Project Management kursi haqida
O'zbek tilidagi birinchi Project Management (Loyiha Boshqaruvi) kursida o'qib, hozirda talabgir bo'lgan sohani o'rganing.
Kurs haqida qisqacha:
- Videodarslar
- Har bir moduldan keyin testlar
- Amaliyot uchun kurs oxirida 2 ta loyiha (case studies)
- 40 ga yaqin qo'shimcha materiallar (PDF, template)
- O'tiladigan mavzu va texnologiyalar: Waterfall, Agile, SCRUM, Jira, Azure DevOps, Kommunikatsiya, Jamoa boshqaruvi (Team management), Vazifalar boshqaruvi (Task management), Loyiha rejasi (Project Planning), Gantt Chart
Kurs o'qituvchisi haqida:
Abdulla Xaydarov - 4 yillik tajribaga ega Senior Project Manager.
DHL (Project Manager), Amazon (IT Programma menedjeri), OSON (IT departament boshqaruvchisi) kabi kompaniyalarida faoliyat yuritgan va hozirda Applied Labs kompaniyasida Senior Project Manager lavozimida ishlab kelmoqda
O'zbekiston bozorida soha mutaxassislari qancha maosh olishmoqda?
Junior - 3-4 million, middle - 5-6 million, senior - 8-12 million
Kurs kimlar uchun
- Loyiha Menejeri (PM) lavozimida ishlashga qiziqadiganlar
- Shu sohada ishlab kelyapganlar
- Boshlang’ich darajalaridan o’rta darajagacha bo’lgan mutaxassislar uchun.
Kurs tarikibi
Project Management yoki Loyiha Boshqaruviga kirib kelish uchun kerakli ma'lumotlar: loyiha deganda nimani tushunamiz, IT va dasturlash dunyosida loyihaning qanday ahamiyatlari bor, kompaniyalar nega loyihalar bilan shug'ullanishadi, loyiha uchun talab nima yaratadi, PM kim, PM-ning loyihada roli, PM-da bo'lishi zarur bo'lgan mohirliklar (skills), loyiha boshqaruvining tarixi, va kursda ishlatadigan asosiy terminologiyalar.
2. Loyiha bosqichlari va initiation (loyiha boshlanishi)
Xalqaro tan olingan standard loyiha bosqichlari haqida umumiy ma'lumot. Har bir bosqich bir-biridan qanday farq qiladi. Bu bosqichlar o'zi nega PM uchun zarur. Qanday holatda loyiha yaratish kerak, qanday holatlarda loyiha umuman kerak emas. Loyihani boshqa odatiy kundalik vazifalaridan farqi. Loyiha boshlanishi (initiation) bosqichi. Project Charter.
Reja yaratish jarayoni, reja qamrovi (scope), vazifalar ro'yxati (activity list), scope statement, work breakdown structure, timelines, Gantt Chart, Milestones jadvali
4. Risk, tahmin, o'zgarishlar boshqaruvi
Loyiha risklari boshqaruvi, tahminlar va loyiha rejasida o'zgarishlar. Risk log hujjati. Change Request Form. Change Management. Expectations management.
Ijro bosqichi o'z ichiga nimalarni oladi. Loyiha doirasida jamoa va stakeholder-lar bilan birinchi uchrashuv (kick-off meeting, Project Status meeting). Uchrashuvlarni qanday yuritish kerak. Vazifalar kundaligi. Jamoa boshqaruvi. Loyiha nazorati.
Xatolar ustida ishlov, loyihani rasman sponsorlar, mijozlarga topshirish, loyiha yakunini e'lon qilish.
Agile dunyosi bilan tanishuv: Waterfall va Agile frameworklarining farqi. SCRUM tushunchasi. Agile-ning 4 asosiy qadriyatlari va 12 tamoyillari. Agile loyiha boshqaruvi uchun Jira va Azure DevOps boardlari bilan tanishuv.
Kursda o'rgangan nazariy bilimlaringizni amalda qo'llashingiz uchun, sizga ikkita loyiha beriladi. Project Management standardlari doirasidan chiqmagan holda, sizga berilgan loyihalarning batafsil rejasini va ijro uchun instrumentlar tayyorligini namoyish etishingiz kerak bo'ladi.
Kursni bitirgan o'quvchilar qanday darajaga chiqishadi?
O’quvchi kursni bitirib chiqqandan keyin, loyiha boshqaruvchisi (Project Manager) sifatida ishga joylashish uchun asosiy nazariy va texnik bilimlarga ega bo’ladi. IT dunyosidagi loyihalar, dasturlashga ta’luqli bo’lgan loyihalarni boshqara oladi; dasturchilar, dizaynerlar, va QA testerlardan iborat bo’lgan murakkab jamoalar uchun vazifalarni tartiblab IT loyihani boshidan oxirigacha boshqarish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Loyiyaning asosiy 4 bosqichi, reja va ijro jarayonida kerak bo’ladigan nazariy tushunchalar va kerakli instrumentlardan foydalana oladi.
Kurs nimasi bilan boshqa kurslardan ajralib turadi?
- Loyiha boshqaruvi nazariyasi haqiqiy IT bozorida, haqiqiy loyihalar misoli ustida qurilgan darsliklardan iborat kurs
- O’qituvchi xalqaro kompaniyalarda real IT loyihalarni boshqargan va loyihalarni muvoffaqiyatli natijalarga olib kelgan
Kurs boshlanish vaqti: 8-oktyabr
Taqdimot: https://youtu.be/2zjrNXEd4_k