April 11, 2025

Shirin zahar

6-qism

Annesa, uni itarib yuborib, ayazga tarsaki tushurdi. Ayaz bir zumda telbadek jilmayib, lablarini ushladi.

— Qizaloq, haddingdan oshayapsan
dedi u xafsalasi pir bo‘lgan holda.

Annesa uning gaplariga e'tibor bermay, yuzini boshqa tomonga burdi. Ayaz esa uning ko‘zlaridagi g‘azabni ko‘rib, bir zum uchun jim bo‘lib qoldi.

— Huddi sen kabi

Ayaz uning gapiga e'tibor bermay, yana unga yaqinlashdi. Bu safar, u juda yaqin kelib, Annesaning qulog‘iga pichirladi:

— Bu sening birinchi bosang deb umid qilaman,

Annesa uning so‘zlariga qisqa pausa qilib, kozlarini unga qaratdi. So‘ngra, atay qilgandek, yumshoq va bir oz masxaraviy tarzda javob berdi:

— Umid qilma, adashting,

Ayazning ko‘zi yana o‘zgardi.
Ayazning yuzi birdan jiddiy tus oldi. Uning peshonasida tomirlar bortib chiqdi, jag‘lari qattiq qisildi, ko‘zlari esa o‘tkir va xavfli nigoh bilan Annesaga tikildi.

Annesa uni bu holatda birinchi marta ko‘rdi. Yelkalari beixtiyor titradi, yuragi tez ura boshladi. U hech qachon Ayazni bunday holatda tasavvur qilmagan edi — u doimiy kulib turadigan, beparvoligini yashira oladigan yigit endi butunlay boshqa odamga aylangandek tuyuldi.

Annesa asta-sekin orqaga tisarildi, xuddi yuragidagi hadik uni chekinishga majbur qilganday. Qadamlarini mayda tashlab, devorga yaqinlashdi. Nafasi biroz tezlashgan

— Men bilan oynashma annesa

Ayaz jahlini bosishga harakat qilib, tishini g‘ijirlatdi. So‘ng bir so‘z demasdan orqasiga o‘girildi-da, og‘ir qadamlar bilan oshxonadan chiqib ketdi.

Annesa esa bir necha daqiqa jim turdi. Song, yana indamay ishlariga qaytdi — idishlarni yuvdi, stolni artdi. Ko‘zlarida esa o‘ychanlik, yuragida g‘alati bir g‘ashlik bor edi.

Hammasi tugagach, qadamlarini asta bosib, xonasiga kirib ketdi. Eshikni ohista yopdi, so‘ng yotoqxonadagi stulga o‘tirdi. U bir lahza qo‘l telefoniga qarab turdi, keyin onasiga qong'iroq qildi bir necha gudokdan song javob boldi

— Allo... ona?

— Yaxshimisiz?

— Ha, ancha yaxshiman, bolam, O‘zingdan qo‘sh, nima yangiliklar?

Annesa bir lahza jim turdi. So‘zlarni qanday boshlashni bilmasdi. Ko‘zlari derazadan tashqariga tikildi — kechki shafaq rang berayotgan osmon go‘yo uning holatini aks ettirayotgandek edi.

— Hech narsa, hammasi joyida...

Ammo onasi uni tanirdi, ovozidagi titroqni darrov sezdi.

— Annesa, rostini ayt. Nima bo‘ldi? Yig‘lamadingmi, bolam?

dedi onasi, endi allaqanday xavotir bilan.

Annesaning ko‘zlariga yosh keldi, lekin u tezda ko‘zlarini yumib, o‘zini bosdi. O‘zini kuchli ko‘rsatmoqchi edi, lekin onasining mehri devor singari mustahkam himoyasini yorib o‘tayotgandi.

Annesa chuqur nafas oldi, lekin hali ham hammasini aytishga tayyor emas edi. U yuragini qiynayotgan narsani so‘zlarga aylantirishga qiynaldi.

— Hech narsa bo‘lmadi ona... Shunchaki... charchadim shekilli.

— Qizim, men seni bilaman. Sen charchaganingda bunday ovozda gapirmaysan.

Annesaning ko‘zlaridan bir-ikki tomchi yosh yuziga dumalab tushdi. Uning ovozi past, ammo iztirobga to‘la edi:

— hech narsa bolmadi ona sizg shunday tuyulyapti

— seni sog'indim qizim

— men ham

— Qizim, erta kelgin.

— Yaxshi boraman ona… yaxshi ko‘raman sizni,

— Men ham seni, qizim. Hayrli tun, orom ol.

Onasining ovozi yurakka taskin beruvchi edi, xuddi iliq adyol singari.

— Hayrli tun…

U telefonni qo‘ydi, bir necha daqiqa jim o‘tirib qoldi. So‘ng yotog‘iga cho‘zilib, chuqur nafas oldi. Ko‘zlarini yumganida, bugungi voqealar kinolardek aylanardi miyasida, lekin asta-sekin ko‘zlari ohangraboday yumildi.


Ertalab quyosh nurlari derazadan kirib, xonasini yoritdi. Annesa uyg‘onib, bir muddat shipga termilib yotdi. So‘ng chuqur nafas olib, joyidan turdi

Oshxonaga tushdi, sochiqlarni bog‘lab, sochlarini orqaga yig‘di-da, nonushta tayyorlashga kirishdi. Choy damladi, tuxum pishirdi, nonni qizartirdi. Hamma uchun shirin, sodda nonushta tayyorladi. Oshxona iliq hidi bilan to‘ldi.

So‘ng stolni bezatib, choynakni markazga qo‘ydi va deraza yoniga o‘tib, pastga qaradi. Uydagilar hali uyg‘onmagan, sokinlik hukm surardi.

Annesa esa ichida bir oz hayajon bilan uy bekasini — Ayazning onasini — kutishni boshladi.

birin-ketin hamma uyg‘ona boshladi. .. nonushta tayyor bo‘lganini ko‘rib, hamma oshxonaga yig‘ildi. Stol atrofida kulgi, suhbat, issiq choy hidi.

Annesa esa ularga iloji boricha samimiy jilmayib xizmat qilardi
Shunda u nihoyat yurak yutib soramoqchi boldi
Annesa biroz ikkilanib turdi, so‘ng oldinga chiqdi:

— xonim uzr... sizdan bir narsa so‘rasam bo‘ladimi?

Uy bekasi unga to‘g‘ri qarab bosh irg‘adi:

— Aytaqol, qizim.

— Onamni sog'ingan edim kasalhonaga korishga borsam boladimi?

— Albatta, bor, qizim. Onang eng avvalo sen uchun muhim.

— Seni Ayaz olib boradi, Mashinasida olib borib, kutib turadi. O‘zi hozirgi paytda biroz bo'shroq ishi yoq

Annesa ichida qarama-qarshi tuyg‘ular bilan bosh irg‘adi. Kechagi holatdan so‘ng yana Ayaz bilan yolg‘iz qolish fikri unga yoqmasa-da, onasi uchun buni qilishga majbur edi. Shunchaki, boshini engil egib, “xo‘p” dedi.

Annesa nonushtadan keyin dasturxonni yig‘ishtirib, idishlarni yuvishga kirishdi.

Shu payt oshxona eshigidan Ayaz kirib keldi. Har doimgidek jiddiy, sal beparvo nigoh bilan unga qaradi.

— Tezlash, Seni mashinada kutaman.

Uzoq qarab turmadi. Gapni aytib bo‘lgach, o‘girilib chiqib ketdi. U hali ham kechagi kabi sovuq, beparvo edi. Ammo Annesa bu gal unga javob qaytarmadi. Faqat chuqur nafas olib, qo‘lidagi idishni qo‘yib, ho‘l qo‘llarini artdi.
So‘ng shoshmasdan xonasiga kirib ozi yoqtirgan romaska gullik koylagino kiydi va, ro‘molchasini, sumkasini oldi va oynaga bir qarab qo‘ydi.

— go'zalsan annes

So‘ng eshikni yopib, pastga qarab yo‘l oldi. Ayaz mashinani ishga tushirib, uni kutayotgan edi.

Annesa mashinaga yaqinlashib, orqa eshikni ochdi. Salonga joylashmoqchi edi, ammo Ayazning sovuq va keskin ovozi uni joyida to‘xtatdi:

— Oldinga o‘t. Men seni haydovching emasman.

Uning ovozida na sabr bor edi, na muloyimlik. Bu gap Annesaning yuragini g‘ash qildi. Bir lahzaga joyida turib qoldi. So‘ng sekin eshikni yopib, old eshik tomon yurdi. Eshikni ochib, jim holda o‘tirdi. Ayaz unga bir qarab qo‘ydi, lekin hech narsa demadi.

Mashina harakatga tushdi. Salon ichida faqat dvigatelning shovqini eshitilardi. Yo‘lda ikkovi ham sukut saqlashdi. Ayaz rostdan ham sovuq haykaldek edi.

Mashina shaharga kirar ekan, kasalxona binosi tobora yaqinlashib kelardi.

Davomi bor....

Muallif ; Nura

Romaska gullik koylak
Ayazimmm❤️‍🔥