Shirin zahar
Bir haftadan keyin — to‘y kuni.
Hamma erta tongdan uyg‘ongan, uyning ichi odamga to‘la. Annesaning dugonalari, qarindoshlari, qo‘shnilar — hamma harakatda. Kimdir gul terib kelyapti, kimdir dasturxonga taomlar qo‘shmoqda. Hamma hayajonda. Bugun Annesaning to‘yi.
Annesa xonasida, oppoq ko‘ylakda oynaga qarab o‘tirardi. Yuragi tez ura boshlagan. O‘ziga qarab bir oz jilmaydi, bir oz cho‘chidi. "Haqiqatan ham to‘yimmi?" deb o‘yladi. Libosi unga juda yarashgan, sochi orqaga chiroyli qilib turmaklangan. Yuzida ozgina bo‘lsa-da, shubha aralash hayajon bor edi.
Ayaz esa allaqachon to‘yxonada edi. U qora kostyumda, odatdagidan ham jiddiy, lekin yuzida iliq tabassum bilan mehmonlarni kutib olayotgandi. Unga qaragan har bir kishi “Mana, haqiqiy kuyov” derdi.
To‘y marosimi sodda, ammo chiroyli o‘tdi. Annesa sekin yurib sahnaga chiqdi. Unga qarshi tomondan Ayaz yurib keldi. Ikkalasi qarama-qarshi turib, bir-birlariga kulib qarashdi.
— Ayaz, siz Annesani nikohingizga olishga rozimisiz? — dedi kazo-muncha odam.
— Roziman, — dedi Ayaz, ko‘zini uzmasdan.
— Annesa, siz Ayazga turmushga chiqishga rozimisiz?
Annesa sekin bosh irg‘adi, yuragi tez urib ketdi:
Shundan keyin qarsaklar, tabriklar, duolar boshlandi. Shohida opa, ya’ni Annesaning onasi, ko‘zida yosh bilan ularni quchoqladi. Ayazning ham onasi kelib, Annesani bag‘riga bosdi.
So‘ng dasturxon atrofida hamma yig‘ilib, tabriklab, ovqatlandilar. Raqs tushganlar ham bo‘ldi. To‘y katta bo‘lmasa-da, chin yurakdan o‘tdi. Annesa va Ayaz esa hamma narsa ichida bir-biriga tikilib, jim quvonch bilan kulib o‘tirardi.
To‘y o‘rtalariga kelib, zalda bir zum sokinlik cho‘kdi. Shu payt, yumshoq, yurakka yaqin ohangda vals musiqasi yangray boshladi. Hamma nigohi sahnaga qaradi.
Boshi biroz egilgan Annesaga qarab Ayaz qo‘lini uzatdi. Annesa esa ozgina tortinib turdi, lekin yuragida nimadir g‘o‘ldirab, unga qo‘l uzatdi. Ular sekin, odimma-odim, sahnaning markaziga chiqdilar.
Musiqa bemalol chalayotgan, zal jimjit. Faqat Annesaning yurak urishi va Ayazning qo‘lidagi iliqlik sezilar edi.
Ayaz sekin belidan ushlab, qo‘lidan tutdi. Annesa ko‘zlarini yerga tikdi, ammo birozdan so‘ng ko‘zlari Ayazniki bilan uchrashdi.
Ular sekin aylana boshlashdi. Musiqa ohangida yuraklar birga ura boshladi.
Hamma ularga tikilgan. Ayollar “Voy, qanday yarashishyapti!” deb pichirlardi. Shohida opa esa uzoqdan, yumshoq tabassum bilan qarab turardi.
Vals ularni bir necha daqiqaga boshqa dunyoga olib ketganday bo‘ldi. Go‘yo hamma yoq jim, faqat ular bor edi — Annesa va Ayaz.
Musiqa asta sekinlik bilan tugagach, zal qarsaklardan to‘lib ketdi. Ayaz kulib, Annesaning peshonasidan bir o‘pdi.
— Sen menikisan, endi har doim, — deb pichirladi.
Annesa esa hech narsa demadi, faqat labida sokin tabassum bilan unga suyanib turdi.
To‘y asta-sekin o‘z yakuniga yetdi. Oxirgi mehmonlar ham tabassum bilan quchoqlab, duolar bilan kuzatildi. Ayaz bilan Annesa esa mashinaga o‘tirib, sokin kechqurun shovqinidan uzoqlashdilar.
Yo‘l jimjit, osmon yulduzlarga to‘la, faqat mashina faralari yo‘lni yoritardi. Annesa orqa o‘rindiqda sukunatda o‘tirardi, yuragi biroz hayajonda. Ayaz rulda, vaqti-vaqti bilan orqa oynadan unga qarab jilmayardi.
Ular shahardan sal chekkaroqda joylashgan, sokin, keng, chiroyli uy oldiga yetib kelishdi. Ayaz mashinani to‘xtatdi. So‘ng Annesaning yoniga kelib, eshikni ochdi va unga qo‘l uzatdi.
— Yuring, kelinoyim, — dedi yumshoq ohangda.
Annesa kulimsirab, qo‘lidan tutdi va u bilan birga uyga kirdi.
Uy ichida yorug‘lik iliq, xush hid taralib turardi. Ayaz unga qarab sekin dedi:
— Endi bu yer — sizning ham uyingiz, Annesa.
Annesa biroz turib qoldi, atrofga ko‘z yugurtirdi. Har bir burchakda sokinlik, yangi hayot nafasi bor edi. Yuragiga bir iliqlik yugurdi.
Ayaz esa uning chamadonini olib yuqori qavatga — yotoqxona tomon yo‘l oldi. Annesa ham ortidan yurdi. Ular yotoqxonaga kirishdi. Hamma narsa saranjom-sarishta, bejirim pardalar, oq choyshablar, xona to‘liq gul hidiga to‘la edi.
Ayaz chamadonni bir chetga qo‘yib, unga qaradi:
— Bugun... faqat o‘zimizmiz. Hech qanday shoshilish, hech qanday gap yo‘q. Faqat sen va men. — dedi, ko‘zlariga tikilgancha.
Annesa beixtiyor jilmaydi. Yuragida iliq bir his uyg‘ondi. U boshi bilan sekin tasdiqladi.
Shu tarzda, ular yangi hayotga ilk qadamini qo‘ydilar. Tashqarida tun sokin, uy ichida esa muhabbat nafasi taralayotgandi. Ikki tanani birlashishi va muhabbat yola qalblar birlashishi