O’zim haqimda
👉🏻 Bu mening birinchi maqolam ekan shu sababdan oldin sizga o'zimni tanishtirib o'taman:
Men Mohinur Abdullayeva, marketing sohasida 2 yildan ortiq tajribaga ega, o'nlab kurslarda hali ham o'z bilimlarimni orttirish bilan shu sohada qiziqish bilan davom etayotgan mutaxassisman.
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchisiman, ingliz tilini 10 yildan ortiq o'rgandim, o'zbek, rus, ingliz tillarida erkin va turk tilida qisman gaplasha olaman.
O'z qalb kasbimni topish uchun oliy ma'lumotim bo'lganligiga qaramasdan boshqa sohalarda ham o'zimni sinab ko'rdim, sotuv konsultantligidan tortib o'qituvchilikkacha.
‼️ Agar siz hozir institut talabasi yoki endi o'qishga kirayotgan abiturient bo'lsangiz - sizga hozirdanoq qandaydur o'zingizni qiziqtirgan ish bilan shug'ullanib boshlashingizni maslahat beraman. Chunki hayot o'qishga kirganingizdan keyin o'z-o'zidan o'zgarib yoki sizni osmondan tushgan imkoniyat bilan o'zi mukofotlab o'z yo'lingizga tushirib qo'ymas ekan - orzuyingizdagi hayot uchun faqat va faqat o'zingiz harakat qilishingiz kerak va bu qancha erta boshlansa - shuncha yaxshi 😇
Hop, har xil sohada ishladim, psixolog ham bo'ldim (o'sha paytda o'zim bilib bilmay birinchi zapuskimni ekspert prodyuser sifatida amalga oshirgan ekanman - bu haqida keyingi maqolalarda albatta gapirib beraman)
🚀 Hozirda meni yondirayotgan qiziqishlarimdan eng birinchisi bu ONLINE KURSLAR ZAPUSKIni chuqur o'rganish va shu sohada kuchli mutaxassislar old qatorida bo'lish.
Ayni vaqtda shu sohada o'z o'rniga ega kuchli mutaxassis @mikhail.timochko ning 1500$ lik kursida o'qiyapman.
👠 Boshqa qiziqishlarim haqida aytsam - modellik sohasiga qadam qo'ydim, @Panterramodels a'zosiman, raqsning highheels turi bilan shug'ullanib kelaman. 14-16 yoshlarimda o'zbek milliy raqsi bilan, 17-18 yoshlarimda erkin kurash bilan shug'ullanganman.
📖 Kitob o'qishni juda ham yaxshi ko'raman. Lekin hozir oldingidek ko'p vaqt ajrata olmayman. Kitobga mehrim tushishiga sabab bo'lgan birinchi kitobim "Samak ayyor" tojik xalq romani edi. 11 yoshimda 1 kunda o'qib tugatganman.
Ijtimoiy tarmoqlarda asosan smm, marketing va kurs zapusklari haqida ma'lumotlar berib boraman.
👉🏻 Bundan tashqari, insonning qalbi, ruhiy holati va ayollik energiyasini oshirish ustida ishlash menimcha hech qachon jonimga tegmasa kerak. Bizning asosimiz ruh ekan, demak u bilan mashg'ul bo'lamiz. Boshqa insonlarning hayot yo'lida qaysidur gapim va energiyam orqali tub ijobiy burilish qilish meni juda baxtli qiladi.
Istagan vaqtimda istagan davlatga istagancha vaqtga ketish - sayohatlar ✈️ orzuyim.
🇺🇿 O'zbekistonning Buxoro, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Namangan, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida bo'lganman.
🇹🇷 Turkiyaning Istanbul shahrida esa 3 oy yashaganman, qalbning tub tubigacha mayin sevgili energiyasi yetib boradigan shahar. U yerda yana bo'lishni xohlayman.
✔️ oliy ma'lumotli ingliz tili mutaxassisi,
✔️ professional parapsixolog, qalbshunos,
✔️ smm mutaxassisi, marketolog
✔️ hamda yaqin kelajakda O'zbekistondagi eng kuchli KURS ZAPUSK PRODYUSERlaridan biri
Mohinur Abdullaeva (Mimanra - meni shu nomda ham ko'rishingiz mumkin) bo'ldi.
Instagram sahifamga obuna bo'ling, men bilan birga har tomonlama rivojlaning kuzating ⤵️ :
https://instagram.com/mohinurabdullaevaa?igshid=YmMyMTA2M2Y=
Telegram kanalimda esa marketing bilimlarini noldan o'rganishingiz mumkin ⤵️ :
https://t.me/mohinurabdullaeva
Barcha mutaxassisliklarim yuzasidan ish hamkorligi va shogirdlik uchun men bilan shu yerdan bog'lanishingiz mumkin ⤵️ :