Shirin zahar
Annesa jahl aralash, ko‘zlarini chaqnatar ekan. U Ayazni itarib, eshik tomon yurmoqchi bo‘ldi.
Ammo Ayaz uni belidan mahkam ushlab, o‘ziga tortdi. Qiz birdan uning ko‘ksiga borib urildi. Nafasi ichiga tushib ketdi.
— Yo‘q… o‘ngingda. Va adashmasam, hozir hamma uyquda.
— hozir nima demoqchiligim haqida aytmayman amalda korsataman
— Siz… men haqimda shunchalik o‘ylayapsizmi?
— Meni majburlay olmaysiz! Ana, Asalingizni yoniga boring!
Ayazning ko‘zlari chaqnadi. Bir lahza bu rashkmikin deb oylab qoldi ammo Javob berishga ulgurmasdan, bir qadamda yaqinlashib, qizning og‘zini qo‘li bilan yopdi. Annesa tipirchilab qarshilik ko‘rsata boshladi, lekin Ayaz bir harakat bilan uni ko‘tarib oldi. Uning bo‘yi uzun, gavdasi baquvvat edi — Annesa qancha tepinsa ham, qochishga ojiz edi.
U ichkaridan ko‘tarib chiqayotgan paytda, kutganidek, uyning ichida sukunat edi. Hamma allaqachon o‘z xonalariga kirib, uyquga ketgan.
Annesaning baqir-chaqiri Ayazning kafti sabab faqat g‘ong‘illashga o‘xshash past tovushga aylangan edj
Ayaz hech narsa demadi. Qadamlarini tezlashtirib, mashina tomonga bordi. Mashinani ochib, Annesani ehtiyotkorlik bilan ichkariga o‘tqazdi va xavfsizlik kamari bilan mahkam bog‘lab qo‘ydi.
So‘ng o‘zi ham rulga o‘tirdi. Ko‘zlarini bir zum Annesaga qaratdi, ammo hech narsa demay, mashinani harakatga keltirdi.
Yo‘l jimjit edi. Faqat mashinaning g‘uvillagan ovozi eshitilardi. Ayaz mashinani shaharning chekkasida joylashgan, hech kim bilmaydigan o‘z shaxsiy uyi tomon haydayotgan edi.
— Sen o‘zingcha… nima qilmoqchi bo‘layapsan?
Ayaz unga bir qarab qoydi va hech nima demasdan mashinani haydayverdi. Bir ozdan song
— Nimani istayotganimni hali o‘zim ham tushunmayapman nazdimda
— Bu qilmishing uchun javob berasan! Meni majburlab haqqing yoq edj
Ayaz bir lahza jilmaygandek bo‘ldi, l
— Men senga yomonlik qilmoqchi emasman, Annesa…
Ammo Ayaz ortiqcha izoh bermay, mashinani orqaga burib, shaharning chetida joylashgan baland devorli bir uy tomon yo‘l oldi.
U yerga yetganlarida, tun qop-qorong‘i edi. Faqat uyning tashqarisidagi chiroq xira yoritib turardi.
Mashina to‘xtashi bilan Ayaz mashinadan tushdi, so‘ng Annesaning tomoniga o‘tib, eshikni ochdi.
Ayaz hech narsa demay Annesani ko‘tarib, ichkariga olib kirdi.
— Meni tushiring! Ahmoqsiz siz! Qo‘yvoring meniii!
Ammo Ayaz bunga parvo qilmay, ichkarilab boraverdi. Nihoyat, katta mehmonxonaning o‘rtasiga yetganda, u Annesani shunchaki ko‘tarilganicha yerga tashlab yubordi.
Annesaning ovozi xonani to‘ldirdi, u og‘riq bilan yerga gurs etib tushdi.
Qattiq urilganidan boshi biroz aylangandek bo‘ldi, ko‘z oldi qorong‘ilashdi. Kozlari sal yoshlandi Ammo… u hech qachon ko‘z yoshini ko‘rsatishni istamasdi. Tishlarini qattiq tishlab, og‘riqqa parvo qilmay asta o‘zini tikladi.
U sekin turdi, oyoqlariga tayanib eshik tomon yo‘naldi. Qadam tashlagani sari umidi uyg‘onayotgandi. Ammo eshik oldiga borganida, tutqichni tortib ko‘rdi — qulf.
Ayaz esa hech bir so‘z demay, yelkasini biroz pastga solib, yon honalardan biriga kirib ketayotgan edi. Na bir izoh, na bir so‘z. Go‘yoki hech narsa bo‘lmaganday.annesa asabiylashib uni ortidan baqirdi
— Sen... kim deb o‘ylayapsan o‘zingni? Men hech kim emasman senggaaaa?
Ammo ayaz tarafdan hech qanday ovoz eshitilmadi annesa asabiy osha honaga borib shaht bilan eshikni ochdi
Ayaz yumilgan ko‘zlari bilan jim yotardi. Uning yuzida hech qanday ifoda yo‘qday tuyulardi — go‘yoki u bu dunyodan uzilgan, umuman hech narsa eshitmayotganday.
— Kalitni ber! Kalitni berrr dedimmm!
Annesaning baqirig‘i honani titratdi.
Ayaz asabiy unga qarata yostiqni otdi
— ayshhh! Seni ablaheeee hozir senga korsatib qoyaman
Annesa yostiqni olib tezda kozlarini yumib yotgan ayazni yiziga bosdi
Ayaz qimirlan yostiq ostidan asta qo‘lini chiqarib, yostiqni chetga surdi.
Annesa sapchib turdi, lekin ko‘zlarida hali ham norozilik, g‘urur va alam aralash hislar porlab turardi.
— Senga nima kerak mendan? Asalim bormi? Boshqang bormi? Men bu yerda ortiqcha emasmanmi?
Ayaz asta o‘rnidan turdi, so‘zsiz qadam tashlab qizga yaqinlashdi.
Ayaz bir soniya jim qoldi. So‘ng yengil oh tortdi.
— Chunki… sen ketishni xohlamadim yonimda bolishingni hohladim
U Ayazga tik qarab g‘azab bilan gapirdi:
— Olib kelgan ekansan, bu yerda bittayam ish qilmayman!
Ayaz qimirlamadi, faqat yelkasini qisdi:
— Ishlamasam ham menga oylik berishga majbursan!
— Men har kuni do‘konga borib, bir dunyo narsa olib kelaman!
— Uyni rasvo qilib, chang-to‘zon qilaman!
Annesaning ko‘zlari chaqnab ketdi, ovozi titradi:
— Qo‘lingdan o‘lim bo‘lsa, jon deb kutaman…
— Yooooooqqqq! Men bu uyda qolmayman!
— Kasalxonada yotgan onangni o‘yla…
Bu so‘z xuddi chaqmoqdek urdi. Annesa ko‘zlarini katta ochdi. Yuragi gupillab ketdi. U bir zumda jimib qoldi. Nafasi qisildi, lablari titradi.
U asta yostiqni yana oldi, ichidagi alamni chiqarish uchun, go‘yoki bu og‘riqni yengillatadigandek Ayazni yostiq bilan yana bir urdi.
— Honamni ko‘rsat! — dedi u zorlik aralash, ko‘zlarida yosh to‘lib.
Ayaz indamadi. Faqat sekin quchoq ochdi.
Uning ko‘zlarida so‘zsiz bir nido bor edi: “Bu yerda qol. Beg'rim keng ” degandek
Annesa o‘sha quchoqqa bir zum tikilib turdi. Yuragi yana urdi — bu safar alamdan emas… nimadandir g‘alati. Yuzini burib, eshik tomon qaradi. Keyin nimadurni oylab qoldida tabassum qildiAnnesa sekin, asta yurib bordi-da, divanning chekkasiga sal egilib o'tirdi. Ayaz unga hayronlik va qiziqish bilan qaradiO‘sha lahzada Annesa sekin Ayazga yaqinlashayotgandek ko‘rindi. Uning harakati nozik, ayolona edi.
Ammo kutilmaganda Annesa butun kuchi bilan oyog‘i bilan Ayazni divandan tepib yubordi.
Ayaz "voh!" degancha muvozanatini yo‘qotib, pastga – gilam ustiga dumalab tushdi. Qisqagina jimlikdan so‘ng Annesa o‘rnidan turdi, sekin yerda yotgan Ayazga qaradi va burilib ketdi.
Ayaz yerda yotgancha unga qaradi. Bir necha soniya hech narsa demadi. So‘ng kulimsirab, yelkasini siladi.
— Bu ketishda men senga divanni emas, butun uyni bo‘shatib beraman shekilli…
Ammo Annesa ortiga ham qaramay eshikka yaqinlashdi. Bu qizning fe’lini tushunish… oson emasdi. Ammo Ayazni eng ko‘proq tortayotgan narsa ham aynan shu edi.
Ayaz asta o‘rnidan turdi, ust-boshini tuzatib, hali ham jilmaygancha Annesaning ortidan yurdi. U eshik oldida to‘xtagan Annesaning yoniga kelib, hech narsa demay, uni oldinga o‘tkazdi.
Ular uzun yo‘lak bo‘ylab yura boshlashdi. Ayaz qizni yuqori qavatdagi burchak xonalardan biriga olib bordi. Eshikni ochdi.
— Mana, bu sening xonang. O‘zingga kerakli hamma narsa bor. Agar biror narsa yetishmasa, aytasan.
Annesa eshikdan ichkariga bir ko‘z yugurtirdi — xona shinam, saranjom edi. U indamay ichkariga kirdi.
Ayaz esa eshik og‘zida bir zum to‘xtadi.
va eshikni sekin yopib, ketdi.
Annesa bir lahza boyagi holatni eslab qiqirlab kuldi va sal ozoga kelib charchagani uchun tezda yotoqga yotib kozlarini yumdi
Annesa asta ko‘zlarini ochdi, biroz mudrab yotdi, so‘ng sekin o‘rnidan turdi. Yuzini yuvib, kiyimini almashtirdi.
Zinalardan pastga tushayotganda, buruniga ishtaha ochuvchi, lazzatli taom hidi urildi. Oshxonadan kelayotgan ajoyib hiddan yuragi biroz hapriqdi
Annesa bir zum to‘xtadi. Nigohini zinadan pastga qaratdi.Ayaz esa oshxonada turardi. Uning oldida nonushta tayyor bo‘lib turgan, ko‘zlari Annesaga tikilgan edi.
— O‘tir. bu uydagi birinchi nonushtangni ozim qilay dedim.
Annesa nonushtaga o'tirib, uni tezda tugatdi.
— uyingizdagi narsalarimni olib kelib bering.
Ayaz indamay bosh irg‘ab, javob qaytardi:
Ayaz bir zumga uning gapini anglab yetolmay, unga boshqacha qaradi. Uning yuzidan shubha va qiziqish ko‘rinardi. Ammo Annesa o'zining odatiga ko‘ra, befarq qilib, davom etdi:
— Haya kompaniyasidagi birinchi ish kunim.
Ayaz hali ham ajablanib, Annesaga qarab turdi. Ammo so'ng, uning qoshlarini o'yib unga qaradi
— Uydan bir qadam ham kochaga chiqmaysan.
Ayaz indamay mashina kalitini olib, darrov eshik tomon yurdi. Annesa yana biror so‘z aytmoqchi bo‘ldi, ammo Ayaz unga orqasidan qarab, darvozani qulflab, ketib borayotgan edi. Annesa esa faqat uning ketayotganini kuzatib qoldi va ivhida oyladi men baribir bugun ishga boraman deb tezda honasiga kotarilib kiyinib oldi va eshikdan chiqdi kutganidek qulf