April 12, 2025

Shirin zahar

7-qism

Love:
Annesa mashina oynasidan tashqariga termilib ketayotgandi. Shu payt ko‘zi tasodifan yo‘l chetidagi kichik, tanish supermarketga tushdi. U yerda onasi yoqadigan shirinliklar sotilardi.

Birdan yuragiga iliqlik yugurdi. Onasi uchun bir nima olib borishni xohladi, hech bo‘lmasa ko‘nglini ko‘tarmoqchi bo‘ldi.

— Shu yerda to‘xtating,

Ayaz ko‘z qirim bilan unga qaradi, lekin biror narsa demay mashinani yo‘l chetiga olib chiqib, to‘xtatdi.

— Bir daqiqada chiqaman

Annesa, eshikni ocharkan.

U tushib, supermarket eshigiga qarab yurdi.
U supermarketga kirib
bir quti sevimli shirinliklardan, onasi yoqtirgan rezavor mevalardan oldi Hammasini kichik paketga joylab, chiqishga shaylandi. Shu payt supermarketga ayaz kirib keldi

— nega keldiz?

Ayaz javob bermadi, javob o‘rniga savatcha olib, birin-ketin narsalarni solishga kirshidi

— nima qilayapsiz ? Bulaar kimga?

— Men senga emas, onangga olyapman,

U savatchaga

Yangi siqilgan apelsin sharbati

Qutidagi qulupnayli konfet

Qora shokoladli batonchiklar

Yog‘li kefir va yoğurt

Yengil biskvit pirog

Limonli shirinliklar

O‘ralgan yumshoq sochiq

Qandolatli yong‘oqlar

Ko‘zlar uchun issiq kompress

Annesa savatchaga qaradi ular juda qimmat.

— Ayaz, men bularni olmayman. O‘zim olganim yetarli.

Lekin Ayaz hech narsaga quloq solmadi. Kassaga yaqinlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri navbatga turdi. Annesa ham ortidan bordi, to‘xtatmoqchi bo‘ldi, lekin u kartasini chiqarib, to‘lovni amalga oshirib bo‘lgandi.

— Ayaz, men bunday qilishini so‘ramadim...

U faqat bitta gap bilan javob qaytardi:

— Men ham sendan maslahat olmadim.

So‘ng ikkita paketni ko‘tarib, mashinaga yo‘l oldi. Annesa esa jim uni ortidan yurdi

Shunday qilib, sovuq sukut va qarama-qarshi hissiyotlar bilan to‘la yo‘l nihoyasiga yetdi. Mashina kasalxona oldida to‘xtadi. Ayaz paketlarni olib, mashinadan tushdi, ammo Annesaga bermadi. Faqat unga qarab:

— Yur, o‘zim olib chiqaman,

Annesa e’tiroz bildirgisi keldi, ammo bu safar jim qoldi. Shunchaki, yonma-yon yurib, kasalxona eshigidan ichkariga kirdi.

Ichkarida shifokorlar yuribdi, ko‘pchilik navbatda turibdi. Hamma joyda hidsiz tozalovchi vosita hidi, sokinlik, xira yorug‘lik. Ayaz resepsiyaga yaqinlashib, onasining palatasini so‘radi. So‘ng Annesaga qarab:

— Yur, seni olib boraman,

Yo‘lak bo‘ylab yurganlari sari Annesaning yuragi tez ura boshladi. Nihoyat ular bitta eshik oldida to‘xtadi. Ayaz eshikni ochib berdi.

— kir shu yer— dedi, paketni unga uzatar ekan

Annesa bosh irg‘ab, ichkariga kirdi.

Onasi karavotda yotardi, biroz rangsiz, ammo ko‘zlarida iliqlik bor edi. U qizini ko‘rib, darrov kulib yubordi.

— Qizim... keldingmi?

Annesa jilmayib, yoniga bordi, qo‘lini ushladi.

— Kelmasam bo‘lmasdi-ku... sog‘lig‘ingizni eshitdim. Sizga bir-ikkita sevimli narsalaringizni ham olib keldim, — dedi va paketni ochib ko‘rsata boshladi.

Onasi ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi.
— Juda sog‘indim seni, Annesa... Juda.

Qiz esa labini tishlab, jilmayishga harakat qildi. Ko‘zlari namlanishga ulgurgan edi, ammo u onasini bezovta qilmaslik uchun kuchli bo‘lishga urinardi.

Oradan bir necha daqiqa o‘tgach, eshik asta ochildi. Annesa orqasiga o‘girilganida Ayaz U qo‘lini orqaga qilib, xonaga kirdi.

Shohida opa uni ko‘rib, sevinch bilan yostiqqa biroz tik turishga harakat qildi.

— Voy, Ayaz o‘g‘lim, keldingmi?

Ayazning yuzi asta yumshadi. U yaqinlashib, onaning qo‘lini muloyim ushladi:

— Ha, Shohida xola, keldim. Yaxshi bo‘lib qoldingizmi?

— Endi ancha yaxshiman, sizlarni ko‘rib yuragim tiniqdi, — dedi Shohida opa, yuziga nur yugurgan holda

— Sog‘ayib, tezroq uyga qayting. Sizni ovqatlaringizni sogindim

Shohida opa esa duo qilib, ularning har ikkalasiga boqdi. Ko‘zlarida mehr

— nasb bolsa ozim sizlarga shirin shirin ovqatlar qilib beraman

Xonada sokin, lekin yuraklarga iliqlik soladigan sukunat hukm surdi.

Ancha vaqt suhbatlashib, Shohida opaning holidan xabar olib, unga shirin so‘zlar bilan sog‘liq tilaganlaridan so‘ng, Annesa va Ayaz asta xonadan chiqishdi. Ayaz eshikni ohista yopdi, Annesa esa yana bir bor orqasiga qarab, onasiga jilmayib qo‘ydi.

Yo‘lakdan yurarkan, Ayazning chehrasidagi iliqlik asta-sekin sovuqlikka o‘zgara boshladi.
Annesa bu o‘zgarishni sezib, yelkasini qisdi. Yurak-yuragida nimadandir siqildi. Bir necha daqiqa avval u Ayazning boshqa tomonini ko‘rgan edi — ammo hozir u yana sovuq niqobini taqib oldi.

— Rahmat, Ayaz, bugun yordam berganingiz uchun,

Ayaz uning tomonga bir qarab oldi. Ko‘zlarida nima borligini aytish qiyin edi — shunchaki bir soniyalik jim qarash, xolos.

— Mashinaga o‘t . ha keyin men senga yordam bermadim shohida holani korishga bordim.

Annesa hech nima demay, yurishda davom etdi. Yurakda esa — minglab savollar, tushunarsiz tuyg‘ular va adashgan hissiyotlar...

Mashinagacha yetib borishdi. Ayaz mashina eshigini ochib berdi, o‘zi esa rulga o‘tirdi. Annesa esa, sukutda o‘z o‘rniga joylashdi.

— Nega menga qopol muomala qilayapsiz?

Ayazning qo‘llari rulda qisilib qoldi. U biroz jim qoldi, ko‘zlarini yo‘ldan uzmasdan javob berdi:

— Qopol emasman. Shunchaki...

— Nima, kechagi gapim uchun mendan hafa bo‘ldingizmi?

Ayaz bir zum jim qoldi, ko‘zlarini yo‘ldan uzmasdan mashinani haydayverdi.

— Qo‘ysangizchi... qiz bola bo‘lmang, — dedi Annesa yarim kulib, ohangida ozgina erkalik bilan.

Ayaz to‘satdan tormozga sekin bosdi, mashina chayqalib oldinga surildi. U jahli chiqqanday boshini Annesa tomonga burdi. Ko‘zlari chaqnab ketdi.

— O‘chir, Annesa,

Annesa cho‘chib tushdi, ammo bu cho‘chish ortidan labida mayin jilmayish paydo bo‘ldi.

— Men hazillashgandim, Ayaz...

Ayaz unga qarab indamadi. Lekin ko‘zlarida chaqnab turgan o‘sha g‘azab allaqachon sekin yo‘qolgan, o‘rnini qandaydir ichki bo‘shash, charchoq bosgandi. Shunga qaramay, u ovozidagi jiddiylikni saqladi:

— Endi qiziq emas.

U sekin mashinani davom ettirdi. Yuragida nimadir qimirlagandek bo‘ldi. Annesaning kulimsirashi, so‘zlari... unga ta’sir qilganini ich-ichida tan oldi.
Annesa esa oynadan tashqariga qarab, labidagi jilmayishni yoqotmadi
Mashina uy oldiga kelib to‘xtadi. Ayaz hech narsa demay tushdi, Annesa ham orqadan ergashdi.

Ayaz uyga kirarkan, qattiq ovozda baqirdi:

— Asalll! Asal, qanisan chiq bu yoqqa!

Ichkaridan qip-qizil kiyimda, mayin qadamlar bilan yugurib chiqayotgan Asal, jilmayib:

— Hovvv, Ayaz akaaa, keldingizmi? — dedi nozlanib, egilib salom berdi.

Ayaz jiddiy ohangda so‘radi:

— Dadam bilan onam qayerda?

Asal qo‘llarini oldida tutib, yana o‘sha muloyim ovozida javob berdi:

— Onangiz gapga ketgan, otangiz ishga chiqdi, singlingiz esa ertalabdan darsiga ketdi.

Ayaz bir qarab qo‘ydi. So‘ng hech narsa demasdan Asalning belidan sekin ushladi va uni xonasi tomon yetaklay boshladi. Asal indamadi, faqat past ovozda kulimsirab yurdi.

Bu holatni kuzatib turgan Annesaning yuragida esa nimadir qimir etib qo‘ydi. U o‘zini tushunmadi — g‘alati his paydo bo‘ldi. Nigohi Ayazning orqasidan qarab qoldi, yuragi esa biroz tez ura boshladi. U o‘zidan norozi bo‘lib boshini egdi. “Menga nima bo‘layapti o‘zi?” deb o‘yladi ichidan. Ko‘zini yumdi va chuqur nafas oldi.

U shoshib oshxonaga kirib ishlarini qilishga kirishdi zora shu bilan chalg'isa

Annesa indamaygina ishlarini tugatdi. Oshxonani yig‘ishtirdi, polni artdi, har bir narsa joyida turishiga ishonch hosil qildi.

U beihtiyor Ayazning xonasi tomonga qarab qo‘ydi. Eshik hanuz yopiq, Annesaning yuragi yana g‘alati bir tarzda siqildi. U bunday holatni hali ilgari boshidan kechirmagandi. Bu qanaqa his? Ko‘ngli buzildi.

"Hech bo‘lmasa, biroz toza havo olib kelay." deb o‘ziga bahona topdi-da, sekin oyoq uchida hovliga chiqdi. Ichkarida aytilmagan so‘zlar, javobsiz savollar qoldi. Shaharga ketdi

Shahar ko‘chalari odatdagidek gavjum edi. Ammo Annesa hech narsaga e’tibor bermay yurdi. Ko‘zlarida g‘am, yuragida esa og‘riq bor edi va u bu uydan ketishga qaror qilib avvalo ish topishga kirishdi.

U bir nechta kafelarga, dorixonalarga va kichik do‘konlarga kirib, ish bor-yo‘qligini so‘radi. Har safar “hozircha ishchi kerak emas” degan javoblarni eshitdi. Ammo baribir to‘xtamadi. U endi bu uydan ketishni istardi. Sababini aniq ayta olmasa-da, yuragi bu joyga sig‘mayotgandi. Ayniqsa, bugungi holat...

Annesa ko‘chada yurib, bir necha soatni behuda o‘tkazdi. Ammo umidni yo‘qotmadi. U har bir eshikni taqillatib, kichik do‘konlar, kafe va ofislarga kirib, ish izlashda davom etdi. Nihoyat, kichik bir kompaniyaga kirib, ofisdagi bir xodimdan ish borligini so‘radi.

— Farroshlik bo‘lsa, ish bor, kichik kompaniyamiz, lekin ish kuchi kerak. Kelishingiz mumkin.

Annesa biroz o‘ylab, o‘sha yerga ishga kirishga qaror qildi. U bu ishni vaqtinchalik deb o‘ylagan bo‘lsa-da, o‘ziga yangi bir boshlanish hohladi.

Kech tushib, osmon rangpar moviy tusga kirganida, Annesa yangi topgan ishidan chiqib, xizmatkorlik qilayotgan uyiga qaytdi. Bu uydagi ohirgi kuni edi. U asta ichkariga kirib, ro‘zg‘or ishlariga kirishdi — oshxonani yig‘ishtirib, kechki ovqat tayyorlashga tushdi.

Stolga taomlar qo‘yildi. Issiq sho‘rva, qovurilgan tovuq, salat, yangi non va choy. Oshxona iliq hid bilan to‘lib toshdi. Annesa oshxonani tozalab, o‘zining vazifasini bajarib bo‘ldi.

Bir ozdan so‘ng uy ahli birin-ketin uyga kela boshlashdi. Ayaz ham keldi. Uning yuzi har doimgidek sovuqligicha edi. U hech nima demay stolga o‘tirdi. Hamma yig'ildi

Hamma ovqatlanib bo‘ldi. Stol atrofida jimlik hukm surdi, faqat choy piyolalarining tovushi eshitilardi. Annesa asta turdi, qo‘llarini artib oila yoniga bordi

— Xonim… men ishdan bo‘shamoqchiman.

Stolda o‘tirganlar bir-biriga qarab qolishdi. Uy bekasi biroz hayron bo‘lib, yuziga savol to‘la ifoda bilan so‘radi:

— Tinchlikmi?

— Tinchlik, Xonim… O‘zim yashaydigan joyga yaqinroq yerda ish topdim. Shuning uchun…

Ayaz sukutda edi, faqat kuzatardi. Ammo uy bekasi bir oz mulohaza qilgach, boshini qimirlatdi

— Hop unda… — dedi, so‘ng Ayazga qarab, — Ayaz, sen unga kunlik ish haqini ber.

Ayaz ko‘zlarini Annesadan uzmasdan, sekin bosh irg‘adi:

- hop

— Yur,

Annesa ichidan biroz titrab, sekin uning ortidan yurdi.

Ayaz o‘zining xonasiga kirdi, eshikni ochiq qoldirib, Annesaning kirishini kutdi. Qiz ichkariga kirishi bilan u eshikni yopdi va shartta qulflab qo‘ydi. Qulfning shiqillagan tovushi xonani to‘ldirdi. Annesaning yuragi gupillab ura boshladi.

Ayaz hech narsa demay qadam tashlab yaqinlashdi. So‘ng birdan, kuch bilan uni devorga tirab qo‘ydi. Uning qo‘llari Annesaning yelkalariga bosildi, ko‘zlari esa o‘tdek yonardi.

— Nega? Qachon ulgurding ish topishga?

Annesa dahshat aralash hayronlik bilan unga qaradi.

Ayazning nafas olishi og‘irlashgan, ko‘zlari esa qizning har bir harakatini sinchiklab kuzatardi. Annesa esa devorga tiralgancha, nigohini chetga olib:

— Bugun… tushdan keyin bordim, O‘sha yerda joy borligini ilgari eshitgan edim. Omadim chopdi, ishga olishdi.

Ayaz yuzini yaqinroq olib keldi, ko‘zlari ko‘ziga tikildi. U bir lahza jim turdi, so‘ng past ovozda, deyarli pichirlab:

— Nega menga aytmading? Nega… qochmoqchidek Harakat qilayapsan?

— Qochmoqchi emasman. Faqat… bu yerda qolish… menga yoqmayapti

Ayazning barmoqlari sekin uning yelkasidan sirg‘alib tushdi. U ko‘zlarini yumdi, bir necha soniya jim turdi. So‘ng orqaga chekinib, yuzini chetga burdi.

— Xo‘p, Xohlaganingcha bo‘lsin. Sen bu uydan ketasan ammo mening uyimga.

Davomi borr....

Muallif; Nura