LIMERENCE
1 - Episode || Are you sure it's love?
Kichik yorugʻlik taʼsirida atrof muhit koʻrinib turgan bayram stolida hech narsa tegilmagan, hech kim oʻrnidan jilmagan, hamma bir insonni kutardi, hona ichi shunchalik sukutga botgan-ki, havoga oyna yordamida kirayotgan shamolning ovozi aniq eshitilardi .
- U aniq keladimi oʻzi? - Janob Jeon asabiylashgancha oʻgʻliga qaradi .
- Ha, u kelaman degandi...- Jungkook asabiylashgancha soatiga qararkan, boshqa mehmonlarni ham hafsalasi pir boʻlgani aniq edi .
Hizmatchilar eshikni ochishar ekan kutilayotgan odam honaga kirib keldi .
- Hammaga hayrli kech, honimlar va janoblar . - Qiz tabbasum qilgancha erining oldidan joy oldi.
- Yarim soatga kech qolding . - Jungkook egilgancha Fealithni qulogʻiga pichirladi .
- Qirolicha hech qachon kech qolmaydi, qolganlar shunchaki judayma erta . - Fealith Jungkookga kinoyali tabassum bilan javob qaytardi .
- Hhh - Janob Jeon tomogʻini qirgancha barchaning eʼtiborini oʻziga qaratdi .
- Bugun biz katta bir hamkorlikka va yangi bir oilaning boshlanishiga qadam qoʻymoqdamiz, Bizning kompaniya bugundan boshlab rasman Agreste oilasining kompaniyasi bilan oʻz ishini boshlaydi . - Janob Jeon Anastasiya Agreste va Taehyung Agreste ga tabbasum bilan ishora qildi .
- Bundan tashqari, - Davom etdi Janob Jeon - Biz bu munosabatlarni yanada chuqurroq qilish uchun farzandlarimizni ham nikoh bilan bogʻladik.
Janob Jeonning rasmiy gaplari uzoq muddatga choʻzilmadi, zerikarli tovushlar oʻrnini qadaqqa quyilayotgan qimmat vino ovozi egalladi, atrofda yoqimsiz darajada baland musiqalar hukm surmoqda, rasmiy bayram klub raqs honasiga aylangan .
Fealith yuzidagi bepisandlikni yashirib ham oʻtirmadi, Onasini oldiga borar ekan boshini chayqab hoʻrsindi .
- Biz otang bilan ketamiz, sen esa qolasan. - Anastasiyaning lablaridan bu gaplar huddi hech narsa emasdek sizib chiqdi .
- Nima deganingiz bu men qolaman? Ahir hali bir oy .. - Fealith gapini tugatmasidan onasini gaplari uning gaplarini kesdi .
- Men ham shunday deb oʻylagan edim, lekin Jungkook buni tezlashtirishni soʻragan .
- Jin ursin. - Fealith chuqur nafas olgancha koʻzlarini yumdi .
Anastasiya Fealithni yelkasidan ushlagancha uni oʻziga qaratdi .
- Fea, mening Feam, sen meni qizimsanku, ularga aslida kim ekanligini koʻrsat, ular seni zaif deb oʻylashlariga yoʻl qoʻyma, Sen haqiqiy ayollik jozibang bilan Leoni ( Jungkook) oʻzinga qarat ! - Anastasiya qiziga iliq tabassum qildi, soʻngra uni quchdi .
- Nimani unutsam ham sizni qizingiz ekanimni unutmayman. - Fealith shunday degancha onasini yuzidan oʻpdi va tepa qavatda yoʻl oldi .
- U huddi mening yoshligim . - Anastasiya shunday degancha Fealithga orqadan tikildi .
- Aynan shu meni havotirga solyapti . - Taehyung orqadan kelgancha qoʻlini ayolning boʻynidan oʻrab oʻziga tortdi .
Fealith yotoqxonaga eshigini ohista ochgancha oʻzini ichkariga itardi va Jungkookni allaqachon shu yerda oʻtirganini koʻrdi .
- Nega barchasini tezlashtirding? - Fealith savol bergancha divanga joylashdi .
- Hammasini choʻzishdan nima foyda ? - Leo yotoqdan turgancha Fealith oldiga, divanga yaqinlashdi .
- Bilasanmi Feam, buni qasos deb qabul qil, hamma qilgan ishlaring uchun qasos . - Leo qizni oldida toʻxtadi va qizni iyagini koʻtarib oʻziga qaratdi .