April 16, 2025

Shirin zahar

9- qism

Love:
Annesa devordan oshishni o‘yladi. Birinchi devor sal balandligi uchun qo‘liga ilingan narsani olib, devorga qo‘ya boshladi va tezda devorning ustiga chiqib oldi. Ammo u tarafdan devordan pastga tusha olmay qoldi. Sababi devor juda baland edi. Orqasiga qaytmoqchi bo‘ldi, lekin narsalari yumalab tushgan edi.

U bir oz ikkilanib turdi. So‘ng birdan pastdan ovoz eshitildi

— Nima qilayapsan u yerda?

Bu — Ayaz edi.

Annesa cho‘chib tushdi, ammo indamadi.

Ayaz pastdan yuqoriga qarab:

— Pastga tush!

— Tushmayman!

Ayaz devorga yaqinlashdi.

— telba qiz. O‘zingni o‘ldirmoqchimisan?

— Men bu yerda qolmayman, tushundingmi?

— Pastga tush, deb aytdim! — deb jahl bilan baqirdi va devorga chiqib, Annasani tezda bilagidan ushlab oldi.

— Qo‘yvir!

tipirchiladi Annesa.

Ayaz esa uni sekin devordan tushirdi va yerga qo‘ygach, yelkasidan mahkam ushlab:
— . Qochishga urinsang ham, baribir tutaman, tushundingmi?!

Annesa yelkasini tortib chiqib ketdi.

Ayaz unga orqasidan qarab turdi. Annesa esa hech narsa demay, yana uy tomon yurdi. Ichkariga kirib borarkan, qadamlarida jahl, ko‘zlarida esa alam porlardi. Zinapoyadan chiqqach, xonasiga kirib eshikni qattiq yopdi.

Ayaz esa bir oz joyida jim turdi, keyin sekin ichkariga kirdi. Oshxonaga borib, hali sovib ulgurmagan nonushtaga qaradi.

Annesa esa xonasida yostiqqa boshini qo‘yib, shiftga tikildi. Uning miyasi qaynardi. “Nega meni olib keldi? Nega u yerda qol deyapti? Men hayotimni o‘zim hal qilaman ahir u emas”

Eshik taqilladi.

— Annesa.

U indamadi.

-- hafamisan

Yana jimlik.

— Keyinroq kelaman anness

Qadam tovushlari uzoqlashdi. Annesa esa yostiqni quchoqlab yotardi.

— Meni bu yerda hech nima tutib qololmaydi…

— Lekin onam…

— Ha aytgancha… Onam!

dedi Annesa birdan, o‘zicha mulohaza qilib.

-- Men unga “Onamga olib bor,” deb buyruq beraman, u olib boradi… men esa qochaman. Qanday ajoyib!

Bu fikr unga birdan kuch berdi. O‘rnidan sapchib turdi, oynaga qarab sochini taradi, keyin pastga tushish uchun zinapoya tomon yugurdi.

— Ayaz! Ayaz, qayerdasiz!

Ayaz mehmonxonada divanda o‘tirgandi. U Annesaning jahl bilan kelayotganini ko‘rib, biroz hayron bo‘ldi.

— Onamni ko‘rgim kelyapti. Meni olib borasiz, bugun hoziroq sog'indim onamni

Ayaz jim turdi. Bir muddat Annesaning ko‘zlariga tikildi.

— Ertaga olib boraman,

Annesaning yuragi ichida sevinch bilan urdi, ammo yuzida hech nima bilinmasdi. Faqatgina burilib, yurib ketar ekan zinapoyadan chiqayotib, to‘xtadi. Qadamlarini sekinlatib, orqasiga burildi.

— O‘zi... nega keldingiz? Ishga ketgandingiz-ku?

Ayaz tinchgina unga qaradi, ko‘zlarida kulimsirash uchqunlari porladi.

— Hujjatlarim qolib ketipti, shunga qaytgandim...

kaftini cho‘ntagiga tiqib.

Keyin uning ko‘zlari sekin Annesaning ko‘zlariga ilindi.
— Ammo seni ko‘rib, ishga bormaslikka qaror qildim

— Yahshisi... bugun uydan boshqaraman. Ishni ham, seni ham.

Annesa indamay yugurgancha xonasiga kirib ketdi

Ayaz zinapoyadan chiqib, o‘zini uydan shahsiy ochgan kabinetiga kirib ketadi. O‘zi ham bilmagan holda, yana bir necha daqiqa davomida o‘ylab o‘tirdi. Shundan so‘ng, e'tiborini kompyuterga qaratdi

Annesa esa zerikib o‘ziga yoqadigan bir narsani qilishni xohlaydi. Shirinlik tayyorlashni. Bu uning sevimli mashg‘ulotlaridan biri edi. telefonini olib, oshxonaga yo‘l oldi. O‘zi xohlagan shirinlikni qidirishga qaror qildi.

Telefonni ochib, bir necha daqiqa shirinliklar ro‘yxatini ko‘rib chiqdi. Nihoyat, birini topdi — achchiq-shirin, o‘ziga xos ta’mi bilan mashhur bo‘lgan shokoladli keks. Annesa yuzida kichik tabassum bilan ko‘k rangli telefon ekraniga qaradi.
“Bu keksni tayyorlab, biroz tinchlanishim kerak”.

Annesa oshxonaga kirib, telefondan kerakli retseptni topib, shirinlik tayyorlashni boshladi. U avval un, shakar, tuxum va sariyog‘ni aralashtirib, bir to‘liq aralashma tayyorladi. Keyin, ichiga shokoladli bo‘laklar va bir chimdik tuz qo‘shib, yaxshilab aralashtirdi.

“Bu retseptni yaxshi bilaman, albatta, zo‘r chiqadi,” deb o‘ziga ishonch bilan aytdi. U qat'iyat bilan aralashmani pishirish issiq oldindan qizdirib qoyilgan pechga o‘tkazdi va xona to‘la shirin hidlar bilan to‘ldi.

Oshxona devorlaridan, issiq pechda pishayotgan shirinlikning ta’mi borgan sari yoyilib borardi.

Bir necha daqiqa o‘tgach, u shirinlikni gaz pechidan olib chiqdi. “Endi tayyor,” ustidan o‘tkazilgan pishgan shirinlikni ko‘rsatib. Pechdan chiqarilgan, shokolad rangdagi shirinlikni qog‘ozga solib, issiq gaz pechidan chiqarib olishning o‘zi unga qandaydir mamnuniyatni berdi.

Shirinliklarni gaz pechidan chiqarib, stolga qo‘ygan Annesa bir oz to‘xtab, uning ko‘rinishiga qaradi
Va ozini maqtab qoygan boldi

-- qolim gulda.

Annesa shirinlikni kesib, birinchi bo‘lagini og‘ziga solib kulimsiragancha zavqlanib yeya boshladi. Ta’mi shunaqa mazali ediki, hatto o‘zi ham bunday chiqishini kutmagan edi. Ammo birdan orqasidan kimningdir borlig‘ini sezdi. Bo‘yniga urilayotgan iliq nafasni, so‘ng esa orqasiga tegayotgan qaynoq lablarni his qilganida, tanasi titrab ketdi.

U qotib qoldi. Na bir og‘iz so‘z, na bir harakat. Faqat yuragi tez urayotgandi.

— Ayaz... — dedi past, shoshib chiqqan tovushda, lekin jumlani tugatolmadi.

Ayazning lablari bo‘yniga ohangrabodek tegib, uning nafasini o‘g‘irlab olgandi. So‘ng Ayaz sekinlik bilan shivirladi:

— Mazali hid meni o‘ziga tortdi… lekin undan ham mazaliroq narsa bor ekan bu uyda.

Annesa tezda o‘zini tortib oldi. Ko‘zlari chaqnab qaradi.

— Siz... haddan oshyapsiz!

Ayaz kulimsiradi. U Annesaning qarshilik qilishidan zavqlanayotgandek edi.

— Men faqat r… shirinlik yemoqchi edim ammo boshqa birini oz bolsa ham tatib kordim

Annesa qo‘lidagi bo‘lakni stolga qo‘ydi, ko‘zlarini qisdi

— Endi chiqib keting.

Ayaz esa sekin orqaga yurdi, ammo ko‘zlarini undan uzmasdi. Chiqib ketayotib shunchaki jilmaydi:

— Kelasi safar menga ham bir bo‘lak ajrat, xo‘pmi?

Eshik yopildi. Annesa esa chuqur nafas oldi Shirinlik endi endi sovuyotgan edi, lekin yuragidagi olov... endigina alangalangandi.

Davomi borr

Muallif; nura