SILHOUETTE
Chuqur dengiz tubiga choʻkayotganimnhi his qilyapman, suv sovuq, dengiz ustida boʻron bolyapti, suv loyqalanib mavj urishiga qaramay, choʻkib borar ekanman tepamdagi bulutlarni qora ranga burkalayotganini payqamaslikn iloji yoʻq, nahotki hayotim shunday tugasa? Bu yerga qanday tushib qolganimni eslolmayapman, oʻtmishdan hech narsani eslolmayapman, nahotki eslashga arzigulik hotiralarim yoʻq boʻlsa? Tanam taslim boʻlishni boshladi, oʻzimni boʻshashib ketayotganimni sezyapman, asta koʻzlarimni yumdim, boshqa harakat qilishga kuchim qolmadi, men shunchaki dam olishni hohlayman .
- Bo'ldimi hammasi tugadimi? Yoʻq jin ursin hammasi yana tush ekan, - Leora oʻziga pichirlagancha asta koʻzlarini ochdi va atrofga nazar soldi, u oʻz uyida emasligi aniq, bu yer qaer ekanligini aniq esloldi .
Qiz oʻrnidan turib asta yurmoqchi boʻldi lekin kuchli bosh ogʻriq sabab yana honaga kirib qoldi, bu yerga qanday kelib qoldim oʻzi? Qiz oʻziga savol berarkan, hona ichini koʻzlari bilan oʻrganib chiqdi, hona oʻrtacha kattalikda, devorlar qora dekor qilingan, hatto yotoq va shift ham qora, yotoq ustida katta ekran, bor, deraza oldida oʻrtacha kattalikdagi gul tuvakda qandaydir gul bor, honada boshqa etiborga sazovor narsa yoʻq
Hona eshigi ochilib honaga oʻsha tanish qiyofa kirib keldi, erkakni koʻrgan qiz biroz choʻchib ketdi lekin oʻzini tezda oʻnglab oldi .
- Siz bu yerda nima qilyapsiz? Men qaerdaman oʻzi? - Qiz oʻrnidan turishga shaylanar ekan boshidagi qattiq ogʻriq bunga yoʻl qoʻymaydi .
Alex eshikni orqasidan yopib Leo yoniga toʻshakka oʻtirar ekan honada bir zum sukunat hukum surdi, keyin Alex hotirjam ohangda gapirdi .
- Kecha ofisdan ketganingdan soʻng Siri bilan ichgansan, judayam koʻp ichgansan, politsiya boshqarmasi telefoningdan foydalangan payt qoʻngʻiroq qilish listida ohirgida Jake boʻlgan, baxtga qarshi Jakening telefoni menda, politsiya menga qoʻngʻiroq qilib seni olib ketishimni aytdi . - Alex shunday degancha Leoga biroz yaqinlashdi .
Tasodifiy yaqinlikdan gangib qolgan Leo gapida qoqilib ohiri savolini berdi .
- Siri qaerda? - Leo orqaga tisarilarkan birdan doʻsti yodiga tushdi .
- Taksi chaqirib uyiga olib borishini aytgandim . - Alex qizga yana yaqinlashdi .
- Uni mast holatda yolgʻiz oʻzini erkak kishi bilan yubordingmi? - Leora biroz gʻazabni his qildi, lekin Alexning yaqinligi uni chalgʻitardi .
- Not my girl, not my problem, - Alex qizni noqulayligini sezib ohiri ortga chekindi .
- Men undan habar olishim kerak, - Leora oʻrnidan turmoqchi boʻldi lekin belidan oʻralgan katta qoʻllar uni ortga qaytardi .
- Men undan habar olish uchun odamlarimni yuboraman, sen esa hozir shu yerda qol .
Charchab ohiri qizni ustiga yiqilgan Jake chuqur nafas oldi .
- Bugun judayam ajoyib eding, takrorkanmas, - Yigit yuzini qizni boʻyniga koʻmdi .
Qiz gapirishga holi yoʻq bosh irgʻab qoʻydi va kichik tabbasum qilib yigitning yuzidan oʻpib qoʻydi .
Orada qanchadir muddatga sukunat hukmron bo'ldi, soʻng Emiliy past ovozda deyarli bilinar bilinmas pichirladi .
- Bilasanmi men Alex va Leo birga boʻlishi kerak deb oʻylayman. - Qiz fikrini bildirar ekan, yigitning reaksiyasini kutib yuziga tikildi .
- Nega oʻgay dadam bilan sobiq qiz doʻstim birga boʻlishi kerak deb oʻylaysan? - Jake o'zi tan olishni istamagan qandaydir rashkni his qildi, lekin bu qanday kelgan boʻlsa shunday yoʻqoldi .
Emiliy biroz oʻylanib turdi soʻng egilib yigitning qulogʻiga nimalarnidir pichirladi, qiz soʻzlarini yakunlab yigitning yuziga tikilarkan undan qanday reaksiya olish mumkunligi biroz qoʻrqinchli tuyulardi, Jake qizning soʻzlarini toʻgʻri tushunishga harakat qilib biroz oʻylanib qoldi, soʻngra bosh irgʻadi .
- Menimcha ham shunday, lekin bu haqida chiqqurroq oylab koʻrish kerak .
- Bilasanmi nima, Alex? - Leo toʻsatdan oʻrnidan turib jiddiy qiyofada yigitga qaradi .
- Seni gaplaringni oʻylab koʻrdim, va . . . Men roziman! - Leorani yuzida hazildan hech qanday parcha yoʻq edi .
- Demak Jakedan qasos olish uchun, menga turmushga chiqishga rozisan? - Alex Leorani devolga mihladi .
- Ha faqat bitta shartim bor . - Qizining koʻzlarida olov mavj urdi .
- Qanday shart ekan? - Alex Leorani boʻyi baravar egildi .
- Menga bir narsaga vada berishing kerak, - Leora yigitning koʻzlariga tikildi .
- Agar men qachondir bundan charchasam va ketishni hohlasam meni qoʻyib yuborasan .