Annesaning yuzidagi rang ochib ketdi. U ko‘zlarini katta ochgancha Ayazga tikildi. Yuragi gursillab urardi. Bu holat unga g‘azab, nafrat va hafsala pir bo‘lish tuyg‘ularini birdan baxsh etdi. Ayaz unga bir qadam yaqinlashgan edi, lekin u kutilmaganda qattiq harakat qildi. U tizzasini baland ko‘tarib, Ayazning nozik joyiga tepdi.
— Toshingni ter, ablah
Ayaz og‘riqdan bukilib, bir necha soniya o‘zini tutib oldi. Ammo Annesa ortiga ham qaramay, dadil yurib, xonadan chiqib ketdi. U yurarkan, ko‘zlarida yosh, lekin yuragida g‘urur bor edi.
Ayaz xonada jim qoldi. Og‘riq tanasidan asta sekin chekinayotgan bo‘lsa-da, ichidagi g‘azab tobora kuchayib borardi. Qo‘llari musht bo‘lib tugilgan, yuzida esa yovuz bir tabassum o‘ynardi.
— Shunaqami, Annesa...
deb g‘o‘ldiradi u, chuqur nafas olgancha
Bu orada Annesa oshxonada ishiga qaytgandi. Go‘yoki hech narsa bo‘lmaganday, sovuq suvda chang artayotgan edi. Shu payt Orqasidan kimdir sekin yurib keldi. Annesa buni sezmagan holda ishlashda davom etayotgan edi. Birdaniga... boshidan pastga iliq, achchiq hidli suyuqlik to‘kildi.
U qichqirib yubordi.
Qahva edi.
Kiyimlari, sochlari va yuzi qahvaga bulgandi. U cho‘chib ortiga o‘girildi. Qarshisida Asal turardi. Qo‘lida hali ham bo‘shagan chashka.
Asal sovuq ohangda dedi:
— Menimcha, bu kiyimda xizmat qilish juda... bemaza. Yaxshisi, o‘zgartirib qo‘y.
U orqasini o‘girib ketdi. Annesa esa tishlarini qattiq tishlab, sovuq suvga qarab turardi.
Asal burilib ketayotgan edi. Ammo Annesaning yuragida allaqachon alangalanib bo‘lgan g‘azab nihoyat chekkasidan toshdi. U sekin qovog‘ini uyib, qoshlarini chimirib, lablarini tishlab, qo‘lidagi changlarni artayotgan iflos suvga botgan lattani ko‘zdan kechirdi.
Birdan, hech qanday ogohlantirishsiz, u qo‘lidagi suv to‘la idishni Asalning basharasiga qarab otib yubordi. Suv chappillab yuziga urildi, qora dog‘lar libosiga tomchilab tushdi. Asal qichqirib ortga tisarildi. Ammo bu yetmagandek, Annesa qadam tashlab oldinga chiqdi va hali ham yuzini artayotgan Asalning yuziga yana o‘sha isqirt lattani bosdi. Yuqori-pastga artib, sovuq va beparvo ohangda shunday dedi:
— Aysh... uzur, bilmay qoldim.
So‘ngra hech nima bo‘lmaganday, uni yelkasidan turtib, yonidan o‘tib ketdi. Asal esa shokka tushgancha qotib qolgandi.
Annesa oshxonadan chiqib, o‘zining kichik xizmatkorlar xonasiga yo‘l oldi. Yuragi hali ham g‘azabdan hapriqib urayotgan bo‘lsa-da, yuzi sokin edi.
U shkafidan toza xizmat kiyimini oldi. Kiyimlarini almashtirib bo‘lgach, kir yuvish xonasiga kirib, hozirgina iflos bo‘lgan kiyimlarini mashinaga joylashtirdi. Yuvish moslamasining tugmasini bosar ekan, qaddini tik tutib, nafasini rostladi.
So‘ng yana oshxonaga qaytdi. Stol ustida hali yig‘ilmagan piyolalar, yarim yegilgan nonlar, sochilib yotgan salfetkalar kutib turardi. Avvalgiday jim, lekin ichida allaqanday kuch bilan, u ishga sho‘ng‘idi. Idish-tovoqlar birin-ketin yuvildi, pol tozalandi. Va dam olish uchun xonasiga kirib ketdi
Kechki payt edi. Uyning mehmonxonasida katta dasturxon yozilgan, hamma yig‘ilgan edi.
Annesa esa, odatdagidek, sukutda, o‘z ishiga boshidan oxirigacha e’tibor qaratgan holda, har bir kishini oldiga shirinlik tortayotgan edi. Likopchalar silliq, ustidagi shirinliklar esa chiroyli terilgan.
Navbat Ayazga yetdi. Annesa unga yaqinlashdi. Uni ko‘rgan zahoti yuragi gupillab ura boshladi. Ayaz o‘ziga xos jilmayish bilan unga qarab turardi. Annesa o‘zini tutdi, qo‘lidagi pichoq bilan shirinlikni kesayotgan edi, shu payt birdan sonida qattiq og‘riqni his qildi.
Annesa sonidagi og‘riqdan labini tishlab, qo‘lidagi pichoqni zo‘rg‘a ushlab turgandi. Yig‘lamaslikka harakat qilar, ammo yuragi qattiq urardi.
U sekin soniga qaradi ayaz hech nima bolmagandek unga tikilib turar edi qollari esa annesani sonidan qattiq ushlab turardi . Uning tanasida — o‘sha oq futbolka, boyin qismida esa tiniq, qirmizi lab bo‘yog‘i izlari… Annesaning labidan o‘sha bo‘yoq edi.
Ayaz pastga, uning soniga qaradi. So‘ng egilib, sekin, ammo qattiq siqdi.
Annesa qattiq tipirchilab, orqaga tortildi.
Ayaz past ovozda pichirladi:
— Nima, lablarimni sog‘indingmi? Sening belgilaringni ko‘tarib yurish yoqimli ekan...
Annesa hech narsa demadi.
Annesa labini tishlab, ichidagi g‘azabni bosishga harakat qildi. U sekinlik bilan shirinlikni Ayazning oldiga qo‘yib, bir soniya ko‘zlariga qaramasdan o‘tib ketdi.
Keyin Shodiyaning yoniga bordi. Shirinlikni kesish uchun egilgan payti, Shodiya birdan qahva stakanini qo‘liga oldi va go‘yoki bexosdan, ammo aniq mo‘ljal bilan qaynoq qahvani Annesaning qo‘llariga to‘kib yubordi.
Ayaz stulidan sapchib turdi. Uning yuzidagi ifoda o‘zgargan, ko‘zlari jiddiylashgandi. Hech ikkilanmasdan, Annesaning yoniga borib, uning qizargan, hozirgina qahva to‘kilgan qo‘llarini ushladi.
— Kuymadingmi?
. Nigohi Annesaning yuzidan qo‘liga tushdi.
Annesa esa og‘riqni yashirishga urinib, boshini tebratdi:
— Yo‘q, unchalik emas...
Lekin atrofdagilar allaqachon diqqat bilan ularga qarayotgan edi. Shodiya esa choy qoshiqchasini sekin stolga qo‘yib, labining bir chetida kulimsirash bilan aytdi:
— Ha, nima bo‘lyapti? Hiznatkor ham shunchalik muhimmi akajonnn?
Ayaz unga o‘qrayib qaradi. So‘ng yana Annesaning qo‘llarini qo‘yib yubormay, sekin pichirladi:
— Yur, muz qo‘yaylik
Bu voqeadan keyin xona ichida g‘alati sukunat hukm surdi. Hamma bir-biriga qarab, jim bo‘lib qolgandi.
Ayaz hech narsaga parvo qilmasdan Annesaning qo‘lidan tutdi. Uni ohangsiz, ammo qat’iy yurib, oshxonaga boshlab bordi. Orqasidan qiziqib qarayotganlar bo‘lsa-da, u e’tibor bermadi.
Oshxonaga kirgach, darhol eshikni yopdi.
— Hammang chiq,
oshxonada turgan boshqa xizmatkorlarga sovuq ohangda.
Hech kim biror so‘z aytmadi, faqat jimjitlikda birma-bir chiqib ketishdi. Faqat Ayaz va Annesa yolg‘iz qolishdi.
U muzlatkichdan muz bo‘lagini olib chiqdi, so‘ng stol yoniga olib kelib, Annesaning yoniga sekin bordi. Unga befarq emasligi nigohidan bilinib turardi. Ehtiyotkorlik bilan Annesaning qizargan qo‘llarini ushladi va muz bo‘lagini asta qo‘llariga qo‘ydi.
— Bu qo‘llar kuyish uchun emas .meni hursand qilish uchun aslida
Annesa bir zum jim bo‘ldi. Uning yuragi gupirayotgan bo‘lsa-da, nigohi sovuqligicha qoldi. Sezilarli og‘riqqa qaramay u jiddiy edi.
— nega bunday qildiz.?
— Xizmatkor bo‘lsang ham, insonsan, Annes
Ayaz muz bo‘lagini sekinlik bilan Annesaning qo‘llariga surtib bo‘ldi. So‘ng asta muz bo‘lagini chetga qo‘yib, Annesaga tik qaradi.
Ko‘zlarida jiddiylik, ichki ishtiyoq va nimadir boshqacha, tushunarsiz hislar bor edi.
U sekin jilmaydi. Bu odatiy kulgi emasdi — bu jilmayishda da’vo, mulk hissi va xudbinlik aralashgan edi. So‘ng sekin, lekin qat’iy ohangda pichirladi:
— yana aynan menga tegishli inson…
Annesaning yuragi o‘rnidan chiqqandek bo‘ldi. U bir lahzaga ko‘zlarini unga tikib qoldi. So‘ng birdan hushyor tortib, orqaga bir qadam tashladi.
— Siz adashyapsiz... Men hech kimga tegishli emasman.
Ayaz uning bu so‘zlaridan faqat kuldi. Bu javob unga yoqqandek, labining chetini ko‘tarib jilmaydi.
—ko‘ramiz
Ayazning nigohlari yanada jiddiylashdi. U asta-sekin Annesaga yaqinlasha boshladi, har bir qadamida go‘yo o‘zining kuchi va irodasini namoyon etayotgandek edi. Annesa esa orqaga tisarilar, yuragi qattiq ura boshladi. Nihoyat devorga yetganida, Ayaz tezda uning belidan ushlab, o‘ziga qattiq tortdi.
— Hosh, seni meniki bo‘lishingga kim to‘siq bo‘lar ekan? Kim jasorat topib seni mendan tortib oladi?
Annesa nigohini olib qochdi. Ich-ichida g‘azab, qo‘rquv va qandaydir tushunarsiz tortinishlar alangalanar edi.
— Men o‘zimni hech kimga tegishli deb bilmayman. Shu jumladan, senga ham.
— bolmagan gaplar.
Ayazning nigohlari keskin va qat’iy edi. U Annesani o‘ziga yaqinlashtirgan sari, uning yuragi tezror ura boshladi
— Hozir meniki bo‘lgan qizdan faqat bir narsa hohlayman,
Annesa bir soniya uchun nafasini ushlab, uning so‘zlarini tushuishgaburunayotgan edj ammo ayaz Annesani yanada yaqinlashtirdi, biroq bu safar u uni kuch bilan emas, balki muloyimlik bilan o‘ziga tortdi.
— mana bu olcha rang lablaringni.
Shu ohirgi gap boldi va annesa lablarida qaynoq va qandaydur yoqimli lablarni his qildi