Mening sevgi hikoyam
7-episode
Bora: Nima siz Jkni xotinimisiz? Men jkni singlisiman. Uzur lekin bizni notoʻgʻri tushunmang. Akam bilan juda yaqinmiz.
Liya: Nima?
Jk: Tushuntirishimga qoʻymading malikam
Liya: Uzur. Sizni notoʻgʻri tushunibman. Siz bilan tanishganimdan xursandman.
Bora: Men ham kelnoyi.
Liya biroz gʻalati boʻldi. Chunki shu paytgacha uni hech kim kelnoyi demagan edi.
Liya: Unda uyga kettik. Qorningiz ochdir? Men oʻzim ovqat tayyorlaganman.
Bora: Ha, juda qornim och. Ishtaham ochilib ketti. Sizni ovqatingizni tatib koʻrishni juda xohlayman.
Ular uyga kelishdi. Liya oshxonada ovqatlarni solayotgan edi. Uni orqasidan Jk kirib keldi
Jk: Nega koʻchaga chiqgan eding?
Liya: aa bumi. Men shunchaki zerikib chiqgan edim
Jk: Haa, unda mayli. Xotinimni qoʻlidan hech narsa kelmaydi deb oʻylapman.
Liya: Meni qoʻlimdan ham ovqat pishirish keladi. Borani oldiga chiqing. U sizni sogʻingandir.
Jk: Ha, sogʻingan ekan. Men kettim
Liya: hoʻp.
Hamma dasturxon atrofiga oʻtira boshladi. Bora jkni quchogʻiga oʻtirib oldi.
LiyaPOV: Nega bu qiz Jk ni quchogʻida oʻtiribdi? Bu juda oshiqcha qoshlarini chimirgancha oʻylardi.
Bora: Aka seni xotiningni qoʻli shirin ekan. Rahmat kelnoyi.
Liya: yoqqanidan xursandman.
Jk: Ha shirin ekan
Bora: Kelnoyi necha yoshsiz?
Liya: 18
Bora: Men esa 13 yoshman
Liya: ha
Jk: Aybga buyurma Liya. Bora juda erka va men bilan juda yaqin.
Liya: Yoʻq Hechqisi yoʻq
LiyaPOV: Aybga buyurmamush. Aslida hammasi tamom Jk
Bora: Aka ovqatlanib boʻldim. Yuring birga uxlaymiz
Jk: Yoʻq boʻlmaydi. Endi xotinim bor. Xotinim bilan uxlayman.
Bora: aka yoʻq demang
Jk: Mayli unda men bugun Bora bilan uxlayman. Liya qoʻrqmaysanmi?
Liya: yoʻq dedi ichida gʻazab bilan.
Jk va bora birga uxlagani yotishdi. Liya ham xonasiga kirib ketgandi.
Liya: Men sizni xotingizman. Siz men bilan uxlashingiz kerak. Deya pijamasini kiyib yotogʻiga yotdi. Ammo umuman uxlay olmasdi. Soat tungi 1:00 Liya baribir uxlay olmasdi. Birdan xonaga Jk kirib keldi va Liyani oldiga yotib oldi.
Liya: Siz bora bilan birga uxlashingiz kerak emasmidi?
Jk: Yoʻq, u uxladi. Uni ustiga bu yerda meni rashkchi xotinim uxlay olmay oʻtirganda men qanday qilib uxlay.
Liya: Men sizni rashk qilmadim.
Jk: Aldama koʻzlaring va qiliqlaring seni sotib qoʻydi malikam. Xohlasang hozir birga tun oʻtqazamiz.
Liya: Yoʻq. Bora bor.
Jk: Nima qilipti!?
Liya: Yoʻq dedim
Jk: Mayli hoʻp deya Liyani quchoqlab uxlab qoldi.
Liya sekin oʻrnidan turmoqchi boʻldi. Ammo jkning uxlashini koʻrish uchun turmadi.
LiyaPOV: U nega bunchalar chiroyli. Hatto uxlayotganida ham chiroyli. Menincha men sizni sevib qoldim Jk. Iltimos menga hiyonat qilmang. Men buni koʻtara olmayman.
Jk: Nimani oʻylayapsan?
Liya: Siz uygʻoq edingizmi!?
Jk: Ha shunday
Liya: Bilmabman.
Jk: Nonushta tayyorlashing kerak. Men seni ovqatingni yemoqchiman. Liya: Hoʻp deya jilmayib qoʻydi. Liya hamma uchun nonushta tayyorlashga ulgirdiki Jk pastga tushdi.
Jk: Hididan shirin ekani bilinib turibdi.
Liya: Sizga yoqadi.
Ular suhbatlashib turishganida bora pastga tushdi.
Bora: Kelnoyi kechiring. Men maktabga ketishim kerak. Ovqatingizni yeya olmayman.
Liya: Hechqisi yoʻq. Ovqatdan solib beraman. Tushlikda yeysiz.
Bora: Katta rahmat kelnoyi!
Jk: Kelishib ketganingizdan xursandman
Jk: Bora kalta kiyinma
Bora: Aka men hali kichikman. menga mumkinku iltimos.
Liya: Jk qoʻyavering kiyaversin. Bora hali yosh. Katta boʻlsa kiya olmaydi.
Jk: Ha mayli hayr bora
Bora: Hayr kelnoyi va aka!
Bora maktabiga ketdi. Liya va Jk ham ovqatlanib boʻlishdi.
Liya: Jk men uyda zerikib ketyapman...
Jk: Unda bugun men bilan ishga borishing mumkin.
Liya: Hoʻp! Kiyinib chiqaman.
Jk miyagida kulgancha Liyani kutib turardi. Birozdan soʻng Liya chiqdi
Jk: Yaxshi chiroyli ekan. Endi kettik.
Liya: Hoʻp!
Ular jkni mashinasida ketishdi. Yoʻl-yoʻlakay Jk Liyaga
Jk: U yerdagi erkaklardan uzoqroq yur. Boʻlmasa tun qiyin boʻladi malikam.
Liya: Hoʻp boʻladi
Ular kompaniyaga yetib kelishdi. Jk mashinadan tushib Liyaga eshikni ochib berdi. Liya va Jk kompaniyaga kirib borar ekan. Hammani koʻzi ularda edi.
.: Ular ajoyib juftlik. Eshitishimcha ular er-xotin ekan. Janob Jk ni didi zoʻrda. Xotinini ideal ekanligini.
Ular jkni xonasiga kirib kelishdi.
Jk: Sen shu oʻrindiqda oʻtirib tur deya nariroqdagi stulni koʻrsatdi. Liya U yerga borib oʻtirib turardi. Chamasi 5 soatdan soʻng Jk xonadan chiqib ketti. Xonaga esa Taehyung kirib keldi. Taehyung Jk ni doʻsti. Tae xonada uxlab qolgan Liyaga koʻzi tushdi va uni koʻtarib olib chiqib ketayotganida kimdir kelib qoldi.
.: .........