March 8, 2025

BOʻSHLIQ

~ O'tmishda biz orzu qiladigan go'zal zamonlar ham zulm va adolatsizlikdan xoli emas edi, kelajak ham bundan mustasno bo'lmaydi. Lekin tarix ko'pincha faqat qahramonlarni eslaydi, ularning soyasida qolgan zulmatni esa unutadi.

2 — Bob

Ruslar saroyi

Ulkan oynali derazalardan qor bilan qoplangan keng maydon ko‘rinib turardi. Saroy ichida sovuq havo hukmron edi, lekin devorlardagi oltin bezaklar va billur shamdonlar bu sovuqlikni jilovlashga urinayotganday edi. Taxt oldida Knyaz mag‘rur holda o‘tirar, uning nigohi saroy xizmatkorlari va zodagonlarga qaratilgan edi.

Birdan u o‘zining buyuk ovozi bilan buyruq berdi:

— Saroyda bal uyushtiring va ajnabiylarni ham taklif qiling.

Uning ovozi devorlardan aks sado berib turdi. Xizmatkorlar bosh egib, zudlik bilan tayyorgarlik ko‘rish uchun tarqalishdi. Bu kecha oddiy kechalardan emas edi—barcha elchilarga, begona yurt vakillariga, zodagonlarga taklif jo‘natilishi kerak edi.

Saroyda yaqin orada musiqalar yangraydi, bejirim liboslar jilolanadi, va ko‘plab odamlar taqdirini o‘zgartiradigan hushbo‘y atirlar havo orqali tarqaladi…

Knyaz og‘ir ipak libosining yengini silkitib, yonida turgan eng yaqin yordamchi vaziriga qaradi. Uning nigohi jiddiy va keskin edi. Saroydagi sovuq havoda ham uning ovozi kuchli yangradi:

— Shahzoda Yusuf ruslar malikasidan ustun qo‘yib uylangan qizni ko‘rmoqchiman.
Vazir sukut saqlab, ehtirom bilan bosh egdi.

Knyaz esa davom etdi:
— Bugun balda. Malikaga ayting, tayyorlansin. U bugungi balda eng go‘zali bo‘lishi kerak.

Vazir yana bosh egib, ortga bir qadam tashladi va hech qanday ortiqcha so‘zsiz chiqib ketdi. Endi saroydagi har bir xizmatkor, har bir tikuvchi, har bir sartarosh bu buyruqni eshitadi. Bugun kechasi saroy ko‘zlar qamashtiradigan go‘zallikning guvohi bo‘ladi—va bu go‘zallik butun rus zodagonlarining nigohida bo‘lishi shart edi.

Ruslar malikasi eshikni shiddat bilan ochib, xonaga g‘azab bilan kirdi. Uning og‘ir ipak ko‘ylagi harakatidan yelkasidan sirg‘alib tushay dedi, ammo u bunga e’tibor ham qaratmadi. Uning yuzi jahldan qizarib ketgan, ko‘zlari esa chaqmoq chaqayotganday edi.

— Nega fransuz shahzodasiga tegishim kerak?! — deya keskin ovozda so‘z boshladi u.
U endi qo‘llarini siqib, qahr bilan Knyaz tomon o‘girildi.
— O‘zimizni rus o‘g‘lonlarini ulardan nimasi kam?!

Xonada bir zum sukut cho‘kdi. Shamdon yorug‘ida Knyazning yuzida ifoda o‘zgarmadi. U mulohaza bilan unga termuldi, so‘ng sabr bilan javob berdi:

— Fransuzlar bilan ittifoq bizga zarur. Bu siyosat.

Malikaning yuragi tez urdi. U hanuz g‘azabini bosolmasdi.

— Men siyosiy qurol emasman, ota! — dedi u ovozini biroz pastlatib, lekin hanuz isyonkor ohangda.

Knyaz chuqur nafas oldi va taxtida biroz oldinga engashdi.

— Sen kelajak uchun qurbon bo‘lasan, qizim. Men o‘zingga munosib juft topmasligingni istaymanmi? Yo‘q. Ammo ba’zan bizning istaklarimiz davlat manfaatlari oldida ojiz qoladi.

Malika duduqlanib, nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin hech narsa topolmadi. Yuragi siqildi. U otasi unga shunday sovuq, vazmin ohangda gapirayotganidan battar g‘azablandi.

— Men baxtimni qurbon qilishim kerakmi?!

Knyaz unga tikildi. Nihoyat, ovozi qat’iy yangradi:

— Ha.

Malika o‘zini qanday tutishni bilmay qoldi. Bir necha soniya davomida faqat ko‘ksining tez ko‘tarilib tushayotgani bilinardi. So‘ng, hech narsa demay, shiddat bilan burilib, xonadan chiqib ketdi.

Uning yuragi to‘lib ketgan edi—u g‘azablanganmi, alam qilganmi yoki o‘z taqdirini allaqachon anglab yetganmi, bilmasdi. Faqat bir narsani aniq bilar edi: bu kecha unga quvonch olib kelmaydi.

Ruslar malikasi

Ruslar malikasi yuragi g‘azab va alamga to‘la holda o‘z xonasiga shoshildi. U xonaga kirishi bilan eshikni yopdi va orqasini unga tirab turdi. Nafasi tezlashgan, yuragi esa qattiq urar edi. Xuddi qafasga tushib qolgan qush kabi o‘zini ojiz his qilardi.

"Fransuz shahzodasi…" Uning ongi bu fikrni qabul qilishni istamasdi. U butun umri rus zodagonlari orasida ulg‘aygan, o‘z yurtining qahramon yigitlari haqida eshitgan, ularning ba’zilari esa unga mehr bilan qarashgan. Endi esa hammasi tugadi. U oddiy bir siyosiy kelishuv qurboniga aylangan edi.

Malika o‘zining katta oynasiga yaqin keldi. Tashqarida qishki tunda saroy yoritilgan, qor yog‘ishda davom etardi. Ammo uzoqda—qorli o‘rmon oralab ketadigan yo‘l ko‘rinardi. O‘sha yo‘l uni ozodlikka eltishi mumkin edi.

"Men bu yerda qolmayman," deb pichirladi u.

U shoshib shkafini ochdi va ichidan oddiy kiyimlarni oldi. Kiyimining dabdabali bezaklarini yirtib tashladi—endi u oddiy qizga o‘xshardi. Keyin esa deraza tomon yurdi. Yuragi qattiq urardi, ammo ortga yo‘l yo‘q edi.

Malika hech bir shovqin chiqarmasdan derazadan osilib tushdi va qor ustiga yumshoq qo‘ndi. Bir zum to‘xtadi, atrofiga quloq soldi—hech kim sezmagandi. U shosha-pisha saroy devorlari tomon yura boshladi. Har qadamda ichidagi qo‘rqunch kuchayar, lekin ozodlik ishtiyoqi undan-da kuchliroq edi.

Endi oldinda faqat qor bilan qoplangan yo‘l bor edi. U qayerga borishini bilmasdi, lekin bu yerda qololmasligini aniq bilardi. Qochishdan boshqa yo‘li yo‘q edi.

Malika qor ustida ohista, lekin shoshqaloqlik bilan yurib borardi. Nafasi qalin sharf ortidan bug‘lanar, oyoqlari esa og‘irlashib borardi. U endi nimadir qilish kerakligini bilar edi. Tashqarida qishning sovuq izg‘irini esar, uning yupqa kiyimlari esa tanasini himoya qila olmasdi.

U birdan oldinda bir aravaning qor ustida asta harakatlanayotganini ko‘rib qoldi. Tashqarida yurish unga uzoq davom etolmasligini anglab, umid bilan qo‘lini ko‘tarib, baland ovozda baqirdi:

— To‘xtang! Yordam bering!

Arava ohista to‘xtadi. Xizmatkorning so‘nggi marta hech qanday begona yo‘lovchini olib ketmaslik haqida buyruq olganini esladi, lekin bu qizning qaltirayotgan ovozi va sochilib ketgan oddiy kiyimlari uning qalbini biroz yumshatdi.

— Siz kimsiz? — deb so‘radi u shubha bilan.

— Men... yo‘lda qolib ketdim, iltimos, hech bo‘lmasa shunchaki shaharga eltib qo‘ying.

Xizmatkor ikkilanib turdi, ammo oxiri boshi bilan ishora qilib, eshikni ochdi. Malika minnatdorlik bilan aravaga chiqdi va sovuqdan qaltiragan holda ichkariga kirdi.

Ammo ichkariga qadam qo‘yar-qo‘ymas, yuragi birdan to‘xtab qolganday bo‘ldi. Ko‘z oldida kutilmagan manzara gavdalandi.

Arava ichida dabdabali kiyingan ikki odam o‘tirardi: biri sovuq nigohli, jiddiy chehrali Shahzoda Yusuf, ikkinchisi esa nafis kiyimdagi, lekin jim va sirli ko‘zlari bilan unga termulayotgan Malika Shahrizoda edi.

Malikaning nafasi ichiga tushib ketdi. Bu qanday tasodif edi?! U aynan ruslar saroyidagi balga ketayotgan odamlarga duch kelgan edi!

Yusuf unga sovuqqon nigoh tashladi, Shahrizoda esa hech qanday ortiqcha hissiyot namoyon qilmay, jim o‘tiraverdi. Arava ichidagi sukunat bosim kabi edi.

Arava ichida sukut hukmron edi. Faqat tashqaridagi qordan g‘ijirlab o‘tib borayotgan g‘ildiraklarning ovozi eshitilardi. Yusuf nigohini malikaning muzlab ketgan qo‘llariga bir lahza tushirdi, so‘ng sovuqqina ovozda gapirdi:

— Qaerga ketyapsiz, malika?

Ruslar malikasi chuqur nafas oldi. U bir muddat jim turdi, go‘yo so‘zlarini saralayotganday, keyin ohangida achchiq alam bilan javob berdi:

— Menga boshqa yo‘l qoldirmadi… Otam meni fransuz shahzodasiga berib yubormoqchi.

Uning ovozi titradi. U dardini ichiga yutdi va davom etdi:

— Shaxrizoda va sizni ajratib, meni sizga tiqishtirishni reja qilgan. Sizning bu ittifoqqa qarshi bo‘lishingizni biladi, lekin bu nikoh orqali Fransiya bilan bog‘lanishni istayapti.

Uning so‘zlari arava ichidagi havoni yanada sovuq qilib yuborganday bo‘ldi. Yusufning yuzi mutlaqo o‘zgarmadi. Xuddi bu xabar unga mutlaqo ta’sir qilmaganday. Aslida, haqiqatdan ham shunday edi—u buni allaqachon bilardi. Qirol ilgari ham unga bu haqida gapirgandi.

Malika esa uning ifodasiz yuziga qarab, yuragiga vahima oralaganini his qildi.

— Siz buni bilganmisiz?.. — uning ovozi xuddi zaif shamolday eshitildi.

Yusuf unga javob bermadi.

— Iltimos… — deya malika unga tikildi. — Meni yana saroyga qaytarib obormang!

Uning ovozi endi iltijoga aylanib borardi. U bu nikohni istamasdi, u taqdirining shunday hal bo‘lishiga qarshi edi.

Shahrizoda, hozirgacha jim o‘tirgan bo‘lsa-da, bu safar asta oldinga egildi va mayin, lekin qat’iy ohangda gapirdi:

— Biz sizni yashira olamiz.

Malikaning ko‘zlarida bir zum umid chaqnadi. Ammo shu zahotiyoq Yusuf sovuqqina ohangda gapirdi:

— Yo‘q.

Malika beixtiyor orqaga tislandi.

— Nega?! — uning ovozida ham g‘azab, ham umidsizlik bor edi.

Yusuf nigohini derazaga qaratdi, tashqaridagi qor yog‘ayotgan tun go‘yo uning ko‘zlarida aks etganday edi. Keyin esa xuddi hech narsa bo‘lmaganday shunchaki javob berdi:

— Siz mening masalam emassiz, malika.

Shahrizoda beixtiyor past ovozda uning ismini chaqirdi:

— Yusuf…

— Nima?! Sen hech narsani tushunmaysan! — deya o‘tkir hayqirdi. — Agar rus malikasini yashirsak, ruslar bilan fransuzlar o‘rtasida urush yuzaga keladi! Men uchun bu eng katta xavf!

U yengil nafas olib, davom etdi:

— Menga tinchlik kerak!

Shaxrizoda uning javobidan hayratda qoldi. U Yusufning qanday qilib bu muammoning siyosiy xatarlarini shunchalik sezishini kutmagan edi. Shahrizoda o‘zgacha qarashlar bilan unga tikildi, ammo Yusufning so‘zlarida qat’iyat bor edi, va bu qat’iyat malikaning umidlarini yo‘qotishga yetarli edi.

Uning so‘zlari malikaning ichidagi ingichka umidni so‘ndirdi, ammo u qaroridan qaytishni istamadi.

— Lekin… — malika yumshoq ovozda pichirladi, — menimcha, tinchlikni yaratishning boshqa yo‘li bo‘lishi kerak.

Shaxrizoda bir lahza jim turdi, so‘ng achchiq kulib yubordi. Uning kulgisi sovuq va nafratga to‘la edi, go‘yo u umidini butunlay yo‘qotganini anglagan edi.

— U ham sotilib ketadi, huddi men kabi… Ajoyib! — dedi u achchiq kulgan holda. — Bu lanati siyosatda ayollar huquqi degan narsa yo‘q!

Yusufning yuzida hech qanday o‘zgarish yuz bermadi. Uning ko‘zlari barqaror, qat’iy bo‘lib, so‘zlarida nafrat yoki shafqatning hech bir izini ko‘rmasdi. U hayotining har bir qarorini mantiq bilan qabul qilgan va his-tuyg‘ularga joy bermaslikni tanlagan edi.

— Biz rus malikasini qaytaramiz. Lekin men unga uylanmayman! — Yusuf nihoyat gapirdi, ovozi aniq va qat’iy edi.

Malika bu so‘zlardan keyin nafasini tiqib, boshini egdi. U o‘zi ko‘rgan dunyo va uning ichidagi adolatsizliklarni his qilar edi. Ammo uning ichki qarori birdaniga to‘xtadi.

Rus malikasining ovozi titroq bilan eshitildi. U qo‘llarini bir-biriga qistirib, o‘zi bilan kurashar edi.

— Lekin… unda meni otam qandaydir fransuz zodagoniga sotib yuboradi… — dedi u hayajon bilan, ko‘zlarida qo‘rquv va umidsizlik bilan.

Yusuf unga, yuzida hech qanday tuyg‘u bo‘lmasdan, sovuqqina javob berdi:

— Buni menga aloqasi yo‘q, malika.

Shahrizoda va malika bu so‘zlardan keyin jim bo‘ldilar. Arava esa uzoq yo‘lni bosib o‘tib, nihoyat ruslar saroyiga yetib kelgan edi. Aravadan tushgan paytda, saroyning o‘zgacha atmosferasi hamma narsani o‘zgartirardi. Saroyning yuksak darvozalari, qarshisidagi oq qishloq uylarining sathi hamma narsani jiddiylashtirgan edi. Arava to‘xtab, Shaxrizoda, Yusuf va malika ichkariga kirish uchun aravadan tushdilar.

Yusuf rus malikasiga yengil bosh irg‘ab, sovuqqina, ammo aniq gapirdi:

— Orqa eshikdan kir, biz seni qochib ketishga harakat qilganingni Knyazga aytmaymiz.

Malikaning yuzida qisqa va og‘ir bir nafas olishdan keyin, undan biror so‘z chiqmadi. U boshini egib, ortiga qarab, orqa eshikka tomon yurdi. Yusuf Shaxrizodani qo‘lidan tutib, uni so‘ngra saroyga olib kirishni davom ettirdi.

Shaxrizoda bir lahza Yusufning qo‘lini sezdi va bu jarayon uning uchun bir oz qarama-qarshi edi — uni olib borayotgan Yusufni va saroyga kirishning qandaydir sovuq va ma’lum natijalariga olib kelishini his qilar edi. Biroq, Yusufning qo‘lidan tutib, qadamlarini saroy ichkarisiga boshladi. Saroyning katta, porloq zallari, yuqori shiftlari, va to‘g‘ri chiroqlar orasida, ular quyoshga to‘la hali bo‘lmagan o‘sha tunni to‘ldirib, ichkariga kirdilar.