May 27, 2021

“Yangi davr talablari va O‘zbekistonda biznes muhitini yanada yaxshilash masalalari: soliq, bojxona va boshqa sohalarda chora-tadbirlar”

Joriy yilning 2-iyun kuni Moliya vazirligi “Yangi davr talablari va O‘zbekistonda biznes muhitini yanada yaxshilash masalalari: soliq, bojxona va boshqa sohalarda chora-tadbirlar” mavzusida virtual tarzda davra suhbatini tashkillashtirishni rejalashtirmoqda.

Virtual davra suhbatining maqsadi soliq va bojxona siyosatini, shuningdek boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish asosida biznes muhitini yanada yaxshilash bo'yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Virtual davra suhbati ikkita panel sessiyalaridan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan. Birinchi sessiya soliq va bojxona siyosatining O'zbekistondagi biznes-muhitga ta'sirini tahlil qilishga bag'ishlangan bo‘lib, unda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:

-         investorlarning soliq va bojxona qonunchiligi bilan bog'liq muammolari;

-         investitsiyalarni ko'paytirish uchun soliq va bojxona siyosati vositalaridan foydalanish;

-         soliq va bojxona ma'murchiligining soliq qonunchiligi talablariga rioya etilishini soddalashtirish, bojxona tartib-taomillarini optimallashtirishga qaratilgan yangi usullarini joriy etish.