November 18, 2025

Sen uchun yoqilgan sham

Seulning tinch tumani. Kechqurun soat to‘qqizlar atrofida osmon tiniq, shamol esa iliq edi.
Nara uy tomon kelar ekan, oyoqlaridan charchoq oqayotganday tuyulardi. Bugun ishdagi kun uzun bo‘ldi, lekin yuragida bitta iliq fikr bor bugun uning tug‘ilgan kuni. U buni hech kimga aytmadi, lekin hayolida Taehyung eslab qolarmikan, degan kichik umid bor edi.
Nara shu hayollar blan uyga yetib keldi va eshikni ochti, ochgan zahoti qorong‘ulik uni kutib oldi.
-Demak uyda hech kim yo‘q
Nara bir zun shunday o‘yladi Ammo bir zumda shirin hid buruniga urildi vanil va yong‘oq aralash shirin hid edi u hid oshxona tomon kelar edi. Nara biz zum jimib qoldi
Shunda orqa tomondan tanish ovoz eshitildi:
-xo‘sh meni Nilufarim kozlaringni yum dedi Taehyungning iliq, ammo biroz hayajonli tovushi blan
Nara jilmayib, aytilganini qildi. Bir necha soniya sukutdan so‘ng mayin musiqa yangradi. Nara ko‘zlarini ochdi va yuzida keng tabassum paydo bo‘ldi, chunki stol ustida kichik tort, ikki dona rumka va yonib turgan shamlarni ko‘rdi. Taehyung esa oppoq ko‘ylakda, sochlari biroz tartibsiz, lekin bu tartibsizlik uni juda kelishkan qilib ko‘rsatardi
Tug‘ilgan kuning bilan, Nara
Taehyung shunday deya yumshoq tabassum bilan Narani yoniga bordi va
-har doim bu kunni katta dasturhon atrofida o‘tkazar edik lekin bu galgisini ikkimiz faqat ikkimiz nishonlashni hohladim bu kin faqat ikkimiz boshqa hech kim yo‘q.
Nara bir zum jim turdi uning yuragini chuqurida iliq to‘lqin yugurdi. Nara shunchaki indamadi va stulga otirib sham yorug‘ligida tovlanayotkan to‘rtga razm soldi va Taega savol nazari blan qaradi
-buni o‘zingiz pishirdingizmi men uchun?
-ha dedi Tae bosh silkib
-har doim sen uchun biron nma qilishni yaxshi ko‘raman bilasan lekin bu safar tinchlikni tanladim chunki sen blan bolgan tinchlik mebga huzur baxsh etadi
Bu gapdan Nara jilmaydi, shunda uning ko‘zlari porlab ketdi.
Taehyung sekin qo‘lini uzatib, uning barmoqlarini tutdi. Sham nuri ularning yuzlarini yoritib, vaqtni to‘xtatib qo‘ygandek edi.
Bir ozdan so‘ng ular deraza yoniga o‘tishdi. Tashqarida yomg‘ir tomchilay boshlagandi, ammo bu yomg‘ir iliq edi go‘yo tabiatning o‘zi ularning kechasiga ohang qo‘shayotgandek.
Taehyung Naraning yelkalariga kurtkasini yopdi.
Sovuq emasmi nilufarim
-yoq chunki yonimda siz borsiz
Bu so‘zlardan keyin ularning orasida yana sukut cho‘kdi lekin bu sukut sovuq emas, balki yuraklarni yaqinlashtiradigan tinchlik edi. Taehyung sekin Naraning sochlarini yuzidan surib, pichirladi:
Senga atab yoqilgan har bir sham — men seni qanchalik sevishimni eslatadi.
Buni yodingdan chiqarma.
Nara unga qaradi. Ularning nigohlari to‘qnashdi so‘zsiz, ammo to‘la his-tuyg‘u bilan.
Shamlar sekin yonishda davom etar musiqa mayin jaranglar yomg‘ir deraza oynasini sekin taqillatardi.
Bu kecha ular uchun oddiy kecha emasdi bu kecha, ular uchun shunchaki, muhabbatning eng tabiiy shakli edi holos
sokin, samimiy va yurakdan edi. Bu yoqilgan shamlar esa ularni muhabbati uchun yoqilgan shamlar edi