October 19

Oila qurish arafasidagi 15 ta juftlik sertifikatga ega bo‘ldi.

Turmush qurish arafasida bo‘lgan yoshlarni yangi hayotga tayyorlash va kelgusida ibratli oila, namunali ota-ona bo‘lishlari uchun shahar hokimligining oil ava xotin-qizlar bo’limi va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda maxsus o‘quv kurslari tashkillashtirilmoqda.

O‘quvlarda mutasaddilar, FHDYo bo‘lim, otinoylar, psixolog, tibbiyot xodimlari tomonidan olib borilib, yosh oilalarga tavsiya, maslahat va bilim berilmoqda.

Ushbu o‘quvlar orqali oila va nikoh munosabatlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, oilaviy mustahkamlikni ta’minlash, barqaror oila qurish, o‘z navbatida, oilaviy ajrimlarning oldini olish muhim ahamiyatga ega. Katta hayot ostonasida bo‘lgan yoshlarni psixologik qo‘llab-quvvatlash seminarlari davomida oilaviy munosabatlarni qaror toptirish, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish, yoshlar bir-birini tushunib yetishi, oilaviy muhitni yaxshilash uchun qo‘l keladi, albatta.

Joriy yil boshidan shu kunga qadar shaharda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limiga  yoshlar tomonidan berilgan arizalar asosida yigit-qizlar  o‘quv kurslariga jalb qilinib, ularga maxsus sertifikatlar berilib kelinmoqda. Navbatdagi guruhdagi  o‘quvni tamomlagan 15 nafar juftlikka sertifikatlar topshirildi.