𝙏𝙖𝙦𝙞𝙦𝙡𝙖𝙣𝙜𝙖𝙣 𝙞𝙨𝙝𝙦❤️🔥
Taqiqlangan ishq:
Dilnoza va Mohira hech narsa demay, bir-biriga qarab oldilar-da, jimgina bufetdan chiqib ketishdi. Ularning orqasidan biroz sukunat cho‘kdi.
Sarvina esa xuddi hech narsa bo‘lmagandek ovqatini davom ettira boshladi. Uning yonida o‘tirgan Yulduz unga hayrat bilan qarab
— To‘g‘risi, seni bunday deb o‘ylamagandim...
— Men o‘zimni hafa qildirib qo‘yadiganlardan emasman, Yulduzim
So‘ng sharbatini ko‘tarib, bir ho‘plam ichdi.
Yulduz unga qarab kulimsiradi. Ich-ichidan bu qizni yangitdan tanigandek bo‘ldi. Sarvina — ko‘rinishidan go‘zal, ammo ich-ichida g‘ayratchan va hech kimga bo‘ysunmaydigan tabiat egasi ekan.
Ularning sukunatdagi suhbatini esa bufetning boshqa burchagida o‘tirgan Ayub kuzatib o‘tirardi. Nigohi Sarvinadan uzilmasdi.
“Qiziq, bu qiz boshqa qizlarga o‘xshamaydi…”
kolasini unutib qo‘yganicha unga termulgan holda
Sarvina sharbatini ichib bo‘lgan edi, aynan shu payt uning qarshisiga noma’lum bir yigit kelib o‘tirib oldi. Qizlar hayronlik bilan unga qarashdi.
Yigit muloyim jilmayib qo‘lini uzatdi
— Salom, men Azmirman. Sen-chi?
Sarvina unga qiziqqandek ko‘z yugurtirdi, yuzida jilmayish paydo bo‘ldi. U hech narsa demay, asta qo‘l uzatdi
Azmir kulimsirab bosh irg‘adi. Ularning suhbatiga Yulduz xuddi hozir yana nimadir bo‘ladi degandek jim kuzatard
Sarvina bilan Azmirning to‘qnashgan nigohlarini, yengil kulgularini bufetning narigi tomonida o‘tirgan Ayub diqqat bilan kuzatib turardi. Uning yuragidan allaqanday g‘ashlik o‘tdi. Bu tuyg‘uni tushunolmasdi, lekin asabi asta-sekin taranglashdi.
Birdan u o‘tirgan stolni qattiq itarib yubordi. Stol tag‘illab ketdi. Butun bufet jimib qoldi. Hamma bir zumda Ayubga qaradi.
Sarvina ham, Azmir ham hayronlik bilan boshlarini unga burishdi.
Ayub esa ularga qarab jahl bilan nigoh tashladi. Ayniqsa Sarvinaga .So‘ng og‘ir qadamlar bilan yurib, bufetdan chiqib ketdi
— Ayub... Nega jahl qilyaptii?..
Sarvina bir zum jim bo‘lib qoldi. Keyin esa yana jilmaydi. Ko‘zlari esa eshik tomonga — Ayub chiqib ketgan eshik tomonga uzoq qarab qoldi.
Sarvina nigohini eshik tomon uzoq tikib turdi. So'ng Yulduzga qaradi:
Yulduz bir zumda jonlandi, ko‘zlari chaqnab ketdi
— Ha, umi Ayub-da! Maktabimizning eng mashhur yigitlaridan biri. 11-“A” sinfda o‘qiydi. Lekin eshitishimcha, bir yil kechroq kelgan, shunga hozir 19 yosh emish! Juda ham kelishgan-a, bilasanmi, ko‘pchilik qizlar unga oshiq!
Sarvina Yulduzning hayajonli ovozidan kulimsirab qo‘ydi, ammo nigohi yana eski holiga qaytd
Shu payt Azmir haligacha ularning yonida kulimsirab o‘tirganini anglagan Sarvina sekin tomoq qirib, Yulduzga qarab qosh qisdi. Uning nigohi go‘yo shunday derdi: “Hayolga berilma, yonimizda yigit o‘tiribdi-ku.”
Yulduz bir lahza to‘xtab, ko‘zlarini katta-katta ochib, xijolat bo‘lib kulib yubordi
— Eh, kechirasan, Azmir. Hayolga berilib ketdim-da,
— Hechqisi yo‘q. Ayub haqida juda ko‘p eshitdim. Demak, u...qizlarni e’tibor markazida ekanligiga yana bir bor amin boldim
— Balki shunaqadir. Lekin... har kimning ichida boshqacha odam yashaydi, shunday emasmi?
Azmir biroz ajablanib, unga razm soldi. Bu qiz oddiy emasdi. Gapirishi, ko‘z qarashi — hammasi o‘ziga xos edi.
Sarvina asta o‘rnidan turdi. So‘ng Azmirga va Yulduzga qarab:
Endi maktabda Sarvina va Azmirni birga ko‘rish odatiy holga aylangandi. Ular yonma-yon yurishar, birga ovqatlanishar, hatto katta tanafuslarda bufetga uchovlon kirib bir-birlariga qiziqarli hikoyalar aytib, kulishib o‘tirishardi Azmir ochiq tabiatli, samimiy yigit edi. Sarvina esa unga ishonch bilan qarar, biroq yuragining chuqurida unga faqat do‘st sifatida munosabat bildirardi.
Azmir 11-“B” sinfda o‘qirdi. U ham maktabdagi taniqli yigitlardan edi — aqlli, odobli, ko‘pchilikka yoqimli. Lekin bu yigit ko‘zlarini Sarvinadan uzolmasdi. Uning har bir kulgusi, har bir qaramishi Azmirning yuragiga issiqlik olib kelardi.
Ammo ularning bu yaqinligi bitta odamga juda ham yoqmasdi.
U Sarvinani ilk ko‘rgan kundan beri g‘alati tuyg‘ularni boshdan kechirayotgandi. Dastlab bu oddiy qiziqish deb o‘ylagan edi. Biroq Sarvina va Azmir birga ko‘rinishdan toymagan sari, Ayubning yuragida allaqanday chinqirgan rashk va g‘azab paydo bo‘lardi.
U buni o‘zi ham anglamay qoldi.
Bir kuni u bufetda o‘tirarkan, Sarvina va Azmir eshikdan kirib kelishdi. Kulib, bir-birlariga nimanidir aytib, yana o‘sha sevimli burchaklariga o‘tirdilar.
Ayub ularni uzoq kuzatdi. Yuragi g‘ash tortdi. So‘ng birdaniga stakanni stolga shunday qattiq qo‘ydi, atrofdagilar cho‘chib tushdi.
— Yetar!
deb o‘zicha g‘o‘ldiradi u.
— Bu nima degani o‘zi?! Nima uchun doim yonida u bola bo‘lishi kerak?!
Shu payt Yulduz Ayubning oldidan otib ketayotgan edi
— Yaxshimisiz, Ayub aka? Nimadir bo‘ldimi?
Ayub boshini chayqadi, ammo nigohi Sarvinadan uzilmasdi. U yuragida endi bir narsani aniq angladi:
U birinchi marta bunday tuyg‘uni his qilayotgandi. Ammo bu muhabbat rashk, g‘azab va tushunarsiz alam bilan qorishgandi. U Azmirni yomon ko‘ra boshlagandi — faqat bitta sabab uchun Sarvvina
Keyin nigohini sarvinadan uzib unga hayron qarab turgan yulduzga qaratdi
Va
- yulduz ortimdan yurda gap bor
Yulduz oziga sig'may auubni izidan bordi
Ayub sinfiga kirib stol ustiga egilib, daftar varaqlaridan birini yulib oldi. Yuragi tez urayotgandi. Qalamni mahkam ushlab, qat’iy harflarda yozdi:
“Sarvina, katta tanaffusda maktab orqasida ko‘rishamiz. Kel. Bo‘lmasa yomon bo‘ladi.”
U yozuvni tugatgach, bir lahza o‘tirib qoldi. Keyin o‘zini to‘g‘rilab, varaqni bukladi va Yulduzga uzatdi.
— Buni ochma. Tog‘ri Sarvinaga olib bor. Faqat o‘zing ber, tushundingmi?
— Voy, siz ham... Yahshi, mayli, ayub aka,
dedi-da varaqni olib chiqib ketdi.
Ayub esa sinfda yolg‘iz qoldi. Endi nima bo‘lishini o‘zi ham bilmasdi. Faqat bitta narsani his qilardi — yuragidagi bu tuyg‘ular endi jim tura olmaydi. U Sarvina bilan yuzma-yuz gaplashishi kerak.
Sarvina va Azmir zal bo‘ylab birga ketishayotgan edi. Shu payt Yulduz ularning oldiga kelib
Sarvina qog‘ozga hayron bo‘lib qaradi. Azmir ham qiziqib qaradi, ammo Sarvina qog‘ozni ochmadi. Faqat bir soniya unga tikildi, keyin
Yulduz indamadi.
Azmir esa uni qolidagi hatni korib asablari buzuldi.
Sarvina esa indamay asta yurib sinfiga kirib ketdi
Sarvina qog‘ozni ochdi. Unda:
"Sarvina, katta tanaffusda maktab orqasida ko‘rishamiz. Kel. Bo‘lmasa yomon bo‘ladi."
deb yozilgandi.
Sarvina hayron bo‘lib, atrofga qaradi. “Kim yozdi ekan?” degan savol xayolida aylandi.
Oradan biroz vaqt o‘tib, yuragidagi qiziqish ustun keldi. Atrofga alanglab, hech kim ko‘rmayotgan paytda yolg‘iz maktabning orqa tomoniga o‘tdi.
U yerda, devor tagida Ayub o‘tirgan edi.
Sarvina hayrat bilan Ayubga qaradi. Uning yuragi biroz tez ura boshladi.
Ayub uni ko‘rishi bilan darrov o‘rnidan turib, unga yaqinlashdi.
Sarvina esa qo‘lida ushlab turgan hatni ko‘rsatdi
Ayub unga bir oz tikilib turdi, so‘ng sekin boshini qimirlatib, jilmaydi