Shirin zahar
Love:
Annesa biroz jim o'tirdi. Ko‘zlari hali ham eshik tomon qadalgan, yuragi esa hali ham tez tez urmoqda edi. Lekin asta-sekin o‘zini tinchlantirib, chuqur nafas oldi. So‘ng qarshisidagi shirinlikka qaradi.
Likopchani olib, unga ikki bo‘lak joyladi. Keyin asta o‘rnidan turib, ayazning xonasiga qarab yurdi.
Yetib kelib eshikni yengil taqillatdi.
Annesa eshikni ochib, ichkariga kirdi va likopchani stolga qo‘ydi. O‘zi esa bir og‘iz so‘z demay, orqasini o‘girib chiqmoqchi bo‘ldi. Ammo Ayaz stuldan turib, bir qadam yaqinlashdi:
— sen menga butunlay yuragingni olib keldingmi?
Annesa burilib unga qaradi, ko‘zlarida o‘sha tanish chaqnash:
— Bu faqat shirinlik. Yuragim emas.
Ayaz kulimsirab shirinlikdan bir tishladi va
— Lekin ta’mi yurakdan chiqqani bilinib turibdi.
Annesa indamay eshik tomon yura boshladi. Eshikdan chiqib, honasiga qaytdi. Shu bilan u ham oz xonasida ayaz ham kabinetida qoldi
Ertalab quyosh ilk nurlarini derazadan ichkariga sochayotgan edi. Annesa allaqachon uyg‘ongan, yuzini yuvib, chiroyli kiyimlarini kiygan, sochini tarab, har doimgidek ozoda holatda edi.
U ayozni honasiga bordi, eshikni yengil taqillatdi.
Ammo ichkaridan sado chiqmadi. Shunda Annesa eshikni ohista ochib, ichkariga qadam tashladi.
Ayaz to‘shakda yuzini yostiqqa burkab, dong qotib uhlab yotardi. Hatto Annesaning bir necha bor chaqirishi ham unga ta’sir qilmadi.
Ustidan yengil yostiq bilan urdi. Baribir o‘zgarish yo‘q. Bir lahza Annesa yuragini to‘xtatib qo‘ygudek kulimsiradi.
U tezda pastga tushdi. Muzlatkichni ochib, sovuq suv solingan kichik bir idishni oldi. Ustidan hatto tuman chiqayotgan, zimmillagan muzdek suvni ko‘tarib, yana yuqoriga ko‘tarildi.
Xonaga kirib, to‘shakka yaqinlashdi. Boshini biroz egdi
— bilasizmi ayaz men sizni ancha chaqirdim urdim baqirdim silkitdim ammo turmadingiz menda boahqa iloj qolmadi kechiring
Muzdek suv Ayazning ustidan quyilib tushdi.
— Aaaah! — Ayaz birdan o‘rnidan turib, ko‘zlarini katta-katta ochdi. Sochlaridan suv oqayotgan, yelkalari titrayotgan holatda Annesaga qaradi.
Annesa esa qo‘lidagi bo‘shagan idishni ko‘tarib, yengil kulimsiradi:
— Nihoyat uyg‘ondingiz. Nonushtaga tushasizmi yoki yana suv quyaymi?
Ayaz esa unga qarab bir qadam oldinga yurdi:
— Annesa sening jazong ozim bolaman ishonaver.
— Kutaman, ammo Hozircha sizni nonushta kutyapti. Sovuq emas, iliq.
Annesa kulganicha engil qadamlar bilan yugurib honadan chiqib ketdi. Ayaz esa hozirgina ustidan quyilgan muzdek suvdan to‘liq hushyor tortgan, yotoqda yelimday yotgancha shiftga qarab bir necha soniya jim bo‘ldi.
— Bu qiz... — deb pichirladi u, yuzidan suv tomchilab turarkan.
— Boshqarib bo‘lmaydigan bir balo...
U asta yotoqdan turdi, ho‘l futbolkasini yechib, sochiq izlab yurarkan, Annesaning kulib ketayotgan chehrasi ko‘z oldidan ketmasdi.
Pastda esa Annesa hali ham kulayotgan edi. Oshxonaga kirib, nonushta tayyorlay boshladi. Yuragida g‘alaba tuyg‘usi, labida yengil tabassum bilan... ammo orqasidan kelayotgan og‘ir qadam tovushini eshitib, birdan to‘xtadi.
Ayaz hozirgina dushdan chiqqandek, sochi hali ham nam, qora futbolkada unga tikilib turardi. Ko‘zlari hazil bilan aralash jiddiylikni aks ettirar, lekin Annesaning basharasidagi qoniqishli ifoda uni yana jim qoldirdi.
— Bugun juda haddingdan oshding Annesa,
— Sizga dars bo‘lsin deb, Endi tushlikka qadar tinch qo‘yaman.
Ayaz asta stolga o'tirdi, Annesa esa nonushtani oldiga qo‘ydi.
Ular sokin va osoyishta tushlik qilishdi. Ayaz ko‘zini Annesadan uzmay, uning har bir harakatini, ovqatlanayotgandagi ifodalarini kuzatardi. Annesa esa hech narsani sezdirmaslikka harakat qilib, salobatli, ammo beparvo ko‘rinishga urinardi.
Tushlik tugaganda, u likopchalarni yig‘ishtirib turgan edi, so‘ng to‘xtab, ayazga qaradi
— Bugun onamning yoniga olib borasiz.
Ayaz qoshlari biroz ko‘tarildi, u jim turdi, so‘ng asta bosh irg‘ab:
— Eslatganing yaxshi bo‘ldi, O‘zim ham shuni o‘ylab turuvdim.
— Sen buyur, men bajaraman, Annesa.
Bu so‘zlar Annesaning yuragiga tushgan iliq nurlar kabi edi. Ammo u hech nima demadi. Faqat orqasini o‘girib, idishlarni yuvish uchun oshxonaga qaytdi. Ayaz esa joyida qolgancha uning ortidan qarab turdi. Bu qiz – har kuni yangicha tus, yangicha g‘urur, lekin yuragida chiroyli bir mehr yashiringan...
Annesa dasturxonni yig‘ishtirib, idish-tovoqlarni yuvdi. So‘ngra ikkisi mashina tomon yo‘l olishdi.
Oftob sal boshi ko‘tarilgan, havoda bahor hidlari sezilardi. Annesa mashinaga joylashdi, Ayaz esa rulga o‘tirdi.
Ayaz nigohini unga burdi, so‘ng mashinani ishga tushirar ekan:
Annesa indamadi. Ko‘zlarini yo‘ldan uzmay, jim qolgancha, yuragida esa to‘lqinlar... Mashina asta harakatlana boshladi.
Ayaz mashinani haydab ketayotgan edi, lekin bir payt:
Ayaz hayronlik bilan, lekin sekinlik bilan tormozni bosgancha
— Supermarketga kiramiz. Onam uchun meva, shirinlik va boshqa kerakli narsalarni olishim kerak.
Ayaz bosh irg‘ab, mashinani supermarket oldida to‘xtatdi. Ikkalasi birga tushishdi. Annesa tez harakat bilan savat olib, yurishni boshladi
Annesa savatga birinchi navbatda onasi yoqtiradigan shokoladlardan soldi. Keyin yangi mevalar — anor, kivi, uzum, banan... So‘ngra sut, yogurt, va bir nechta tabassum uyg‘otuvchi, yumshoq nonushtaliklar.
— Nima, butun supermarketni onangga olib bormoqchimisan?
Ayaz bir zum to‘xtadi, bu so‘z unga yoqdi.
Ular yana mashinaga chiqishdi. Orqa o‘rindiqda to‘la-to‘kis oziq-ovqat, shirinliklar va sovg‘alar. Mashina yana harakatga tushdi...
Ular kasalxonaga yetib kelishdi. Ayaz mashinani to‘xtatib, orqa o‘rindiqdagi narsalarni olib chiqdi. Annesa esa yuragi hapriqib, ichkari qarab yurdi
Palataga kirishgach, onasi — Shohida opa — karavotda yotgan edi. Annesani ko‘rib yuziga nur yugurdi.
qo‘lini cho‘zib.
Annesa tez yugurib borib, onasini quchoqladi.
Ayaz ham salomlashdi, Shohida opa unga bosh irg‘ab javob berdi. Annesa esa sekinlik bilan yoniga o'tirib onasi bilan ancha gaplasjdi va birdan yodiga nimadur tushgandek sekin ayazga qaradi va tezda
— Oyijon, sizga aytadigan gapim bor... Bu yigit... Ayaz, u meni...
Lekin u gapini tugatishga ulgurmay qoldi. Ayaz sal oldinga egilib gapira ketdi
— Shohida hola... biz bir-birimizni tanlab, turmush qurayapmiz.