Boshlang'ich frontend dasturchilar ko’p takrorlaydigan xatolar
Dasturchilar xato qilishlari oson. Lekin agar biz bu xatolarni oldindan bilsak, ularni aylanib o’ta olamiz.
Bu maqolada yangi frontend dasturchilar yo’l qo’yadigan TOP xatolar haqida gaplashamiz.
Responsive veb dizayn qilmaslik
Mobil qurilmalar foydalanish karrasiga oshayotgan paytda, sayt yaratishda buni hisobga olishimiz kerak.
Agar biz responsive dizayn qilmasak, mobil qurilmalardan kirgan foydalanuvchilar juda ko’p mayda yozuvchalardan iborat sahifani ko’rishadi.
Har bir dizaynda mobil foydalanuvchilarni hisobga olishimiz kerak
Ma’lumot kiritish tekshiruvi yo’qligi (input validation)
Kiritilgan ma’lumotlar tekshiruvi muhim. Biz saytimziga kiritilishi kerak bo’ladigan ma’lumotlarni to’g’ri kiritishni foydalanuvchilarga ishona olmaymiz.
Shu sabab, foydalanuvchi tarafidagi ular kiritayotgan ma’lumotlar to’g’riligini tekshirishimiz kerak.
Ma’lumotlarni kiritish tekshiruvining yo’qligi sabab, sayt zararli hujumlar nishoniga aylanishi mumkin.
Turli xil browserlarda ishlash bilan muammo
Har xil browserlar sahifalarni turlicha render qilishi mumkin. Shu sabab, kod yozayotganimizda turli xil browserlarda hamma narsani tekshirishimiz kerak.
Ko’p browserlar standard tizimga asoslangan bo’lgani uchun bu muammo kamaygan bo’lsada, uning ehtimoli yo’q emas.
Eskirgan HTML ishlatish
Eskirgan HTML yaxshi emas. Biz HTMLning eng oxirgisini ishlatib, yangi imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz zarur.
Layout uchun float o'rniga flexbox yoki grid ishlatish kerak. Yana, semantik HTML ancha yillardan beri namuna sifatida ishlatilib kelayotgani uchun font styling tags'ga o'xshash narsalarni ishlatmasligimiz kerak.
Sayt yaratish vositalarini ishlatish
Sayt yaratish vositalari frontend dasturchilarga ko'pam yordam bermaydi. Ular odatda asosan kod yozishni bilmaydigan odamlar tomonidna ishlatiladi.
Agar biz frontend dasturchi sifatida kod yoza olsak. bunday vositalardan foydalanmasligimiz kerak.
Detallarga to’xtalmaslik
Saytning frontend qismini yaratayotgan payt - juda ko'p narsani hisobga olishga to'g'ri keladi. Kichkina detallargacha o'ylab chiqish qiyin.
Sizga berilgan dizaynni chizgan dizaynerdan ishingizni ko'rib berishini so'rang. Katta ehtimol bilan u sizning kamchiliklaringizni topadi.
Fancy va mayda shriftlar ishlatish
Fancy va mayda fontlarni ishlatish yaxshi emas. Ular juda beo’xshov ko’rinadi va o’qishga noqulay.
O’qishga qulay shriftlardan foydalaning
Buzilgan linklar
Hech qachon buzilgan linklarni e’tibordan chetda qoldirmang. Ular foydalanuvchilarga noqulaylik keltirib chiqaradi.
Avtomatik boshlanadigan audio va videoni ishlatish
Avtomatik boshlanib ketadigan audio va video har doim yoqimsiz bo’lgan. Ko’pchilik bunday mediaplayerlarni darhol o’chirishadi.
Ayniqsa, bu narsa mobil foydalanuvchilarga juda noqulaylik keltirib chiqaradi, ular sahifa to’liq yuklanishini va audio yoki videoni to’xtatishni ancha uzoq kutib qolishi mumkin.
Shunchaki bu narsani saytingizda qo’llamang.
jQueryga suyanish
jQuery eskirgan kutubxona bo’lib, DOMni manupilatsiya qilish, animatsiyalar qo’shish uchun ishlatilgan.
Undagi juda ko’p funskiyalar standard JavaScript APIga qo’shilgan. Shu sabab, undan foydalanishga xojat yo’q. jQueryni ishlatib, JavaScript standard kutubxonasidagidan ko’proq qulaylik yoki qo’shimcha qiymat olmaymiz.
Agar jQueryni ishlatishga to’g’ri kelsa, sof JavaScript yordamida ekvivalent yechim qarab ko’rishimiz kerak.
Xulosa
Responsive dizayn frontenddagi eng muhim element hisoblanadi.
Eskirgan jQuery va HTML versiyaalrini ishlatmasligimiz lozim.
Foydalanuvchilarga ko’p ishonib yuborish kerak emas. Biz ular saytimizga kiritayotgan ma’lumotlarini tekshirib borishimiz kerak. Bu keyinchalik muammolarga uchramasligimizga yordam beradi.
Va oxiri, o’zimizni foydalanuvchilar o’rniga qo’yishimiz zarur. Hech qachon avtomatik audio va videoni ochadigan qilmang va ishdan chiqqan linklarni to’g’rilang.