SILHOUETTE
— Hoʻsh sen qanday javob berding — Qiz mayda tabbasum bilan kursiga suyandi yuzida yengil kinoya mavj urardi .
— Rad etdim, albatta! Nima deganin bu? — Leora asabiylashib koʻzlarini aylantirdi .
— U aqldan ozgan telba boʻlsa kerak! U 39 yosh tushunyapsan! Men esa 18yoshman! Uni hatto belidagi tatusi mendan katda!
— Hech narsa tushunmadim! — Siri peshonasiga yengil tegindi .
— Sen menga aytyapsan! U 39 yosh, 17 yoshida tatto chizdirgan? Shunda uning tattosi sendan 4 yosh kattami?
— Shunday ! Bu vaziyat qanchalik aqldan ozgan ekanligini tushunyapsanmi ! Bu daxshatli — Leora boshini silkidi .
— Uni tattosi bor ekanligini qaerdan bilding? — Siri kinoyali jilmayib Leoga yaqinlashdi .
— Men . . . Uning oʻzi aytdi! — Leorani ogʻzidan chuqur nafas chiqib ketdi
— Yaxsh, yaxshi, lekin bilasanmi nima, sen uni taklifini qabul qilishing kerak edi .
— Nima ? — Leora doʻstining gapidan biroz hayratlandi .
— Bu Jakedan ajoyib qasos boʻladi, menga ishon . — Siri Leoga yengil koʻz qisdi .
— Sen ham aqldan ozib qolganga oʻxshaysan! — Leo shunday degancha oʻrnidan turib eshik tomon yuzlandi .
Leorani ketayotganidan hayratlanmagam Siri ohirgi soʻzlarini aytdi .
— Lekin oʻylab koʻr ! Bu ajoyib boʻlgan boʻlardi! — Leora eshikni orqasidan qattiq yopib Sirini uyini tark etdi .
Leora toʻgʻri ofisiga yoʻl oldi, u judayam charchagan, hayolida faqat tezroq ishlarini tugatish va uyga qaytish edi . Yaqin atrofdan taksi toʻxtatdi va ofis tomon yoʻl oldi, mashina oʻrindiqiga suyangancha qizni hayoli oʻtmishga qaytdi, oʻsha baxtli onlar, oʻsha kulgular, yoshlik, hammasi 18 yil davomida hayotida judayam koʻp narsalar sodir boʻldi, judayam koʻp narsani ogʻriqli yoʻl bilan yoʻqotdi balki shungadir endi unga qandaydir hech narsani farqi yoʻq .
Mashina ofis oldidan biroz uzoqroda toʻxtadi, Leo toʻlov qilgancha mashinadan tushdiyu yaqin atrofdagi coffe shopga yoʻl oldi, bu unga fikrini jamlashga yordam beradi . Leo sotuvchiga iliq tabassum qildi .
— Doimgidek, shakarsiz .— Sotuvchi bosh irgʻagancha kofeni tayyorlashni boshladi, Leoni ishi shu atrofda boʻlgani va u doimiy mijoz boʻlgani uchun sotuvchi uni judayam yaxshi tanirdi .
— Bugun kayfiyatingiz yoʻq koʻrinadi, honim . — Sotuvchi iliqlik bilan soʻradi .
— Shunchaki biroz charchadim . — Leo qisqa javob berdi va stol ustidagi allaqachon tayyor boʻlgan kofeni olgancha karta bilan toʻlov qildiyu offis tomon yoʻl oldi
Offisga kirishi bilan odamlarning allaqachon tarqalgan mish mishlari qizning qulogʻiga chalindi .
"Aytishlaricha ofis sotilib ketibdi ." "Yangi ega barcha hodimlarni ishdan boʻshatayotgan ekan ." Leo ularga unchalik ahamiyat bermadi va oʻz honasiga yoʻl oldi, stoldan joy olgancha chuqur xoʻrsindi da kompyuterini ochib ohirgi hisobotlarni tayyorlashni boshladi .
— Ohirgi tayyorlagan malumotlaringni televizor ham, gazeta ham qabul qilishni rad etdi . — Leoni hamkasbi kompyuterdan koʻzini uzmagancha gapirdi .
— Yanami? Jin ursin ! — Leo ikki qoʻlini boshiga qoʻygancha oʻyga botdi .
— Menimcha odamlar allaqachon backroom va Mandela effekti dan zerikdi . Yangi mavzu topishing kerak .
— Shuning uchun qattiq harakat qilyapman . — Leo shunday degancha boshini stol ustiga qoʻydi va oʻylanib qoldi .
— Menimcha odamlarga realistik nimadir kerak . — Hamkasbi Leoga havotirga toʻlgan koʻzlar bilan qaradi .
Leo indamadi, boshini stolga qoʻygancha oʻylanib qoldi, rostdan ham, odamlar ohirgi paytlar hamma narsani logika bilan qarashyapti .
—Dyatlov dovoni siri ! — Leora nimanidir topgandek boshini koʻtarib shoshgancha kompyuterga nimalardir yozishni boshladi .
— Nima? — Hamkasbi hech narsani tushunmay Leoga tikildi
— Dyatlov dovoni siri .
1959-yilda 9 nafar tajribali sayohatchi Ural tog‘larida sirli tarzda halok bo‘lgan . Tanalar g‘ayrioddiy shikastlangan, ba’zilarining ko‘zlari yo‘q, kiyimlarida nurlanish aniqlangan . Hali ham bu tushuntirilmagan . Buni odamlar paralel dunyo to‘lqini, harbiy tajriba yoki vaqt uzilishi bilan bog‘lashadi .
— Lekin bunga 66 yil boʻldi, Leo . . .
— Aynan ! Odamlarga tarixiy narsalar kerak ! Uzoq yillar oldin boʻlgan lekin haligacha ochilmagan sirlar ! — Leo hamkasbi yoniga bordi va uni qoʻlini oʻz qoʻliga oldi .
— Iltimos ohirgi marta, ular bilan gaplashib koʻr, ular buni aniq qabul qiladi . — Leora iltijo qilgandek hamkasbiga tikildi .
— Yaxshi, faqat ohirgi marta ! — Hamkasbi chuqur xoʻrsindi, Leo esa uni qattiq quchoqladi .
— Raxmat, azizam, katta raxmat! — Leora hamkasbidan biroz uzoqlashdi va narsalarini yigʻib ketishga tayyorlandi .
— Menga kechki ovqat qarzsan . — Hamkasbi kinoyali jilmaydi .
— Kechki ovqat sendan aylansin . — Leora koʻzini qisib honani tark etdi
Leo ofisni tark etish uchun eshik tomon yoʻl olgan edi lekin kotibani gaplari unga qisqa muddatli toʻxtashiga sabab boʻldi .
— Yangi ega seni oʻz honasida kutyapti! — kotiba shunday degancha boshqa hech qanday soʻzsiz u yerni tark etdi .
Leo chuqur nafas oldi va yoʻlini boshliqni honasi tomon oʻzgartirdi ! Mayda qadamlar bilan zinadan koʻtarildi va hona oldida toʻxtadi, chuqur nafas oldiyu eshikni ohista taqqilatdi, ichkaridan kirishga ruxsat berilgandan soʻng Leo eshikni ochib hona ichiga qadam tashladi .
Hona ichida oʻtirgan erkakni tanigan Leoning koʻzlari katta katta boʻldi .
— Siz?? — Leora hayratdan qotib qoldi .
— Kutmaganmiding, azizam? — Alex qora kostyumini toʻgʻrlagancha orqaga suyandi .
— Mendan nima hohlaysiz, tinch qoʻying meni — Leora shunday degancha asabiylashgan holda qoʻllarini sochlari orasidan oʻtkadi .
Alex sekin oʻrnidan turib katta qadamlar bilan Leoraga yaqinlashdi va qizing kichik qoʻllarini sochidan ajratdi .
— Bu yaxshi odat emas ! — Alex shunday degancha qizni qoʻllarini oʻz lablariga olib keldi .
— Men nima hohlashimni oldin ham aytganman, seni ! Va men bunga erishmaguncha harakat qilishdan toʻxtamayman, meniki boʻlasan malikam, meniki . . .
— Siz aqldan ozgansiz . — Leora shunday degancha Alexni oʻzidan itarib yubordi !
— Bu nimanidir oʻzgartiradmi? — Alex Leoraga yana yaqinlashib uni devorga qadadi .
— Bu sevgi emas, 'janob! Bu obesssiya! Siz davolanishingiz kerak chunki ruhan sogʻlom ekanligingizga shubham bor ! — Leora bu gaplarni qanday baland ovozda aytganini oʻzi ham sezmay qoldi !
Alex yengil kulib yubordi .
— Jasur man degin ? Mm, bu menga yoqti, azizam — Alex Leoraga yana biroz yaqinlashdi .
— Sendan bir narsani soʻrayman, javobing meni qoniqtirsa ketishinga ruxsat beraman !
Leo beparvo bosh irgʻadi.
— Tezroq!
— Buni hammasi Jake tufaylimi? — soʻradi Alex . — U tufayli meni qabul qilmayapsanmi ? Uni haligacha sevasan, toʻgʻrimi? Oʻgʻlimni sevasan, buni koʻzlaring aytib turibdi