Shirin zahar
Shohida opa hayratdan og‘zini ochib qarab turardi. Ko‘zlari Annesa bilan Ayaz orasida harakatlanar
Annesa bir lahza jim qoldi. Labini qimirlatdi, lekin so‘z topa olmadi.
— Yo‘q, bu... bu yolg‘on... men...
Ammo gapini tugata olmadi.uni ayaz tugatdi.
— Ha, Shohida hola, bu rost. Men Annesani sevib qoldim. Uni ilk bor ko‘rganimda ham, bilmasdim... lekin endi yuragimni aldagim kelmaydi.
Hamma jim U chuqur nafas oldi. Va yana soz boshladi
— Men unga uylanmoqchiman. Siz meni qanday yigit ekanimni bilasiz. Unga yomonlik qilmayman, unga dunyoni berishga ham tayyorman. Umid qilamanki, rozi bo‘lasiz... Ammo, agar rozi bo‘lmasangiz ham, men uni hech kimga bermayman.
Annesa asta bosh irg‘adi. Uning ko‘zlarida aralash tuyg‘ular — hayajon, qo‘rquv va bir oz... mehr ko‘rinib turardi.
— Shunda baxtli bo‘linglar... Men qizim baxtli bo‘lsa, roziman.
Annesaning yuragi kuchli ura boshladi
Saldan song esa ayaz annesani shifoxonadan olib ketdi.....
Ayaz mashinani haydayotgan edi, yo‘l jimjit, mashinada esa faqat yurak urishining ovozidek sezilarli sukut hukmron edi. Annesa orqa o‘rindiqda o‘tirar, qo‘llari titrab, ko‘zlari hayrat va g‘azab bilan to‘la edi. Nihoyat u chiday olmadi. Oldinga egilib, ovozini biroz balandlatdi
— Hozir... nima qilib qo‘yganingizni bilasizmi?
Ayaz bir lahza nigohini yo‘ldan uzmadi,
— Bilasiz? Unda nega? Nega meni ogohlantirmadingiz? Oyimga o‘zim hammasini tushuntirardim.
Ayaz mashinani to‘xtatdi. Yon atrofda odam yo‘q edi, mashina bir chekkaga to‘xtagan edi. U asta orqasiga o‘girildi.
— Men seni qiynashni istamaganman, Annesa. Bilaman, bu to‘satdan bo‘ldi.ammo meni seni sevib qoldim va men yoah bola emasman sevib qoldimmi uylanaman olib qochib yurmayman.
Annesa yon tomonga qaradi, labini tishladi.
— Bu mening hayotim, Ayaz. Qarorlarni men beraman. Shunchaki... buni birdan e’lon qilishingiz kerak emasdi.
— To‘g‘ri. Bu sendan kelib chiqishi kerak edi. Men faqat... seni yo‘qotishdan qo‘rqdim.
Bu so‘zlarni eshitib, Annesa bir zum jim bo‘lib qoldi. Yuragi g‘alati urdi. U bunday javob kutmagan edi. Nigohini Ayazga qaratdi.
Ayaz kulimsiradi, ammo bu kulgi achchiq edi.
— Ha. Chunki sen menga endi begona emassan, Annesa.
Annesa inday olmay qoldi
Ayaz yana mashinani yurgizdi. Annesa esa sukutga cho‘mgan, o‘y surar edi. Ko‘zlari oynadan tashqariga tikilgan
Oradan ozgina vaqt o‘tib, mashina hovli yonida to‘xtadi.
— Annesa uyga kir qochishga urinma men oilamni yoniga borib bu habarni aytishim kerak
Annesa hech nima demadi, faqat bosh irg‘ab tushdi. Mashinadan tushib, sekin qadamlar bilan eshikka qarab yurdi. Ayaz esa unga uzoq tikilib qoldi,
Annesa uyga kirib ketgach, Ayaz chuqur xo‘rsinib, mashinani yana yurgizdi. Endi u o‘z oilasi bilan uchrashish uchun yo‘l oldi. U yo‘lda ketarkan, qalbida bir oz g‘urur, bir oz xavotir, bir oz esa muhabbat bor edi. U bu yo‘ldan endi ortga qaytolmasdi. U Annesani sevardi… shu yo‘lda har qanday qarshilikka tayyor edi.
Ayaz mashinani shahar chetidagi ulkan, zamonaviy uylar joylashgan mahallaga burdi. U derazadan tanish hovlini ko‘rishi bilan mashinani sekin to‘xtatdi. Yuragi biroz tez ura boshladi. Anchadan beri oilasi bilan ko‘rishmagan, ayniqsa otasi bilan.
U mashinadan tushib, qo‘lida kichik bir qutichani ushlab darvozani ochdi. Hovliga kirgach, unga qarama-qarshi eshik ochilib, onasi chiqdi.
deya bag‘riga oldi.ayaz jilmaydi
Ichkariga kirganlarida, singlisi bilan ham salomlashishdi. Faqatgina katta mehmonxona ichkarisida otasi jim o‘tirgan edi. Ayaz unga yaqinlashdi.
— Oila qurmoqchiman, ota. Yaqinda
Xonadagi hamma bir zum jim bo‘lib qoldi.
— Annesa bilan Men uni sevaman.
— Ayaz, bu qaroringni yaxshilab o‘yladingmi?
— Ha. U mening tanlovim. Va men uni hech kimga bermayman
— u yetim va toyga qurbi yetmasligini bilasanmi?
— Bilaman. Ammo men har narsaga tayyorman. Keyin toyni men qilaman.
Oila a’zolari hayratda, ammo Ayazning qat’iy ohangi barchasini o‘yga toldirdi.
U orqaga, derazadan tashqariga qaradi. Yuragida esa Annesaning nigohi, uning ovozi yangrayotgandek tuyuldi. U bu yo‘lni tanlagan va endi ortga yo‘l yo‘q edi.
— Bir haftadan keyin to‘yimiz. Men kutmayman. Hohlasangiz, hohlamasangiz ham, men Annesaga uylanaman.
Onasi beixtiyor qo‘llarini bir-biriga chirmadi. Singlisi esa hayrat bilan Ayazga qarab turardi.
Otasi chuqur xo‘rsinib, o‘rnidan turdi. U Ayazning yoniga kelib, ko‘zlariga tik qaradi.
— Sen har doim o‘zing bilgancha ish qilgansan, Ayaz. Boshqacha bo‘lishini kutmagandim.
Ayaz jimgina bosh irg‘adi. Otasi yuzini chetga o‘girdi
— Mayli. Lekin alohida uyingda t
Yashaysilar..
Ayaz yengil tin oldi. Ota roziligi ochiq aytilmasa-da, qarshilik ham yo‘q edi. Shu yetarli edi unga.
— shundaysiga ham u yerda yashaymiz.
Onasi sekin yoniga kelib, qo‘lini yelkasiga qo‘ydi:
— Yaxshi, menga bahtli bolsang bas
Ayaz o‘zining ichki g‘alabasini his qildi. Endi faqat Annesaga bu yangilikni aytish, uni tinchlantirish kerak edi. Chunki u hali ham Ayazning kasalxonada aytgan so‘zlaridan hayratda, g‘azabda va... balki biroz xafa edi.
Ayaz uyga kirib kelganida, Annesa uni dahlizda kutib turgandi. Qizning ko‘zlarida hadik va qiziqish aralash tuyg‘ular bor edi. U tezda ayazni yoniga chopib keldi
Ayaz jilmaydi. So‘ng asta qadam bosib uning oldiga keldi, ikki qo‘li bilan Annesaning yuzlarini ohista tutdi va ko‘zlariga qaradi.
Shu so‘zlardan so‘ng peshonasiga muloyimlik bilan bir bo‘sa berdi. Annesa esa beixtiyor lablariga tabassum yugurtirdi, yuragi esa tin oldi.