April 11, 2020

Modullarni tayyorlash yo'riqnomasi

Hurmatli kafedramiz faol "ONLINE" pedagoglari!

Darslarni tayyorlash bo'yicha ba'zi bir tushunmovchiliklar bo'layotganligi tufayli quyida sizlarga asqotishi mumkun bo'lgan tushunchalarni yetkazishni lozim topdim. Hozircha rektorat va o'quv bo'limi talablaridan kelib chiqib, ingliz, nemis va fransuz tillari uchun qilinishi zarur bo'lgan ma'lumotlarni jamlash va bir nuqtada aniq va ravon tashkillashtirish bo'yicha etapma etap tushuntirib o'taman.

1-ish:

Eng avvalo papka yaratish kerak va uni mavzu nomi bilan nomlash lozim.

Bu quyidagicha bo'ladi:

Nomlashga misol, Ishchi o'quv rejadan kelib chiqqan holda:

2-ish:

Papka ichiga joylashrish kerak bo'lgan fayllar :

1. MAVZUNING MAZMUNI ya'ni MATNI (word yoki pdf formatda) 1 yoki 2 betlik.

Bu yerda ikki betni yonma yon joylashtirdim. formatini to'g'rilab olamiz, lekin mazmunida xatolik ketmasin!

2. MAVZUNING GLOSSARIYSI (word formatda)

Mavzuga doir kalit so'zlar glossariy jamlab, alohida faylga joylashtiring.

3. DARSNING TOPSHIRIQLARI (activities, questions, tests etc)

Buning ichida turli savolnomalar, mashqlar, test topshiriqlari va hokazolarni joylashtiramiz. Iloji boricha tartib bo'lsin.....

4. MAVZUNING TAQDIMOTI (PPT formatda)

Namunali chiroyli taqdimotlar bo'lsa, bir birlariz bilan almashinglar, iltimos. Barchasini papkaga solib qo'ysangiz ham bo'ladi. O'zimiz ishchi guruh bilan birga keraklisini tanlab olamiz.

MAVZUGA DOIR BOSHQA KICHIK HAJMLI FAYLLAR (RASM, AUDIO, KICHIK ROLIK va boshqalar) BILAN BOYITSANGIZ HAM BO'LADI. LEKIN TEPADA SO'RALGAN 4 TA BANDNI TO'LIQ VA CHIROYLI BAJARISH ENG BIRINCHI O'RINDA DEB BILISHIMIZ TAVSIYA ETILADI.

3-ish:

Barcha ma'lumotlarni bir faylda jamlab Telegram orqali yuborish uchun papkani .zip yoki .rar faylga keltiramiz.

Bu qanday amalga oshiriladi? Papka ustida o'ng tugma bosiladi va ...........

va OK tugmasi bosiladi......

Mana shu yerdagi ikkinchi faylni bizga yuborsangiz kifoya!

Barchaga omad!