December 16, 2021
Andijonda o'quv seminari bo'lib o'tdi
Avval xabar qilganimizdek, turizm va sport sohasiga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarni hayotga tadbiq etish va soha mutaxassislarining bilim, malaka ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha o'quv seminari tashkil etilgan edi. Bugun uning davomiy qismi o‘tkazilib, unda tuman (shahar) sport muassasalari trenerlari qatnashdilar.
Savol-javob tarzida bo'lib o'tgan seminar mobaynida malakali professor-o‘qituvchilardan iborat ma’ruzachilar tomonidan sohaga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5-noyabr PQ-5279, PQ-5280, PQ-5281 hamda PQ-5282-sonli Qarorlarining mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’ruzalar, taqdimotlar qilinib, yig'ilganlarga tushuntirishlar berildi.