73 — KUN
— Lekin ishtirokchilar katta hatoga yoʻl qoʻygan, ular oʻyinni tark etgan ammo Velkareth toʻliq olganiga ishonch hosil qilishmagan . — Sieun kema devoliga suyangancha kitobni yopdi .
— Men bunga ishonmayman . — Beparvo bosh chayqadi Safira .
— Agar oʻsha sen aytgan olam chindan mavjud boʻlsa va Velkareth faqat oʻzi biladigan jirkanch maqsadga ega boʻlsa, nega hozirgacha u buni qilamadi ? — Safira divandan joy oldi .
Sieun esa tinch yuzini saqlab qolgancha javob berdi .
— Oʻyin ishtirokchilari uni toʻliq oʻldirmagan, lekin yaralagan, unga nimadir yetmayapti . . . — Sieun shunday deb gapini tugatmoqchi ediki . . . Birdan qichqiriq ovozi yangradi .
— Shiku!!! — ovozni eshitgan har bir odam kema ortiga shoshdi, u yerda Fealith hayratdan qotib qolgan edi . . . .
— Shiku dengizni koʻrish uchun yaqinlashgan edi . . . Lekin u birdan dengiz tubiga tushib ketdi . . . — Fealithni ovozi titradi, balandroq gapira lablari yirtilib ketgudek past ovozda pichirladi .
— Qutqaruv kemasini topish kerak , — Jungkook shunday degancha kemaning oldi qismiga oʻtmoqchi ediki . . . . Hech narsani kutmay oʻzini suvga otgan yigitning harakatlari uning toʻxtab qolishiga sabab boʻldi .
Taehyung chuqur nafas olib dengiz ichiga kirgancha koʻzi Shikuni izlay boshladi, havoning kayfiyati oʻzgarib yomgʻir yogʻishi boshlagani uchun boʻlsa kerak, dengiz ichi qorongʻu, suv biroz loyqa, Taehyung Shikuni topmasdan chiqmasligi aniq ekanligi yana bir marta isbotlab dengizga chuquroq shoʻngʻidi va qizni suv oʻtlariga oʻralgan holda topdi, Taehyung qizni oʻtlardan ajratar ekan havo tanqisligidan qiynalishni boshladi, qiz esa allaqachon hushini yoʻqotgan edi, Taehyung ohirgi suv oʻtini ham olib tashlab qizni koʻtarib suv ustiga chiqa boshladi, qizni qoʻlidagi qandaydir qutini payqash uchun judayam bant .
Suvdan chiqqan ikki jon ogʻir va tez nafas olishni boshlashdi va kemadagi doʻstlari ularni kema ustiga tortib chiqarishdi va ichkariga kirishdi .
Safira issiq choyshabni Shikuni atrofiga oʻradi va ularga issiq choy berdi .
— Qoʻlingdagi nima? — Jungwonni etiborini Shikuni qoʻlidagi quti tortdi, Shiku ham qutini endi payqagandek uni sekin yerga qoʻydi .
— Bilmayman, suv ustiga chiqqanimda u yonimda edi, — Shiku shunday degancha koʻrpachani atrofiga mahkamroq tortdi .
Fealith Shikuga yaqinlashib qutini ustidagi changni ohista artib tashladi va qutini ochdi .
— Bu qandaydir oʻyin . . . Bosh qotirma menimcha, — Fealith shunday degancha oʻyinni koʻzdan kechirishni boshladi .
— Boshqotirma? — Jungkook biroz yaqinlashdi, — Bu yerda qanday oʻynalishi yozilgan ekan, — Jungkook shunday degancha qoʻllanmani oʻqishni boshladi .
— Qaranglar, — Tushuntirishni boshladi Jungkook — Bu yerda turgan kichik figuralar oʻyin ishtirokchilari ular : 1. Koʻzguda yashovchi sehrgar .
2. Olov nigohli sehirgar .
3. Soyada yashovchi sehrgar .
4. Tosh yurakli sehrgar .
5 . Shisha sehirgar .
6. Yorugʻlikdan tugʻilgan sehrgar .
7. Soat sehirgari .
8 . Qon sehirgari .
Va ohirgisi kichik shaxzoda . Har bitta oʻyinchi bittadan sehrgar figurasini oʻz qoʻliga oladi va oʻyin boshlanadi, kim birinchi boʻlib labirint sirini ochsa oʻsha gʻolib boʻladi .
— Zerikarli, — Taehyung divanga suyandi, — Faqat shu oʻyinni oʻynaymiz demang .
— Oʻyin boshlanmasidan oldin qoʻrqyapsanmi? — Sieun kinoyali tabbasum bilan oʻyin yoniga yaqinlashdi .
— Kim? Menmi? Bu oddiy labirint! — Taehyung ohista kulib figuralardan birini qoʻliga oldi .
— Qani, kim yutqazar ekan ! — Boshqalar ham birmabir figuralarni olishdi .
Jungkook esa qoʻllanmaga qaragancha Hyunjinga ishora qildi .
— Sendagi figura bu olov nigohli sehirgar, demak sen boshlaysan, chapga yoki oʻngga yoʻnalishni tanla ! — Hyunjin bosh irgʻagancha figurani qoʻliga oldi
Hyunjin figurani qogʻoz ustiga qoʻyarkan honada bir muddat jimlik hukum surdi soʻngra shiftdan bosim bilan pastga tushayotgan qora nurlar honani butunlay qamrab oldi, qora nurlar taʼsirida honada nafas olish ilojsiz ishga aylandi . . .
Qahramonlarimiz oʻzini quvurga oʻxshash qandaydir joyda topishdi, atrof biroz gʻalati, huddi oʻyinchoq labirint katta qilib qoʻyilgandek edi .
— Biz qaerdamiz? — Fealith atrofga nazar tashlagancha boshqalardan soʻradi .
— Menimcha labirint ichida . — Javob berdi Hyunjin .
— Sieun . . . — Safira Sieunga yuzlandi, — Velkareth ertak degan gaplarimni qaytarib oldim . — Safira shunday degancha atrofni sinchiklab oʻrgandi .
— Bu unga bogʻliq boʻlishi mumkunmi? — Shiku Sieundan soʻradi .
— Yoʻq, — Sieun bosh chayqadi . — Kitobda bu ish ajdarlar mamlakatida boʻlgan, bu unga taluqli emas . — Sieun takidladi .
Birdani kichik bolaning yigʻlagan ovozi honani toʻldirdi .
— Menimcha bu tarafdan kelyapti . — Taehyung quvurlardan birini ishora qildi va ularni hammasi oʻsha quvur ichi boʻylab yugurib borishdi va chirma oʻqlarga bogʻlab qoʻyilgan 6-7 yosh atrofidagi bolani topishdi .
— Sen kimsan ? — Fealith unga biroz yaqinlashmoqchi boʻldi lekin Jungkook uni toʻxtatib chirma oʻqlarga ishora qildi .
— Koʻryapsanmi? Bu tuzoq . . . . Ularga teginsang nima boʻlishini bilmaymiz, ehtiyot boʻlish kerak . — Tushuntirdi Jungkook .
— Men 9 - figuraman, kichik shaxzoda . — Koʻzyoshlar orasida gapirdi bola . — Meni qutqarmsangiz bu yoʻlni davom etolmaysiz .
— Lekin seni qanday qutqaramiz? — Savol berdi Jungwon .
— Hammasi qoʻllanmada yozilgan . — Jungkook qoʻllanmani choʻntagidan olgancha ichini izlashni boshladi, — Ha mana topdim, "Olov nigohi chirma oʻqni kesib tashlashga qodir . . . "
Jungkook Hyunjinga yuzlandi — Olov nigohli sehirgar sening figurang, uni sen qutqara olasan .
— Lekin qanday ? — Hyunjin hayrat bilan bosh chayqadi .
Jungkook qoʻllanmani qidirishni boshladi .
— Mana, bu yerda bir nechta sehir bor ekan .
1. Ignis Videntis
“Ko‘zlardan olov” — yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan asosiy kuch .
Ishlatilishi : ishlatuvchi sehirgar dushman yoki to‘siqqa tik qaraydi . Chap qo‘l ko‘ksiga, o‘ng qo‘l esa hujum qilish niyatidagi yo‘nalishga cho‘ziladi . Ko‘zlar qizil tusga kiradi .
Sehrli so‘z : “Ignis Videntis” — sekin, ammo ishonchli aytiladi .
Effekti : Issiqlik to‘lqini 5 soniya ichida ko‘zlangan narsa (yog‘och, mato, o‘simlik)ni yondiradi .
Har safar ishlatilganda ko‘z xiralashadi, atrof loyqa ko‘rinadi (5–10 daqiqa) .
3 martadan ko‘p ishlatilsa, vaqtincha ko‘r qolish ehtimoli tug‘iladi .
Labirint buni “qorong‘ilik bilan o‘ynash” deb qabul qiladi va kun davomida tutunli, tor yo‘laklarga yo‘naltiradi — ko‘rish doim qiyinlashadi .
“Yondiruvchi nurlanish” — qorong‘ulikni yoritish va dushmanni chalg‘itish .
Ishlatilishi : sehirgar ikki qo‘lini ko‘zlariga tutadi . Nafas olib, ularni sekin ochadi .
Sehrli so‘z : “Lux Ardens!” — kuchli va baland aytiladi .
Yorqin nur butun xonani yoritadi (max 15 metr radius) .
Qarshidagi dushmanlar 10 soniyaga ko‘r bo‘lib qoladi .
Har safar ishlatilganda sehirgarning xotirasida bo‘shliqlar paydo bo‘ladi .
Ismlar, joylar, hatto yaqin do‘stlar yuzini esdan chiqaradi (bir necha soatgacha) .
Bu labirintni chalg‘itadi, lekin o‘zi ham azob chekadi .
Uzoq muddatli ishlatishda, o‘tmishni butunlay unutish xavfi bor .
"Kül ichida haqiqat” — yolg‘onni fosh qiluvchi kuch .
Sehirgar kimningdir ko‘ziga tik qaraydi, ichkariga “kiradi”.
Qo‘lini hech qanday harakat qilmasdan yonida ushlab turadi .
“Veritas Cinis” deb pichirlab aytadi .
Agar odam yolg‘on gapirayotgan bo‘lsa, u turgan joyda chang va kul to‘planadi .
Sehrgar kulni sezadi — bu haqiqatning yonishini bildiradi .
Hyunjin har bir haqiqatni qabul qilishga majbur bo‘ladi .
U endi hech qachon yolg‘onga ko‘z yumolmaydi .
Do‘stlar orasidagi eng og‘ir haqiqatlar (xiyonat, qo‘rquv, ikkilanish) uni ichidan yeydi .
Labirint bunga javoban unga yaqin do‘stlarining sirlarini bexosdan ochib qo‘yishga majbur qiladi — u yolg‘izlikka boshlanadi .
“Halokat ko‘zlari” — yakuniy, halokatli kuch
Favqulodda holatda: yo‘lak qulasa, mahluq hujum qilsa .
Hyunjin yerga tiz cho‘kadi, ko‘zlaridan qon tomchilab boshlaydi .
“Oculus . . . Ruina . . .” so‘zlari titrab, og‘riq bilan aytiladi .
Katta miqdordagi olov to‘lqini uni o‘rab turgan joyni tozalaydi (20 metr radius) .
Dushmanlar yondiriladi, hatto ba’zi sehrli devorlar erib tushadi .
Chap ko‘zi doimiy ravishda ko‘r bo‘lib qoladi .
Undan so‘ng, labirint unga maxsus yo‘naltirilgan “Vijdon yong‘inlari”ni yuboradi :
Har kecha u tushida do‘stlari yonayotganini ko‘radi
Kun sayin o‘zining “yo‘qotayotgan inson”ga aylanishini sezadi .
— Narxi ? Sen aytmoqchisanki har bitta ishlatilgan sehr uchun Hyunjin qandaydir tovon toʻlaydimi? — Fealith biroz sarosimaga tushdi .
— Nafaqa Hyunjin, har birimiz, oʻz navbatimizda bizga 4 tadan sehr beriladi, va ularning narxi . . .
Hyunjin chirma oʻqlarga yaqinlashdi
— Men tayyorman . . . — Boshqalar bosh chayqab orqaga chekindi .
Hyunjin chirma oʻqlarga tik qaradi, chaq qoʻlini koʻksiga olib keldi, oʻng qoʻli bilan chirma oʻqni aniq belgiladi va past ovozda pichirladi