Qalbimda gullagan chechak 🥀
Men hali hamon qo'limdagi narsalarga ongsiz ravishda tikilib turibman. Unga nima deyishni bilmayman, bilmayapman. Tilim harakatsiz muzladi go'yo... Men undan ajrim uchun so'ramoqchi bo'lgan iltimosim...
Boyagi ishtiyoqsiz berilgan savoldan keyingina uning yuzlariga qaradim. Biroz avval kulib turgan qiyofa bu safar tushkunlik holatida edi. Men... bolamdan voz kecha olmayman. Lekin Hannaga bergan umidimchi?
Jimin: Y..yo'q, ya'ni xursandman. Hattoki buni miyamda tahlil ham qila olmayapman. Bu.. bu juda ham kutilmagan bo'ldi.
Aran: Lekin ko'rinishingizdan buni xohlamagandeksiz.
Jimin: Qanaqasiga o'z bolamni xohlamasligim mumkin
Pov avtor: Jimin og'irlashib qolgan oyoqlarini yerga arang bosgancha qizning qarshisiga borib uning mayin va yumaloq yuzini kaftlari ichiga oldi.
Jimin: Bu rost, shunaqami? Rostan ham homiladorsan.
Aran: Test natijalari shunaqa chiqdi. Demak shunaqa...
Mayin yuzga bosilgan qo'llar xuddi hozir bolasini his qila oladigandek Aranning qorni tomon yo'rg'aladi. Jimin ongsiz ravishda kaftiga va qizning tekis turgan qorniga tikilib qoldi. Ular ikkisining nigohlari Aran Jiminning ustiga kaftini bosgandagina tutashdi.
Aran: Jimin uni xohlamayman demaysiz shunaqami?
Jimin: .... Aslo, biz buni juda ham xohladik axir. Faqat bir iltimosim bor! Menga qizaloq dunyoga keltirib ber...
Pov Jimin: Kaftimni uning qorniga bosganimda, yuragimning qaysidur burchagidami, ongimdami ota bo'lish hissi paydo bo'ldi. Nahot, rostan ham uni vujudida meni farzandim bo'lsa... Men yana seni aldashda davom etamanmi? Yo Tangrim, hozirgi holatlarim unga shuncha payt azob berib yashaganimni jazosimi? Nega bunday qiyin tanlov ichida qoldim? Bolamdan voz kecha olmayman, lekin Hannaga nima deyman? Uning nazdida undan foydalangan inson bo'lib qolmaymanmi?
Quchog'imda yotgan, menga bu dunyodagi eng go'zal ne'matni hadya qilayotgan ayolni tanlaymi yoki men sevib, unga umid bergan insonimnimi? Qaysi yo'lni tanlamayin ikkisida ham jonim og'riydigan holat va men azoblaydigan insonlar bor.
Aran: Jimin
Jimin: Mmm?
Aran: Ertaga vaqtingiz qanaqa?
Jimin: Aniq bilmayman, menimcha muhim bo'lgan hech qanday ishim yo'q.
Aran: Unda ertaga shifokorga borsak nima deysiz? U hoynahoy juda kichik bo'lsa kerak, lekin shunday bo'lsa ham uni ko'rgim kelyapti.
Aran: Jimin, ota-onangizdan suyunchi olmaymizmi?
Jimin: Qo'ysangchi, ularga qanday qilib bu haqida aytaman?
Aran: Qanday bo'lardi? Oddiy aytasiz, bo'laqoling.
Jimin: Aran, buni ularga aytishdan hijolat tortaman.
Aran: Bolangizdan uyalyapsizmi? Baribir ular bu haqida kun kelib bilishadi-ku!
Jimin: Anee, sen noto'g'ri tushunding. Shunchaki...
Aran: Jimin, ular ham yosh bo'lishgan axir!
Jimin: Okey, faqat telefonda emas, ko'rishganimizda. Ertaga shifokordan qaytgach, uyga kirib o'tamiz.
Pov avtor: Jimin lablari jilmaygancha gapirganida Aran ham shodlikdan yoqimli kulguni yuziga chiqardi.
Misun: Jin ursin* meni yana qancha bu yerda ushlab turishmoqchi? Hey, ofitser janoblari ikki daqiqaga qarab yubora olasizmi?
Ofitser: Nimadir kerakmi?
Misun: Mana bu tepangizdagi soatga qaraganda vaqt allaqachon yarim tunga yaqinlashyapti. Meni sababsiz qamab qo'yishdi. Nega shu paytgacha hech bo'lmasa so'roq qilishmadi?
Ofitser: Mayor Kimni buyrug'i bor. Sizni shaxsan o'zlari so'roq qiladi.
Misun: O'rgildim o'sha mayoringizdan!
Pov avtor: Misun panjaraga sekin urib qo'ygach, ensa qotirgancha o'tiraverib charchab ketgan kursisiga o'zini qayta tashladi. Zax devorga sariq sochlarini bosib, biroz bo'lsa-da ko'zlariga tin berish uchun ularni yumdi. Ammo soniya o'tmay, panjaraga bita bilan urilgan ovozdan qarshisidagi eshikka qaradi.
Ofitser: Uyg'on, oyim qiz!
Misun: Bu zax bosgan joylarda berilib uxlash niyatim ham yo'q edi! Qayerga olib ketyapsiz?
Ofitser: Tergov qilish uchun navbating keldi, sevin!
Misun: Qaranglar-a, mayoringiz biz faqirlarga ham vaqt topdimi?
Pov avtor: Xizmat xodimi Misunni bilaklariga kishanni taqib olib ketarkan, baland poshnada deyarli yarim tun bo'lishiga qaramasdan gavjum bo'lib turgan mahkamada o'ziga yarasha baland ovoz chiqarardi va albatta, ko'pchilikni e'tiboriga tushishga ulgurgan edi. Ofitser tergov xonasiga emas, Taehyungni o'zini xonasiga olib borar ekan Misun bir necha soniya eshik yozuviga biroz hayrat bilan tikildi.
Pov Misun: Kim Taehyung bilan yana tergov xonasida ajoyib kelishuvlarni gaplashaman deb o'ylagandim. Lekin u yerga emas, nega o'zining xonasiga olib keltirdi? Nima qilmoqchisan mayor? Sen bilan o'ynashish borgan sari yoqib ketyapti.
Ichkariga kirganimda ismi yozilgan statuetkani qo'lida ushlab, teskari turgan yigitning qomatiga guvoh bo'ldim. Toki o'zi qayrilib qaramaguncha men ham nimadir deyishni lozim topmadim
Misun: Meni hali bu yerda ko'p ushlab turasizlar deb o'ylagandim.
Taehyung: Shunchaki so'roq qilish uchun qulay vaqtni poyladim.
Misun: Qachondan beri tergov xonalari almashib qoldi?
Taehyung: Sen uchun yaxshi sharoit yaratib berayotganim muhim emasmi?
Misun: Shu yaxshi sharoitmi?
Pov avtor: Misun kishanlangan qo'lini yuqoriga ko'rsatib, kesatiqli jilmaydi.
Misun: Balkim ularni yecharsan?!
Pov avtor: Taehyung cho'ntagiga tiqilgan qo'lini chiqarib, Misunni yoniga keldi-yu, kishanlarni yechish o'rniga kishanni o'rta qismidan qattiq ushlab o'ziga tortdi va qizni quchog'iga mahkamladi.
Taehyung: Balkim yechish niyatim yo'qdir?
Misun: Qiziq nega?
Taehyung: Menga xalaqit beradigan qo'llaring harakati cheklanadi. Xo'sh, u yerda nima qilayotganding?
Misun: Rais shuni xohladi.
Taehyung: U senga nimalar dedi?
Misun: Rostan ham so'roq qilmoqchimisan?
Taehyung: Bunga o'xshamayaptimi?
Misun: Odatda tergovlar qo'pol holatda bo'ladi deb eshitgandim.
Taehyung: Xohlasang qo'pollashtirishim mumkin.
Taehyung quchog'ida turgan qizga savol berish barobarida qo'lini uni ochiq oyoqlarigacha tushirganida yuzidagi o'ynoqi kayfiyat yo'qolib, qoshlarini chimirgancha pastga qaradi va uning sonini qattiqroq siqdi. Misun gap nimada ekanligini tushungach, labini qimtigancha yon tomonga qaradi va shu zahoti Taehyung uni ko'ylagini sonini yuqori qismigacha ko'tarib maxsus tasma bilan mahkamlangan pichoqni sekinlik bilan oyoqlaridan oldi.
Taehyung quchog'ida turgan qizga savol berish barobarida qo'lini uni ochiq oyoqlarigacha tushirganida yuzidagi o'ynoqi kayfiyat yo'qolib, qoshlarini chimirgancha pastga qaradi va uning sonini qattiqroq siqdi. Misun gap nimada ekanligini tushungach, labini qimtigancha yon tomonga qaradi va shu zahoti Taehyung uni ko'ylagini sonini yuqori qismigacha ko'tarib maxsus tasma bilan mahkamlangan pichoqni sekinlik bilan oyoqlaridan oldi.
Taehyung: Qanday qilib seni tekshiruvdan o'tqazmasdan ichkariga tiqishdi?
Misun: Ba'zan shunchaki qarashlar va ba'zi bir imo-ishoralar foyda beradi.
Taehyung: Xo'sh ularga qanday harakatlar qilding?
Misun: Ushbu savol uchun advokat yollashni talab qilaman.
Taehyung: Agar advokat yordam bera olmasa-chi?
Misun: Muhimi urinib ko'raman.
Taehyung: Qanchalik shayton ekanligingni bilganingda edi.
Misun: Sen meni hali ko'p tomonlarimni ko'rmagansan!
Taehyung: Bir zarba bilan oyog'ingdan chalishim mumkin. Dadang bu ishlarga aralashib yurganingdan xabari yo'q ekanligini bilaman. Yolg'iz qizini bu holatda ko'rsa, ayshhhh....
Taehyung yuz burishtirgancha kinoya qilganida Misun ham uni undan kam narsa bilmasligini isbotlash uchun mamnun iljaydi.
Misun: Shunaqa paytlarda razvetkada maxfiy agent ekanliging foyda beradi menimcha, mmm?
Taehyung: Jin ursin* sen rostan ham makkorasan!
Misun: Istasang makkorligim darajasini senga yaxshiroq ko'rsataman.
Qizning gaplarini buzuq tushungan yigit lablarini tishlab, qo'lidagi pichoqni uloqtirib yubordi va qizni belidan siqib keng stoligacha itarib bordi. Misunni teskari holatda tirab o'zi esa ortidan joy oldi.
Taehyung: Sen bilan gaplashgan paytim seni qiynashni shu qadar xohlaymanki...
Misun: Nega yoki menga nisbatan qandaydir hislaring bormi?
Taehyung: Aniya, sen bilan o'ynashish menga yoqadi, shuning uchun sendan foydalanmoqchiman!
Misun: Meni xafa qilyapsan!
Taehyung: Buni o'zing ham xohlab turibsan yoki yolg'onmi?
Misun: Ochig'ini aytsam, seni botaniklardan deb o'ylagandim.
Taehyung: Va, endi bunday emasligini bilding. Balkim vaqtimizni zavqlanishga sarflarmiz?!
Taehyung atayin qizni tanasi bilan ayovsiz va behayolarcha o'ynasharkan, Misun tanasida bo'layotgan o'zgarishlardan labiga tishini botirgancha unga gap qotdi.
Misun: Mmm, bu kabi zavqni ayni mana shu xonada his qilganlar qancha?
Taehyung: Sen birinchisisan! Negaki, shu paytgacha men uchratganlarni hech birida seniki kabi jasorat yo'q edi. Sen hech kimga o'xshamaysan.
Misun: Nima, rostan ham shu yerda men bilan yaqinlik qilmoqchimisan?
Taehyung: Qarshimisan?
Misun: Bu holatda biroz noqulay emasmi?
Taehyung: Senga tik oyoqdagi kuchli ehtirosni bermoqchiman!
Taehyungni urg'u bilan aytilgan keyingi so'zlari qulog'im yonida jarang sochgach, lablarini himoyasiz bo'ynimda sezdim. Aysh, bu harakatlarga chidash qiyin! Stolni qirrasini barmoqlarim bilan tirnab, undan qochish uchun oldinga intilsam, u shuncha orqa tomonimdan bostirib kelayotgandi. Nazarimda hech qachon erkak kishini bu qadar xohlamagan bo'lsam kerak.
Misun: Agar bu menda birinchisi bo'lsa-chi? Tik oyoqda qiynalib qolishim mumkin.
Taehyung: Rostanmi?!
Misun: Aysh, shu qadar aqlli qizaloqqa o'xshaymanmi?
Taehyung: Bir soniyaga bunga ishongandim!
Misun: Hafsalangni pir qilganim uchun kechir...
So'nggi gapimdan so'ng uni qanday qo'pol harakat qilganini sezib, axiyri qisib turgan ingroqlarimni yuzaga chiqardim va shu zahoti undan ilk tashabbuslarni oldim. Men bilan bog'liq yana bir qancha harakatlardan keyin o'ylaganimdan kuchliroq nola bilan mendan bir necha santimetr uzoqdagi uning o'sha ismi tushirilgan statuetkani kishanlangan qo'llarim bilan qattiq siqdim. Eng aql bovar qilmaydigan tomoni men u bilan tanishganimga hali 1 oy ham bo'lmadi!
Pov Jimin: Tun bo'yi qanday tanlov qilish haqida o'ylab chiqdim. Jin ursin* buni o'ylayverish ham meni charchatdi. Shifoxona o'rindiqlarida Aran bilan navbatimiz kelishini kutyapmiz. Deyarli uxlamaganim uchun boshim yorilgudek og'riq berar, qo'llarim esa ikki chekkamni siqish bilan ovora...
Aran: Jimin, yaxshimisiz?
Jimin: Boshim biroz og'riyapti.
Aran: Tushlik qildingizmi?
Jimin: Bunga vaqtim bo'lmadi.
Aran: Jiminaahhhh~ ertalab ham uydan nonushta qilmay chiqdingiz, tushlik ham qilmabsiz. Albatta og'riydi-da! Yuring navbatimiz kelgunigacha nimadir yeb kelamiz.
Jimin: Aran o'zi hozir biz kiramiz, ulgurmaymiz. Keyin nimadir yermiz.
Aran: Jimin yuring, tursangizchi! Ulguramiz.
Pov avtor: Aran Jiminni bilagidan tortib turg'azishga urunayotganini ko'rgan hamshiralar chetdan ularni munosabatiga kulib qo'yisharkan Jimin ham buni sezib biroz hijolat tortdi.
Jimin: Aran hamma bizga qarayapti.
Aran: Kim qarayapti? Nega qaraydi?
Pov avtor: Alanglab atrofga qarayotgan qizni harakatlari hamshiraning chorlovi bilan cheklandi.
Hamshira: Park Aran, sizning navbatingiz.
Jimin: Ulguramiz deganmiding?
Pov avtor: Jimin kesatiqli qosh qoqib ichkariga kirish uchun imladi.
Shifokor: Hayrli kun, xush kelibsiz.
Jimin: Sizga ham
Shifokor: Nima bilan murojaat qilmoqchisizlar?
Aran: Kecha homiladorlik bo'yicha test qilib ko'rgandim. Natija ijobiy chiqdi, shuning uchun tekshiruvga keldik.
Shifokor: Tushunarli, mana bu yerga chiqib yoting va kiyimlaringizni ko'taring.
Pov Jimin: Shifokorni har bir harakatiga qiziqish bilan qarayapman. U hozir meni bolamni ko'rsatadimi? Aranku mayli, men hayajon va tushunib bo'lmas asabdan oyoqlarimni tinmay qimirlatardim va albatta bu uchun shifokordan yaxshigina kesatiqni qabul qildim.
Shifokor: Janob Park odatda ayollar bunday paytda hayajonda bo'lishardi. Homilador sizmi yoki xotiningiz?
Qo'liga qo'lqopni kiyayotgan ayolga uyat bilan tabassum qilib qo'ydim. Aranni qorniga qandaydir gelni surtganida undagi seskanishni guvohi bo'ldim. Uni barmoqlari titrashidan ham hozir qanday ahvolda ekanligini sezish qiyin emas. Shifokor va men apparatga e'tibor berganimizda U qandaydir kichik bo'shliqchani ko'rsatib bu meni farzandim ekanligini ta'kidladi.
Shifokor: Xo'sh, ko'ryapsizmi Janob Park? Mana bu mitticha sizlarning farzandingiz. Homila taxminan 3 haftalik.
Pov avtor: Jimin o'rnidan turib apparatni ekraniga yaqinroq qaradi.
Jiminning hayrat bilan so'raganini ko'rgan ayollar kulib yubordi.
Jimin: Ya'ni... shuncha kichkinami demoqchi edim.
Shifokor: Sekin-asta rivojlanadi va katta bo'ladi. Quchog'ingizga olish uchun hali sabr qilishingiz kerak.
Pov Jimin: Shifokordan uyalib ekranga qayta-qayta qararkanman, rostan ham u bunchalik kichkina ekanligiga hayron qolayotgandim. Nahot shu mittichani dadasi bo'lsam?
Shifokor: Halicha yo'q, 6-haftalikda yuragi urishni boshlaydi. Jinsini esa 4 oyligida aniqlaymiz. Hozircha rivojlanishi yaxshi. Qayd qilish, holsizlanish kabi alomatlar kuzatilmayaptimi?
Aran: Bir necha marotaba bo'ldi.
Shifokor: 3 oylikkacha shu kabi holatlar takrorlanishi mumkin yoki bo'lmasligi ham mumkin. Taksikoz hammada har xil kechadi. Dadasi bundan buyog'iga ularga yaxshi qaraysiz endi. Yana hali homila to'liq joylashib ulgurmagan. Joylashgunigacha umuman aloqa qilmang. Taxminan 2 haftacha vaqt ketadi bunga.
Jimin: Tushunarli
Shifokor: Yaxshi, har xil bo'lishi mumkin bo'lgan nojo'ya harakatlarni oldini olish uchun vitaminlar, tabletkalar yozib beraman. Bolani sog'lom tug'ilishini istasangiz, o'z vaqtida qabul qilishingiz shart. Aran xonim bilsangiz kerak, 3 oylikkacha homilada xavfli davr hisoblanadi. O'zingizni ehtiyot qilishingiz shart.
Aran: Tushundim
Shifokor: Yana 10 kundan keyin qayta teshiruvga kelinglar.
Pov Aran: Shifokor xonim yana bir qancha maslahatlar bergach, Jimin bilan birga bu yerni tark etdik. Uni kechagi holatini eslasam qo'rqayotgandim, endi bo'lsa hammasi joyida edi. Uni yuzida quvonch bor edi.
Mashinaga o'rnashganimizda ham hech nima demasdan faqatgina kulayotgandi. Uni ilk bor bu holatda ko'rishim... Kamarni taqayotganimda unga qo'ng'iroq bo'ldi ammo javob bermadi. Telefon ekraniga qarab qolgan erimni e'tiborini yana o'zimga qaratib uni chaqirdim.
Jimin: Ha
Aran: Uyingizga boramizmi?
Jimin: Albatta.
Pov avtor: Qo'liga kishan taqilgan yana bir erkak asabini jilovlashga urinib bo'ynini g'alati harakatlar bilan tinmay qimirlatardi. Oyna ortidan uni kuzatib turganlar esa unga telba insonga qaragandek qarashardi.
Bonsuk: Uni rostan ham ozod qilamizmi?
Taehyung: Ma'lum vaqt mehmonimiz bo'ladi. Keyin ha.
Bonsuk: Agar uni qo'yvorsak bundan bizga nima foyda?
Taehyung: Ularni ishonchiga kirish uchun shunday qilishim shart. Raisni Don U ni ozod qilish taklifi bilan ko'ndirganman.
Taehyung: Uni nazoratdan qochira olmaymiz. Bu qiz juda ko'p narsani biladi. Aksincha bo'lganda birgina taklifi bilan Raisni meni ularga qo'shilishimga ko'ndira olmasdi. U orqali juda ko'p narsani bilib olaman hali.
Bonsuk: Don U ni hibsga olganingizdan ko'pchilikni xabari bor. O'zingizni himoyalashingiz kerak.
Taehyung: Bundan havotir olma.
Pov avtor: Qat'iyat bilan aytilgan so'nggi gapdan keyin Taehyung tergov xonasiga yo'l oldi va Don U ning yoqimsiz iljayishi bilan yuzlashdi.
Don U: O'z o'limini tilab olgan bolakay!
Taehyung: Qayerdan bilasan? Balki o'lim guvohnomamga sen imzo qo'ygandirsan, shundaymi?
Don U: Bingo, juda to'g'ri topding.
Taehyung: Afsuski, meni mehmonim bo'lishga majbursan yigitcha!
Pov avtor: Oxirgi urg'u bilan aytilgan so'zdan Don U uni yoqasiga yopishish uchun otilganida Taehyung tezlikda kameraga to'xtash ishorasini qilib, sovuq qarashlarini uni ko'zlariga qadadi.
Taehyung: O'zingni bos!
Don U: Seni shunday o'ldiramanki, buni qilmasligimni oyoqlarim tagida yolvorib so'raysan!
Taehyung: Senga tinchlanib ol dedim. Raisni hammasidan xabari bor!
Pov avtor: Rais so'zini eshitgan Don U biroz tinchlanib o'zini stulga qayta tashladi va yerga tupirib yoqimsiz qarashlarini yana Taehyungga qaratdi.
Taehyung: Seni ozod qilish uchun hamma narsani qilaman, faqat mollar musodara qilinadi. Men sizlarni to'dangizga qo'shilganimdan yuqoridagilarni xabari bor. Ularni ishonchini oqlash uchun shunday qilishim kerak edi.
Don U: Qoyil, ham u tomonni ham bu tomonni ishonchiga kirmoqchisan. Naqadar isqirt kalamushsan!!!
Taehyung: Tilingga erk bermaslikni maslahat berardim, har holda meni hududimdasan.
Don U: Nima qila olasan?
Taehyung: Ko'rishni istaysanmi? Jonim bilan bunday qilaman.
Pov avtor: Taehyung qanday viqor bilan bu yerga kirgan bo'lsa, shunday viqor bilan bu yerdan chiqib ketdi.
Pov Aran: Jiminni ota-onasiga ham bu yangilikni yetqazganimizda ular ham juda xursand bo'lishdi. Chunki bizdan ham ko'proq ular bizni farzandli bo'lishimizni xohlashgandi. Uyga kirishdan avval erimga erkalik qilishni istab, bir qancha narsalar oldirdim.
Jimin narsalarni oshxonaga qo'yishini aytib u yerga ketdi. Men esa kiyimlarni almashtirish uchun xonamizga. Koftamni yechib yotoq ustiga tashlashim bilan ochiq belimda muzdek qo'llarni sezdim.
Jimin: Koftangni oxirgi tugmasini yechganingdan beri shu yerdaman.
Ortimdan quchib turgan erimga oynadagi aksimizdan qararkanman, u yubkamni zamogini tushirib, qornimni o'ziga qulay tarzda ochdi.
Meni yotoq ustiga o'tqizgan erim o'zi tizzasi bilan yerni qarshilab yuzini tekis turgan qornimga olib keldi. Avvaliga burnini ishqab jilmayayotgan yigit keyin nigohlarimni qornimga qadab gapira ketdi.
Jimin: Hey millimetrcha, ahvoling qalay? Oyingni qorni torlik qilmayaptimi? Menga qara, hali to'liq rivojlanib ulgurmading. Rivojlanayotganda oyingga umuman o'xshama!
Aran: Nega ekan?
Jimin: Jim tur, biz qizim bilan gaplashyapmiz, shundaymi millimetrcha? Nima deyayotgandim, oyingga umuman o'xshama. Seni ko'rishgandayoq menga o'xshashingni ko'rsin hamma!
Aran: Oyisiga o'xshab qolsa-chi?
Jimin: Anee, bunda meni xizmatim katta! Demak menga o'xshaydi.
Aran: Nima qilibdi, endi 9 oy davomida eng katta xizmatni men bajaraman.
Jimin: Baribir menga o'xshaydi!!
Aran: Jimin
Jimin: mmm?
Jimin: Nimani?
Aran: Men bir loyiha ustida ishlayapman.
Jimin: Qanday loyiha?
Birdan uni tundlashgan yuzini ko'rib, qattiq yutundim-u gaplarimni dadillik bilan davom ettirdim.
Aran: Bir bino arxitekturasi ustida ishlayapman.
Jimin: Tushunmadim, qachondan beri?
Aran: Ko'p bo'lmadi. Jimin uyda hech vaqo qilmasdan o'tiraverib charchadim, keyin ...
Aran: Sizni xabaringiz bo'lishini istadim.
Jimin: Qaror qabul qilib bo'lganingdan keyin bundan xabardor qilishingni nima keragi bor?
Aran: Jimin
Jimin: Kelishuvni bekor qil! Hech qanday loyiha ustida ishlashingni istamayman, ayniqsa mana bu holatingda!
Aran: Jimin iltimos, atigi birgina loyiha!
Jimin: Qaysi ahmoq bilan bunday kelishuv tuzding?
Aran: Hanna ismli qiz qo'ng'iroq qildi va taklif berdi. Men ham...
Jimin: Nima? Kim deding?
Atayin uni ismini aytib Jiminni qanday holatga tushishini kuzatdim. Tabiiyki, bundan hayron qoldi.
Jimin: Hoziroq! Senga qanday qo'ng'iroq qilgan bo'lsa shunday unga qo'ng'iroq qilib boshqa ishlamasligingni aytasan!
Aran: Bunday qilmayman.
Jimin: Aran!!!
Aran: Qilmayman.
Jimin: Yaxshi unda telefoningni ber. O'zim qilaman.
Aran: Tushunmayapman, nega bunchalik g'azablanyapsiz? Buni nimasi yomon?
Jimin: Senga men buni xohlamayman deb aytyapman. Buni nimasi tushunarsiz? Aran gapni ko'paytirma, telefoningni ber!
Yotoq ustiga tashlangan sumkamni tortib olib, undan telefonimni izlayotgan erimning holatini ko'rib hayratda qolyapman. Buni hammasi o'sha qiz sabablimi?
Aran: Jimin nima qilyapsiz? Telefonni menga bering.
Jimin: Uni nima deb saqlagansan?
Aran: Unga qo'ng'iroq qilolmaysiz!
Jimin: Aran qo'lingni tort!
Pov avtor: Jimin kontaktlar orasidan Hannani topib, unga qo'ng'iroq qilarkan, telefonini olishga intilib Jiminning qo'liga yopishgan Aran Jiminning qo'lini beparvolarcha, kuchli siltashi sabab yotoqning burchagiga borib urildi.
Hanna: Eshitaman Aran
Jimin: Aran đź—Ł
Pov avtor: Jimin telefonni uloqtirgandan so'ng to'g'ri Aranning yoniga shoshildi.