𝐒𝐀𝐌𝐆𝐔𝐊 𝐀𝐅𝐒𝐎𝐍𝐀𝐋𝐀𝐑𝐈!
Qiz divan ustiga oʻtirgancha chuqur oʻyga choʻmdi, endi nima qilishni bilmas, nimalar boʻlayotganini tushunmas edi
— Hoʻsh ular qanchadan beri birga? — Fealith savol nigohi bilan Hyunjinga yuzlandi
— 6 yil— yigit beparvo javob berdi .
— Lekin unda nega otam buni bilib turib meni ularga berdi? — Qiz oʻzini qiynayotgan barcha savollarga javob izlagisi kelardi .
— Buni otang bilmas edi — Yigit yelkasini qisdi — Hatto Minhoni oʻz otasi ham bilmaydi buni .
— Nima demoqchisan — Qiz tushunmay qoshini koʻtardi.
— Demoqchimanki, ular buni hammadan sir tutishadi, chunki Minhoni otasi singlimga uylanishiga qarshilik qilgan, lekin ular bir birini sevishgan, shu sababli singlim qasrdan qochib ketgan, lekin Minho singlim uchun qochib ketolmagan, chunki u yagona shaxzoda .
— Singling oʻz hohishi bilan malika boʻla turib shunday yashashga koʻnganmi? — Qiz Hyunjinga biroz yaqinroq oʻtirar ekan qiziquvchanlik uni yeb bitiradi . Hyunjinning yuzi jiddiy tus oldi .
— Ha, men uni olib ketishga judayam koʻp harakat qildim, lekin u quloq solmadi, tentak, oʻziga butun umr sevganini kutib, yolgʻiz yashaydigan hayotni ravo koʻrdi, toʻgʻrisi u yaxshi qiz, lekin biroz qaysar . . .
— Lekin nega Minhoni otasi ularni sevgisiga qarshi ? — Fealith divanga suyandi . Yigit sukunatga choʻmdi, huddi bu savolga javob berish unga ogʻriq beradigandek .
— Men sababdan ! — Yigit toʻhtab qoldi va jiddiy qiyofada qizga oʻgirildi . — Uni otasi bilan ancha yillik adovatim bor ! Shu sababli ularni sevgisiga Minhoni otasi qarshi . — Hyunjin yana biroz sukutga choʻmdi va keyin birdan oʻrnidan turdi . — Nima boʻlganda ham . Savol berishni bas qil . — Yigit shunday degancha honani tark etdi .
Fealith yana oʻsha boʻshliqda oʻz tuygʻulari bilan yolgʻiz qoldi . Bu judayam qoʻrqinchli . . . Chunki bu boʻshliq uni yeb tugatadi . . . Yuragini ming boʻlakka boʻlib qaytadan teradi, hammasi judayam chalkash, hislar oʻz oʻrmonida adashtiradi . Koʻz yoshlar oʻz tamida mast qiladi . Aqldan ozish esa ularni boshqaradi .
Tun . . . Yoshligimda undan qoʻrqar edim hozir esa yagona orom markazim boʻldi bu tun . Gʻalati . Hammasi gʻalati . Oʻz his tuygʻularimni oʻzim tushuna olmayapman, hoʻsh Minhoni sevamanmi? Hyunjinchi bu yerdan qanday qochish mumkun? Otamga bularni qanday tushuntiraman? Hammasi judayam chalkash . . . Boshim qotib qoldi .
Eshik sekin ochilganini payqadim Hyunjin boʻlsa kerak deb avvaliga unga parvo qilmadim lekin qadam tovushlari meni sezmasligim uchun bor kuchi bilan harakat qilyapti ? Tanam muzlab qoldi ! Kimdir menga orqadan yaqinlashyapti . . . Nafas olishim maromidan chiqdi tananamni qoʻrquv butunlay boshqaruvga oldi, va toʻsatdan kuchli qoʻllar ogʻzimga qandaydir dast roʻmol yopdi . henbane (hyoscyamus niger) oʻtini iforini dimogʻimda his qildim, endi ularning maqsadi aniq, bu oʻt qanchalik zararli ekanligini judayam yaxshi bilaman, Goguryeo saroyida buni menga oʻrgatishgan, baqiroqchi boʻldim lekin miyyam toʻliq ochdi va atrof tim qorongʻu rangga botdi .
Sahar tong, koʻzimni judayam gʻalati joyda ochdim, tepadan tushayotgan biroz quyosh qorongʻulikni yoyishga harakat qilyapti, oldimda ikta erkak turibdi, ularni yuzini aniq koʻrolmayapman chunki dori haligacha oʻz tasirini oʻtkazyapti ularni ovozi bu ustama tanish . . . Aniq qayerdadir eshitganman, ular mendan nima hohlashadi? Gapirishni hohlayman lekin lablarim mato bilan yopilgan, qolim qattiq bogʻlangan, va bu harakatlarimni cheklaydi . Toʻhta men ularni birini taniyman . . .
Hyunjin gʻazablangancha soqchilarga oʻgirildi .
—Hazilashyapsizlarmi ????? Malikani koʻz oʻngingizdan oʻgʻirlab ketishdi va 4 ta askar buni sezmadingiz ???
— Shaxzodam ular buni soqchilar almashadigan vaqtda qilishgan va bir daqiqaga ham kech qolishmagan . . . Menimcha saroydan kimdir sizga hoyinlik qilyapti, soqchilar almashish vaqtini faqat soqchilar bilar edi . . . — Soqchi yerga qaragancha biroz toʻhtab qoldi .
— Jin ursin ! — Saroydagi hamma soqchini bir honaga toʻpla va . . .
— Otimni tayyorlang ! Agar Fealith topilmasa hammangiz boshingiz bilan javob berasiz ! — Hyunjin shunday degancha gʻazablangan holda honani tark etdi
— Minho, Fealithga nima demoqchisan? — Qiz Minhoni qoʻlidan ushlagancha unga tassali berishga harakat qildi .
— Bu meni ishim emas, Hyunjin oʻzi aytadi . Men Fealithni otasi va oʻz otamga qanday tushuntirish haqida oʻylayabman .
— Nega shunchaki men haqimda ayta qolmaysan? — Qiz koʻzini yerga qadadi
— Otam saroydan haydab yuborishi mumkun, lekin bilasanmi nima? Bugunoq borib sen haqingda aytaman, haydasa haydayversing ! Sevgim uchun buni qilaman .
Qizni yuzida kichik tabassum paydo boʻldi va u egilib lablarini Minhoning lablariga bosdi, Minho ham bu boʻsani darxol qaytardi .
— Seni sevaman Minho, bor kuchim bilan sevaman . . . — Qiz egilib Minhoni yelkasiga boshini qoʻydi va belidan mahkam quchdi . . .