ma'noli gap-so'zlarini tinglarkanman, yuragimda uvushish his qildim. Nafaqat yuragim, tilim ham sovuqdan muzlagandek harakatsiz qoldi. Aqlim va yuragim boshqa-boshqa narsani aytib tursa, qanday qilib ularni bir-biriga bog'layman? Nega shuncha vaqtdan keyin nozik qil ustida yurgandek tanlov qilishga qo'rqyapman? Sevganim uchun sevgimni baxtli qilaymi yoki boshqa bir ojizanimi

*

Pov Hanna: Koreyada bo'lmaganimga ancha bo'ldi. Ba'zi bir yerlar o'zgarganini hisobga olmasak, mendagi har bir xotira o'sha-o'sha... Bo'sh vaqtimdan foydalanib, og'riq bersada meni lablarimga tabassum baxshida eta oladigan xotiralarni qarshi olishni istadim. O'sha-o'sha oddiy ko'chalar, devordagi yozuvlar... Shu kichik mahallada yugurib yelib katta bo'lgan paytlarim yodimga tushdi. G'am nima, tashvish nima bilmas davrlarim...

Men bu ko'chalar bilan birga ularda birga vaqt o'tqazgan odamlarni ham sog'indim. Hattoki seni ham Park Jimin! Yolg'izlik botqog'ida sensiz qiynalganlarimdan xabaring bormi? Doim qarshi bo'lsamda shu ko'chalar bo'ylab meni uyim yonigacha kuzatarding. Endichi? Endi faqatgina uzoqdan bir-birimizga termula olamiz xolos. Biz ham "qaniydi" degan jumla bilan kifoyalanadigan bo'ldik. Nega menga mos bo'lmasangda seni sevdim?

Miyamni, o'y-hayollarimni tinch qo'ymayotgan fikrlar bilan ko'zlarim ko'rgan, oyoqlarim boshlagan yerlarga qadam bosdim. Bolaligim xotiralarini eslayman deymanu, aslida sen bilan bog'liq xotiralarni yana yod olish uchun kelganimni tan olishni istamayman. Hozir qayerga borayotganimni bilasanmi? Biz ilk marotaba uchrashgan tomga... Oyoqlarim shu yerga qadam bosishni istab keldim. Qaniydi, o'shanda ko'rishib qolmaganimizda...

Zinalardan yuqoriga chiqayotib, zinalarning tutqichlariga yozganlarimiz hali ham o'sha paytdagidek o'zgarmasdan turganini ko'rib quvondim. Nahot shuncha yildan beri bu yerlarni qayta ta'mirlashmasa?! Tomga chiqiboq tanam hayajondan shunaqangi qaltiradiki, bu tasodif ekanligi haqida o'ylab og'riq bilan nafas chiqardim. O'sha kursida faqat avvalgidek emas, yolg'iz va o'ychan o'tirganingni ko'rib yoningga borish uchun bir qadam tashladim, ammo qadam bosish og'irlik qilgandek to'xtadim... Borishni xohlaysanu lekin bora olmaslik imkonsizlikning yaqqol ko'rinishi edi. Bu yerdan ketganim ma'qul! Ortga burilib qilgan qo'pol harakatim sabab yonimda turgan ammo sen sabab payqamagan guldonni turtib yubordim. O'sib yashnayotgan guli bilan yerga qulagan guldonning ovozi hammasini barbod qilib, ko'zlarimni yumgancha lablarimni tishladim.

– Hanna?

Uning go'zal ovozidan yangragan ismimni eshitgach, ketishga shaylanib harakat qildim. Ammo yana o'sha ovoz meni o'ziga asir qildi.

– Ketma!

Pov Jimin: Dimog'imdan beixtiyor otilib chiqqan so'z, nima istashimni ko'rsatgandek edi. Menga o'girilib qaragan qizning men ma'yus bo'lishiga sababchi bo'lgan ko'zlariga tikildim. Keyingi jumlalarimni esa aqlim emas, yuragim so'zlagandek edi go'yo..

– Ketma...

*

Pov avtor: Yoqimli shabboda ostida o'tirgan, ayriliq dardiga duchor bo'lgan juftliklarning sochlarini shamol o'ynagani uchungina ular nimadir harakat qilishayotgan edi. Bir-biriga gapirish esa imkonsizdek, sukut ularda hukmron...

Hanna: Bu paytda ishda bo'lishing kerak emasmidi?
Jimin: Shunaqa
Hanna: Unda nega bu yerdasan?
Jimin: Kelishni xohladim. O'zingchi?
Hanna: 1 oydan keyin Londonga qaytib ketaman. Ungacha bolaligim o'tgan yerlarni xotirlamoqchi bo'ldim.
Jimin: Tushunarli
Hanna: Sen esa savolimga aniq javob bermading. Nega bu yerdasan?
Jimin: Sen ham to'g'ri javobni bermading-ku!
Hanna: Nega endi bunday deb o'ylayapsan?
Jimin: Chunki bolaliging bu yerda o'tmagan. Bu yerda faqat men bilan bog'liq xotiralar mavjud emasmi?
Hanna: Oilaviy ishlaring qalay? O'sha kungi unashtiruvda rafiqangni ko'rdim. U juda chiroyli, bir-biringizga har tomonlama mossiz!

Pov avtor: Javob berishni istamay gapni boshqa yoqqa burgan qizni tushungan Jimin undan buni chuqurroq so'rashni istamay, javobni ma'qulladi xolos.

Jimin: Shunaqa, u chiroyli. Lekin rostan bizni mos deb o'ylaysanmi?
Hanna: Har holda senga o'xshagan ziyoli, tartibli oiladan. Yaxshi qiz ekanligi yuzidan ham bilinyapti.
Jimin: Ha, u yaxshi inson, hattoki juda ham yaxshi. Faqat bu safar men unga mos emasman.
Hanna: Nega?
Jimin: Shunchaki uni yuragi juda toza va sodda. Umuman kibor xonimlarga o'xshamaydi.
Hanna: Hmm, bu yaxshi

Pov avtor: Yana sukunat hukm surishni boshlagan bir paytda Jimin Hannani sinash uchun jimlikni buzdi.

Jimin: Biz hozir farzandli bo'lish uchun harakat qilyapmiz.
Hanna: A? Ya'ni ... ajoyib, haligi tabriklayman. Tezroq niyatingizga yeting.
Jimin: Nega menga xiyonat qilyapsan deb so'ramaysanmi?
Hanna: Jimin qo'y bu haqida gaplashmaylik!
Jimin: Meni sevmaysanmi?
Hanna: Jimin~
Jimin: Meni unutishing shu qadar oson bo'ldimi?
Hanna: ....

*

Pov Misun: Ahh kech tushishini intizorlik bilan kutdim. Hech qachon nimanidir bu qadar kutmagandim. Boshimga bosh kiyimni bostirgancha, sochlarimni ham bosh kiyim ichiga tiqdim. Uydan yashirinib chiqishga majbur bo'ldim. O'z uyimdan yashirincha chiqsama? Bu la'nati qo'riqchilar baribir dadamga hamma narsani yetkazadi. Ko'chadan taksi ushlagancha So Don U mollarni qanday olib kirmoqchi ekanligini bilish uchun kun davomida yig'gan ma'lumotlarimga asoslanib, bandargohga yetib keldim. Bunchalik dovyuraklikni qayerdan oldim bilmayman-u ammo bundan pushaymon emasman. Bandargohda yetarlicha kemalar turar ekan, ularni orasidan "Coral" deb nomlanganini qidirdim. Nomidan hashamatli deb o'ylagan kemam aslida ko'rimsiz bo'lib chiqqani hafsalamni pir qildi. To'plagan ma'lumotlarim xato bo'lmasin deya umid qilaman.

Yetarlicha katta, ammo eski bo'lgan yaxta ichiga qadam tashlab, g'ichirlagan polidan bu ahmoqlarni la'natladim.

– Jin ursin* nima ko'zga tashlanmaslik uchun shunaqa chirigan yaxtani topishganmi bular? Ahmoqlikni o'zginasi! Hatto qo'riqchilar ham yo'q.

Oyoq uchida yaxta ichini aylanib, eski bo'lsa-da ichki xonalari zamonaviy qilib bezatilgani e'tiborimni tortdi. Bu kalamushlar qanday joylarda o'tirishni biladi. Kayuta eshigining yumaloq derazasidan vanihoyat qidirganimni topdim. Ammo ularni eshitishni zarracha bo'lsa-da imkoni yo'q. Oynadan yashirincha telefonga suratga olib, shoshgancha suratlarni ko'rarkanman boshimga kelib tiralgan sovuq temir parchasidan titragancha lablarimni tishladim.

– Qo'lga tushdimmi?
– Yashirincha bu yerda nima qilayotganingni bilmayman, ammo ha qo'lga tushding. Ovozingni chiqarmasdan o'rningdan tur!
– Janob siz noto'g'ri tushundingiz, men bu yerda farroshman.

Ortimga o'girilmasdan o'zimni oqlashga kirishdim. Qattiq qo'llar bir qo'limdan tutgancha boshimdagi qurolini tushirmay meni kelgan joyimdan olib ketayotgandi.

– Qayerga ketyapmiz?

Vanihoyat ortimga o'girilishga jazm qilib qaraganimda men kabi bosh kiyimni kiyib olgan, mendan bo'yi yetarlicha baland bo'lgan yigitni ko'rib o'zimni ortga oldim. Yuziga ham niqob taqib olgan yigit savolimni ochiq qoldirib, meni yetaklab ketdi. Meni yaxtadan tushirib, qayergadir olib ketarkan uni nima qilishiga qiziqdim. Bir mashina oldiga olib kelgach qayta tilga kirdim.

– Jin ursin* kimsan va nima qilyapsan?

Bosh kiyimimni yechib olgan yigit mashinaga teskari ravishda tirab, qo'llarimni ortga qilganida kishan taqayotganini sezdim. La'nati kim bo'ldi, bu yaramas?

– Tanish qizaloq, mayor Kim Taehyung va sen hozir hibsga olinding!
– N..nima? Hey meni qo'yib yuboring, meni aybim nima?

Kim Taehyung ismini eshitishim bilan bu yigit meni harakatimdan oldin oyog'im tagidan chiqqaniga sevindim, ammo xafa ham bo'ldim. Chunki meni hozirgi rejamni beliga tepdi yaramas!

– Aybing nima ekanligini mahkamada gaplashamiz. Hozir esa ovozingni o'chirib, mashinaga o'tir!
– Hey men oddiy farroshman dedim. Qolaversa hech bir jinoyatsiz meni hibsga olishga haqqingiz yo'q!
– Har bir aytayotgan gaping o'zingga qarshi ishlatilishi mumkin. Endi esa mana bu chiyildoq ovozingni o'chir!!
– Meni qo'yib yuboring!

Pov avtor: Taehyung Misunni majburan mashinaga joylab, o'zi atrofga nazar tashlagancha yashirincha kelgan, hatto raqami ham yo'q mashinasini kech bo'lishiga qaramasdan mahkamaga haydab ketdi.

*

Taehyung: So Don U ga kim bo'lasan?
Misun: Jin ursin* yana qancha takrorlashim kerak? Men u odamni tanimayman va portdagi menga yuklatilgan yaxtalarni tozalayman xolos.
Taehyung: Demak farroshsan. Yaxshi, unda bu telefon kimniki?

Pov avtor: Taehyung stol ustiga paketchaga solingan qimmat rusumli telefonni qo'ydi.

Taehyung: Qiziq qachondan beri farroshlar bunaqa qimmat telefon ishlatyapti? Bu bir! Ikkinchidan, tirnoqlariga alohida ishlov berilgan farroshni ham ilk marotaba ko'rishim! Shunday ekan, endi yolg'on gapirishni to'xtatarsan balki?!
Misun: La'nati!
Taehyung: Tilga kiryapsan shekilli?
Misun: Qancha? Qancha xohlaysiz?
Taehyung: Tushunmadim?!
Misun: Bu yerdan chiqishim uchun qancha xohlaysiz?
Taehyung: O'zingga kelganingdan xursandman va bu gaping uchun bu yerdan chiqmayman deb hisoblayver qizaloq!
Misun: Misun, An Misun!
Taehyung: Tanishganimdan xursandman, Xo'sh endi ochiqchasiga gaplashamizmi? U yerda nima qilayotgan eding?
Taehyung: Izohlamaganingcha bu yerdan chiqa olmaysan!
Taehyung: Ajoyib, lekin ishon advokat ham seni meni qo'limdan qutqara olmaydi. Chunki shaxsan men tomonimdan hibsga olingansan.
Misun: Seni yo'q qilish qiyin deb o'ylaysanmi?
Taehyung: Ana endi asl basharangni ko'rsatyapsan. Bu menga yoqyapti oqsuyak xonim! Istaganing bo'lsin, foydasiz bo'lsa ham advokatingni chaqirishing uchun ruxsat beraman.

Pov avtor: Yigit bepisandlik bilan o'rnidan turib eshikka yaqinlashgach Misundan eshitishni istagan jumlalar yangraganini eshitib ortiga qayrildi.
Misun: Senga yordam berishim mumkin!
Taehyung: Xo'sh?!
Misun: Faqat bir shart bilan! Meni qo'lim ham ancha joygacha yetadi. Sen meni shartimga ko'nsang, men ham senga yordam beraman.
Taehyung: Menga shart qo'yadigan vaziyatdaman deb o'ylaysanmi?
Misun: Xohishing! Shuni bilginki, oddiy yoki ahmoqona takliflar bermayman. Rozimisan?

4-qism tugadi.